«Nasosdan nasosga» tortib uzatishmahsulotning bug’lanishidan bo’ladigan yo’qotishlarning oldini olish nuqtai nazaridan eng takomillashganidir.(3.7-rasm, g). Shu rejimda ishlovchi hamma hovlilarning “qattiq” gidravlik aloqasi bu sxemaning kamchiligidir. Alohida hovlisidagi har qanday o’zgarish hovlilarning qolgan hammasidagi o’zgarishlarga sabab bo’ladi. Bitta hovlining avariyali to’xtashi boshqa hovlilar ishini ham to’xtatishga olib keladi.
Magistral quvurning asosiy elementlari – uzluksiz yig’ilgan quvurlardir. Quvurlar korroziyadan maxsus qoplamalar bilan himoya qilinadi va, qoida bo’yicha, 0,8 m chuqurlikka ko’miladi.
Trassa relefiga bog’liq ravishda 10 –30 km interval bilan quvurlarga, avariya bo’lgan hollarda yoki ta’mirlash ishlari olib borilganida, hovlilarni yopib qo’yish uchun, chiziqli surish klapanlari o’rnatiladi. Magistral neft quvurlari bir yilda 1 mln tonnadan 78 mln tonnagacha unumdorlikka ega.
Magistral quvurlar uchun diametri 300 –1220 mm bo’lgan quvurlar qo’llaniladi. Quvur devorlarining qalinligi quvurdagi loyiha bosimi bilan aniqlanadi, u 10 MPa gacha yetishi mumkin.
3.5-jadvalda Chelyabinsk quvur zavodi ishlab chiqargan magistral quvurlarning 5,4 –7,4 MPa ishchi bosimlar uchun tavsiflari keltirilgan [36].
1-jadval
Magistral quvurlar tavsifi
Tashqi diametr,
mm
|
Devorning nominal qalinligi, mm
|
Po’lat markasi
|
Quvur materiallari tavsifi
|
σV, MPa
|
σT, MPa
|
1220
|
10; 11; 12; 13;
14; 15; 16
|
08GBYU
|
510
|
350
|
1020
|
12,5; 12,9 15,5; 16
|
13G1SU
|
540
|
390
|
820
|
8; 9; 10; 11; 12.
|
13G2AF
|
530
|
363
|
720
|
8; 9; 10; 11; 12;
13; 14.
|
08GBYU
|
510
|
350
|
530
|
7; 7,5; 8; 9; 10.
|
17GS
|
510
|
353
|
Izoh:3.5-jadvalda keltirilgan po’lat markalarida harflar bilan legirlovchi qo’shimchalar (G –marganets, B –niobiy, YU –alyuminiy, A –azot, F –vanadiy, S – kremniy) ko’rsatilgan.
Tortib uzatuvchi agregat sifatida markazdan qochma nasoslar eng samaralidir, chunki ular sinxronizatsiyaga va avtomatik boshqarishga oson beriladi. Bundan tashqari, porshenli nasoslardan farq qilib, ular, surish klapanlari to’la yopilganida ham, bosimning xavfli ko’tarilishiga yo’l qo’ymaydi. Porshenli nasoslardan foydalanish, oldingi stansiya nasoslarining chiqish yo’lida yo’l qo’yilishi mumkin bo’lmagan bosim oqibatida og’ir avariyalarga olib kelishi mumkin. Bu holda kirish va chiqish yo’llarida, yo’l qo’yilgan ortiqcha bosimga sozlangan himoya klapanlari albatta o’rnatilgan bo’lishi kerak. Ortiqcha mahsulotni himoya klapanlaridan qabul qilish uchun maxsus rezervuarlar e’tiborga olinadi.
3. -jadvalda, quvurlar orqali neft va neft mahsulotlarini tranportirovka qilishda ishlatiladigan markazdan qochma nasoslarning texnik tavsiflari keltirilgan.
Nasoslarning maksimal foydali ish koeffitsiyenti 0,8 –0,9 ga teng. Nasos g’ildiraklarining aylanish chastotasi1 minutda 1480 ga mos keladi. Nasoslar tavsifi 20 °C da tortib olinayotgan suv uchun berilgan.
3-jadval
Magistral markazdan qochma nasoslarning texnik tavsifi
Do'stlaringiz bilan baham: |