23-mavzu: OChIQ PROFILLI YuPQA DEVORLI STERJENLAR HISOBI.
REJA:
Asosiy tushunchalar. Yupqa devorli sterjenlarning erkin va erkinmas buralishi.
Sterjen deformasiyalari bilan nuqtalari ko’chishi orasidagi bog’lanish.
Sterjen kesim yuzasida normal va urinma kuchlanishlarning taqsimlanish qonuni.
Tayanch tushunchalari va iboralari: Yupqa devorli sterjenlar, erkin va erkinmas buralishi, normal va urinma kuchlanishlarning taqsimlanish qonuni, deplanasiya, o’rta sirti, yopiq, ochiq profilli sterjenlar.
Devorining qalinligi , ko’ndalang kesimining asosiy o’lchamlaridan b yoki h , ko’ndalang kesim o’lyaamlari esa uzinligi 𝑙 dan
8 10 marta kichik bo’lgan sterjenlarga yupqa devorli sterjenlar deyiladi
(12.1-shakl, a). Rus olimi V.Z.Vlasov yupqa devorli sterjenlar turkimiga
kiruvchi sterjenlar
p b p 0,1; b / 𝑙 p 0,1
talabga javob berishini taklif qilgan
va bu turdagi sterjenlarning to’la hisobini ishlab chiqqan.
b)
12.1-shakl.
Bu xildagi sterjenlarning hisob sxemasini tuzishda sterjenni hosil qiluvchi elementlar o’rtasidan o’tuvchi o’rta sirti qaraladi va uning ko’ndalang kesim tekisligidagi yuzasi kesim profilini ifodalaydi (12.1- shakl, b).
Qurilish konstruksiyalarida yupqa devorli sterjenlardan keng foydalaniladi. Ko’ndalang kesim yuzasining ko’rinishiga qarab, yupqa devorli sterjenlar yopiq (12.2-shakl, a) va ochiq (12.2-shakl, b) profilli sterjenlarga bo’linadi.
Yupqa devorli sterjenlar burovchi yuk ta’siridan deformasiyalanganda sterjen kesim yuzasi tekisligicha qolmay u deplanasiyaga uchraydi, ya’ni kesim .yuzasidagi nuqtalar uning o’qi bo’ylab suriladi, bu yupqa devorli sterjenlarning o’ziga xos xususiyatidir. Ochiq profilli sterjenlarda kesim yuzasining deplanasiyasi ancha kichik bo’lib, uning ta’siri yuk ostida ish sharoitida ta’siri kam bo’lib, ochiq profilli sterjenlarda esa deplanasiya anchagina bo’lib uning yuk ostidagi ish sharoitiga sezilarli ta’sir etadi.
12.2-shakl..
Yupqa devorli sterjenlarning erkin buralishi deb, barcha ko’ndalang kesim yuzalarida deplanasiya bir xil bo’ladigan buralishga aytiladi (12.3- shakl, a).
Masalan, 12.3-shakl, a, b da ko’rsatilgan sterjen uchlariga moment qo’yilgan bo’lib, erkin buralishga ishlaydi. Bunday sterjenda uning istalgan yasovchisi ustida olingan ikkita ixtiyoriy nuqtalar t va p orasidagi masofa deformasiyagacha va deformasiyadan keyin ham o’zgarmay qoladi.
Bunday sterjenning istalgan uchastkasidagi barcha bo’ylama tolalar o’zining dastlabki uzunligini saqlaydi, ya’ni ularning nisbiy uzayishi va
qisqarishi nolga teng ( z
0 ) bo’ladi. Demak, sterjenning ko’ndalang
kesim yuzalarida faqat urinma kuchlanishlar
hosil bo’lib, normal kuchlanishlar nolga teng bo’ladi.
Masalan, to’g’ri to’rtburchak kesim yuzali polosaning buralishida urinma kuchlanishlar oqimi ko’ndalang kesim yuzasida, 12.4-shakl, a da ko’rsatilgandek, yopiq egri chiziq bo’ylab yo’nalgan. Urinma kuchlanishlar epyurasi 12.4-shakl, b da ko’rsatilgan.
Maksimal urinma kuchlanish sterjen ko’ndalang kesim yuzasi uzun tomonining o’rtasida yotuvchi nuqtada hosil bo’ladi va u quyidagi formuladan topiladi:
12.3-shakl.
M 0 ,
мах J
12.4-shakl
(12.1)
Do'stlaringiz bilan baham: |