24-MA’RUZA KARYERLAR VA AG‘DARMALAR BORTLARIDA MASSIV HOLATINING YО‘NALTIRILGAN О‘ZGARISHI. Reja: 1. Qiyaliklar turg‘unligini boshqarish usullari.
2. Kon ishlarini manyovrlash.
3.Portlashlar zararli harakatining Karyerning chegaraviy konturiga ta’sirini pasaytirish.
1. Qiyaliklar turg‘unligini boshqarish usullari. Konlarni ochiq usulda qazish texnologiyasini takomillashtirish Karyerlar chuqurligini 500—700 m. oshirish imkonini beradi. Bunday Karyerlar uchun chegaraviy konturdagi bortlarning uzoq vaqt davomidagi turg‘unlik masalalari xavfsizlikni ta’minlash va kon ishlarini olib borish iqtisodiy samaradorligi nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega.
Ochiq kon ishlarining minimal hajmlarini ta’minlovchi Karyerlar bortlari qiyaliklarining maksimal tik burchaklari qо‘llanilayotgan kon-transport uskunalarni hisobga olgan holda konstruktorlash orqali erishiladi. Biroq Karyerlarning geometrik parametrlarini aniqlashga aynan konstruktorlik nuqtai nazaridan yondoshish odatda tog‘ jinslari massivining muhandis-geologik sharoitlari bilan chegaralanadi.
Agar Karyerning konstruktivn parametrlari alohida pog‘onalar va bortlarning turg‘unlik shartlari bilan ta’minlanmasa, unda qiyaliklar burchaklarini pasaytirish yoki qiyaliklarning holatini boshqarish borasidagi maxsus texnologik va muhandislik uslublarini qо‘llagan holda massiv holatini yо‘naltirilgan holda о‘zgartirish zarur (24.1-rasm).
Qiyaliklar burchaklarini kamaytirish ochiq usulda qazish ishlaridagi texnik-iqtisodiy kо‘rsatgichlarning pasayishiga olib keladi. Masalan, 400 m chuqurlikdagi Karyer borti qiyalik burchagining 55 dan 45°gachakamayishi ochiq hajmini bir kilometrga chо‘zilgan uzunlikka 40 mln. m3gacha oshishiga olib keladi (24.2-rasm).
Qiyalitklar holatini boshqarish texnologik usullarining maqsadi – pog‘onalar va bortlar turg‘unligining buzilishiga yо‘l qо‘ymaydigan bunday usuldagi ochish ishlarini, qazish tizimlarini, qо‘llanilayotgan kon-transport tiplarini, BPI va Karyer maydonlarini quritish ishlarini olib borish usullarini qidirib topishdan iboratdir.
Ishchi va noishchi bortlar va pog‘onalarning holatini boshqarish texnologik usullari kompleksini qо‘llash konni qazish bо‘yicha kon-texnik va muhandis-texnologik sharoitlariga va ag‘darmalarning hosil bо‘lishiga bog‘liq.
Qiyaliklarni boshqarishning asosiy texnologik usullariga kon ishlarini manyovrlash (ishloa berish navbatiga rioya qilish), Karyer maydonini oqilona qazish va ochish, pog‘onalar va bortlar parametrlarini, kon ishlari frontini ilgari surish yо‘nalishi va tezligini о‘zgartirish; pog‘onalarni maxsus nishablash kiradi.
24.1-rasm.Karyerlardagi qiyaliklar holatini boshqarish sxemasi
Qoplama hajmining karyer va burchak chuqurligiga bog‘liqligi (YE. L. Galustyan bо‘yicha)
Qiyaliklar holatini boshqarish muhandislik usullarining maqsadi – pog‘onalar va bortlarning loyihaviy parametrlarini ularni mexaniqaviy mustahkamlash, massivdagi tog‘ jinslarining tabiiy mustahkamligini saqlash yoki oshirish yо‘li bilan saqlashdan iboratdir.
Deformatsiyalanadigan qiyaliklarni mexaniqaviy usulda mustahkamlagning mohiyati –tog‘ jinslari massivining ma’lum qismida unda siljuvchan deformatsiyalarning buzilishining rivojlanishiga tо‘siqlik qiluvchi bunday kuchlangan holatini hosil qilishdan iborat. Mustahkamlovchi kо‘chkiga qarshi konstruksiyalar va inshootlar buzilish prizmasi bosimini takrorlab, uni sirpanish yuzasini shakllantirish zonasidan tashqarida turgan massiv sohasiga uzatadi.
Qoziqlar, shponalar, shtangalar (ankerlar) va egiluvchan trosli og‘irliklar, himoya (izolyasiyalovchi) qoplamalar va devorlar, tirgakti devorlar va kontrforslar yordamida amalga oshiriladi. Ushbu konstruksiyalar va inshootlarning ishonchli ishlashiga, agar siljuvchan deformatsiyalarni shakllantirish zonasining ortida tog‘ jinslari massivining mustahkam qismi etarli bо‘lsagina erishish mumkin.
Tog‘ jinslari massivini mustahkamlash – bu qiyalikni tashkil etuvchi tog‘ jinslarining fizika-mexaniqaviy va filtratsion xususiyatlarini sun’iy, mustahkamlash, yaxshilashdan iborat. yoriqsimon tog‘ jinslaridagi buzilgan tuzilmali aloqalarni tiklash youi yumshoq chо‘kindilardagi yangi qо‘shimcha aloqalarni hosil qilish uchun Karyer uchastkasining muhandis-geologik sharoitlarga qarab,quyidagi mustahkamlash usullari qо‘llaniladi: sementlash, silikatlash yoki massivga boshqa mustahkamlovchi eritmalarni, elektrosilikatizatsiyani, elektrokimyoviy va termik ishlov berishni haydab kirish, jinslarni portlatish energiyasi bilan zichlashtirish. Pog‘onalar turg‘unligini sun’iy saqlab turishning maqsadga muvofiqligi texnik-iqtisodiy hisoblar, bilan aniqlanadi, ularning asosiy kо‘rsatgichlariga – ochiqni qisqartirish hajmi, uning qiymati va kо‘chkiga qarshi tadbirlarga sarflanadigan xarajatlarning qiymati kiradi. Qiyaliklarni sun’iy mustahkamlash xarajatlarini bortni qо‘shimcha tezlanishi xarajatlari bilan taqqoslash yо‘li bilan qiyaliklarni himoya qilish choralarining maqsadga muvofiqligi belgilanadi.
Muhandislik choralari, agar yirik texnik buzilishlarchо‘ziqligining, yoriqlar, tog‘ jinslari massivi qatlamnishining yо‘naligi 45° kam bо‘lgan burchak ostida pog‘onalar qiyaliklari chо‘ziqligi yо‘nalishi bilan kesishganda; tog‘ jinslarining, tektonik siniqlar va katta amplitudali qatlamlar siljishi bо‘yicha shamollashigi moyil bо‘lgan intensiv yoriqlilik zonalarida; ishlov berilgan bо‘shliq tomonga 20...30° burchak ostida tushadigan tog‘ jinslari massivining noqulay mо‘ljallangan qatlamliligi zonalarida; chuqur gorizontlarda ishlaganda bortning qо‘yilishini amalga oshirish imkoniyati bо‘lmaganda qо‘llaniladi.
Karyer bortlari va pog‘onalarini mustahkamlash bо‘yicha loyiha tarkibi quyidagilarni, ya’ni: geologik-razvedka ishlari va muhandis-geologik qidiruvlarboshlang‘ich ma’lumotlarini; mustahkamlash ishliri uchastkalarida bort turg‘unligining hisoblari; qiyaliklardagi tog‘ jinslarini mustahkamlash va izolyasiyalash; qiyaliklarni mustahkamlash pasporti; mustahkamlash bо‘yicha texnik-istisodiy hisob-kitoblar va qiyosiy variantlar kiradi.
Qiyaliklarni mustahkamlash bо‘yicha muhandislik usullarini baholaganda qiymatiy kо‘rsatgichlar va qurilish ishlarining muddatlari muhim sanaladi. Qiyaliklarni mustahkamlash usullari variantlari:iqtisodiy maqsadga muvofiqlik; kо‘chkiga qarshi konstruksiya uchun xarajatlar; materiallar xarajatlari; mustahkamlangmana qiyalikning turish vaqtiga bog‘liq bо‘lgan qurilish muddati; konstruksiyalarining chidamliligi.