14-Mavzu. Restoran biznesida banket xizmatlarining o`rni Reja



Download 55,24 Kb.
bet1/6
Sana28.05.2022
Hajmi55,24 Kb.
#612923
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
13 mavzu


14-Mavzu. Restoran biznesida banket xizmatlarining o`rni
Reja:
1. Banketlarda xizmat ko‘rsatish tartibi
2. Banket turlari
3. Ofitsiantlarning to`la xizmati bilan o‘tkaziladigan katta banketlar
4. Ofitsiantlarning qisman xizmati bilan o‘tkaziladigan kichik banketlar
Tayanch so‘z va iboralar: banket, banket turlari, furshet banket, furshet stollarini bezash, furshet - banketda xizmat ko`rsatish, kokteyl banket, banketga tayyorgarlik ko‘rish, jixozlarni joylashtirish, choy - banketi, to`y - banketlari, stolni bezash, norasmiy banketlar, yubiley, oilaviy tadbirlar.

1.Banketlarda xizmat ko‘rsatish tartibi
Restoranlarda qabul marosimlari, yubiley, banketlar. tuy va boshqa tadbirlar o‘tkaziladi. Tashkil qilinadigan banketlar ofitsiantlarning to‘la yoki qisman ishtiroki bilan amalga oshiriladi. Banket-furshet. banket-kokteyl, choy-banketlari bo‘ladi. Bunday banketlar ko‘pincha xorijiy mamlakatlarda tashkil etiladi. Banket o‘tkazish uchun tayyorgarlik ishlari buyurtma qabul qilish, tayyorgarlik ko‘rish va boshka xizmatlardan iborat buladi.
Buyurtma qabul qilish. Banketlar, tadbirlar va to‘ylarga buyurtma qabul qilish yakka yoki guruh buyurtmalaridan tubdan farq qiladi. Bunday buyurtmalar bir necha kun, xatto oy oldin beriladi. Aynan belgilangan kun restoran bush bulishi kerak. Shuning uchun buyurtmachi oldinroq xarakat kilishi maqsadga muvofiqdir. Bunday banketlarni o‘tkazishda faqat taom, ichimliklargina emas, yana bir qancha masalalar bo‘yicha kelishib olinadi. Buyurtma beruvchilar bilan restoran ma’muriyati o‘rtasida og`zaki yoki yozma qator bandlardan iborat shartnoma tuziladi. Tajriba shuni ko`rsatadiki, buyurtma bosh ofitsiantga berilsa, u bilan kelishilsa, banketlar, tadbirlar muvaffaqiyatli o‘tadi, chunki restoranlardagi butun xizmat jarayoni uning rahbarligida amalga oshiriladi. Buyurtma qabul qilishdan oldin bosh ofitsiant buyurtmachiga zalni ko`rsatadi, sharoit bilan tanishtiradi, stollar quyilishi rejasini tuzadi. Eng hurmatli mexmonlar va boshqa mexmonlarni joylashtirish tartibini kelishib oladi. Bundan tashqari stollarni gullar bilan bezash, san’atkorlar o`rni, raqs joylari va boshqa masalalar hal qilinadi. Bosh ofitsiant buyurtmachini restoran tartib-qoidasi bilan tanishtiradi.
Xizmat ko‘rsatish tartibi, shuning bilan birga idish tovoqlarga yetkazilgan zararni to‘lashni ham tushuntiradi. Restoran ma’muriyati taom va ichimliklar bahosini pasaytirish yoki ayrim taom, ichimliklar va shirinliklarni majburan berishga xaqqi yo`q.
Buyurtmani rasmiylashtirishga tadbir o‘tkaziladigan sana boshlanish vaqti, tugallanish vaqti, tadbir o‘tkaziladigan joy, qatnashuvchilar soni, dastlabki taomnoma va buyurtmaning taxminiy bahosi ko`rsatiladi. Buyurtma maxsus buyurtmalar kitobida belgilangan shaklda ro`yxatdan o‘tkaziladi. Buyurtmachi dastlabki kelishuvdan so`ng buxgalteriya kirim orderi asosida 50% dan kam bo‘lmagan mikdorda kassaga avans tulaydi va kvitansiya oladi. Keyinchalik tadbir boshlanishiga 2 kun kolganda bosh ofitsiant buyurtmachi bilan birgalikda buyurtma xisobini rasmiylashtiradi. Issiq taomlar, ichimliklar, qandolat va boshqalar mahsulotlarga buyurtma kamaytirilsa, agar u buyurtmachining taklifi bilan bo`lsa ham, mahsulot bahosidagi pul buyurtmachiga qaytariladi va bosh ofitsiant buyurtmadagi taomlarni o`chirib tashlaydi. Ba’zi xollarda buyurtmachining xoxishiga qarab bu qaytariladigan summaga boshqa mahsulot berilishi ham mumkin.
Restorandagi tadbir vaqtida qo`shimcha buyurtmalar beriladigan bo‘lsa, ofitsiant hisob bo`yicha rasmiylashtiradi. Buyurtma xisobiga o`chirib yozish mumkin emas. Buyurtma hisobga turli sabablarga ko‘ra xizmat ko‘rsatiladigan kunga o‘zgartirishlar kiritilayotgan bo‘lsa, buyurtma hisobi belgilanadi. Restoran buyurtma qabul qilib bo‘lgan, ammo o‘ziga bog`lik bo‘lmagan sabablarga ko`ra tadbirni o‘tkaza olmaydigan bo`lib qolsa, ma’muriyat yaqin o‘rtadagi restoranlardan birortasida tadbirlarni o`tqazib berish chorasini ko‘radi. Bu xaqda buyurtmachiga belgilagan sanadan 7-8 kun oldin xabar berishi kerak.
Restoranda tadbir kechalariga belgilangan tartibda musiqa xizmati bilan o‘tqazish muhim ahamiyatga ega. Tadbir kechalari o‘tkazilganda restoran ma’muriyati tadbirning musiqa dasturiga o‘zgartirishlar kiritishi mumkin. Buyurtmachining xuquq va majburiyatlari. Buyurtmachi xamma buyurilgan maxsulotlardan xizmat boshlanishiga 1 sutkadan kam bo‘lmagan muddat ichida voz kechishi mumkin. Agar tadbir yoki banketdagilarning bir qismi kelmaydigan bo‘lsa, buyurtmachining yozma arizasi tadbir boshlanishiga 4 - 5 soat qolganda berilsa, kelmaganlar xisobiga to`g`ri keladigan mablag` qaytariladi. Mabodo undan kam vaqt ichida xabar berilsa, bunday xollarda taomni boshqalarga realizatsiya qilish mahsulot tannarxini qoplashi mumkin.
Shuningdek, dalolatnomaga bundan tashqari ichimliklar. Shuningdek buyurtma hisobiga kiritilgan ammo stolga tortilmagan issiq va shirin taomlar, qandolat mahsulotlari kiritilmaydi. Dalolatnomaga kiritilgan mahsulotlarni nima qilish kerakligini buyurtmachining o‘zi xal kiladi. Realizatsiya qilinmaydigan ammo dalolatnomaga kiritilgan maxsulotlar summasi buyurtmachining xizmat uchun to‘lagan summasidan ayriladi. Shuning uchun buyurtmachi tadbir oxirigacha restoranda bulishi kerak.


Download 55,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish