Mustaqillik yillarida soliq siyosati. O‘zbekistonda soliq
qonunchiligini takomillashtirish, soliq yukini bosqichma-bosqich
kamaytirib borish, soliq to‘lovchilarni ularning xo‘jalik faoliyatiga asossiz
aralashuvlardan himoya qilishni kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar
ko‘rish bilan bir vaqtda, soliqqa tortish tizimini takomillashtirish va
soddalashtirish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Mustaqillik
yillarida yurtimizda keng miqyosdagi soliq islohotlari amalga oshirildi.
Buning natijasida bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan, davlat
budjetini to‘ldirishni va zarur davlat xarajatlarini moliyalashtirishni
ta’minlaydigan va shuningdek, aholi daromadlari o‘sishini, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, uning yangi tarmoqlari, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantiradigan zamonaviy soliq tizimi
yaratildi. Iqtisodiyotda soliq yukining bosqichma-bosqich kamaytirilishi olib
borilayotgan soliq islohotlarining eng muhim natijasi, yuqori iqtisodiy
o‘sish sur’atlarini ta’minlashning eng muhim omillaridan biri bo‘ldi.
Misol uchun, agar 1994-yili korxonalarning daromad solig‘i stavkasi 45
foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2010-yilga kelib, u 9 foizga tushdi.
Bu borada takroriy soliqqa tortishga yo‘l qo‘ymaslik hamda xo‘jalik
subyektlari uchun soliq bojini kamaytirish maqsadida ilgari daromad
solig‘i to‘lashda soliqqa tortiladigan bazaga kiritilgan ish haqi xarajatlari
va boshqa bir qator xarajatlar daromad solig‘i bo‘yicha soliqqa tortish
bazasidan chiqarildi.
Ayni vaqtda ichki talabning kengayishi, aholi real daromadlarining
ko‘payishi va turmush darajasining yanada oshishini rag‘batlantirish
maqsadida soliqqa tortish tizimini soddalashtirish va jismoniy
shaxslarning daromad solig‘i stavkasini sezilarli darajada pasaytirish
chora-tadbirlari amalga oshirildi. Masalan, agar mustaqillikning dastlabki yillarida jismoniy
shaxslardan olinadigan daromad solig‘i eng yuqori – 60 foizli stavka bilan
7-shkala bo‘yicha hisoblangan va undirilgan bo‘lsa, hozirgi paytda 3-
shkala asosida undirilmoqda, bunda eng yuqori soliq stavkasi 22 foizni
tashkil etmoqda. Shu bilan birga, xo‘jalik subyektlari uchun xodimlarni
yollash xarajatlari kamaytirildi: agar ishga yollovchilarning majburiy
ijtimoiy sug‘urta tizimiga (Pensiya jamg‘armasi, Bandlik jamg‘armasi va
Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi) to‘lovlari 1994-yilda ish haqi
fondining 40 foizini tashkil etgan bo‘lsa, keyingi yillarda bosqichmabosqich
24 foizga tushirildi. Iste’mol talabi va tovar (ish, xizmat)larni ishlab chiqarishni
kengaytirishni rag‘batlantirish maqsadida qo‘shilgan qiymat solig‘i
stavkasi 30 foizdan 20 foizga tushirildi. Bu jarayonda iqtisodiy o‘sishni
ta’minlash va xo‘jalik faoliyatini jadallashtirish hisobidan budjetning
yalpi daromadlarida qo‘shilgan qiymat solig‘i tushumi barqaror ravishda
oshib bordi.
Bundan tashqari, 1991-yildan bugungi kungacha stavkalarni
pasaytirish bilan bir qatorda soliqlar unifikatsiya qilindi, ya’ni
birxillashtirildi hamda bir qator bir-birini takrorlaydigan va kam samara
beradigan soliq hamda majburiy to‘lovlar bekor qilindi. Natijada hozirgi
vaqtda O‘zbekiston asosiy soliq stavkalari miqdori bo‘yicha soliqqa
tortish darajasi yuqori bo‘lmagan davlatlardan biri hisoblanadi, jami soliq
yuki esa bizda yalpi ichki mahsulotga nisbatan 21,9 foizdan oshmaydi.
Sanoatning eksportga yo‘naltirilgan yangi tarmoqlarini jadal rivojlantirish,
ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik
yangilash maqsadida mamlakatimizning amaldagi qonunchiligi xo‘jalik
subyektlariga daromad solig‘i, mol-mulk solig‘i va bojxona to‘lovlari
bo‘yicha keng miqyosda imtiyozlar yaratib bermoqda. yicha keng miqyosda imtiyozlar yaratib bermoqda.
Kichik tadbirkorlik subyektlarining yagona soliq to‘lovi soliqlar,
budjetdan tashqari (Pensiya jamg‘armasiga, Respublika yo‘l jamg‘armasiga
va Maktab ta’limi jamg‘armasiga majburiy to‘lovlar o‘rniga)
ko‘rinishidagi soddalashtirilgan soliqqa tortish tizimi joriy etilishi kichik
biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantiradigan
qo‘shimcha omil bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |