14-mavzu. Hozirgi zamon iqtisodiy qarashlar evolyustiyasi. Reja


IQTISODIY O’SISh NAZARIYaLARI VA



Download 154,66 Kb.
bet20/26
Sana23.08.2021
Hajmi154,66 Kb.
#154218
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26
Bog'liq
mcOPZ3Y-bkplWJU9SBaBrs7vooc1oulS

IQTISODIY O’SISh NAZARIYaLARI VA


MODELLARI

1. Iqtisodiy o’sishning Xarrod - Domar modeli

XX asr 50-yillarining ikkinchi yarmiga kelib iqtisodiy o’sish muammosiga bo’lgan qiziqish kuchaydi va unga bag’ishlangan bir qator iqtisodchilarning (R.Xarrod, E.Domar, J.Robinson, R.Solou va b.) asarlari vujudga kela boshladi. Bunga xo’jalik dinamikasini ko’pincha inkor etuvchi eski klassik nazariyaning hozirgi zamon iqtisodiy rivojlanishning real talablariga javob bera olmasligi sabab bo’ldi. Hozir yuqori iqtisodiy o’sish sur’ati rivojlangan mamlakatlar uchun oddiy bir hol hisoblanadi.

Iqtisodiy o’sishga bo’lgan keynschilik yondashuvi taxminan XX asrning 70- yillarigacha etakchi o’rinni egallab keldi. Ammo 1974-1975 yillardagi krizis talabni rag’batlantirishga asoslangan keynschilik yondashuvni qayta ko’rib chiqishga majbur etdi. Endi iqtisodchilar keynschilik qoidalarni oydinlashtirish, konkretlashtirish bilan shug’ullanishga, iqtisodiy o’sishning yangi modellarini ishlab chiqishga kirishdilar.

Tadqiqotchilar iqtisodiy o’sish omillari o’rtasidagi nisbatlarning optimalligini aniqlashni, yuqori o’sish sur’atini va barqaror rivojlanishni ta’minlovchi shart-sharoitlarni aniqlashni o’z oldilariga vazifa qilib qo’ydilar.

Iqtisodiy o’sish sur’atini aniqlashning oddiy modellaridan biri ingliz iqtisodchisi R.F. Xarrod (1900–1978) va amerikali iqtisodchi E.D. Domarlar (1914 y. tug’ilgan) tomonidan ishlab chiqilgan model hisoblanadi. Ular taklif qilgan model hamohang bo’lib, ularni odatda Xarrod-Domar modeli deb atash qabul qilingan. Mazkur model ikki shartga asoslanadi:


  1. milliy daromadning o’sishi faqat kapital jamg’armasi funkstiyasi hisoblanadi, kapital qaytimining ko’payishiga ta’sir ko’rsatuvchi barcha boshqa omillar (bandlikning ko’payishi, fan-texnika yutuqlaridan foydalanish darajasi, ishlab chiqarishni tashkil qilishni yaxshilash) hisobga olinmaydi. Demak, Xarrod va Domar modeli – bu bir omilli model. Ayni paytdagi kapital sig’imida kapitalga bo’lgan talab faqat milliy daromadning o’sish sur’atiga bog’liq deb, faraz qilinadi;

  2. kapital sig’imi ishlab chiqarish omillari baholari nisbatiga bog’liq emas, balki faqat ishlab chiqarishning texnik sharoitlari bilan aniqlanadi.

Keynschilik nazariyasida investistiyalar iqtisodiy o’sishning asosiy omili hisoblanadi. Ko’rilayotgan iqtisodiy o’sish modelida investistiyalar muhim rol o’ynaydi: ular bir tomondan, kapital jamg’arilishini ko’paytiradi, ikkinchi tomondan, ishlab chiqarish quvvatini oshiradi. Investistiyalar o’zgaruvchan bo’ladi, ularning yordamida iqtisodiy o’sishni tartiblab turish mumkin.

Jamg’armalarning milliy daromaddagi hissasi doimiy deb qaraladi. Jamg’armalar S va investistiyalar I tengligi – barqaror iqtisodiy o’sishning zarur shartlaridan biri hisoblanadi. Agar jamg’armalar investistiyalardan oshib ketsa unda ortiqcha zaxira kelib chiqadi, asbob-uskunalardan to’liq foydalanilmaydi, ishsizlik ko’payadi. Bu hol iqtisodiy o’sishning pasayishiga olib keladi. Agar investistiyalar jamg’armalardan ortib ketsa, iqtisodiyotning “zo’riqib” ketishiga va narxlarning oshib ketishiga olib kelishi mumkin.

Muammo shundan iboratki, qisqa muddatli (“statik”) va uzoq muddatli (“dinamik”) davrlarda jamg’armalar va investistiyalar o’rtasidagi nisbatlar bir xil ko’rinishda bo’lmaydi. Qisqa muddatli davrda jamg’arma va investistiyalar yakuniy summasi bo’yicha teng keladi. Uzoq muddatli davrda esa boshqacha vaziyat kuzatiladi.

Bugun ajratilgan (taklif) jamg’armalar, ertaga amalga oshirilishi mo’ljallangan investistiyalar qo’yilmalariga (talab) muvofiq kelishi kerak. Joriy taklif va kutilgan talabning mos kelishi, bugungi jamg’armalarni va ertangi investistiyalarni muvofiqlashtirish juda katta muammo hisoblanadi.

Agar kon’yunkturaga oid mulohazalarni hisobga olmasak, unda uzoq muddatli davrda bir tomondan, real jamg’armalar va kutiladigan investistiyalar nazarda tutiladi, ikkinchi tomondan, o’rtacha ko’rsatkichlarga emas, balki o’sib boruvchi ko’rsatkichlar, yakuniy (o’sib boruvchi) omillarga e’tibor qaratiladi, ularning ta’sirida investistiyalar tashkil etiladi.

Bir omilli Xarrod-Domar modeli uzoq muddat davrdagi iqtisodiy o’sish muammosini echib berishga qaratilgan yordamchi vosita bo’lib xizmat qiladi. Mazkur model dinamikada bo’ladigan o’zaro aloqalar xarakterini ochib berishga, ularni ancha aniq tasavvur qilishga yordam beradi.




Download 154,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish