13-mavzu: Tarbiya metodlari va formalari. Reja



Download 43,44 Kb.
bet1/4
Sana17.07.2022
Hajmi43,44 Kb.
#816576
  1   2   3   4
Bog'liq
Tarbiya metodlari va formalari


13-mavzu: Tarbiya metodlari va formalari.
Reja:
1. Tarbiyaning psixologik mohiyati.
2. Tarbiya metodlari.
3. Tarbiya formalari.
Darsning maqsadi: Tarbiya metodlari va formalari borasida bilimlar berish.
Xulq-atvor va odatni shakllantirish - shaxsni tarbiyalashning asosiy yo’nalish sifatida.
Tarbiya psixologiyasi maqsadga muvofiq ravishda tashkil etilgan pedagogik jarayon sharoitida inson shaxsi shakllanishining qonuniyatlarini o’rganadi. Tarbiya har qanday jamiyatning muhim vazifasidir.
Tarbiya - bu shaxsning ijtimoiy, ma’naviy va ishlab chiqarish faoliyatiga tayyorlash maqsadida uning ma’naviy, jismoniy kamolotiga muntazam ravishda ta’sir ko’rsatish jarayonidir.
Prezidentimiz I.A,Karimov: « Ta’limning yangi modeli jamiyatda mustakil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi. O’zining qadr-qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsadga ega bo’lgan insonlarni tarbiyalash imkoniga ega bo’lamiz» deb ta’kidlaganlaridek «Ta’lim to’g’risida» gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» bugungi kunda shaxs tarbiyasiga jiddiy e’tiborni qaratmokda.
Xulq-atvor va odatni shakllantirish - ma’lumki, odam ongining yuksak belgilaridan biri - uning o’zini anglashidir. Odamning o’zini anglashi uz navbatida shaxsning muhim belgisi hisoblanadi. Odam o’z tevarak-atrofidagi olamni biluvchi va shu olamga ta’sir etuvchi sub’ektdir. Odamning idrok etadigan, tasavvur qiladigan narsalari uning uchun ob’ektdir. Ana shu nuktai-nazardan olganda, odamning o’zini anglashi sub’ektiv ravishda o’zini «men» deb xis qilishida ifodalanadi.
Odam ijtimoiy zot bo’lganligidan unga o’zligiii anglash qobiliyati xosdir. Faqat ijtimoiy hayotda, o’zga kishilar bilan qiladigan har turli munosabatlarda odamning o’zini anglashi, o’zini “men” deb bilishi vujudga keladi va taraqqiy etadi. Odam o’zini alohida shaxs sifatida kim deb bilishi, o’zining o’tmishi va kelajagini anglashi, o’z huquq va burchini anglashi va nihoyat o’zining fazilat hamda kamchiliklarini anglashi o’zini anglashiga kiradi.
Insonning tabiatini o’zgartiradigan, uning shaxsini tarkib topishiga ta’sir qiladigan kuch ijtimoiy omillar yoki boshqa qilib aytganda, jamiyat ishlab chiqarish kuchlari xdmda ishlab chiqarish munosabatlarining o’sishi va o’zgarishidir. Bundan tashqari yana inson shaxsining tarkib topishiga ta’sir qiluvchi kuchli omil -inson ortgargan tajribalarning tarbiya vositasi orqali bolalarga berilishidir. Shunday qilib, inson shaxsi juda murakkab psixologik kategoriya bo’lib, u kishining individual hayoti davomida ma’lum konkret omillarning ta’siri ostida sekin-asta tarkib topadi. Ilmiy manbalarga qaraganda inson shaxsi uchta faktorlar ta’sirida tarkib topadi. Ulardan birinchisi, odam tug’ilib o’sadigan tashqi ijtimoiy muhitning ta’siri bo’lsa, ikkinchisi, odamga uzoq muddat davomida sistemali beriladigan ijtimoiy ta’lim-tarbiyaning ta’siridir va nihoyat, uchinchisi odamga nasliy yo’l bilan beradigan irsiy omillarning ta’siridir.
Insonning psixik tarakdiyotida va shaxsiy sifatlarining tarkib topishida tashqi, ijtimoiy muhit va tarbiyaning roli xal kiluvchi ahamiyatga egadir. Lekin, inson shaxsining tarkib topishi, yuqorida aytib o’tganimizdek faqat shu ikkita faktorga emas, balki uchinchi bir faktorga ham bog’liqdir, Bu faktor nasliy yo’l bilan ayrim anatomik va biologik xususiyatlarning ta’siridir. Odamga nasliy yo’l bilan ayrim anatomik va biologik xususiyatlar beriladi. Masalan: tanasining tuzilishi, sochi va ko’zlarining rangi, ovozi, gapirish uslublari, ayrim harakatlari tug’ma ravishda berilishi mumkin. Lekin, shuni hech qachon esdan chiqarmaslik kerakki, odamga hech vakt uning psixik xususiyatlari, ya’ni uning aqliy tomonlaribilan bog’liq bo’lgan sifatlari nasliy yo’l bilan berilmaydi. Nihoyat, nodir bolalarda ayrim qobiliyatlar, masalan, musiqa, matematika qobiliyatlarda nasliy yo’l bilan berilishi mumkin. Bunday imkoniyatlarning amalga oshirilishi, ya’ni ruyobga chiqishi uchun albatta, ma’lum sharoit bo’lishi kerak
Hozirgi kunda xalqimiz orasidan etishib chiqqan iste’dodli olimlar, muxandis-ixtirochilar, yozuvchi va shoirlar, davlat va jamoat arboblari, iste’dodli artistlar, rassomlar va bopha kishilarimizga nasliy yo’l bilan berilgan barcha imkoniyatlarning ruyobga chiqishi uchun har qanday sharoit maydonga kelganligini dalili bula oladi.
Bolalar maktab yoshiga etgach, shaxs shakllanishining yangi mazmuni boshlanadi. Kichik maktab, o’smirlik va katta maktab yoshi davrlarida shaxs shakllanishining yuqori bosqichi namoyon bo’ladi. Inson shaxsini o’rganish masalasi bilan falsafa, psixologiya, pedagogika kabi fanlar shug’ullanadi. Hozirgi davrda inson muammosi aniq, va gumanitar fanlarning umumiy tadqiqot ob’ektiga aylanib bormokda. Shunga qaramasdan, bir tomondan, insonni o’rganishda differentsiatsiya hodisasi yuz bermokda, ikkinchi tomondan, inson tarakdiyotining sintetik tavsifi bo’yicha integratsiya holati ko’zga tashlanmokda. Inson bir qator fanlarning tadqiqot ob’ektiga ekanligini yig’iq tarzda tasavvur etish uchun uni biosotsial va sotsiobiologik jihatdan o’rganish maqsadga muvofiq. Ma’lumki, inson hayoti va faoliyatining operatsional (o’quv, operatsiya, harakat, malaka) mexanizmi uning ontogenezida funktsional mexanizmga o’sib o’tadi, binobarin, unda komillik belgisi shakllanadi, natijada u kamolot cho’qqisining muayyan darajasiga erishadi.
Inson - jamiyat - tabiat - turmush munosabatlarini tekshirgan rus olimlari S.L.Rubinshteyn, L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, B.G.Ananev odamning ular bilan har xil turdagi va ko’rinishdagi kauzal, strukturaviy, funktsional, fazoviy va makoniy aloqalar tizimi mavjudligini ta’kidlab o’tganlar.
Biriyachidan, inson u yoki bu aloqalar tizimiga binoan biologik mahsuli Homo Sapiens» sifatida o’rganiladi.
Ikkinchidan, tarixiy jarayonning ham ob’ekta, ham sub’ekta tariqasida shaxs tadkiq etiladi.
Uchinchiday, individ muayyan kolamda o’zgaruvchan, tarassiyotning genetik dasturiga asoslanuvchi alohida xususiyagli jonzot tarzida ilmiy jihatdan tekshiriladi. Insonni jamiyat ishlab chiqarishining etakchi tarkibi, bilish, kommunikatsiya va boshqaruv sub’ekti, tarbiya predmeti sifatida tadqiq etilishi muhim ahamiyatga ega. Inson va uning borliq bilan ko’p qirrali munosabatga hamda aloqaga kirishishi quyidagi tarzda namoyon bo’lishi mumkin:

