magistral quvurlar – tovar neftni va neft mahsulotlarini (shu jumladan kondensatlarni) ular qazib olinadigan, ishlab chiqariladigan yoki saqlanadigan hududdan iste’mol joylarigacha (neft bazalari, oraliq bazalar, sisternalarga quyish punktlari, neft quyuvchi terminallar, alohida sanoat korxonalari, neftni qayta ishlovchi zavodlar) transportirovka qilishga mo’ljallangan.
Magistral neft quvurining asosiy (bosh) inshooti neftni tortib oluvchi stansiyadir, u quvurning boshlang’ich hovlisiga (neft konlari hududida) joylashtiriladi. Stansiya neftni, keyingi bosqichda quvurlarga uzatish uchun, qabul qilishga xizmat qiladi.
Oraliq neftni tortib oluvchi stansiyalar quvur bo’ylab neftning keyingi harakatini ta’minlaydi, avariya-ta’mirlash punklariga va chiziqli stansion aloqa qurilmalariga ega bo’ladi.
Neftni tortib oluvchi stansiyalar tarkibiga rezervuar park, kurakchalar yoki bo’luvchilarni ishga tushirish qurilmasi, filtrlar uchun o’rnatma, shuningdek oqib chiqqan suyuqliklarni yig’uvchi va uni himoyaning qo’riqlovchi (predoxranitelniy) tizimlaridan qabul qiluvchi alohida sig’imlar kiradi.
Mazkur neft quvurida qabul qilingan neft va neft mahsulotlarini tortish texnologiyasi nasoslar va rezervuarlarni birlashtirish sxemasini beradi. Mumkin bo’lgan sxemalar ichidan uchta asosiysini ajratish mumkin [40]: stansion yo’l bilan, rezervuarni ulash bilan, nasosdan nasosga o’tish yo’li bilan neftni tortish sxemalari(6.8-rasm).
Neftni stansion yo’l bilan tortishda neft oraliq neftni tortish stansiyasidan rezervuarga, u to’lguncha kelib tushadi, shundan keyin rezervuardagi neft, navbatdagi stansiyaga tortib uzatiladi.
Quvurning uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun stansiyalarda ikkitadan kam bo’lmagan rezervuar hisobga olinadi, bunda bitta rezervuarga neft tortib keltiriladi, boshqasidan esa bir vaqtda quvurga uzatish uchun tortib yuboriladi. Bu sxema bo’yicha katta sondagi rezervuarlar talab qilinadi, bu ekspluatatsiya sharoitlarini murakkablashtiradi va qo’shimcha xarajatlarni talab qiladi. Neftni stansion yo’l bilan tortish faqat alohida hollardagina: neft quvurini sozlashda, uning alohida haydalishlarining o’tkazuvchanlik qobiliyatini aniqlashda qo’llaniladi.
2-rasm. Quvur transporti sxemasi: 1 –rezervuar; 2 –nasos stansiyasi;3 – neftni tortish tizimlari: a –stansion sxema; b –rezervuar orqali;v – ulangan rezervuar bilan; g –nasosdan nasosga
Amaliyotda ko’pincha tranzit neftni tortishqo’llaniladi.
Neftni bunday tortishda rezervuarga kelib tushadigan mahsulot zudlik bilan nasoslar orqali tortib olinadi va keyingi stansiyaga uzatiladi. Rezervuar bir vaqtda oldingi stansiya mahsulotini qabul qilish uchun ham, va keyingi, nasoslarning neftni tortib uzatishi uchun ham ulangan bo’ladi.
Rezervuarning o’zining ulanish usuliga bog’liq ravishda neftni tranzit tortishning quyidagi tizimlari bo’ladi: rezervuar orqali, ulangan rezervuar bilan, nasosdan nasosga.
Bu tizimlarning har birini alohida-alohida ko’rib o’tamiz. Rezervuar ketma-ket ulanganida oldingi stansiyadan kelib tushayotgan suyuqlik, nasoslar qabuliga kelib tushishidan oldin, rezervuar orqali o’tadi. Neft mahsulotlarini tranportirovka qilishning bu turi rezervuar orqali tortib uzatish deb ataladi.
Neft mahsulotlarining kuchaytirilgan harakati intensiv bug’lanishga yo’l ochadi. «rezervuar orqali» tortib uzatish so’rib olinayotgan suyuqlikni, u nasosga kelib tushishidan oldin havo va gazdan ozod qilish zaruriyati bo’lgan hollarda yoki tortib uzatishning borishida tortib olinayotgan mahsulotni suvdan ajratish kerak bo’lgan hollarda qo’llaniladi.
Tortib uzatish jarayonida (rezervuar ulangan holda) suyuqlik nasoslarga, magistralga parallel ulangan rezervuarni chetlab o’tib, bevosita quvurdan kelib tushadi (, v). Suyuqlik quvurdan rezervuarga va aksincha, rezervuardan quvurga tortib uzatuvchi stansiyalar ishida moslashish buzilgan davrlardagina kelib tushadi. Rezervuarlardan bug’lanish natijasida bo’ladigan yo’qotishlar ancha kamayadi, chunki rezervuarlarga tortib uzatilayotgan mahsulotning bir qismi kelib tushadi.
Neft mahsulotining asosiy miqdori quvurning boshlang’ich punktidan oxirigacha, oraliq stansiyalarning rezervuarlariga kirmasdan, o’tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |