O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“Byudjet hisobi va g’aznachilik” fakulteti
BET-50 guruh talabasi
Zarifboev Javohir
TOSHKENT-2021
15-variant
1.Soliqlarning funnktsiyalariga izoh bering. Mamlakatimizda soliq siyosati qaysi maqsadlarga qaratilgan?
2.Soliq islohotlarining asosiy yo’nalishlarini tushuntirib bering
1.
Soliqlar uzoq davr mobaynida jamiyat tomonidan yaratilgan mahsulotning bir qismini davlat xazinasini to‘ldirish uchun undiriladigan asosiy manba sifatida ma’lum. Shu bilan birga, soliqqa tortish esa iqtisodiy madaniyatning bir elementi sifatida davlatlarning bozor iqtisodiyotiga o‘tgan yoki o‘tmaganligiga qaramasdan, ularning hammasiga xosdir. Shuning uchun soliqqa tortishni insoniyatning rivojlanishidan ajratmagan holda ko‘rib, uning noyob bir ixtirosi sifatida tan olish lozim.Shveysariyalik iqtisodchi S. Fisherning fikricha, soliqlar – bu jamiyatning sivilizatsiya uchun to‘lovidir. S. Parkinsonning fikricha, «soliqqa tortish dunyo kabi qadimiy bo‘lib,uning boshlang‘ich shakllari mahalliy qabila boshliqlarining daryo boshlarini, ikki daryoning kesishgan yoki tog‘dan o‘tish joylarini to‘sib,undan foydalanganlik yoki savdogar va sayyohlardan ushbu yerdan o‘tganlik uchun to‘lovlar undirgan davrlarda paydo bo‘lgan».Soliq undirishni huquqiy tomondan ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, u soliq to‘lovchining xususiy mulkining bir qismini davlat xazinasiga berish,demakdir. Ya’ni, bu degani soliq faqat iqtisodiy tushuncha bo‘lib qolmay, shu bilan birga huquqiy kategoriyadir, shuning uchun soliq tabiatini tushunishning qiyin tomoni ham, uni bir vaqtning o‘zida borliqning
haqiqatda iqtisodiy, xo‘jalik va siyosiy tomonlarini o‘z ichiga olganligidadir. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 12-moddasiga muvofiq, «Soliqlar deganda, ushbu kodeksda belgilangan,muayyan miqdorlarda undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va beg‘araz xususiyatga ega bo‘lgan, budjetga yo‘naltiriladigan majburiy pul to‘lovlari tushuniladi. Soliq solish – yuridik shaxslarga nisbatan mulkchilik shaklidan, qonun oldida tenglik, jismoniy shaxslarga nisbatan esa jinsi, irqi, millati, tili,dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’I nazar, qonun oldida tenglik asosida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi hududida erkin muomalada bo‘lishini bevosita yoki bilvosita cheklab quyishi yoxud soliq to‘lovchining iqtisodiy faoliyatini boshqacha tarzda cheklab qo‘yishi yoki unga to‘sqin bo‘lishi mumkin emas. Olingan manbalardan qat’i nazar,barcha daromadlarga soliq solinishi shart. Soliqlarning asosiy mohiyatini ularning vazifalari, ya’ni soliqlarning
jamiyat va davlatning rivojlanishiga ta’sir etuvchi asosiy yo‘naltiruvchi
kuch ekanligi ochib beradi. Soliqlar bozor iqtisodiyotiga o‘tgan har bir
davlatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri budjet munosabatlariga va shu bilan birgalikda
imtiyoz, jarima tizimlari orqali esa tovar (xizmat) ishlab chiqaruvchilarga
ta’sir etuvchi asosiy kuch sifatida ishlatiladi.
Soliqlar orqali davlat o‘zining bir necha muammolarini hal qiladi,
jumladan:
— jamiyatning mavjud ehtiyojlari va uni qondirish uchun zarur
bo‘lgan resurslar o‘rtasidagi tenglikka erishiladi;
— tabiat boyliklaridan unumli foydalanish uchun jarimalar va boshqa
turdagi chegaralar qo‘yish yo‘li bilan tabiatga zararli bo‘lgan ishlab
chiqarishlarning tarqalmasligiga erishiladi;
— iqtisodiy, ijtimoy va boshqa ko‘pgina turdagi jamiyatning
muammolari hal qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |