Iqtisodiy o’sishga turli omillar ta’sirida, jumladan mehnat va kapital omillari, ularning yuqori unumdorligi natijasida erishish mumkin. Bunda har ikki omilning ishlab chiqarish hajmini ko’paytirishga bo’lgan ta’siri har xil bo’ladi.
Mehnat va kapital omillari o’rtasidagi rastional nisbat ishlab chiqarish funkstiyasi yordamida aniqlanadi. Eng qulay vaziyat foydalanayotgan har bir omil me’yorli unumdorlikka erishganda yuzaga keladi. Ishlab chiqarish funkstiyasiga asoslangan holda amerikalik iqtisodchi P.Duglas va matematik X.Kobb iqtisodiy o’sish modelini ishlab chiqdilar. Mazkur model ikki omilli – mehnat va kapital – bo’lib, u ushbu omillarining ishlab chiqarish hajmini yoki milliy daromadni ko’paytirishdagi ulushni hisoblashga imkon beradi. Kobb – Duglas modeli quyidagi ko’rinishga ega:
Y = AKaLb,
bu erda: Y – ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori (milliy daromad), K
kapital qo’yilmasi, L – sarflangan yalpi mehnat, A – mutanosiblik koeffistienti, a – mahsulot (daromad)dagi kapital hissasini ko’rsatuvchi koeffistient, b - mahsulot (daromad)dagi mehnat hissasini ko’rsatuvchi koeffistient. Mazkur model mualliflari 1899-1922 yillar davrida AQSh ishlab chiqarish sanoatida ish bilan bandlikning, asosiy kapitalning va ishlab chiqarishning dinamikasi to’g’risidagi statistik ma’lumotlar asosida (empirik usulda) ishlab chiqarish funkstiyasining quyidagi parametrlarini aniqlab berdi:
Y = 1.01 K0,25 L0,75
Kapital sarflarning 1%ga ko’payishi ishlab chiqarish hajmining 1/4 ga yoki 0.25 foizga oshishini keltirib chiqaradi; mehnat sarflarining 1% ga ko’payishi mahsulot ishlab chiqarishni muvofiq ravishda – 3/4 yoki 0.75 foizga oshiradi. Koeffistient a, agar kapital sarflari 1%ga ko’paysa, ishlab chiqarish (milliy daromad) necha foizga o’zgarishini ko’rsatadi. Xuddi shunga o’xshash, koeffistient b, agar mehnat sarflari 1% ga ko’paysa daromad necha foizga o’sishini bildiradi. a + b yig’indisi, K va L omillari bir vaqtda 1% ga ko’payganda ishlab chiqarish yoki milliy daromad hajmi necha foizga oshganini ko’rsatadi. Agar a + b = 1 desak, (Kobb va Duglas ishlab chiqqan modelni ko’rilayotgan davrga qo’llasak bu yig’ma, formuladan ko’rinib turganidek, 1 ga teng), bu K va L ning bir vaqtda 1 foizga oshishi Y ning ham 1 foizga oshishini keltirib chiqarishini bildiradi. Lekin a + b > 1 yoki a + b < 1 vaziyatlari ham yuzaga kelishi mumkin. Bunday vaziyatlarda kapital va mehnat omillari qaytimining ko’payishi yoki kamayishiga qarab ularni o’zaro almashtirish mumkin. Amaliyotda omillarning bunday o’zaro almashinishi texnologik o’zgarishlar bilan bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |