16 – ma’ruza modda elektr о‘tkazuvchanligining asosi nazariyasi. Reja


-MA’RUZA KARYERLARDA QIYALIKLAR TURG‘UNLIGINI



Download 436,74 Kb.
bet15/26
Sana07.07.2022
Hajmi436,74 Kb.
#752577
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26
Bog'liq
geomexanika

25-MA’RUZA
KARYERLARDA QIYALIKLAR TURG‘UNLIGINI
BOSHQARISH BО‘YICHA TEXNOLOGIK USLUBLAR.
Reja:
1. Kon ishlarini manyovrlash orqali qiyaliklar turg‘unligini boshqarish.
2. Portlashlarning Karyerning chegaraviy konturini shakllantirishga bо‘lgan zararli ta’sirini pasaytirish.
Konlarni ochiq usulda qazish texnologiyasini takomillashtirish Karyerlar chuqurligini 500 – 700 m.gacha kattalashtirish imkonini beradi. Bunday Karyerlar uchun kon ishlarini olib borish xavfsizligi va samaradorligini ta’minlash nuqtai nazaridan chegaraviy konturda uzoq vaqt davomida bortlar mustahkamligi masalalari muhim ahamiyat kasb etadi.
Agar Karyer konstruktiv parametrlari alohida pog‘onalar va bortlarning mustahkamlik shartlari bilan ta’minlanadigan bо‘lsa, unda qiyaliklar holatini boshqarish uchun maxsus texnologik uslublarni qо‘llash zarur.
Qiyaliklar holatini boshqarish uchun asosiy texnologik uslublarga quyidagilar kiradi: kon ishlari bilan manyovrlash (ishloa berish navbatiga rioya qilish), Karyer maydonini oqilona ochiq va bichish, pog‘onalar va bortlar parametrlarini, kon ishlari frontining siljitish yо‘nalishi va tezligini, pog‘onalarning maxsus nishablanishini о‘zgartirish.
Kon ishlari bilan manyovrlash.Qiyaliklar turg‘unligini kon ishlari bilan manyovrlash yо‘li bilan boshqarish, agar pog‘ona qiyaligining balandligi va burchagini tuzatish qiyaliklar deformatsiyasini bartaraf etish bо‘yicha istalgan natija bermasa yoki ustki gorizontlarda bortning tezlanishiga yoki ochish ishlarining kattalashishiga olib kelgan hollarda qо‘llaniladi.
Kon ishlari bilan manyovrlashning mohiyati konni qazish texnologik sxemasining pog‘onalar va bortlarning haqiqiy turg‘unligi bilan uzviy о‘zaro bog‘liqligidan iborat. Kon ishlari bilan manyovrlash butun kon yoki uning ma’lum qismi doirasida amalga oshiriladi. Kon ishlari bilan manyovrlashquyidagi texnologik usullarni о‘z ichiga oladi: konga ishlov berish navbatiga rioya qilish va kon ishlari frontini siljitish yо‘nalishini о‘zgartirish. Bunda tog‘ jinslari massivining geologik tuzilishi, tuzilishi va fizika-mexaniqaviy xususiyatlari haqidagi ma’lumotlardan foydalaniladi va ular asosida pog‘onalar va bortlar qiyaliklari turg‘unligi hisoblab chiqariladi, shunigdek Karyer maydonini alohida о‘yish bloklariga ajratib va ularda kon ishlarini siljitish yо‘nalishini kо‘rsatib, Karyer maydonining texnologik xaritasi tuziladi.
Ochuvchi qazilmalarning joylashuviga muhim e’tibor qaratiladi. Tashqi ochuvchi qazilmalarning avariyasiz foydalanilishini ta’minlash uchun, Karyerning butun mavjud bо‘lish muddati davomida ular massivda ancha turg‘un jinslar bilan joylashtiriladi.
Statsionar ichki syezdlar joylashuvi tanlanganda qatlamlari tushadigan massivning va massiv ichiga susayish yuzalarining uchastkalaridan foydalaniladi.
Karyer maydoniga ishlov berish uning noqulay sharoitlarga ega bо‘lgan qismini qazishdan boshlanadi, sо‘ngra esa zaif litologik farqlardan iborat bо‘lgan va tuzilishi sust bо‘lgan massiv о‘zlashtiriladi. Kon ishlari bilan manyovrlash yо‘li bilan qiyaliklar turg‘unligini boshqarish usulini muldasimon uyumlarga ishlov berilgandaqо‘llash maqsadga muvofiq sanaladi.
Qiyaliklar deformatsiyalarini pasaytirish maqsadida parallel surishdan yarim aylana yoki fronining diagonal kо‘chirilishini noqulay mо‘ljallangan susayish yuzalariga nisbatan manyovrlash tufayli, kon ishlari frontining yо‘nalishini 0 dan 180gachaо‘zgartirish mumkin.
Ishlar frontini surish yо‘nalishini oqilona о‘zgartirish Karyer maydonini kondan foydalanishva bortlar turg‘unligining hisob-kitoblari jarayonida muhandis-geologik rayonlashtirish, tog‘ jinslari uyumlarini aniqlashtirish asosida aniqlanadi.
Portlashlarning Karyerning chegaraviy konturni tuzishga zararli ta’sirini pasaytirish.Quduqli zaryadlarni portlatish portaltiladigan bortdan tashqarida pog‘onalar va tog‘ jinslari massivi yuzasida deformatsiyalar keltirib chiqaradi. Kon ishlarini Karyer bortiining chegaraviy konturiga olib kelinganda konturorti massivini zakollardan va qoldiq deformatsiyalardan himoyalash zarurati yuzaga keladi. Portlashning zararli ta’siri - kuchlanish seysmik maydonining shakllantirilishini va portlatilayotgan blokda va uning tashqarisidagi tebranishlarni boshqarish yо‘li bilan pasaytiriladi.
Portlash PM tegishli fiziko-detonatsion tavsiflarini tanlash, quduq zaryadlarini konstruksiyalanishi, qisqa sekinlashtirilga portlashni qо‘llash, seysmik tо‘lqinlarni tarqatish yо‘lida ekranlashtiruvchi yuzalarni yaratish, portlatilayotgan blokda portlashning rivojlanish yо‘nalishini va portlatish navbatini о‘zgartirish tufayli boshqariladi. Portlashning massivga ta’sirini pog‘onalarning dastlabki nishablanishi orqali ham chegaralash mumkin.
Portlashning qiyaliklarga zararli ta’siri darajasiga ta’sir kо‘rsatuvchi PM asosiy xususiyatlari, - ularning zichligi va zaryad detonatsiyasining tezligi. Turli PM yaqin portlash zonasida turli kuchlanishlarni va massivning tebranish tezliklarini, portlash joyidan olib tashlanib esa – tо‘lqinlarning turli darajada sо‘nishini keltirib chiqaradi.
Tog‘ jinslari massividagi seysmik tebranishlarning о‘zgarish tavsifini belglab beruvchi zaryadlar konstruksiyalari ichida, maxsus kumulyativ о‘yiqli, inert tо‘ldirgichli, shuningdek kombinatsiyalangan, havoli о‘qli va xalqali tirqishli konstruksiyalar ajratiladi. Qisqa sekinlashgan portlashni qо‘lash samaraliroq. Kamroq seysmik ta’sir 20---70 ms atrofida sekinlashish intervallarida kuzatiladi. Portlashning seysmik ta’sirini pasaytirish darajasiga sekinlashtirgichlarning tipi va ularning soni sezilarli darajada ta’sir kо‘rsatadi. Massivning tebranish jadalligini keskin pasaytirish doimiy sekinlashtirish intervali orqali portlatilganda erishiladi.
Portlash ta’siriniini lokalizatsiyalash va qiyalikni maxsus nishablash.Massivda portlash ta’sirini lokalizatsiyalash himoyalovchi, ekranlashtiruvchi amortizatsiyalovchi qatlamlarni qо‘llagan holda amalga oshiriladi. Kо‘rsatib о‘tilgan ekranlashtirish vositalari portlash energiyasining bir qismini yutib oladiyoki kuchlanish tо‘lqinlarining va seysmik tо‘lqinlarning konturosti massiviga tarqalishiga tо‘siqlik qiladi. Ekranlashtirish taasurorti maxsus ishablash pog‘onalarining qо‘llanilishi tufayli kuchayadi.
Maxsus nishablash deganda qiyaliklar turg‘unligi, bermalarning saqlanishi ta’minlanadigan va tо‘kilmalarning tо‘planish jadalligi kamayadigan, noishchi bortlarni rasmiylashtirish va kontur atrofi kirimlariga ishlov berishning shunday texnologiyasini qо‘llash tushuniladi.
Loyihaviy burchaklar ostida pog‘onalarni nishablash quyidagi texnologiksxemalar bо‘yicha: bir yoki bir necha pog‘onalarning balandligiga qiyalik quduqlari bilan Karyerning chegaraviy konturida dastlabki tirqish hosil qilish; kontur atrofi hoshiyasida sо‘nggi kirim о‘yilganda pog‘onaning butun balandligiga loyihaviy kontur bо‘yicha bir qatorli va ikki qatorli nishablovchi quduqlarni qо‘llash; qiyalik chuqur va yordamchi vertikal kalta quduqlarni birlashtirish; loyihaviy konturga kalta qiyalik quduqlari bilan qо‘yilgan pog‘onaning ustki qismini rasmiylashtirish orqali; vertikal kalta quduqlar bilan nishablash; pog‘onaning butun balandligi bо‘ylabbir qator vertikal quduqlar bilanbajarilishi mumkin.
Shuningdek massiv portlashlarning seysmik ta’siridan pastki bermadan burg‘ilangan yassi quduqlar bilanpastda yotadigan pog‘ona yuzasni ekranlashtirish orqali kontur atrofi kirimlariga ishlov berilgandahimoya qilanadi.


Download 436,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish