16 – ma’ruza modda elektr о‘tkazuvchanligining asosi nazariyasi. Reja


-MA’RUZA KARYERLAR BORTLARINING TURG‘UNLIGINI TA’MINLASH BО‘YICHA MUHANDISLIK USLUBLARINI QО‘LLASH



Download 436,74 Kb.
bet16/26
Sana07.07.2022
Hajmi436,74 Kb.
#752577
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26
Bog'liq
geomexanika

26-MA’RUZA
KARYERLAR BORTLARINING TURG‘UNLIGINI TA’MINLASH BО‘YICHA MUHANDISLIK USLUBLARINI QО‘LLASH
Reja:
1.Muhandislik boshqaruv uslublarini qо‘llashsharoitlari Usloviya primeneniya injenernix metodov upravleniya sostoyaniyem massiva gornix porod.
2.Qiyaliklarni temir beton qoziqlar, shponkalar, shtatlar va egiluvchan uzatmalar bilan mustahkamlash.
3.Qiyaliklarni kо‘chkiga qarshi yaxlit inshootlar yordamida mustahkamlash.

Qiyaliklar holatini boshqarish borasidagi muhandislik usullariningmaqsadi – pog‘onalar va bortlarni mexaniqaviy usulda mustahkamlash orqali ularning loyihaviy parametrlarini saqlab qolish, massivdagi tog‘ jinslarining tabiiy mustahkamligini saqlash yoki oshirish.


Muhandislik uslublari: agar yirik tektonik buzilishlar chо‘ziqliginingyо‘nalishi, yoriqlar, tog‘ jinslari massivining qatlamliligi pog‘onalar qiyaliklari chо‘ziqligi yо‘nalishi bilan 45 s kam bо‘lmagan burchak ostida kesishganda; tog‘ jinslarini, tektonik siniqlar va qatlamlarni siljituvchi katta amplitudali shamollatishga qobir bо‘lgan jadal yoriqlilik zonalarida; ishlab bо‘lingan tomonga 20---30 burchak ostida tushadigan tog‘ jinslari massisining noqulay mо‘ljallangan qatlamliligi zonalarida; chuqur gorizontlarda ishlaganda bortni yotqizishning iloji bо‘lmaganda qо‘llaniladi.
Tog‘ jinslari qiyaliklarini muhandis-mexaniqaviy uslublar bilanmustahkamlanganda muhim vazifa – sirpanish yuzasining holatini, hamda qiyalikning buzilishi mumkin bо‘lgan zonasining va uning siljish chegarasini aniqlash. Buzilishi mumkin bо‘lgan prizma massasi, ushlab turuvchi defqormatsiyalanishga qarshi konstruksiyalar va inshootlarni tutib turuvchi hisob bosimi, mustahkamlovchi konstruksiya qulflarini massivning monolitli qismida berkitish ishonchliligi - sirpanish yuzasining holatiga bog‘liq.
Bir xil deformatsiyalanadigan massivda sirpanish yuzasi grafotahliliy uslublardan foydalangan holda hisoblash yо‘li bilan belgilanadi.
Zaruriy quо‘shimcha tutib turuvchi kuch quyidagi ifodadan zahira koyeffitsiyentini hisobga olgan holda aniqlanadi:
ΔTu = Σ S - Σ Tu ,
bunda ΣS , Σtu - umumiy siljituvchi va tutib turuvchi kuchlar.
Turli xil sirpanish yuzalari uchun bir necha ΔΣ Tu hisoblarini amalga oshirib, uning maksimal qiymati, shuningdek zaiflashgan zonaning gorizontal va vertikal zonalarining quvvatlari belgilanadi, bu esa tutib turuvchi konstruksiyaning tipini tanlash imkonini beradi. Amaldagi siljituvchi kuchlarni о‘zgartirmasdan massivni mexaniqaviy mustahkamlash sirpanish yuzalarini shakllantirish zonalari bо‘ylab jinslarni siljitish qarshiligi tavsifini oshiradi, va bu qiyalikdagi tutib turuvchi kuchlar foydasiga balansga olib keladi. Qoziqlar va shponalar bilan mustahkamlangan qiyalik turg‘unligi zahirasi koyeffitsiyent,
n = (Σ Νΐ tgφ +Σcl + ΣΔTu) 1 ΣTί ,
bunda ΔTu – sirpanish yuzasi bо‘yicha qoziqlar yoki shponalarning kuchni tutib turuvchi, kN m.
tabiiy yoriqlik, tektonik buzilishlar, zaif qatlamra bilan va h.k. bilan zaiflashgan qiyaliklarni mustahkamlash zarurati, turg‘unlik zahirasi haqiqiy koyeffitsiyentining hisobi asosida va uni meyoriy koyeffitsiyentlar bilan taqqoslash orqali belgilanadi. Qiyalikni mustahkamlash hisobiga kuchlni qо‘shimcha tarzda ushlab turish turg‘unlik zahirasining haqiqiy koyeffitsiyentini meyoriy koyeffitsiyentgacha etkazish imkonini beradi. Qо‘shimcha tutib turuvchi kuch kattadigi quyidagi formula bо‘yicha hisoblanadi.
ΔTu = (nu – nf) Σ S
Qiyaliklarni temir beton qoziqlar, shponkalar, shtatlar va egiluvchan uzatmalar bilan mustahkamlash.Temirbeton qoziqlar va shponalar mahkam qoya tog‘ jinslaridan, zaiflashgan tektonik buzilishlardan va katta uzunlikdagi yoriqlardan, zaif qatlamlar va qatlamlanishlarda tuzilgan, ishlab bо‘lingan bо‘shliqqa 20—50 gradus burchak ostida tushadigan, pohonalar uchaskalarini mustahkamlash uchun qо‘llaniladi.
Ochiq kon ishlari amaliyotida ikki tipdagi temirbeton qoziqlari qо‘llaniladi: pohona mustahkamlanadigan joyning о‘zida tayorlanadigan qiydirma qoziq. Uni tayyorlash uchun avval ishlatilgan relslar, shvellerlar yoki qora metallarning boshqa turdagi prokatidan foydalaniladi; seriyalab chiqariladigan temirbeton qoziqlar. Namunaviy qoziqlarning diametri 200 dan 1000 mm.gacha tebranadi. Pog‘onalarni mustahkamlash uchun, qoziqning pastki uchi yoki shponaning pastki qismi, qoziyalar yoki shponalarning qulfini hosil qilib, tog‘ jinslarining monolitli zonasibilan mustahkam aloqaga ega bо‘lishi zarur.
Temirbeton qoziqlar va tog‘ jinslarining deformatsiyalanadigan massivi о‘rtasidagi о‘zaro bog‘lanish tavsifiga kо‘ra, quydagi turlarga ajratiladi: kesilganda ishlayodigan qoziqlar, va bukilganda ishlaydigan qoziqlar. Kesishuvi bо‘yicha qoziqlar quyidagi turlarga ajratiladi: yaxlit kesishuvli (yumaloq, kvadrat, tо‘g‘ri burchakli) qoziq va trubkasimon qoziq.
Qoziqlar bir yoki bir necha qator qilib о‘rnatilishi, qatorda massivning tuzilishiga, pohonaning deformatsiyalanish tavsifiga, jinslarning fizika-mexaniqaviy xususiyatlari va qoziqning turli tartibda kesishuv о‘lchamlariga qarab joylashtirilishi mumkin. Qiyaliklarni qoziqli mustahkamlash asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat: qoziqning kesib ishlaganda yuqori darajadagi kо‘tarib turuvchi qobiliyati; ularning о‘rnatilishi yoki tiklanishining oddiyligi; ishlarning tо‘liq mexanizatsiyasi; zaiflashish yuzalari chuqur chо‘zilgan sezilarli masofadagi va katta balandlikdagi uchastkalarni mustahkamlash imkoniyati.
Qoziqlarni qо‘llash katta masofadagi yoriqlarni о‘z ichiga oladigan zaiflashgan tik tushuvchi sirpanish yuzali uchastkalarda; qulashi mumkin bо‘lgan prizmadagi buzilgan tog‘ jinsli va sezilarli quvvatga ega bо‘lgan siljish va zaiflashish zonali uchastkalarda qо‘llash chegaralanadi

Download 436,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish