Qatronlash – mayda darzsimon qoya, yarim qoya jinslari va maydla changsimon quruq va suvga tо‘yingan qumlarni filtratsiyalashkoyeffitsiyenti 0,5 do 5m/sut organiq polimerlar bilan mustahkamlash usuli. Qatronlash usuli sintetik qatrolarning nordon yoki ishqorli qatiqlashtirgichlar (koagulyantlar) ta’siri ostida sochiluvchan va buzilgan tog‘ jinslarini monolitli bloklarga sementlab qо‘yadigan pishiq va suv о‘tkazmaydigan gelsimon birikmalar hosil qila olish qobiliyatiga asoslangan. Ushbu maqsad uchun quyidagi qatronlar: furanli,akril kislotalar rezorsinoformaldegid xrom-ligninli, fenolformaldegidli, mochevinoformaldegidli (karbamidli), epoksidli hosilalari qо‘llaniladi.Furfurol va i furil spirtga asoslangan eritmalar bilan qum qatronlanganda mahkamlangan massivning pishiqligi 0,5 dan 22 Mpa.gacha tebranib turadi. Biroq furfurol qismining portlash xavfiga ega ekanligi, toksik reagentliligi va yuqori qiymati tufayli uni qо‘llashdan voz kechilgan.
Akrilli qatronlar AQShda qо‘llanila boshlagan. Tog‘ jinslarini chuqur qatronlash uchun akrilamid va metilendiakriamiddan tuzilgan AM-9 qatronidan foydalaniladi. Qatronni qotirish uchun maxsus katalizator, initsiator va ingibitor qо‘llaniladi. Gel hosil bо‘lish vaqti bir necha daqiqadan to 2 soatgacha tartibga solinadi. Mustahkamlangan qumlarning mpishiqligi 0,4…0,5 MPa oshmaydi. Yaponiyada akrilli qatronlar asosida AM-9 qorishmasidan farq qiladigan «sumisoyl»inyeksion qorishma qо‘llaniladi, va bu boshqa katalizatorlardan ham talab qilinadi.
Rezorsinoformaldegidli qatronlar quyidagi afzaliklari bilan farq qiladi: suvda yaxshi eriydi; sezilmas qovushqoqlikka ega; neytral, nordon va ishqorli muhitda katalizatorlar ishtirokida qaotish xususiyatiga ega. Boshlang‘ich qatron suv bilan 1:1…1:3 nisbatda eritiladi va ishqorda paraforma qorishmasi bilan qotadi. Qatron qumni, sariq tuproqni mustahkamlaydi va filtrlovchi betonni zichlashtiradi. О‘tkazuvchan qatlamlarni qatronlash uchun ustunroq polimerlardan ortiq bо‘lgan xromligninli retsepturalar ishlab chiqilgan. Suvda zich erimas gel hosil bо‘lish vaqti natriy bixromatini yuborish bilan tartibga solinadi (u bir necha daqiqadan 2 soatgacha davom etadi. Biroq natriy bixromatining yuqori qiymati va kamyobligi, yuqori boshlang‘iya qovushqoqligi, xromning toksikligi u ishqorlanganda xromligninli retsepturalarning kamchiligi hisoblanadi.
Yumshoq qatlamlarni chuqur qatronlash uchun karbamidli qatronlar keng qо‘llaniladi (filtrlashga qarshi tо‘siqlar qurilganda). Karbamidli qatronlar suvda yaxshi eriydigan, sezilarli bо‘lmagan qovushqoqlikka ega, normal ijobiy haroratda qotadigan kamyob bо‘lmagan xom ashyodan (karbamid va formaldegiddan) tayyorlanadi. Karbamidli qatronlar eritmasining konsentratsiyasiga qarab, mustahkamlangan qumlarning pishiqligi dostigayet 1,2…4,0 Mpa. Etadi.
Qatronni aralashtirish uchun texnik natriy xlorning tо‘yingan eritmasi qо‘llaniladigan karbamid-tuzli tarkib retsepti ishlab chiqilgan.
Tog‘ jinslari massivini qatronlag silikatlashda qо‘llaniladigan uskunalar: qorishma aralashtirgich, eritmalarni haydash uchun nasoslar, dozalovchi taqsimlovchi qurilmalar, qatronlar va qotiradigan qо‘shilmalarni saqlash va tayyorlash uchun sig‘imlar, quvurlar va qayishqoq shlangalar, inyektorlar, perforatorlar va nazorat-о‘lchash asboblari yordamida amalga oshiriladi.
Tog‘ jinslarini termik jihatdan mustahkamlash g‘ovakli jinslar massiviga quduq orqali isitilgan havoni yoki yoqilg‘ini yonuvchan qizdiradigan mahsulotlarni haydashdan iborat. Konveksiya hisobiga yonuvchan qizdirilgan mahsulotlar yoriqlar va g‘ovaklar bо‘ylab о‘rab turgan jinslarga issiqlik uzatadi.
Jinslarni mustahkamlash termik usulini qо‘llagan holda, quduqning og‘zini yaxshilab zichlab yopish zarur, va bu uning ichidan yonadigan mahsulotlarning chiqib ketishiga; atrof muhitdagi massivning havo-gaz о‘tkazuvchanligini pasaytiruvchi erishiga yо‘l qо‘ymaydi.
700…10000gacha qizdirilgan gazsimon mahsulotlar va kimyoviy qо‘shilmalar ta’siri ostida jinslarning fizika-mexaniqaviy xususiyatlari о‘zgaradi; monolitligi namoyon bо‘ladi; mustahkamligi, havo va namlikni о‘zkazmaslik xususiyati oshadi; sariq tuproqli jinslarning chо‘kuvchanligi yо‘qoladi.
Tog‘ jinslari massivini termik usulda mustahkamlash uchun quyidagi uskunalar qо‘llaniladi: burg‘ulash stanoklari,0,05Mpa past bо‘lmagan bosim ostida quduqqa siqilgan havoni uzatish uchun kompressorlar, siqilgan havo yordamida quduqlarga suyuq yoqilg‘ini uzatish uchun nasos qurilmasi, suyuq va gazsimon yoqilg‘ini yondirish uchun yondirgich; gaz va siqilgan havoni quduqlar bо‘yicha taqsimash uchun gaz va havo tо‘plagichlar. Yoqilg‘i sifatida neft, solyarov yog‘i (dizel yoqilg‘isi), mazut, koksli va generatorli gazlar qо‘llaniladi.
Hosil bо‘lgan bо‘shliqlarni beton va temir armatura bilan tо‘ldira borib yumshoq jinslarni kamufletli portlatish usul bilan mustahkamlash Mixaylovsk temir-ruda Karyerida (MTK) tajriba-sanoat sinovlarida qо‘llanilgan. Quduqlarni ochish natijasida ular atrofida “oqib ketishga” va ular oralig‘ida ancha zaif jinslarning ezilib qolishiga tо‘siqlik qiluvchi jinslarni mustahkamlash zonasi topilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |