16 – ma’ruza modda elektr о‘tkazuvchanligining asosi nazariyasi. Reja


-MA’RUZA TOG‘ JINSLARI MASSIVINI MUSTAHKAMLASH



Download 436,74 Kb.
bet19/26
Sana07.07.2022
Hajmi436,74 Kb.
#752577
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26
Bog'liq
geomexanika

27-MA’RUZA
TOG‘ JINSLARI MASSIVINI MUSTAHKAMLASH
Reja:
1. Tog‘ jinslarini sementlashni qо‘llash shartlari.
2. Tog‘ jinslari massivini kimyoviy mustahkamlash usullari.
3. Tog‘ jinslarini mustahkamlash noan’anaviy usullari.

Ochiq kon ishlari, gidrotexnik va sanoat-fuqaro qurilishi amaliyotida keng tarqalgan tog‘ jinslari massivini mustahkamlash uslublari – sementlash, silikatizatsiya, qatronlash, yumshoq jinslarni kamuflet portlatish bilan termik mustahkamlash va mustahkamlash.


Tog‘ jinslarini sementlash quduq orqali sementli qorishmani haydash yо‘li bilan bо‘shliqlar va yoriqlarni sun’iy ravishda mustahkamlashdan iborat bо‘lib, buning natijasida ularning monolitligi va suv-gaz о‘tkazuvchanligi oshadi.
Sementning suvga nisbati 1:0,5 dan 1:20gacha о‘zgaradigan sementli qorishmalar bilan yoriq jinslar tamponlanadi.
Tamponlashni qо‘llash sohasi –yoriqlarining eni 0,15…0,20 mm kam bо‘lmagan va 10-2 l/min kam bо‘lmagan solishtirma suv singdiruvchan kuchli yorilgan qoya massivlaridan boshlab to donachalarining о‘lchami 0,8mm.gacha va 0,1…0,2 m/sut oshadigan filtratsiya koyeffitsiyentiga ega toshqorishma va yirik donachali. Karyerlarda qoya va yarimqoya jinslarning (granitlar, granitog‘neyslar, gabbro, kvarsitlar, slanetslar, qumliklar, ohaktosh va h.k.) yoriqsimon massivlarini mustahkamlash uchun ham sementlash qabо‘l qiligan.
Sementli qorishma quduqda nasos bilan hosil qilinadigan sezilarli bosim natijasida massivning buzilgan va yoriqsimon zonalariga kirib boradigan suspenziyani namoryon qiladi. Yoriqsimon massivning katta hajmlarini mustahkamlash uchun burg‘ulash quduqlari yordamida chuqurli sementlash qо‘llaniladi, ular orqali sementli qorishma 1,5…4,0 va undan ortiq Mpa bosimi ostida uzatiladi.
Qiyaliklar sementlanganda quyidagi shartlarga rioya qilish zarur: mustahkamlangan qismning chegarasi bо‘yicha gidrostatik bosimning oshishiga yо‘l qvо‘ymaslik; sirpanish yuzasini va bloklar о‘rtasidagi kontaktlarni shakllantiruvchi zaiflashish yuzalarining mustahkamlanishini ta’minlash.
Sementli qorishma pog‘onaning ustki maydonidan yoki osma polok yoki “belanchak”dan foydalanib qiyalik yuzasidan burg‘ulangan 50…200 mm diametrli quduqlar yarim aylanasi orqali haydaladi.
Qiyaliklarni sementlash uchun asosiy uskuna quyidagilarni: qorishmani aralashtirgich, sementatsion nasoslar, qabо‘l qilish sig‘imlari, quvur о‘tkazgichlar, yuqori bosimli shlangalar, zaporli armaturani, inyektorlarni (haydagichlarni), о‘lchash va tartibga solish apparaturalarini о‘z ichiga oladi.
Tog‘ jinslari massivini mustahkamlash uchun sement tanlash er osti suvlarining agressivligiga, jinslarning jadalligi va yoriqlik tavsifiga, qorishmaning qotish va qattiqlashish muddatiga bog‘liq.
Sementatsion materialni tanlash uchun turli rusumli sementlarning turli xillari (400 past emas), tо‘ldirgichlar (qum, yanchilgan shlak, dumchalar va h.k.) va kimyoviy qо‘shilmalar. Qum donachalarining kattaligi ingichka yoriqli jinslarning sementlaganda 0,1 mm oshib ketmasligi va yirik yoriqlarni va karstlangan jinslar sementlanganda 1 mm oshmasligi kerak.Tuproqli va changsimon zarrachalarning tarkibi qum massasidan 5…6% ortiq bо‘lmasligi kerak.
Tog‘ jinslarining ingichka- va mayda yoriqli massivlarida agressiv suv mavjud bо‘lganda sementlash uchun alyuminiy oksidli yoki qorishmaning tarqalish zonasini kattalashtirishga va sement toshining er osti suvlarining buzuvchi ta’siriga qarshi sulfatli chidamli sement qо‘llaniladi.
Bosimli suvlar mavjud bо‘lganda, sement toshining qotishini tezlashtiruvchi kimyoviy qо‘shilmalardan iborat bо‘lgan tez qotadigan sementlar qо‘llaniladi. Qotish muddatlarini qisqartirish uchun ularga kalsiyli xlor, soda, suyuq shisha yoki temirning, alyuminiyning va bariyning sement massasining 1,5…2,0% miqdoridagi xlorli qо‘shilmasi qо‘shiladi.
Ba’zi murakkab gidrogeologik sharoitlarda qayishqoqligi va harakatchanligi hisobiga tog‘ jinslari yoriqlari va bо‘shliqlariga kirib borishini oshiradigan sementli qorishmalarning qotish muddatlarini erlantiruvchi kimyoviy qо‘shilmalar(gips, xlorli berilliy, sulfit-spirtdi bardu) qо‘llaniladi. Bundan tashqari agressiv suhitda sementlarning korrozion pishiqligi oshadi.
Qiyaliklarni sementlash bilan mustahkamlash Oltin topkan qо‘rg‘oshin-rux kombinatining Qо‘rg‘oshin Karyerida amalga oshirilgan. Uzunligi 125 m, pog‘onasining balandligi 30 m, keskin darzlanishga (W=1,5…6,0) va mayda blokli massiv tuzilishiga ega bо‘lgan siyenit-dioritlar va ohaktoshlardan iborat bо‘lgan bort uchastkasida, sementli qorishma 20…30m. chuqurlikdagi quduq orqali 1,5 Mpa bosim ostida tо‘ldirilgan. Massiv tamponaji tо‘sig‘ini hosil qilish maqsadida, quduqlar orasidagi masofa 5…6m qilib talangan.
Uchastkada 19ta vertikal va umumiy uzunligi 695m bо‘lgan 6ta nishabli quduqlar burg‘ulangan. Mustahkamlangan massivning hajmi 14x103m3tashkil etgan,–58sement sarflangan. Tamponlash natijasida sementli toshning hajmi 50m3 etdi.

Download 436,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish