NAZORAT SAVOLLARI.
Universal tenglamalardagi boshlang’ich salqilik va aylanish burchaklari qanday shartlardan topiladi?
Differensial tenglamani integrallashdan hosil bo’lgan ixtiyoriy o’zgarmaslar qanday topiladi?
Balkalar uchun asosan necha xil chegara shartlari bor?
Universal formulani chiqarishda qanday maxsus yo’llardan foydalaniladi?
Grafoanalitik usul nima?
Grafoanalitik usul bilan salqilik formulasi qanday yoziladi? 7.Grafoanalitik usul bilan kesimning aylanish burchagi formulasi qanday yoziladi?
8.Soxta balka deb qanday balkaga aytiladi? 9.Soxta yuk deb qanday yukka aytiladi?
10.Soxta balkalarda soxta eguvchi moment bilan soxta kesuvchi kuch qanday topiladi?
ma’ruza.
10-BOB.
mavzu: STATIK ANIQMAS BALKALARNI HISOBLASh. REJA:
Umumiy tushunchalar.
Deformasiyani solishtirish usuli.
Statik aniqmas balkaning deformasiyasini egilgan o’qning differensial tenglamasini integrallash usulida aniqlash.
Statik aniqmas balkaning deformasiyasini boshlang’ich parametr usuli bilan aniqlash.
Teng qarshilik ko’rsatuvchi balkalar.
Tayanch tushunchalari va iboralari: statik aniqmas, deformasiyani solishtirish, differensial tenglamasini integrallash, boshlang’ich parametr usuli, teng qarshilik ko’rsatuvchi balkalar.
Mashina va inshoot qismlari uchun ishlatiladigan balkalarning muvozanatini ta’minlovchi tayanch reaksiyalarini aniqlovchi parametrlarining soni, shu balka uchun lozim bo’lgan statikaning muvozanat tenglamalari sonidan ko’p bo’lsa, bunday balkalarga statik aniqmas balkalar deyiladi.
Amalda shunday hollar ko’p uchraydiki, balkadan unumliroq foydalanish maqsadida ularning bikrligini oshirib, egilishga moyilligini kamaytirish uchun oralig’iga qo’shimcha tayanch qo’yish kerak bo’ladi. Masalan, oddiy ikki tayanchda yotuvchi balkaning (10.1-shakl, a) salqiligini kamaytirish maqsadida uning o’rtasiga bitta qo’shimcha tayanch qo’ysak, balkaning salqiligi kamayib, bikrligi oshishi qo’shimcha reaksiya hosil bo’lishi hisobiga statik aniqmas balkaga aylanadi (10.1-shakl, b). Yoki 10.2-shakl, a da ko’rsatilgan konsolning erkin uchiga bitta qo’shimcha sharnirli tayanch qo’yilsa yoki qistirib mahkamlangan tayanch qo’yilsa balkaning egilishga moyilligi kamayib, bikrligi oshib, statik aniqmas balka bo’lib qoladi (10.2-shakl, b,v).
10.3-shakl, a da ko’rsatilgan oddiy balkaning ikki sharnirli tayanchini qistirib mahkamlangan tayanch bilan almashtirish natijasida uning salqiligi besh marta kamayib, bikrligi shungacha ko’paydi (10.3-shakl,b).
Statik aniqmas balkalarning tayanch reaksiyalarini topish uchun, statikaning muvozanat tenglamalariga qo’shimcha tengliklamalar tuzish lozimdir. Bu qo’shimcha tenglamalar balkaning deformasiya shartlaridan foydalanib tuziladi. Qo’shimcha tenglamalar soni bilan balkaning statik aniqmaslik darajasi belgilanadi; balkalarning statik aniqmaslik darajasi . S .
quyidagicha aniqlanadi: S n 3 ,
bunda - tayanchlarda hosil bo’ladigan tayanch reaksiyalari soni.
Statik aniqmas balkalarni yechishning bir necha usullari mavjuddir.
а)
1 -shakl
10.2-shakl
q q
f
5 q𝑙 4
а) 384 EJ
3-shakl
b) q𝑙4
Do'stlaringiz bilan baham: |