№26. Mavzu: Blokda kesuvchi (tik yoki qiya) tirqishni barpo qilish
Blokdagi ruda zaxirasini kesish deb rudani qazib olishning bir bosqichi hisoblangan, kesuvchi tirqishni barpo qilish uchun olib boriladigan kon ishlariga aytiladi. Kesuvchi tirqish – bu tik yoki qiya ochilgan yuza (kompensatsion bо‘shliq) bо‘lib, blok chegarasidagi rudani massivdan tik qatlamlar bilan ajratish uchun ma’lum sharoit yaratib beradigan kon lahimidir. Kesuvchi tirqish quyidagi qazib olish tizimlarida qо‘llaniladi: kamera ustunli, qavatni kameralab, nimqavatni kameralab, nimqavat va qavatni qulatib va boshqa qazib olish tizimlarida. Qabul qilingan rudani massivdan ajratish usuliga bog‘liq ravishda kesuvchi tirqish shpur va skvajina zaryadlarini portlatish bilan hosil qilinadi.
Kesuvchi tirqishni barpo etish uchun dastlab kesuvchi lahimlarini о‘tish kerak bо‘ladi. Bularga kesuvchi shtreklar, ortlar va yuqorilovchi lahimlar kiradi. Kesuvchi-yuqorilovchi lahim – bu qazib olish kov joyini tayerlash uchun ruda tanasi bо‘ylab о‘tiladigan tik yoki qiya kon lahimidir. Kesuvchi yuqorilovchi lahimdan kusuvchi tirqishni hosil qilish ishlari boshlanadi (70-rasm). Juda keng tarqalgan kesuvchi yuqorilovchi lahimning о‘lchamlari 1,5 1,5, 1,8 1,8, 2 2 va 2 3 m bо‘ladi. Barcha kerakli kesuvchi lahimlar о‘tilgandan keyin kesuvchi tirqish hosil qilinadi.
Shpurlar bilan kesuvchi tirqishni barpo qilish. Kesuvchi tirqishni tashkil qilishning bu usuli kamera-ustunli qazib olish tizimlarida keng qо‘llaniladi. Kamera-ustunli qazib olish tizimida (70-rasm) kesuvchi tirqishning mohiyati va uni hosil qilguncha о‘tiladigan kon lahilari ketma-ketligi quyidagilarni о‘z ichiga oladi.
Ruda tanasi kengligi 100 m gacha bо‘lgan panellarga bо‘linadi. Ruda tanasidan 5-12 m pastda, panel chegarasi bо‘ylab “dala” tashish shtreki 1 о‘tiladi. Kamera kengligiga bog‘liq holda har 12-20 m da “dala” tashish shtrekiga tutashuvchi ruda tushirgichlar 2 barpo qilinadi. Ruda tanasidan panel chegarasi bо‘ylab (“dala” shtrekiga paralel ravishda) kesuvchi shtrek 3 о‘tiladi va har ikki-uch kameraga xizmat qiluvchi, paralel joylashgan shtreklarni tutashtiruvchi xо‘jalik yuqorilovchi lahimi о‘tiladi. Kesuvchi shtrekdan har-bir kameraga kirib boruvchi kesuvchi lahim 4 (rassechka) о‘tkaziladi va ushbu kesuvchi lahimdan ruda tanasi qalinligi bо‘yicha shiftgacha kesuvchi-yuqorilovchi lahim 6 о‘tiladi. Yuqorida aytganimizdek kesuvchi yuqorilovchi lahimdan kusuvchi tirqishni hosil qilish ishlari boshlanadi. Bu holatda ham yuqorilovchi lahimning shift bilan tutashadigan ma’lum bir qismi (ruda tanasining yuqorgi kontaktida) kengaytirilib kesuvchi tirqish 7 barpo qilinadi. Bevosita kesuvchi tirqishdan shpurlar yordamida ruda ajratiladi va yeng yuqoridagi pog‘ona (keyinchalik ruda tanasining qalinligiga mos ravishda yuqoridan pastga qarab bir nechta pog‘onalar paydo bо‘ladi) hosil qilina boshlaydi hamda kamera chegarasigacha rivojlatiriladi. Pog‘ona balandligi qо‘llaniladigan burg‘ilash vositalariga bog‘liq holda 2–3 m, kengligi esa kesuvchi tirqish kengligiga teng bо‘ladi. Qisqacha aytganda kesuvchi tirqishning vazifasi bevosita qazib olish ishlarini boshlashga imkon yaratishdan iborat.
70-rasm. Kamera-ustunli qazib olish tizimida shpurlar yordamida kesvchi tirqishni hosil qilish.
Ajratilgan ruda kesuvchi yuqorilovchi lahim bо‘ylab kesuvchi shtrekga, kesuvchi shtrekdan ruda tushirgich orqali tashish gorizontiga (“dala” tashish shtreki) chiqariladi. Panelda bо‘yicha kesuvchi tirqishlarni barpo qilish va pog‘onalarda qazish ishlari bir vaqtda olib boriladi (kameraning birida tirqish barpo qilinsa boshqasida pog‘onalarni qazish ishlari olib boriladi). Kesuvchi tirqishni shpurlar zaryadini portlatib tashkil qilish usuli boshqa usullarga nisbatan kamroq qо‘llaniladi. Chunki kesuvchi tirqishni barpo etish nisbatan xavfliroq (ishchilar doimo ancha oldin ochilgan bо‘shliqda bо‘lishi), kо‘p vaqt va kо‘p mehnat talab qilishi va x.k.
Kesuvchi tirqishni chuqur skvajinalar bilan hosil qilish. Kesuvchi tirqishni barpo etishning bu usuli qavatni kameralab qazib olish tizimlarida qо‘llaniladi. Kesuvchi tirqishlar kesuvchi shtrek va burg‘ilash lahimlarida burg‘ilangan skvajinalarni ketma-ket portlatish orqali dastlab о‘tilgan kesuvchi yuqorilovchi lahimni kengaytirish yо‘li bilan hosil qilinadi (71-rasm).
Har bir burg‘ilash gorizontida kesuvchi yuqorilovchi lahim 2 bilan tutashadigan kesuvchi shtrek (burg‘ilash shtreki) 1 hamda bu shtrek yon devoridan burg‘ilash lahimlari 6 о‘tiladi. Bu shtrek va burg‘ilash lahimlaridan pastga parallel skvajinalar qatori burg‘ilanadi. 71-rasmda kо‘rinib turibdiki har bir qatorda uchta skvajina joylashtirilgan.
Kesuvchi yuqorilovchi lahimdan boshlab kamera balandligi bо‘yicha skvajina qatorlarini ketma–ket portlatiladi. Skvajinalarning hamma qatorlarini portlatish natijasida uzunligi 15–30 m bо‘lgan kesuvchi tirqish hosil bо‘ladi. Bundan keyin burg‘ilash ortida 7 yelpig‘ichsimon sxemada burg‘ilangan skvajinalarni portlatish yordamida qazib olish ishlari olib boriladi. Tirqish uzunligi blok va qazib olish tizimlari о‘lchamlari bilan belgilanadi.
Qavat balandligi yuqori (50-70 m) bо‘lgan holatlarda butun kamera balandligi bо‘yicha kesuvchi tirqishn hosil qilish murakkab va samarasiz bо‘lganligi uchun burg‘ilash shtreki (yuqoridagidek burg‘ilash shtreki kesuvchi yuqorilovchi lahim bilan tutashtirilgan bо‘ladi) о‘tilib qavat teng ikkita nimqavatga (yoki 2/3, 1/3 nisbatlar bо‘yicha) ajratiladi. Bunda burg‘ilash shtreki va unda hosil qilingan burg‘ilash lahimlaridan turib yuqoridagi va pastdagi nimqavatlarda skvajina qatorilari barpo qilinadi. Har bir qatorga 4 dan 8 gacha skvajinalar joylashtiriladi.
71-расм. Қаватни камералаб қазиб олиш тизимида скважиналар ёрдамида кесувчи тирқишни ҳосил қилиш.
1-бурғилаш штреки; 2-кусувчи юқориловчи лаҳм; 3-кесувчи юқориловчи лаҳмни кенгайтирувчи скважиналар; 4-воронкалар; 5-кесувчи тирқишни ҳосил қилиш учун бурғиланаган скважиналар; I-V скважиналарни портлатиш тартиби; 6- бурғилаш лаҳимлари; 7-бурғилаш орти.
Ruda mustahkamligi va tirqish kengligiga bog‘liq holda skvajina qatorlari parallel ravishda joylashtirish mumkin. Ruda mustahkamligi о‘rtacha va о‘rtachadan past bо‘lganda skvajinalar yelpig‘ichsimon sxemada, ruda mustahkamligi о‘rtachadan yuqori va mustahkam bо‘lganda skvajinalar parallel ravishda joylashtiriladi. Zaryadning siqilgan muhutda (ochilga yuza miqdori yetarli darajada emas) ishlashini hisobga olgan holda kamerada rudani massivdan ajratish vaziyatiga nisbatan skvajina orasidagi masofani 20–40 % kamaytirish, portlovchi moddaning solishtirma sarfini 20–50 % ga oshirish kerak bо‘ladi. Kesuvchi tirqishni hosil qilish uchun skvajinalar kamera kengligiga va kesuvchi yuqorilovchi lahimga nisbatan hisoblash sxemasiga (72 a,b - rasm) asosalanga holda joylashtiriladi
Skvajinalarni parallel yoki yelpig‘ichsimon sxema bо‘yicha joylashtirishda eng qisqa qarshilik chizig‘i yuqoridagi mavzularda qayd etilgan formulalar bilan aniqlanadi.
72-rasm. Kesuvchi tirqishni ikkita paralel kesuvchi shtrek orqali hosil qilish uchun hisoblash sxemasi.
Paralel skvajinalar zaryad о‘qlari orasidagi masofa quyidagicha aniqlanadi
Bunda: – skvajina diametri, m.
Kesuvchi tirqishni hosil qilishda qazib olingan rudaning sanoat zaxirasi
Bunda: burg‘ilash gorizontlarining soni;
kesuvchi tirqish kengligi, 2–15 m.
–qazib olish kamerasining (blok) kengligi, m;
burg‘ilash gorizontlari orasidagi masofa, m;
–kesuvchi yuqorilovchi lahim kо‘ndalang kesim yuzasi, m2;
gorizontlar orasidagi kesuvchi yuqorilovchi lahim
balandligi, m.
kesuvchi (burg‘ilash) lahimi kо‘ndalang kesim yuzasi, m2;
kamera shifti kо‘ndalang kesim yuzasi, m2;
kamera shifti chegarasida kesuvchi yuqorilovchi lahimning
kо‘ndalang kesim yuzasi, m2;
kamera shifti chegarasida kesuvchi yuqorilovchi lahimning
balandligi, m
Kesuvchi tirqishni hosil qilish uchun burg‘ilanadigan skvajinalarning umumiy uzunligi Lum qazib olish tizimi chizmasi bо‘yicha grafik usulda aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |