Yuridik fakulteti Yurisprudensiya yo’nalishi 2-kurs talabalariga 4-semestr uchun «Jinoyat huquqi» fanidan yakuniy nazorat savollari



Download 51,86 Kb.
Sana10.07.2022
Hajmi51,86 Kb.
#772870
Bog'liq
jinoyat savolla

Yuridik fakulteti Yurisprudensiya yo’nalishi 2-kurs talabalariga 4-semestr uchun «Jinoyat huquqi» fanidan yakuniy nazorat savollari


Savolning tartib raqami
(1-200)

Savolning qiyinlik darajasi

Savolning qanday mashg’ulotga tegishliligi

Mavzu
nomeri

Savol matni


1

1

1

Shaxsga qarshi jinoyatlar xavfligining yuqoriligi nimada?


3

1

1

Qanday tamoyillarga asosan odam o’ldirish turlarga bo’linadi?


1

1

1

Odam o’ldirish jinoyati obyektining o’ziga xos xususiyatlari nimadan tashkil topgan? Jinoyat huquqi nazariyasida inson hayoti boshlanish va tugallanish vaqti deganda nima tushuniladi? Odam o’ldirish jinoyati obyektining o’ziga xos xususiyatlari nimadan tashkil topgan? Jinoyat huquqi nazariyasida inson hayoti boshlanish va tugallanish vaqti deganda nima tushuniladi?


2

1

1

Og’irlashtiruvchi holatlarsiz qasddan odam o’ldirish jinoyatini kvalifikasiya qilishning o’ziga xos xususiyatlari nima?


1

2

1

Qasddan odam o’ldirish jinoyatining og’irlashtiruvchi holatlarini sanab bering. Qanday sabablarga ko’ra ushbu holatlarni tasniflash mumkin?


1

2

1

Qasddan odam o’ldirishning subyektiv tomon alomatlariga ko’ra og’irlashtiruvchi holatlarida kvalifikasiya qilishning o’ziga xos xususiyatlari nima?


1

2

1

JK 97-moddasi 2-qismining «v» bandida berilgan jabrlanuvchining ojiz ahvoli deganda nima tushuniladi?


2

1

1

Shaxsning o’z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi deganda nimani tushunish kerak?


2

1

1

Ommaviy tartibsizliklar jarayonida sodir etilgan qasddan odam o’ldirishning bezorilik oqibatida qasddan odam o’ldirishdan farqi nimada?


2

2

1

O’ta shafqatsizlikning alomatlarini ayting.


1

1

1

Xavfli va o’ta xavfli residivist shaxslar kimlar hisoblanadi?


2

2

1

Boshqa biror jinoyatni yashirish yoki uning sodir etilishini osonlashtirish maqsadida qasddan odam o’ldirishning takror yoki xavfli residivist tomonidan sodir etilgan qasddan odam o’ldirishdan farqi nimada?


2

2

1

Fiziologik va patologik affekt nima? Kuchli ruhiy hayajonlanish holati nimadan vujudga kelishi mumkin?


2

1

1

Aybdorning harakatini JKning 98-moddasi (Kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan odam o’ldirish) bilan kvalifikasiya qilishga ta’sir qiladigan omillarni ayting.


1

1

1

Onaning o’z chaqalog’ini qasddan o’ldirganligi uchun javobgarlikning kelib chiqishi shartlarini ayting.


1

1

1

Kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan odam o’ldirishning onaning o’z chaqalog’ini qasddan o’ldirishidan va zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib qasddan odam o’ldirishdan farqi nimada?


2

1

1

Zaruriy mudofaa tushunchasi. Zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqish deganda nimani tushunish kerak?


1

1

1

Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlashning zarur choralaridan chetga chiqib qasddan odam o’ldirishni kvalifikasiya qilishning asosi va o’ziga xos xususiyatlari nima?


1

1

1

Ehtiyotsizlik orqasidan odam o’ldirishning qasddan odam o’ldirishdan farqi nimada?


1

1

1

Aybdorning qilmishlarini JKning 103-moddasi (o’zini o’zi o’ldirish darajasiga yetkazish) bilan kvalifikasiya qilishga ta’sir yetuvchi omillar nima?


2

1

1

JK ning 103-moddasida berilgan moddiy tomondan qaramlilik deganda nima tushuniladi?


2

1

1

O’zini o’zi o’ldirishga ko’ndirish deganda nima tushuniladi?











O’zini o’zi o’ldirishga undash


2

2

1

Tan jarohatlarining belgilarini sanab o’ting.


2

2

1

Tan jarohatlarining og’irlik darajasini aniqlash mezonlari qaysilar hisoblanadi?


2

2

2

Qasddan badanga og’ir shikast yetkazish tushunchasiga ta’rif bering.


2

2

2

Badanga og’ir shikast yetkazishning har bir belgilarini sanab o’ting. Mazkur qilmishning og’irlashtiruvchi holatlari qaysilar hisoblanadi?


2

2

2

Homiladorligi aybdorga ayon bo’lgan ayolning badaniga og’ir shikast yetkazishni kvalifikasiya qilishning o’ziga xos xususiyatlariga nimalar kiradi?


3

2

2

Jabrlanuvchining o’limiga sabab bo’lgan qasddan badanga og’ir shikast yetkazishning qasddan odam o’ldirish va ehtiyotsizlik orqasida odam o’ldirishdan farqi nimada?


1

2

3

Badanga o’rtacha og’ir shikast yetkazishning belgilarini sanab o’ting.


2

2

3

Badanga og’ir shikast yetkazish va badanga o’rtacha og’ir shikast yetkazishning og’irlashtiruvchi holatlari uchun javobgarlik o’rtasidagi umumiy o’xshash tomonlari va farqlari nimada namoyon bo’ladi?


1

1

3

Yengillashtiruvchi holatlarda tan jarohatlari yetkazganlik uchun javobgarlikning o’ziga xos xususiyatlari nimada namoyon bo’ladi?


1

1

3

Qasddan badanga yengil shikast yetkazishning turlarini sanab o’ting.


1

1

3

Yengil tan jarohatlarini kvalifikasiya qilish belgilarining og’ir yoki o’rtacha og’ir tan jarohatlarini kvalifikasiya qilish belgilaridan farqi bormi?


1

1

3

Qiynashning asosiy belgilari nimalarda namoyon bo’ladi?


1

1

3

Qiynashning takroran sodir yetilgan badanga og’ir yoki o’rtacha og’ir tan jarohatlari yetkazishdan farqi nimada namoyon bo’ladi?


2

1

3

Aybdor harakatlarini JK 111-moddasi (Ehtiyotsizlik orqasida badanga og’ir yoki o’rtacha og’ir shikast yetkazish) bilan kvalifikasiya qilishning o’ziga xos jihatlari nimalarda namoyon bo’ladi?


2

1

3

O’ldirish yoki zo’rlik ishlatish bilan qo’rqitish deganda nima nazarda tutiladi?


2

1

3

Qilmishni JK 112-moddasi (o’ldirish yoki zo’rlik ishlatish bilan qo’rqitish) bilan kvalifikasiya qilishning zaruriy belgisi nimada namoyon bo’ladi?


2

1

3

Tanosil yoki OITS kasalligini tarqatganlik uchun javobgarlikning asoslari va o’ziga xos jihatlari nimalarda namoyon bo’ladi?


3

1

3

Tanosil yoki OITS kasalligini tarqatish xavfi ostida qoldirish deganda nimani tushunish kerak?


2

1

3

Jinoiy abort tushunchasiga ta’rif bering. Mazkur jinoyatni kvalifikasiya qilishning o’ziga xos jihatlari nimalarda namoyon bo’ladi?


3

2

3

Jinoiy abortda boshqacha og’ir oqibatlar deganda nima nazarda tutiladi?


3

2

3

Jinoiy abortning homiladorligi aybdorga ayon bo’lgan ayolning badaniga qasddan og’ir (o’rtacha og’ir) shikast yetkazishdan farqi nimada?


3

2

3

Ayolni o’z homilasini sun’iy ravishda tushirishga majburlash deganda nima nazarda tutiladi?


3

2

3

Ayolni o’z homilasini sun’iy ravishda tushirish jinoyatini kvalifikasiya qilishning o’ziga xos jihatlari nimalarda namoyon bo’ladi?


3

2

3

Ayolni o’z homilasini jinoiy ravishda tushirishga majburlagan shaxsning harakatlarini qanday kvalifikasiya qilish lozim?


3

2

3

JK 116-moddasi (Kasb yuzasidan o’z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik)dagi jinoyatni kvalifikasiya qilishning shartlari nimalarda namoyon bo’ladi?


2

2

3

Kasb yuzasidan o’z vazifalarini bajarmaslik va lozim darajada bajarmaslik deganda nima nazarda tutiladi?


3

2

3

Nomusga tegish deganda nima tushuniladi?


1

2

4

Nomusga tegish jinoyatini sodir etishda qanday zo’rlik turlari qo’llaniladi?


1

2

4

Javobgarlikni og’irlashtiruvchi holatlarda nomusga tegish jinoyati kvalifikasiyasining asosiy xususiyatlarini sanang.


2

2

4

O’ldirish bilan qo’rqitib nomusga tegish jinoyatining o’ldirish yoki zo’rlik ishlatish bilan qo’rqitish jinoyatidan farqi nimada ko’rinadi?


2

2

4

Og’ir oqibatlarga, ehtiyotsizlikdan odam o’limi kelib chiqqan nomusga tegishning nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni zo’rlik ishlatib g’ayritabiiy usulda qondirish bilan bog’liq holda odam o’ldirishdan farqi nimada ko’rinadi?


1

2

4

Nomusga tegish jinoyatini jinsiy ehtiyojni zo’rlik ishlatib g’ayritabiiy usulda qondirish jinoyatidan farqi nimada?


2

2

4

Jinsiy ehtiyojni zo’rlik ishlatib g’ayritabiiy usulda qondirish jinoyatining besoqolbozlik jinoyatidan farqi.


1

1

4

Besoqolbozlik jinoyati uchun javobgarlikning o’ziga xos xususiyatlari nimada?


1

1

4

Ayolni jinsiy aloqa qilishga majbur etishning nomusga tegishdagi ruhiy tazyiqdan farqi nimada?


2

1

4

Ayolni jinsiy aloqa qilishga majbur etganlik uchun aybdor javobgarligining o’ziga xos jihatlari nimada?


2

1

4

JK 121-moddasida berilgan xizmat, moddiy yoki boshqa jihatlardan qaram deganda nima nazarda tutiladi?


2

1

4

Nomusga tegish bilan ayolni jinsiy aloqa qilishga majbur etishning o’xshash va farq qiluvchi jihatlari nimada namoyon bo’ladi?


2

1

4

Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo’yin tovlash tushunchasi va jinoiy javobgarlik qanday asoslarda kelib chiqadi?


2

1

4

Voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni moddiy ta’minlash jinoyatidan ota-onani moddiy ta’minlashdan bo’yin tovlash jinoyatining farqi nimadan iborat?


2

1

4

Aybdor harakatlarini JK 124-moddasi (Bolani almashtirib qo’yish) bilan kvalifikasiya qilishning o’ziga xos jihatlari nimalardan iborat?


1

1

4

Farzandlikka olish sirini oshkor qilish jinoyati uchun javobgarlikning kelib chiqish asoslari nimalardan iborat?











Nikoh yoshi to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzish


1

1

4

Ko’p xotinlilik belgilari nimalardan iborat?


2

1

4

Voyaga yetmagan shaxsni g’ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish deganda nimalarni tushunasiz? G’ayriijtimoiy xatti-harakatlar tushunchasiga ta’rif bering.











Tilanchilik qilish jinoyati


2

1

4

O’n olti yoshga to’lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish uchun javobgarlikning asoslari va o’ziga xos xususiyatlari nimalarda ko’rinadi?


1

1

4

O’n olti yoshga to’lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish jinoyatining nomusga tegish yoki jinsiy yehtiyojni zo’rlik ishlatib g’ayritabiiy usulda qondirish jinoyatlari bilan o’xshash va farqli jihatlari nimalarda ko’rinadi?


2

1

4

Uyatsiz-buzuq harakatlar deganda nimani tushunasiz?


3

1

4

Uyatsiz-buzuq harakatlarning qanday ko’rinishlari mavjud?


3

1

4

Pornografik narsalar deganda nimani tushunasiz?


3

2

4

Pornografik narsalarni tayyorlash yoki tarqatish uchun jinoiy javobgarlik yuzaga kelishining o’ziga xos jihatlarini ko’rsating.


2

2

4

Uyatsiz-buzuq harakatlarning pornografik narsalarni tayyorlash yoki tarqatishdan farqi nimada?


2

2

4

Fohishaxona saqlash yoki qo’shmachilik qilish tushunchasiga ta’rif bering, ularning belgilari va o’ziga xos jihatlarini sanang.


1

2

4

Fohishaxona ochish va saqlash deganda nimani tushunasiz?


2

2

4

Qilmishni JK 131-moddasi (Qo’shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) bilan kvalifikasiya qilishning zaruriy shartlari nimalar?


1

2

4

Moddiy madaniy meros obyektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish uchun javobgarlikning o’ziga xos jihatlari nimalar?


2

2

4

Moddiy madaniy meros obyektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish deganda nimani tushunasiz?


3

1

4

Inson a’zolari yoki to’qimalarini ajratib olish jinoyatining belgilarini sanang. Mazkur qilmish uchun jazoni og’irlashtiradigan holatlar qaysilar?


2

1

4

Qabrni, murdani tahqirlash deganda nimani tushunasiz?


3

1

4

Murdani tahqirlash jinoyatining qonunga xilof ravishda inson a’zolari yoki to’qimalarini ajratib olish jinoyatidan farqi nimada?


1

1

4

JKning 135-moddasi (Odam savdosi) bo’yicha jinoiy javobgarlikning boshlanish shartlari qanday? Qaysi paytdan ushbu jinoyat tugallangan hisoblanadi?


2

1

4

Odam savdosi jinoyatida javobgarlikni og’irlashtiruvchi holatlarni ayting.


1

2

4

Odamlardan foydalanish deganda nimani tushunish lozim?


1

2

4

Fohishalikdan foydalanishning jinsiy foydalanishning boshqa ko’rinishlaridan farqi nimada?


1

1

4

Odamlarni jinsiy foydalanish maqsadida aldov yo’li bilan og’dirish yoki ishontirib yollash bilan ayol kishini jinsiy aloqa qilishga majburlash orasida qanday farq bor?


1

2

4

Ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga to’sqinlik qilish deganda nima tushuniladi?


2

2

4

JKning 136-moddasiga (Ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga to’sqinlik qilish) muvofiq ayolga nisbatan jismoniy, ruhiy zo’rlik ishlatish hamda uni o’g’irlash deganda nimani tushunasiz?


2

2

4

Ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga to’sqinlik qilish jinoyatning kvalifikasiyasi tartibi qanday?


2

2

4

JKning 137-moddasiga binoan aybdor harakatlarining kvalifikasiyasi uchun qanday alomatlar bo’lishi kerak?


2

2

4

Odam o’g’irlashning og’ir oqibatlari deganda nima tushuniladi?


2

2

5

Odam o’g’irlashning zo’rlik ishlatib noqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilishdan farqi nimada?


1

2

5

Jismoniy azob berib, hayot yoki sog’liq uchun xavfli sharoitda zo’rlik ishlatib ozodlikdan mahrum qilish deganda nima tushuniladi?


2

2

5

Fuqarolarning teng huquqliligini buzish nimadan iborat?


2

1

5

Fuqarolarning teng huquqliligini buzishda zo’rlik ishlatish nimada namoyon bo’ladi?


1

1

5

Fuqarolarning uy-joy daxlsizligini buzishning jinoiy javobgarligi shartlari qanday?


2

1

5

Noqonuniy bostirib kirish deganda nima tushuniladi?


2

1

5

Fuqarolarning uy-joy daxlsizligini buzishning qaysi hollarida qilmish jinoiy javobgarlikka tortilmaydi?


2

1

5

Xat-yozishmalar, telefonda so’zlashuv, telegraf xabarlari yoki boshqa xabarlarning sir saqlanishi tartibini qasddan buzish nimalarda nomoyon bo’ladi?


2

1

5

Xat-yozishmalar, telefonda so’zlashuv, telegraf xabarlari yoki xabarlarning sir saqlanishi tartibini buzganlik uchun javobgarlikdan ozod etilishning sharti qanday?


2

1

5

Fuqarolarning murojaatlari to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzish oqibatlari va usullari qanday?


3

1

5

JK 144-moddasi 2-qismida (Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzish) berilgan ta’qib qilish deganda nima tushuniladi ?


3

2

5

Vijdon erkinligi deganda nima tushuniladi?


3

2

5

Vijdon erkinligini buzish nimalarda namoyon bo’ladi?


1

2

5

JK 145-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatdan diniy dunyoqarash natijasida qasddan o’rtacha og’irlikdagi tan jarohati yetkazish o’rtasidagi tafovut nimada?


1

2

5

Saylov yoki referendum o’tkazish yoki tashkil yetish qonunchiligini buzish usullari qanday?


1

2

5

Yashirin ovoz berishni buzish, saylov hujjatlarini qalbakilashtirish, ovozlarni noto’g’ri hisoblash deganda nimalarni tushunish kerak?


1

2

5

Millatchilik, irqchilik yoki diniy dushmanlikni qo’zg’atish nimada namoyon bo’ladi?


1

2

5

Saylov yoki referendumni tashkil qilish, ularni o’tkazish to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzish bilan saylov huquqining yoki ishonchli vakillar vakolatlarining amalga oshirilishiga to’sqinlik qilish o’rtasida qanday farq bor?


2

2

5

Urushni targ’ib qilish deganda nima tushuniladi?


2

2

5

JK 150-moddasi bo’yicha aybdorning harakatlarini kvalifikasiya qilishning xususiyatlari nimada?


1

2

5

Agressiya degani nima, uning namoyon bo’lish turlari va usullari qanday?


1

2

5

Agressiv urushni rejalashtirish va tayyorlash nimadan tashkil topadi?


2

2

5

Agressiyaning urushni targ’ib qilishdan farqi nimadan iborat?


3

2

5

Urush qonunlari va udumlari nimadan iborat? Ularni buzish nimada namoyon bo’ladi?


1

1

5

Urush qonunlari va udumlarini buzishning obyekti qanday?


2

1

5

Genosidning maqsadi qanday?


2

1

5

Jismoniy, ijtimoiy-iqtisodiy va biologik genosid nimadan tashkil topadi?


1

1

5

Yollanish tushunchasi va uning belgilariga ta’rif bering. Berilgan jinoyat subyektining xususiyatlari qanday?


2

1

5

Harbiy xizmatga, xavfsizlik organlariga, polisiyaga, harbiy adliyaga va boshqa shu kabi xorijiy davlat tashkilotlariga kirish nimada namoyon bo’ladi?


2

1

5

Harbiy xizmatga, xavfsizlik organlariga, polisiyaga, harbiy adliyaga va boshqa shu kabi xorijiy davlat tashkilotlariga kirish jinoyatining kvalifikasiyasi xususiyatlari qanday?


2

1

5

Harbiy xizmatga, xavfsizlik organlariga, polisiyaga, harbiy adliyaga va boshqa shu kabi xorijiy davlat tashkilotlariga kirish jinoyati tarkibi yollanishdan nimasi bilan farqlanadi?











Chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, polisiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o’xshash boshqa organlariga xizmatga kirish, yollash jinoyati tarkibi.


2

1

5

Terrorizm nimada namoyon bo’ladi va uning turlari qanday?


2

1

5

Terrorizmni asirlikka olish, tamagirlik qilish va odam o’g’irlash jinoyatlaridan qaysi belgilariga ko’ra chegaralash lozim?


2

1

5

Milliy, irqiy, etnik va diniy adovatni qo’zg’atish nimada namoyon bo’ladi?


3

1

5

Milliy, irqiy, etnik va diniy adovatni qo’zg’atish jinoyatining kvalifikasiyasi xususiyatlari qanday?


3

1

5

JK 156-moddasida (milliy, irqiy, etnik va diniy adovatni qo’zg’atish) nazarda tutilgan jinoyatning vijdon erkinligi yoki fuqarolarning teng huquqliligini buzishdan farqi nimada?


2

1

5

Davlatga xoinlik nimadan iborat? Ushbu jinoyatni sodir etganda javobgarlikdan va jazodan ozod etish shartlari qanday?


1

1

6

Josuslikni davlatga xoinlik sifatida kvalifikasiya qilishning xususiyatlarini ayting va tushuncha bering.


1

1

6

JK da davlatga xiyonatning qanday ko’rinishlari nazarda tutilgan?


1

1

6

O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga tajovuz qilish nimada namoyon bo’ladi?


1

1

6

O’zbekiston Respublikasi konstitusion tuzumiga tajovuz qilish nimadan iborat?


1

1

6

O’zbekiston Respublikasi konstitusion tuzumiga tajovuz qilish jinoyatini sodir etganda javobgarlikdan va jazodan ozod etish shartlari qanday?


2

1

6

Josuslikka tushuncha bering va uning zaruriy belgilarini ayting.


2

1

6

Josuslikni sodir etganda javobgarlikdan va jazodan ozod etish shartlari qanday?


2

1

6

Qaysi belgilarga ko’ra josuslik davlatga xoinlik qilishdan farqlanadi?


2

2

6

Qo’poruvchilik ko’rinishlari va tushunchasini ayting. Berilgan jinoyat kvalifikasiyasining xususiyatlarini ko’rsating.


2

2

6

Davlat sirlarini oshkor etish va davlatga xoinlik qilish nimasi bilan farqlanadi?


2

2

6

Davlat sirlarining qanday ko’rinishlari mavjud?


2

2

6

Davlat sirlarini oshkor etishning usullari qanday?


2

2

6

Davlat sirlarini oshkor etganlik uchun jinoiy javobgarlikning xususiyatlarini ochib bering.


1

1

6

Davlat sirlarini fosh etishning davlat yoki harbiy sirlarni tashkil etuvchi hujjatlarni yo’qotishdan farqi nimada?


2

1

6

Davlat yoki harbiy sirlarni tashkil etuvchi hujjatlarni yo’qotganlik uchun jinoiy javobgarlikning shartlarini ayting.


2

1

6

JK 163-moddasi 2-qismi (Davlat yoki harbiy sirlarni tashkil yetuvchi hujjatlarni yo’qotish)ga ko’ra og’ir oqibatlarning kelib chiqishi deganda nimani tushunasiz?


3

1

6

Talon-torojning barcha shakllariga xos bo’lgan xususiyatlar va og’irlashtiruvchi belgilarini tavsiflab bering.


1

1

6

Talon-toroj qilishning javobgarlikni og’irlashtiruvchi holatlarini tushuntirib bering.


3

2

6

Bosqinchilik tushunchasini, uning zaruriy belgilarini va javobgarlikni og’irlashtiruvchi holatlarini tushuntirib bering.


2

2

6

Badanga og’ir shikast yetkazib sodir yetilgan bosqinchilikni tamagirlik niyatida badanga og’ir shikast yetkazishdan farqini ko’rsatib bering.


2

2

6

Tovlamachilikning tarkibiga tavsif bering.


2

2

6

Tovlamachilikda zo’rlikning qanday shakllari ishlatilishi mumkin?


3

2

6

Tovlamachilikning talonchilikdan qanday farqi bor?


2

2

6

Talonchilikda qo’llaniladigan zo’rlikning xususiyatlari qanday?


2

1

6

Talonchilikning bosqinchilikdan qanday farqi bor?


2

1

6

O’zlashtirish yoki rastrata yo’li bilan talon-toroj qilish harakatlarini kvalifikasiya qilishning o’ziga xos xususiyatlari.


2

1

6

Rastrata va o’zlashtirishning farqlarini tushuntirib bering.


2

1

6

Mansabdor shaxslar tomonidan o’z mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish yo’li bilan talon-toroj qilishning qanday turlari mavjud? Ularning yuridik tahlili va o’ziga xos xususiyatlari.


2

2

6

Firibgarlik tushunchasi, uning belgilari va firibgarlikning o’g’irlik va talonchilikdan farqi.


3

2

6

Firibgarlikni sodir etish usullari deganda nima tushuniladi?


3

2

6

Talon-toroj qilishning shakli sifatida o’g’irlik tushunchasi.


2

2

6

Ancha miqdor, ko’p miqdor va juda ko’p miqdor deganda nima tushuniladi?


3

2

6

O’zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi bo’yicha ayblanuvchining harakatlarini kvalifikasiya qilishning o’ziga xos xususiyatlari qanday?


3

2

6

Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar tushunchasi.


3

2

6

Bezorilik jinoyati tushunchasi va turlari.


2

2

6

Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o’yinlarni tashkil etish hamda o’tkazish jinoyati uchun javobgarlik.


2

2

6

Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish tushunchasi va turlari.


2

2

6

Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o’tkazish maqsadini ko’zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar qilish jinoyati uchun javobgarlik.


3

1

6

Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish jinoyati.


3

1

6

Hokimiyat yoki mansab vakolatidan tashqariga chiqish jinoyatining yuridik tavfsifi.


3

1

6

Hokimiyat harakatizligi jinoyati tushunchalari va yuridik analizi.


1

1

6

Mast holdagi shaxsni transport vositasini boshqarishga yo’l qo’yganlik uchun javobgarlik.


2

1

6

Temir yo’l, dengiz, daryo, havo transporti vositasi yoki aloqa yo’llarini yaroqsiz holatga keltirish jinoyati uchun javobgarlik.


3

1

7

Tog’-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsiziligi qoidalarini buzish jinoyati tushunchasi va yuridik analizi.


2

1

7

Temir yo’lning harakatlanadigan tarkibini, havo, dengiz yoki daryo kemasini olib qochish yoki egallab olish jinoyati tushunchasi.


3

1

7

Portlash xavfi bo’lgan moddalar yoki pirotexnika buyumlaridan foydalanish qoidalarini buzish jinoyati tushunchasi va yuridik analizi.


2

1

7

Kontrabanda jinoyati tushunchasi va turlari.


2

2

7

Bojxona chegarasi tushunchasi. Bu jinoyatning bojxona qonunchiligini buzishdan farqi.


2

2

7

Odil sudlovga qarshi jinoyatlar tushunchasi va turlari.


3

2

7

Yolg’on guvohlik berish jinoyati tushunchasi. Yolg’on xabar berish jinoyatidan farqi.


2

2

7

Tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashishi jinoyati tushunchasi va yuridik analizi.


2

2

7

Jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yashirish jinoyati uchun javobgarlik.


2

1

7

Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o’tkazish maqsadini ko’zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o’tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko’rsatish jinoyati tushunchasi va turlari.


3

1

7

Savdo yoki xizmat ko’rsatish qoidalarini buzish jinoyati tushunchasi va turlari.


2

1

7

Chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish jinoyati tushunchasi


3

1

7

Faoliyat bilan lisenziyasiz shug’ullanish jinoyati uchun jinoiy javobgarlik shartlari.


1

1

7

Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiste’mol qilish jinoyati tushunchasi, turlari, yuridik tahlili.


1

1

7

Mansabga sovuqqonlik bilan qarash jinoyati tushunchasi, turlari, yuridik tahlili.


1

1

7

Hokimiyat harakatsizligi jinoyati tushunchasi, yuridik tahlili.


2

1

7

Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish jinoyati tushunchasi va turlari.


3

1

7

Poraxo’rlik va uning turlari.


2

1

7

Xizmatchini pora evaziga og’dirish jinoyatining tovlamachilik yo’li bilan haq berishni talab qilish jinoyatidan farqi.


2

1

7

Mansab soxtakorligi jinoyati tushunchasi, yuridik tahlili.


3

1

7

Pora olish-berishda vositachilik qilish jinoyati tushunchasi, turlari, yuridik tahlili.


2

1

7

Tovlamachilik yo’li bilan xaq berishni talab qilish jinoyati tushunchasi, turlari, yuridik tahlili.











Terrorizim jinoyat tushunchasi











Bosqinchilik jinoyati tushunchasi, turlari, moxiyati?











Josuslik jinoyat tushunchasi belgilari va turlari?











Qasddan bankrotlikka olib kelish











Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo’lish











Aybsizligi ayon bo’lgan shaxsni javobgarlikka tortish











Adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarish











. Sud hujjatini ijro etmaslik











Band solingan mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish











Qonunga xilof ravishda ushlab turish yoki hibsga olish











Tergovga qadar tekshiruv, tergov yoki sud ishlarini hal etishga aralashish











Yolg’on xabar berish











Jinoyat haqida xabar bermaslik yoki uni yashirish











Jinoyatni hisobga olishdan qasddan yashirish











Jinoiy uyushma tashkil etish











Shaxsni garov sifatida tutqunlikka olish











Kontrabanda











Bezorilik











Bangixona tashkil qilish yoki saqlash











. Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish











Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglarini qonunga xilof ravishda egallash


2

1

7

M. mast holda o’z uyida xotini bilan janjallashib qolib, uni uradi. Xotini uydan uzoq bo’lmagan joyda yashovchi ota-onasiga xabar berish uchun qochib ketib, uyida qolgan kichkina chaqalog’ini olib kelishi uchun akasi N.ni jo’natadi. Ko’chada N. M.ni qo’lida chaqalog’i bilan ko’rib qoladi. M. agar N. unga yaqinlashsa, uni ham chaqaloqni ham o’ldi-rishini aytadi. N. chaqaloqni uning qo’lidan olmoqchi bo’lganida, M. qo’lidagi pichog’ini unga sanchib oladi. Ekspert xulosasiga ko’ra jabrlanuvchining qornida va ichaklarida uning hayoti uchun xavfli bo’lgan sharoit yuzaga kelgan.


2

1

7

V. T.ning singlisini o’ldiradi. Bundan g’azablangan T. V.ni haqo-ratlab, uning o’zini o’ldirmoqchi bo’lganida, u qochib qutuladi. Oradan 5 kun o’tib, T. uni ko’chada uchratib qoladi. V. yana qochib ketayotganida, uni orqasidan yetib olgan T. uning bir nechta joyiga pichoq uradi va nati-jada V. hayotdan ko’z yumadi.


3

1

7

F.ning eri D. uyiga B.ni mehmonga chaqiradi. Ular spirtli ichim-lik iste’mol qilishganidan so’ng mast bo’lib qolgan mezbon uxlab qoladi. Oradan bir qancha vaqt o’tib, uyg’onib xotini va B.ni yaqin aloqada bo’layotganini ko’rib qoldi. Jahli chiqqan D. B. bilan do’ppos-lashib ketdi. Bir-biriga og’ir tan jarohatlari yetkazilganligi natija-sida oradan 3 kun vaqt o’tib, D. hayotdan ko’z yumdi. B. esa kasalxonada 16 kun davolangach, sog’ayib chiqdi.


3

1

8

Homilador N. eri o’lgandan keyin 3 ta farzandi bilan otasining uyida yashayotgan edi. Qornidagi farzandining tug’ilishini istamagan N. bolani tug’ib, xilvat joyga tashlab ketadi, oqibatda chaqaloq ko’p vaqt o’tmay o’ladi. N.ning qilmishi JKning 99-moddasi bilan kvalifi-kasiya qilinib, jinoiy javobgarlikka tortiladi, prokuror esa uni harakatlarini JKning 97-moddasi talablariga asosan qayta kvalifi-kasiya qilish zarur deb topadi. Prokurorning qarori to’g’rimi?


3

1

8

Magazin qo’riqchisi J. tungi navbatchilikdan chiqib, o’qlangan qurolini uyidagi krovat tagiga qo’yib, o’z ishlari bilan ko’chaga chiqib ketadi. Bundan bexabar bo’lgan xotini L. qurolga bexosdan tegib ketib, oqibatida qurol otiladi va L.ga tegib, u voqyea joyida halok bo’ladi. J. jinoiy javobgarlikka tortiladimi? J. jinoiy javobgarlikka tortiladimi?


2

1

8

M. O. bilan jinsiy aloqada bo’lib yurib, undan homilador bo’ladi. O. bundan xabar topgach unga uylanish istagi yo’qligini bildiradi. Yashash joyiga va zarur shart-sharoitga ega bo’lmagan M. O.dan tug’ilgan qizini tug’ilishi bilan o’ldiradi. M.ning harakatlarini kvalifikasiya qiling.


3

2

8

Z. og’ilxonada mast holda yotgan erini qo’shnisidan uyiga olib kirishga yordamlashishni so’raydi. Zinadan erini ko’tarib olib chiqari-shayotganida Z. uni oyoqlarini ko’tara olmasdan tushirib yuborishi oqi-batida eri betonga boshi bilan urilib, hayotdan ko’z yumadi.


3

2

8

D. vaqtincha birga yashamayotgan turmush o’rtog’i M. va farzandlarini ko’rish uchun ular vaqtincha yashab kelayotgan uyga kelgan vaqtida qaynotasi X. bilan oilaviy kelishmovchilik yuzasidan janjallashib, X.ni tanasining turli joylariga qo’li va oyoqlari bilan urib, unga sog’lig’ini buzilishiga sabab bo’lgan tan jarohati yetkazgan. Natijada X. kasalxonada 5 kun davolandi, lekin yuzidagi chandiq bir umrga qoldi. D.ning harakatlarini kvalifikasiya qiling.


1

2

8

Taxminan 23-00 lar chamasi X. uyining tomida shovqin ovozini eshitib tashqariga chiqib, uyining yonidan o’tgan gaz trubasining ustunini ushlab turgan mast holda bo’lgan qo’shnisi S.ni uni uyiga tomi orqali o’g’rilikka kirishda gumonlab, u bilan o’zaro janjallashib, janjal vaqtida unga qasddan tan jarohati yetkazish maqsadida qo’l va oyoq-lari bilan S.ni badanining turli joylariga urib, unga tan jarohat-lari yetkazgan.


2

2

8

T. o’zining ikki yildan beri uchrashib yurayotgan yaxshi ko’rgan qizi L. bilan janjallashib qoldi. T. o’zini tuta olmasdan L.ni do’pposladi. Natijada L. bir oylik homilasini yo’qotdi. 1-variant: T. L.ning homilador ekanligini bilmagan. 2-variant: T. L.ning homilador ekanligini oldindan bilgan. T.ning harakatlarini kvalifikasiya qiling.


1

2

8

R. tanishi Y.dan bir oyga 1000 AQSh dollarini qarzga oldi. Qarzni qaytarish vaqti yaqinlashgach, R. qarzni qaytarmaslikni niyat qildi. Y. o’zining qarzini so’rab kelganda R. uni qarzni boshqa so’ramaslikni talab qilib, uni oldindan tayyorlab qo’yilgan temir jism bilan boshiga urdi. Natijada R. ruhiy kasallikka chalindi. R.ning harakatlarini kvalifikasiya qiling.


2

2

8

X. har kuni mast holda uyiga kelib xotini K.ni homilador bo’lishiga qaramasdan do’pposlar va kaltaklar edi. Oradan 2 oy o’tgach K.ning homilasi tushdi va u ikki oy kasalxonada davolandi. X.ning harakatlarini kvalifikasiya qiling.


2

2

8

Konsertdan qaytayotgan pianinochi A.ga K. va L. o’g’irlik maqsadida tashlanadilar. A. ular bilan olisha boshlaydi. Shunda L. uning boshiga uradi va natijada A. yerga yiqilib, o’ng qo’lining 3 ta barmog’ini sindirib oladi. 16 kun davomida kasalxonada davolanib chiqqan A. keyinchalik ham 9 oy davomida o’z ish qobiliyatini yo’qotganligi oqibatida orkestrda qatnasha olmaydi. L.ning harakatlarini baholang.


1




8

N. Yevropa davlatlaridan birida tarjimon bo’lib ishlab yurganida OITS kasalligi bilan kasallandi. O’zbekistonga qaytib kelgach tegishli tashkilotlarga xabar bermasdan, bankka ishga kirib ishlay boshladi va donor sifatida bemorlarga qon berishni davom ettirdi. Bemorlardan biri OITS kasalligi natijasida hayotdan ko’z yumgach vrachlar tomonidan virus yuqtirgan omillar qidirila boshladi. Shunda donor N.ni virus yuqtiruvchiligi aniqlanib, mutaxassislar tomonidan kelgusida xam N. kasallik yuqtirishni davom ettirsa jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirilishiga qaramay, u yana boshqa ayol bilan jinsiy aloqada bo’ldi. N.ni jinoiy javobgarlikka tortish masalasini hal qiling.


1

1

8

I. homiladorligini bilgach, bundan boshqalar xabar topmasligi uchun ginekolog vrach ukasiga murojaat qilib, bolani oldirib tashlamoqchi ekanligini aytadi. Abort qilish vaqti o’tib ketganligi uchun ukasi I.ni kasalxonada emas, uy sharoitida abort qiladi, abortdan keyin og’irlashib qolgan I.ni yana kasalxonaga olib kelib, operasiya qilishga majbur bo’ladi. Lekin operasiyadan so’ng I. tug’ish qobiliyatini yo’qotadi. Ginekolog vrachning harakatlarini kvalifikasiya qiling.


2

1

8

B. avtomobil halokatiga uchrab, yaqin joyda joylashgan kasalxonaga yetkaziladi. Bemorning harbiy xodimligini bilgan navbatchi vrach P. B.ga yordam ko’rsatishdan bosh tortib, uni harbiy gospitalga joylashtirish kerakligini aytadi. O’z vaqtida tibbiy yordam ko’rsatilmaganlik oqibatida B.ning oyog’ini kesib tashlashadi. B. prokurorga vrach P.ni JKning 116-moddasiga asosan jinoiy javobgarlikka tortishlarini so’rab, ariza taqdim etadi. Lekin, prokuror uning arizasida ko’rsatilgan talabi qondirilmasligini aytdi. Prokurorning harakatlari to’g’rimi? P. jinoiy javobgarlikka tortiladimi?


1

1

8

Milisiya xodimi K. ketayotib, ikki noma’lum erkakning urishishayotganining guvohi bo’ldi, shunda u bu hodisaning oldini olmasdan ko’chaning nariga betiga o’tib yo’lida davom etdi.


1

1

8

L. 9-sinf o’quvchisi M.ning nomusiga tekkan, u esa bu haqda o’qituvchisi I.ga aytib bergan va I. prokurorga bu haqda ariza yozib bergan. Prokuraturaga borish to’g’risidagi chaqiruv xatini olib, L. M.ni uchratdi va u agar bu haqda prokurorga aytib bersa nafaqat uning o’zini, balki uning qarindoshlarini ham o’ldirish bilan qo’rqitdi. Bu tahdiddan qo’rqqan M. so’roq paytida L. bilan o’z ixtiyori bilan jinsiy aloqada bo’lganligi to’g’risida ko’rsatma berdi. M.ning harakatlarini kvalifikasiya qiling.


1

1

8

Korxona rahbari K. o’z kotibasi O.ning ishga kalta yubka kiyib kelganligini ko’rib, unga nisbatan jinsiy hirsi uyg’onganligi tufayli xonada hyech kim yo’qligidan foydalanib, eshikni yopib qo’yyadi va unga zo’rlik ishlatib, u bilan jinsiy aloqa qiladi. Korxona rahbari K.ning qilmishiga baho bering.


1

1

8

V. va A. K.ga tegishli avtomashinada soat 23-00 da shahar bo’ylab ketaturib, ko’chada ketayotgan L.ni uchratib qolishdi. K.ga mashinani to’xtatishini so’rab, V. va A.lar unga mashinada birga sayr qilishni taklif etdi. L. ularning taklifini rad qildi, shunda ular L.ning yuziga gaz ballonkasida gaz sepishdi, natijada qiz hushidan ketdi. Hushidan ketgan L.ni ular mashinaga olib chiqishdi va u bilan jinsiy aloqada bo’lish. Oradan ancha vaqt o’tib, qiz o’zining homiladorligidan xabar topgach, u huquqni muhofaza qiluvchi organga ariza bilan murojaat qildi. V. va A.larning harakatlarini kvalifikasiya qiling.


1

1

8

A. voyaga yetmagan G.ning nomusiga tegib, 4 yil muddatga ozodlik-dan mahrum qilindi. 1997 yil 25 maydagi sud hukmiga asosan A. quyidagi holatlar bo’yicha aybdor deb topildi: A. 1981 yil tug’ilgan G.ni uyiga taklif qilib, birgalikda spirtli ichimlik iste’mol qila boshlaydilar. Shundan so’ng u G.ga jinsiy aloqa qilishni taklif qiladi. Uning bu taklifiga rozi bo’lmagach, A. G.ning shampan to’la fujeriga hushidan ketkizuvchi modda solib qo’yib, u hushini yo’qotgandan so’ng uning nomusiga tegadi. Mahkum A. o’zining kassasiya shikoyatida sud hukmini quyidagi asoslarga ko’ra bekor qilishlarini so’radi: Sodir etilgan holatdan so’ng hushiga kelgan G. bilan keyinchalik ham bir necha marotaba jinsiy aloqada bo’lgan va unga uylanish niyati borligini aytgan. Masalani hal qiling.


1

1

8

Ch. yangi yil bayramini o’tkazish uchun tanishlarinikida edi. Vino ichganligi tufayli o’zini yomon his qila boshladi va xonalardan biriga kirib shu yerda uxlab qoldi. Uning uyqudaligidan foydalanib, R. u bilan jinsiy aloqada bo’ladi. Masalani hal qiling.


1

1

8

R., M. va G.lar shaharda mashinada sayr qilib yurishib, yo’lda ketayotgan 15 yoshli piyoda F.ni mashinaga kuch bilan olib chiqishib, shahar chetiga olib kelib, uning nomusiga tegishadi. Keyin esa uning boshiga katta temir jism bilan urib, voqyea joyiga tashlab ketadilar. R., M. va G.larning harakatlarini kvalifikasiya qiling.


2

1

8

Sh. Samarqandning turli shaharlarida tilanchilik qilib yurardi. Shu maqsadda (tilanchilik qilishlari uchun) u 3-5 yoshli bolalarni o’g’irlab shunga majburlar edi. Bolalar 8 yoshga to’lganlaridan so’ng ularni turli joylarda - vokzal va bozorlarda qarovsiz qoldirib, tashlab ketardi. Sh.ning ushbu harakatlarini baholang.


2

1

8

Sud qaroriga ko’ra O. farzandi tarbiyasi uchun aliment to’lashi kerak edi. 5 yil davomida aliment uning ish xaqidan undirib olinardi. 19 iyun kuni u o’z xohishi bilan ishlab turgan joyidan bo’shadi. Yangi ishga esa 10 sentyabrdan qabul qilindi. Oradan o’tgan 3 oy davomida esa u hujjatlari yetarli bo’lmaganligi uchun ishga qabul qilinmagan edi. Shu 3 oy davomida aliment to’lash yuzasidan qarzdorlik kelib chiqdi. O.ni ushbu qarzdorlik yuzasidan javobgarlikka tortish mumkinmi?


3

2

8

Tug’ruqxonada hamshira bo’lib ishlovchi S. tanishi K.ning iltimosiga ko’ra to’rtinchi marta tuqqan qizini 500 AQSh dollari evaziga o’g’il bolaga almashtirib berishni iltimos qildi. Tungi smena vaqtida hamshira S. endigina o’g’il bola tuqqan D.ning bolasini K.ning qiziga almashtirib qo’ydi.


3

2

8

FHDYo xodimi T. 9 yil oldin bola asrab olgan M.dan uning bola asrab olganligini uning bolasiga va tanishlariga aytmaslik evaziga bir hafta ichida 2000 AQSh dollari miqdorida pul talab qildi. M. T.ning shartlarini bajarmaganligi uchun T. M.ning bolasiga uni asrab olinganligini aytdi. T.ning harakatlariga baho bering.


3

2

8

L. farzandi dunyoga kelgach oilasini tashlab, uydan chiqib ketdi. Oradan 20 yil vaqt o’tib, 1-guruh nogironi bo’lib qolgach, o’g’lidan moddiy yordam talab qila boshladi. O’g’lidan rad javobini olgach, L. o’g’lini jinoiy javobgarlikka tortishlarini so’rab sudga murojaat qildi.


1

2

9

R., D. va S.lar fuqarolarni chet davlatlarga yuboradigan firma ochganligini e’lon qilishdi. Firmaga kelgan 80 taga yaqin fuqaro­larni ishga joylashtiramiz deb, ularning har biridan 3000-6000 AQSh dollargacha pul olishdi. Ular pulni olgach, bir oy ichida fuqa­rolarni chet davlatlarga yuboramiz deb, ularning qo’liga chet davlatdagi korxonalar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini berishdi. Muddat yaqinlashgach R. fuqarolarning qo’liga samolyot biletlarini berdi va ularni chet davlatda firma vakili kutib olishini aytdi. Fuqarolar chet davlatga samolyot orqali uchib borishdi, lekin ularni u yerda hyech kim kutib olmagan. Shuningdek fuqarolarning qo’lidagi shartnomalar ham qalbaki ekanligi aniqlandi. Aybdor shaxslarning qilmishiga baho bering.


1

2

9

20 yoshli T. 15 yoshli S.ga uylanish maqsadida uni o’g’irlab ketdi. T. u bilan shar’iy nikoh o’qitib, u bilan jinsiy aloqada bo’ldi. T.ning harakatlariga baho bering.


1

2

9

S. qo’shnisi F.ning farzandini o’g’irlab ketdi va tumandagi bo’sh yotgan ko’p qavatli uylarning yerto’lasiga qamab qo’ydi. S. F.ning farzandini ozod qilish uchun undan 3000 AQSh dollari miqdorida pul talab qildi. S.ning qilmishiga baho bering.


1

2

9

Milisiya xodimlari bo’lmish E. va K. mast holatda bo’lib, M.ni asossiz ravishda milisiya punktida ertalabgacha ushlab o’tirishdi. Milisiya xodimlarining harakatlarini kvalifikasiya qiling.


2

2

9

N. o’z uyiga yosh qizlar va bolalarni chaqirib, musiqadan dars berib kelardi. Bundan xabardor bo’lgan qo’shnisi B. – “N. turli yoshdagi bolalarni uyiga olib kelib ularga nisbatan ahloqsizlik qiladi” - deya gap tarqatdi. B.ning harakatlarini kvalifikasiya qiling.


3

2

9

16 yoshli B. qo’shnisi N.ning uyiga turli erkaklar kelib turishini bilib, uning karikatura rasmini chizib, podyezdga osib qo’ydi. Buni o’ziga nisbatan xaqorat deb bilgan N. sudga murojaat qildi. Masalani hal qiling. B.ni javobgarlikka tortish mumkinmi?


1

2

9

Korxona rahbari O. ish so’rab kelgan besh oylik homilador ayolni ishga qabul qilishdan bosh tortdi. Buning sababi sifatida ayolga ikki oydan keyin tug’ish va bola parvarishi bilan bog’liq ta’tilga chiqib ketishini va bir xodimning o’rnini bir necha yilga band qilib turishini aytdi. 2-variant: bo’sh ish o’rni yo’q deya javob qaytardi. Korxona rahbari O. ning harakatlariga baho bering.


1

1

9

Tuman kengashiga deputatlikka o’z nomzodini qo’ygan S. unga ovoz bergan saylovchilarning har biriga bir qopdan un berishi haqida va’da berdi. Saylov o’tgach S. unga ovoz bergan saylovchilarning oilasiga va’da qilingan unni olib berdi. S.ning harakatlarida jinoyat alomatlari bormi?


2

1

10

Jinoyat-qidiruv bo’limi vakillari Yu. va I. xavfli jinoyatchi M. ning iziga tushib, jinoyatchi 9 qavatli binoning podyezdida g’oyib bo’lgan edi. M.ni topisha olmagach, Yu. va I.lar hujjatlarini ko’rsatgan holda har bir xonadonni ko’zdan kechirib chiqa boshlashdi. Nafaqaxo’r N. ularni uyiga kiritishdan bosh tortdi va tuman sudiga ularga nisbatan chora ko’rishlarini so’rab ariza yozdi. Qilmishga baho bering.


2

1

10

Mahalliy vakillik organlariga saylovda nomzodlarga adovati bor K. saylovda xotiniga saylovda ishtirok etmasligini buyurganiga qaramay, xotini ushbu buyruqqa bo’ysunmadi. Shunda K. xotinidan xonadon kalitini tortib olib, ustidan qulflab ketgan. Shu sababdan K.ning xotini saylovda ishtirok etmagan. Keyingi kuni K. erining xatti-harakatlari xaqida qo’shnilariga aytdi. Qo’shnilar esa bu xaqda uchastka noziriga arz qildilar.


1

1

10

Katolik dinini qabul qilgan bir guruh fuqarolar pravoslav dini bayramlaridan birida pravoslav binosiga kirib kelayotgan odamlarni yo’lini to’sib, ularni katolik dinini qabul qilishga undab, turli broshuralar tarqatar edilar. Qilmishga baho bering.


2

1

10

S davlatining qurolli kuchlari rahbari L davlati bilan urush olib borayotgan edi. S davlatining qurolli kuchlari rahbari o’z harbiylariga jang vaqtida hyech kimni tirik qoldirmaslik va hatto go’dak bola hamda ayollarni qirib tashlash haqida buyruq berdi. S davlatining qurolli kuchlari rahbarining harakatlarini kvalifikasiya qiling.


1

1

10

S davlati bilan L davlati o’rtasidan urush bo’layotgan vaqtda P davlati fuqarosi moddiy manfaatdorlik uchun emas, balki o’sha davlatning fuqaroligini olish uchun L davlati tomonidan turib urushda qatnashdi. P davlati fuqarosining harakatlarida jinoyat alomatlari bormi?


3

1

10

Bir guruh jinoiy guruh a’zolari tuman prokurorining farzandini garovga olishdi va uni ozod qilish evaziga undan tergov hibsxonasida saqlanayotgan sheriklarini ozod qilishni talab qilishdi. Qilmishga baho bering.


2

1

10

Z davlatining tinchlikparvar kuchlari shu yilning 31 dekabr kuniga qadar W davlatida bo’lishi halqaro shartnomada belgilangan edi. Lekin belgilangan muddat tugaganligiga qaramay, Z davlatining tinchlikparvar kuchlari qurolli kuchlar rahbari buyrug’i bilan W davlatidan chiqib ketmadi. Qilmishga baho bering.


2

2

10

Chet davlatining rahbari rasmiy tashrif bilan O’zbekistonga keldi. Fuqarolar bilan uchrashuv vaqtida O’zbekiston Respublikasi fuqarosi N. chet davlatning rahbariga qarata o’q uzdi, lekin otilgan o’q unga borib tegmadi. N.ning harakatlariga baho bering.


2

2

10

Chet davlatning agenturasi o’zining O’zbekistondagi agenti sifatida O’zbekiston Respublikasi fuqarosi K.ni yollashdi. K. ularning top-shirig’iga ko’ra harbiy sir hisoblangan ma’lumotlarni yetkazish bilan shug’ullandi. K.ning harakatlarini kvalifikasiya qiling.


1

2

11

Davlat siri hisoblangan ma’lumotlarni sir saqlashi lozim bo’lgan MXX xodimi D. o’z xonasida shu hujjatlar bilan tanishib chiqayotgan vaqtda uni boshlig’i chaqirib qoldi. U eshikni yopmasdan hujjatlarni stol ustida qoldirib ketdi. 1-variant: D. xonasidan chiqib ketdi va ushbu hujjatni uning hamkasbi V. suratga oldi va chet davlat agenturasiga yubordi. 2-variant: D. xonasidan chiqib ketdi, lekin uning xonasiga hyech kim kirmadi. 3-variant: D. xonasidan chiqib ketdi va davlat siri hisoblangan hujjatlar yo’qoldi. D. va V.larning harakatlarini kvalifikasiya qiling.


2

2

11

L. va D.lar o’zlarining boshqarayotgan guruhlarni birlashtirib, davlat tuzumini ag’darish rejasini tuzishdi. Lekin huquqni muxofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan ularning barchasi jinoyat sodir etishdan oldin ushlandi. Qilmishga baho bering.


2

1

11

Uyushgan guruh a’zosi K. guruh rahbari Z.ning buyrug’i bilan metropoliteniga portlovchi moslama o’rnatdi va shu zahoti xokimiyat organlariga telefon qilib, 3 soat ichida 500 000 AQSh dollari topib berishlarini talab qilib, aks xolda metropolitenda portlash sodir bo’lishini aytdi. Lekin uning talablari bajarilmagach, u metropolitendagi port-lovchi moslamani ishga tushirdi. Natijada bir necha fuqarolarning hayoti va sog’ligiga zarar yetdi. 50 ortiq kishi hayotdan ko’z yumdi, 200 ga yaqin kishilar turli daraja-dagi tan jarohati oldi. Bundan tashqari davlatga va fuqarolarga juda ko’p miqdorda moddiy zarar yetdi. Qilmishga baho bering.


1

1

11

Davlat siridan xabardor bo’lgan D. mast holda choyxonada o’tirgan vaqtida o’rtoqlariga maqtanish maqsadida davlat sirini aytib qo’ydi. Qilmishda jinoyat tarkibi bormi?


1

1

11

R. jinoiy sheriklari K. va U.lar bilan jinoyatlarni sodir etish maqsadida, R. boshchiligida uyushgan jinoiy guruh tuzgan, tuzilgan jinoiy guruh, sodir etishi lozim bo’lgan jinoyatlar rejasini tuzib, jinoiy guruh a’zolarining har biriga rollar taqsimlan­gan, shundan so’ng uyushgan jinoiy guruh a’zolari o’zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida, soat 19.00larda Chilonzor tumanida joylash-gan O’zbekiston Jahon Tillari universiteti yotoqxonasi yaqinida fuqaro Sh.ni to’xtatib, oldindan tuzilgan jinoiy rejaga muvofiq undan shaxsini tasdiqlovchi hujjat ko’rsatish­ni talab qilganlar, Sh. ularga O’zbekiston Milliy universiteti tomonidan berilgan falsafa fakultetining kunduzgi 1-kurs talabasi ekanligini tasdiqlovchi talabalik guvohnomasini ko’rsatgan, shunda R. oldindan tuzilib olin-gan jinoiy rejaga asosan Sh.ga tegishli bo’lgan talabalik guvohnoma-sini g’arazgo’ylik maqsadida egallab olgan, so’ng R. va uning sheriklari Sh.ni ko’krak qismiga mushtlari bilan urib, boshi va yuz qismiga bir necha marotaba tepib, do’pposlab, tan jarohati yetkazib, unga tegishli bo’lgan «Nokia» rusumli narxi 400.000 so’mlik uyali aloqa telefonini hamda narxi 50.000 so’mlik telefon g’ilofini va 150.000 so’mlik pulini talon-toroj qilishib, unga moddiy zarar yetkazib, jinoyat joyidan yashiringanlar. Sud tibbiyot ekspertizasining xulosasiga ko’ra Sh.da og’irlik darajasi bo’yicha «yengil» tan jarohatlari aniqlangan. Aybdor shaxslarning harakatlarini kvalifikasiya qiling.


1

1

11

L. ma’muriyatning topshirig’iga binoan xizmat safarida bo’ldi. U xizmat safarida bo’lgan vaqtda tanishining uyida yashadi, lekin u mehmonxonada yashadi degan ma’lumotnoma taqdim qilib, berilgan ma’lumotnoma asosida buxgalteriyadan pul oldi. L.ning harakatlariga baho bering.


2

2

12

D. o’zining tanishi X.ning uyiga keldi. Mexmondorchilik vaqtida ular spirtli ichimlik iste’mol qilishdi. X.ning mastligidan foyda-langan D. uning kostyumidagi 150000 so’m pulini va qo’lidagi narxi 500000 so’mlik tilla uzugini olib qo’ydi. D.ning harakatiga baho bering.


1

2

12

R. va S. lar o’zaro kelishib, fuqaro V.ning uyida yo’qligidan foydalanib, uning uyiga o’g’irlikka tushdi. Ular barcha narsalarni olib chiqib ketmoqchi bo’lganda uyning egasi V. kelib qoldi. 1-variant: R.va S.lar olingan narsalarni V.ning baqirganiga qaramasdan olib qochishdi va yashirinishdi. 2-variant: R.va S.lar olingan narsalarni tashlab qochishdi. 3-variant: R. yonidan pichoq chiqarib, V.ni qarshilik qilsa o’ldirishini aytib, olingan narsalarni olib chiqib ketdi. R. va S.larning harakatlariga baho bering.


1

1

12

J. tanaffus vaqtida auditoriyada hyech kim yo’qligidan foyda-lanib, kursdoshi Y.ning shkafga ilib qo’ygan kostyumining cho’ntagidan 20000 so’m pulini va narxi 150000 so’mlik telefonini olib qo’ydi. J.ning harakatiga baho bering. J.ning harakatiga baho bering.


1

1

12

S. va A.lar birgalikda uylariga Chamanzor ko’chasidan kelayotib ko’chada hyech kim yo’qligidan foydalanib, ko’chalarni yoritish uchun o’rnatilgan har birining bahosi 100000 so’mdan bo’lgan 20 dona jami bahosi 2000000 ming so’mlik fonar chiroqlarini tosh bilan urib, sindirib, yaroqsiz holatga keltirishgan. S. va A.larning javobgarligini hal qiling.


2

1

12

Poyezdda provodnik bo’lib ishlovchi R. yo’lovchilardan chipta uchun pul olib, olgan pulini temir yo’l kassasiga topshirmasdan, o’zlashtirib yuborgan. R.ning harakatiga baho bering.


1

1

12

Fabrika qorovuli N. tungi smenaga uzrli sabablarsiz bormadi. Shu kuni elektr tokining qisqa tutashuvi tufayli fabrikada yong’in sodir bo’ldi va korxonaga juda ko’p miqdorda zarar yetdi. Fabrika qorovuli N.ning harakatlariga baho bering.


2

1

13

Muqaddam sudlangan Y. shu mahallada yashovchi fuqaro U.ning uyidan narxi 1000 AQSh dollari turadigan videokamerani yashirin ravishda olib ketdi. Oradan 3 kun o’tgach tuman IIB jinoyat qidiruv bo’limi xodimlari gumon qilinuvchi sifatida Y.ning uyiga keldi. Jinoyati fosh bo’lishidan qo’rqqan Y. videokamerani derazadan tashlab yubordi. Natijada videokamera sinib, yaroqsiz holatga keldi. Y.ning qilmishiga baho bering.


2

1

13

X. tuman tadbirkorlik bankidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish uchun 20.000.000 so’m kreditni 3 yil muddatga oldi. Kreditni qaytarish muddati o’tib ketganiga qaramasdan, u olgan qarzini qasddan qaytarmadi. X.ning javobgarligini hal qiling.


1

2

13

Muqaddam valyuta qimmatliklarini olgani uchun ma’muriy jazoga tortilgan Sh. tuman bozorida tanishi R.ga 1000 AQSh dollarini so’mga almashtirib berayotgan vaqtda qo’lga tushdi. Sh.ning harakatlariga baho bering.


1

1

13

K. tuman hokimiyatining qarori bilan davlat ro’yxatiga olingan qurilish bilan shug’ullanishga asoslangan «QURILISH SERVIS» MChJ ning rahbari lavozimida ishlab kelib, Bobur ko’chasi 35-uyni yuridik manzili deb belgilab, lekin ushbu manzilda bir kun ham ishlamasdan turli xil korxona va tashkilotlar bilan shartnomaviy aloqalarni amalga oshirib, bundan tushgan pul mablag’larini tegishli tartibda bank muassasalariga inkassasiya qilmasdan, o’zining korxonada ko’rsatgan faoliyati davomida tuman DSIga oylik hisobotlarini topshirmay kelgan. Shuning oqibatida davlat byudjetiga juda ko’p miqdorda zarar yetkazgan. Bundan tashqari tekshiruvda K. shakar mahsuloti chakana savdo huquqini beruvchi ruxsat guvohnomasiga va nazorat kassa mashinasiga ega bo’lmagan xolda shakar mahsulotlarini naqd pulga sotib yuborilgan-ligi, savdo tushumi esa bank muassasasiga topshirilmaganligi ma’lum bo’ldi. K.ning harakatiga baho bering.


1

1

13

«Granit» AJ vakili K. xorijiy firma prezidenti D. bilan kar-diologiya markaziga eng yangi tibbiyot texnikasining yirik partiyasini yetkazib berish to’g’risida kelishishdi. Boj to’lovi miqdorini kamaytirish maqsadida ular deklarasiyada tibbiyot uskunasi nomenklaturasi va uning qiymati o’rniga tibbiyot texnikasining butlovchi qismlari va detallarini ko’rsatdilar. «Granit» AJ bojni to’lashga 15 ming AQSh dollari ajratgan bo’lsada, K. va D. amalda atigi 5 ming AQSh dollari to’ladilar, qolgan pullarni esa o’rtada bo’lishib oldilar.


2

2

13

Istambuldan Toshkentga uchib kelayotgan K. bojxona chegarasidan jami 100 mln so’mlik 6 ta brilliant va tilla taqinchoqlarni g’ayriqonuniy yo’l bilan olib o’tdi. Bojxona chegarasidan tekshirmasdan o’tkazish uchun u M. vositachiligida bojxona katta inspektori J.ga 200 AQSh dollari berdi. K.ning harakatlarini kvalifikasiya qiling.


2

2

13

Tadbirkorlar B. va S. bojxona chegarasidan tovarni olib o’tish chog’ida uning bir qismini bojxona tekshiruvidan yashirdilar va shu yo’l bilan 10 mln so’m kam boj to’ladilar.


1

1

13

K. tuman dehqon bozori hududida xaridor A.ga hajmi 1,5 litr bo’lgan 6 dona yelimli baklajkada umumiy narxi 27 000 so’mlik paxta yog’ini sotgan. 1-variant: olingan paxta yog’i tekshirib ko’rilganda, tuman yog’-moy zavodida tayyorlanganligi va yashirin yo’llar bilan olib chiqilganligi ma’lum bo’ldi. 2-variant: paxta yog’i moy ishlab chiqaradigan moy-juvoz uskunasida yashirin sexda ishlab chiqarilgan ekan. 2-variant: paxta yog’i moy ishlab chiqaradigan moy-juvoz uskunasida yashirin sexda ishlab chiqarilgan ekan. Qilmishga baho bering.


1

1

14

D. o’ziga tegishli do’konda yaroqlilik muddati o’tib ketgan kolbasa mahsulotlarini sotdi. Ushbu mahsulotni sotib olgan va iste’mol qilgan N. zaharlandi va kasalxonada bir oy davomida davolandi.


2

2

14

D. bojxona nazoratini chetlab, yashirin ravishda dori vositalarini O’zbekiston Respublikasi hududiga olib kirgan. Ushbu dorilarni muomalaga kiritilgach, natijada 2 kishi ikki oy davomida kasalxonada davolandi. D.ning javobgarligini hal qiling.


2

2

14

V. mebel ishlab chiqaruvchi xususiy korxona tashkil etish uchun zarur hujjatlarni tayyorladi va mebel ishlab chiqarish niyati bo’lma-gani holda, uni belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazdi. Mavjud huj-jatlardan foydalanib, u tijorat bankidan 12,5 mln so’m miqdorida kredit oldi va shundan keyin korxonani tugatilgan deb e’lon qilib, qochib yashirindi.


2

1

14

Savdo qilish uchun ruxsatnomaga ega bo’lmagan K. Toshkent shahrida billur idishlarni Qo’qonda ikki baravar qimmatga sotish maqsadida xarid qildi. Shu maqsadda idishlarning bir qismini o’z tanishlariga sotish uchun berdi, qolgan qismini esa o’zi sotib, 6 mln so’m miqdorida foyda oldi.


1

1

14

Toshkent shahrida tadbirkorlik faoliyati shug’ullanuvchi I. ga Shahar hokimi G’. Tennis bo’yicha bo’lib o’tadigan tuman miqyosida o’takzilish kerak bo’lgan musobaqaga homiylik qilishini talab qilgan. Masalaga huquqiy baho bering harakatlariga baho bering.


2

2

14

Toshkent shahrida joylashgan tibbiyot kolleji xodimlari asossiz ravishda 3 oy mobaynida oylik maoshlarini olishmagan natijada ular huquqni muhofaza qilish organlariga shikoyat bilan murojaat qilishgan natijada ularning ustidan ish qo’zg’atilgan ish xolatiga aniqlik kiritilganda bank boshlig’i tamonidan asossiz tarzda pul mablag’larini tibbiyot kolleji hisob raqamiga tushirib berilmagani aniqlangan. Masalaga huquqiy baho bering.


3

2

14

N. va D.lar davlatga qarashli bo’lgan qo’riqxona hududida Qizil kitobga kiritilgan hayvonlarni ov qilishdi. Ular qo’lga tushgach, yetkazilgan zarar miqdorini uch karra to’ladi. Qilmishga baho bering.




2

2

14

N. qo’riqxona xodimi Z.dan o’ch olish maqsadida N. ilaydigan qo’riqxonadiga o’rmonga o’t qo’ydi. Natijada juda ko’p miqdordagi daraxtlar yonib ketdi. N.ning harakatiga baho bering.


2

2

14

Parrandachilik xo’jaligi rahbari K.ga parranda grippiga chalingan parrandalarni yo’q qilish hamda ularni yoqib yuborish haqida buyruq berildi. K. Xokimiyatning mas’ul xodimi bilan kelishib, kasal parrandalar yo’q qilindi degan dalolatnoma tuzishdi, lekin parrandalarni tuman bozoridagi tadbirkor Y.ga 4.500.000 so’mga sotishdi. Parranda go’shtini iste’mol qilgan bir necha fuqarolar zaharlanishdi. Aybdor shaxslar javobgarligini hal eting.


2

2

14

Go’sht kombinatining chiqindilarni tozalaydigan suv tozalash tizimi ishdan chiqdi. Kombinat rahbari K. xodimlariga barcha chiqindilarini kombinat yonidan o’tadigan daryoga tashlashni buyurdi. Natijada daryodagi suv ifloslandi va bu baliqlarning ommaviy qirilishiga olib keldi. Shuningdek. Bu daryodan ichimlik suvi olingani uchun aholi bir oy davomida toza ichimlik suvi olishdan mahrum bo’ldi. K.ning harakatiga baho bering. K.ning harakatiga baho bering.


2

2

14

Ov qilish ta’qiqlanganligiga qaramasdan X. va U.lar ko’ldan baliq tutish maqsadida o’sha yerga yaqinroq joyda joylashgan simyog’ochga tiqib, elektr simini uzib olib. Uni suvga tashlashdi va 500 kg yaqin sazan baliq ovlashdi. Lekin shu vaqt ko’lga cho’milishga kelgan ikkita 15 yoshli bola elektr simini ko’rmasdan suvga tushdi va shu zaxotiyoq tok urib o’ldi. Qilmishga baho bering


1

1

14

T. jinoyat ishlari bo’yicha tuman sudining qaroriga ko’ra ma’muriy nazoratga olingan va unga quyidagi cheklanishlar o’rnatilgan, ya’ni: har oyning 1, 2, 3-chorshanba kunlari tumani IIB JIEBga kelib ro’yxatdan o’tib turishi, soat 21.00 dan 06.00 gacha uyda bo’lish, tumani IIB boshlig’i ruxsatisiz Toshkent shahri hududidan chiqib ketmasligi, spirtli ichimliklar savdosi bilan shug’ullanuvchi restoran, kafe-bar va oshxonalarga kirmasligi haqida tushuntirilgan va ogohlantirilgan. Biroq, T.ga o’rnatilgan ma’muriy nazorat qoidalarining chekla-nishlari tushuntirilgan bo’lishiga qaramasdan, u ma’muriy nazorat qoidalariga qasddan amal qilmasdan kelib, profilaktika noziri tomo-nidan istiqomat manzili tekshirilganda uyida bo’lmaganligi aniqla-nib, tuman sudi tomonidan O’zR MJtKning 206-moddasi bilan ma’mu-riy jazoga tortilgan. Shunga qaramasdan, T. o’ziga tegishli xulosa qilmasdan, 1, 2, 3-«chorshanba» kunlari tuman IIB ro’yxatidan o’tish uchun kelishi lozim bo’lsada, ro’yxatdan o’tish uchun hyech bir sababsiz kelmagan. Qilmishga baho bering.


1

1

14

A. bosh buxgalterlik lavozimiga ko’tarilganligi munosabati bilan bosh direktor, uning o’rinbosari, ish boshqaruvchini restoranda katta ziyofat bilan mehmon qiladi. A.ning harakatlarida pora berish alomatlari bormi?


1

1

14

Yo’l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari orasida pora oluvchilarni aniqlash maqsadida IIB xavsizlik xizmati boshlig’i O. katta inspektorlar M. va K.larga Toshkent-Guliston trassasini tekshirish uchun yo’riqnoma berdi. K. va M.lar yashirin kamerada tasvirga tushirish orqali YPX xodimlari J. va E.larning yo’lovchilarni to’xtatganlarida, yo’lovchilar ularga jarima to’lash o’rniga pora tariqasida pul berishganligini aniqlashdi. Shu yo’l bilan K. va M.lar YPX xodimlari J. va E.larni qo’lga olishadi.


2

1

14

Qurilish firmalari o’rtasida o’tkazilayotgan tender jarayonida boshqarma boshlig’i o’rinbosari P. “Turon” firmasi boshlig’idan tenderda yutib berish uchun 10.000 AQSh dollari oladi. Lekin, P. musobaqa komissiyasi a’zolarini ko’ndira olmadi, tenderda boshqa firma g’olib bo’ldi, natijada P. pulni qaytarib berishga majbur bo’ldi. P.ning harakatlarini kvalifikasiya qiling.


3

1

14

S. K.ga 1 mln 500 ming so’m qarz beradi. Ammo K. qarzni qaytarishga shoshilmayotgan edi. Bundan norozi bo’lgan S. K.ning yo’qligida uning hovlisiga kirib sigirini olib chiqib ketadi. Bu haqda xabar topgan K. S. tomonidan sigirining o’g’irlaganligi haqida profilaktika inspektoriga ariza yozadi. S.ning harakatlarini kvalifikasiya qiling.


2

2

15

F. shahardagi turli binolar: telegraf, vokzal, mehmonxona, kinoteatrga bomba qo’yilganligi haqida milisiyaga har safar ovozini o’zgartirib telefon orqali xabar berardi. Milisiya xodimlari va harbiy xizmatchilar tegishli choralar ko’rar, lekin portlovchi qurilmalarni topolmasdilar. F.ning harakatlarini kvalifikasiya qiling.


1

2

15

Ozodlikdan mahrum qilish muassasasida jazoni o’tayotgan S. va K. jinoiy guruh tashkil etishga qaror qildilar. Ozodlikka chiqqandan keyin ular Namangan shahrida milisiya xodimiga hujum qilib, uning tabel qurolini egallab oldilar. So’ngra mashinani olib qochib ketdilar. Ikki hafta davomida inkassatorlar mashinalarining harakat yo’nalishlarini o’rganib, bir kuni kechqurun ulardan biriga hujum qildilar. Otishmada inkassatorlardan biri va haydovchi o’ldirildi, ikkinchi inkassator yaralandi. Jinoyat yuz bergan joydan inkassatorlar mashinasida qochib ketgan S. va K. pullarning katta qismini uylardan birining yerto’lasiga yashirdilar, oldindan o’g’irlangan avtomobilga o’tirib, yaqin bekatga keldilar va oldindan sotib olingan chiptalar bo’yicha poyezdga o’tirdilar. Oradan ikki yil o’tib S. va K. ushlandi. S. va K.larning harakatlarini kvalifikasiya qiling.


2

2

15

R., M. va G’. fuqarolar va tashkilotlarga hujum qilish maqsadida jinoiy guruh tuzdilar. Ular o’n to’rtta bosqinchilik hujumini sodir etdilar. Ularni ushlash vaqtida guruh milisiya xodimlariga qurolli qarshilik ko’rsatdilar. Guruh a’zolarining harakatlarini baholang.

z
Tuzuvchi: D.Qurbonov
Kafedra mudiri: D.Qurbonov
Dekan: R.Mirzayev
Download 51,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish