30-MA’RUZA TOG‘ JINSLARINI KIMYOVIY TARZDA MUSTAHKAMLASH USULLARI. Kon ishlari jarayonlarinimexanizatsiyalash, foydali qazilma lahimini tozalash va kon massivi holatini boshqarish usullari va vositalarini takomillashtirish, zaif, noturg‘un jinsli massivlarni samarali boshqarishni ta’minlash usullari va vositalarini ishlab chiqish zaruratini nazarda tutadi.
Tozalash zaboylari ishlagan, tayyorlash lahimlari zaboylarini kо‘chirish bо‘yicha 15ta jarayon vaqtda, yaqin joylashgan kon ishlari uchastkalarining о‘zaro munosabatlari zonalarida jinslarning va kо‘mir qatlamlarining yuqori yorilish sohalari shakllanadi. Vayron bо‘lgan, о‘z-о‘zidan qulab ketgan jinslarning bunday sohalari tabiiy kelib chiqishga ega bо‘lishi mumkin. Kо‘mir-jinsli massivdagi kо‘chiriladigan kon lahimining zaboyi о‘z yо‘lida turli xil, biroq turg‘un jinslarni uchratadi. Sochiluvchan, plastik jinslarda, suvlangan va vayronalar ta’sir qilish zonalarida turg‘unlik deyarli yо‘q.
Lahimlar atrofidagi massivning pasaytirilgan turg‘unligi shakllari va namoyon bо‘lishlarining turli-tumanligi, murakkabligi, zaboy va zaif jinslar zonasining uchrashadigan joyining oldindan istiqbolini belgilashning imkoni yо‘qligi, amalga oshirish texnologiyasi va vositalari bо‘yicha farq qiladigan massivni mustahkamlash usullarini yaratish zaruratini keltirib chiqardi.
Massivning zaiflashgan uchast kalarini mustahkamlash bо‘yicha barcha usullarni quyidagilarga ajratish mumkin.
1. Kon-texnologik vaziyatning о‘zgarishiga ta’sirining tezligi bо‘yicha — tezkor va profilaktik.
Sig‘diruvchan jinslar pat turg‘unligining zararli ta’siri bilan kurashishning tezkor yoki qisqa muddatli usullari, asosan kon-texnik vaziyatning о‘zgarishi mahalliy tusga ega bо‘lganda, ya’ni lahim uchastkalarini qamrab olganda yoki tizimli hisoblanmagan hollarda kon lahimidagi texnologik jarayonni saqlab qolishga yо‘naltirilgan. Tezkor usullar, ularni bir martalik qо‘llash bilan kompnsatsiyalanganiga qaraganda, yuqori solishtirma qiymatiga ega bо‘ladi, chunki ular amalga oshiriladigan uchastkalarning о‘lchamlari chegaralangan.
Lahimning turg‘unligini oshirish bо‘yicha profilaktik yoki uzoq muddatli usullar, sig‘diruvchan jinslar massivining sezilarli uchastkalarini qamrab oladigan kon-texnik vaziyat doimiy ravishda о‘zgarib turganda kon lahimidagi texnologik jarayonni saqlab turishga yо‘naltirilgan. Profilaktik uzoq muddatli tadbirlarni bajarish zarurati uzovq vaqt davomida er osti lahimi jinslar turg‘unligining past bog‘lanuvchan zonalarida uzoq vaqt davomida joylashtirish davomida ushbu zonalar er osti lahimi kon massivining sezilarli sohalarini qamrab oladi. Bunday usullarni shuningdek mintaqaviy deb atash mumkin.
2. Turg‘unligi pasaytirilgan (yuqori darzlanish) sohasining yuzaga kelish sabablariga nisbatan esa: faol va passiv turlarga bо‘linadi.
Faol usullar massivning past turg‘unligi uchastkalarida – barpo etilayotgan kon lahimlari: yuqori kon bosimli atrofida, jinslar kо‘p yalang‘ochlangan uchastkalarda, kо‘mir qatlamlarining chetki qismlarida kuchlanishlar va deformatsiyalar maydonini texnogen qayta taqsimlash zonalarida yuzaga keladigan sabablarni bartaraf etishga yо‘naltirilgan.
Passiv usullar, odatda barpo etilayotgan kon lahimlari atrofida kuchlanishlar va deformatsiyalar maydonini texnogen jihatdan qayta taqsimlash zonalarining yuzaga kelish oqibatlari bilan kurashishga yо‘naltirigan.
3. Kon lahimlari va lahim atrofida hosil qilinadigan jinslarni mustahkamlash zonasi va kon lahimlarini mustahkamlash ishlari sharoitlari bо‘yicha - qо‘shilgan va alohida ish rejimlariga ajratiladi.
Mustahkamlangan jinslar va hosil qilinadigan zonalar va kon lahimlarini mustahkamlash bо‘yicha birlashgan ish rejimi ushbu ikki mahkamlash turlarining fizikaviy yoki mexaniqaviy jihatdan о‘zaro munosabatini nazarda tutadi. Birlashgan rejim mahkamlagichni qо‘llagan holda massivni samarali boshqarish talablariga kо‘proq mos keladi.
Mustahkamlangan jinslar va hosil qilinadigan zonalar va kon lahimlarini mustahkamlash bо‘yicha alohida ish rejimi odatda hajmlari bо‘yicha mahalliy va amalga oshirilishi davomiyligi bо‘yicha qisqa muddatli tezkor choralarni kо‘rish zarurati tug‘ilganda ruxsat etiladi.
4. Mustahkamlovchi qorishmalar jinslarining о‘zaro munosabatlari tamoyillari bо‘yicha – qoplamni polimer plenkalar bilan inyeksion tarzda mustahkamlash.
Hozirgi vaqtda tozalash zaboylari jinslarini ilgarliab ketuvchi kimyoviy ankerlash, sintetik qatronlarni katta bosim ostida haydash usullari va birlashgan usullareng kо‘p tarqalgan.Tozalash ishlari talablariga qattiqlashish vaqti 10 daqiqadan ortiq bо‘lmagan tarkiblar mos keladi.
Kimyoviy ankerlash us uli tom jinslarini shpurlarda (quduqlarda) kimyoviy biriktiruvchi tarkiblar bilan mahkamlanadigan ankerli sterjenlar bilanankerlashni namoyon etadi.
Bosim ostida qatronlarni haydash jinslardagi qotirgichlar bilan qatronlarni inyeksiyalash kо‘rinishida amalga oshiriladi.
Tog‘ jinslarini mustahkamlash uchun kimyoviy moddalar
Vayron bо‘lgan tog‘ jinslarini mustahkamlash uchun barcha biriktiruvchi tarkiblar uch guruhga ajratiladi:
yupqa zarrachalarning suvli suspenziyalari;
о‘z-о‘zidan qotadigan gellar;
qotishi maxsus qotirgichlar va katalizatorlar ta’siri ostida yuzaga keladigan sintetik qatronlar.
Yupqa zarrachalarning suvli suspenziyalari – sement, sliplar, sementli va bentonitli loyli yoki tezlashtiruvchi qо‘shimchali suvli aralashmalarni о‘z ichiga oladigan eng oddiy moddalardir. Ushbu moddalar qattiqlashganida hosil bо‘ladigan tarkiblar о‘zining yuqori mexaniqaviy mustahkamligi, kimyoviy va boshqa ta’sirlarga chidamliligi bilan ajralib turadi. Ingichka zarrachalar suvli suspenziyalarining asosiy kamchiligi – moddalar zarrachalarining tez chо‘kishi, shu munosabat bilan esa yakuniy tarkibining sezilarli darajadagi turli-tumanliligidan iboratdir. Bundan tashqari, suvli suspenziyalar massiv ichiga mayda yoriqlar va g‘ovaklar bо‘ylab kira olish qobiliyati unchalik yuqori emas.
о‘z-о‘zidan qotadigan gellar – silikatli elimlar bо‘lib, ular suvlangan jinslar tamponlangan paytda zaif tuproqlarni va qumlarni mustahkamlashda keng qо‘llaniladi. Ularning asosiy kamchiligi – qotish muddatining kattaligidadir.
Qotirgichchi sintetik qatronlar, ularning keng tarqalishini ta’minloab beradigan bir qator sezilarli afzalliklarga ega. Bо‘larga qotish jarayonining davomiyligini boshqarish uchun tarkibning barcha komponentlarini tartibga solish imkoniyati, jinslarni bog‘lashga qobiliyatini tartibga soladigan yuqori ichkariga kirib borishi va oldindan berilgan pishiqlik kо‘rsatgichlariga ega bо‘lgan moddalar olishdan iboratdir. Sinteti qatronlarning asosiy kamchiligi, odatda, ularning toksikli gi va agressivligidan iboratdir. Darzsimon massivga mahkamlovchi tarkiblar ampulalar kо‘rinishida yoki shpurlar orqali bevosita haydash yо‘li bilan uzatiladi.