  • tabiatning biotik va abiotik omillari - inson;

  • jamiyat va uning tarixiy taraqqiyoti - inson;

  • inson - texnika;

  • inson - madaniyat;

  • inson va jamiyat - er va fazo.

XXI asrda ham odam individ, shaxs, sub’ekt, komil inson sifatida talqin qilinishda davom ettiriladi, lekin har bir tushuncha mohiyatida sifat o’zgarishlari yuz berishi mumkin.
Odamga individ sifatida tavsif berishda uning yosh davri, jinsiy va individual-tipologik xususiyatlariga asoslaniladi. Yosh davr sifatlari ontogenetik evolyutsiya bosqichlarida izchil ravishda namoyon bo’ladi va takomillashuv jarayonida o’z ifodasini topadi, jinsiy dimorfizm xususiyati esa ularga mos tushadi. Individning individual-tipologik xususiyatiga konstitutsion (tana tuzilishi bioximik individuallik) holatlar, simmetriya va assimetriya juft retseptorlari, effektorlari funktsiyasi kiradi. Bu xususiyatlar va xossalar birlamchi hisoblanib, xujayra va molekulyar tuzilishning barcha darajalarida ishtirok etadi.
Yosh, jinsiy va individual tipologik xususiyatlar sensor, mnemiq verbal va mantiq psixofiziologik funktsiyalari dinamikasi xdmda organik ehtiyojlar tuzilishini aniqlaydi. Individning bu xususiyatlarini ikkilamchi deb atab, ularning integratsiyasi temperamentida va tug’ma mayllarda ifodalanilishini ta’kidlab utih joiz. Yuqoridagi sifatlar rivojining muhim shaqli ontogenetik evolyutsiyadan iborat bo’lib, ular filogenetik dasturga asoslanib xukm suradi. Yosh va individual o’zgaruvchanlik insoniyatning ijtimoiy-tarixiy tarakdiyoti ta’siri ostida har xil ko’rinishda namoyon bo’ladi. Individning dinamik xususiyatlariga shaxsning ijtimoiy sifatlari ta’sir etib, uning individual o’zgaruvchanligi omilini kuchaytiradi.
Insonning shaxs sifatida tavsiflangaing muhim lahzasi, uning dinamik xususiyatlari hisoblanib, jamiyatdagi statusi (iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, mafkuraviy, ya’ni uning jamiyatda egallagan o’rni) orqali ifodalanadi. Status negizida doimiy o’zaro aloqalar tizimi yotadi. Rolning ijtimoiy funktsiyasi muayyan maqsadlarga va qadriyatlarga yo’nalganlik shaxsni faollashtiradi. Status, rol, qadriyatga yo’nalganlik shaxs xususiyatlarining birlamchilarini tashkil etadi va uning tuzilishida asos bo’lib xizmat qiladi. Shaxsning ta’rifi xulq motivatsiyasi xususiyati va ijtimoiy fe’l-atvor tuzilishini belgilab, uning tarkibidan ikkilamchi alomatlar sifatida joy egallaydi. Shaxsning birlamchi va ikkilamchi sifatlarining o’zaro ta’sirini birlashtiruvchi yuksak samara tarzida inson xaraktera va mayllari yuzaga keladi. Insonning shaxs xislatlarini rivojlantiruvchi asosiy shaql - uning jamiyatdagi hayot yo’li va ijtimoiy tarjimai holi hisoblanadi.
Individ, shaxs va sub’ekt taravdiyotining tadqiqotida quyidagi holatlarga e’tibor qilishi zarur:

  • inson rivojining asosi hisoblangan omillar va shart-sharoitlar (ijtimoiy, iktisodiy, siyosiy, huquqiy, mafkuraviy, pedagogik va yashash muhiti omillari);

  • insoning o’ziga taallukli, asosiy tavsiflar, uning ichki qonuniyatlari, mexanizmlari, evolyutsiya bosqichi, barqarorlashuvi va involyutsiya;

- inson yaxlit tuzilishning asosiy tarkiblari, ularning o’zaro
alotsalari, shaxsning tanhi ta’sirlarga javobi va munosabati,
taraqqiyot jarayonida ularning takomillashuvi kabilar.
Uch xil xususiyatli tadqiqot dasturining tarkibiy kismlari insonning amaliy va nazariy faoliyatining mezonlari hisoblanadi. Chunki, faoliyatda yashash muhiti tarixiy tajribani egallash interiorizatsiya va eksteriorizatsiya amalga oshadi.
Odamning maqsadga qaratilgan ijtimoiy foydali faoliyati jarayonida hayotiy deb ataladigan mexanizmlari va ongli faoliyatining funktsional sistemasi jarayonlari yuzaga keladi. Ana shular tufayli odam bilimlarni, ko’nikma va malakalarni, kishining sotsial tajribalarini o’zlashtiribgina qolmay balki o’zining idroki, tafakkuri, xayoli, hissiyotlari va irodasini bir so’z bilan aytganda, voqelikka bo’lgan ongli munosabatini hamda o’z harakatlari va xulq-atvorining motivlarini tarkib toptiradi.
Shaxsning barcha xususiyatlari, munosabatlari va xatti-harakatlari shaxsning hayoti faoliyatida ma’lum rolni bajaruvchi va xdr biri murakkab qurilmadan iborat bo’lgan hamda shartli ravishda to’rtta o’zaro mustahkam bog’langan funktsional bosqichlarga birlashtiriladi:
Birinchisi - boshqaruv tizimi;
Ikkinchisi - stimullashtirish tizimi;
Uchinchisi - stabilizatsiyalash tizimi;
To’rtinchisi - indikatsiyalash tizimi.
Shaxsning ana shu sotsial ahamiyatga ega bo’lgan barcha sifatlari ijtimoiy tarakdiyotning yuksak ongli faoliyatchisi sifatidagi shaxsning xulq-atvori va xatti-harakatlarini belgilaydi.
Birinchi tizimning hosil bo’lishida analizatorlar o’rtasidagi doimiy tabiiy aloqani aks ettiruvchi filogenetik mexanizmlar katta rol o’ynaydi. Biroq bu ilgari yuqorida ta’kidlab, o’tganimizdek ontogenez jarayonida filogenetik analizatorlar urtasidagi aloqa vaktli alokdlar bilan organik jihatdan qo’shilib keladilar. Bunda mazkur tizimning ichida pertseptiv tizimiga o’tib ketadigan yuksak darajada integratsiyalangan ma’lum ichki sensor komplekslarni hosil qiladi. Bunday komplekslar qatoriga nutq, eshitish, ko’rish hamda sensomotor komplekslarni kiritish mumkin. Mana shu komplekslarning hammasi odamning hayot-faoliyati jarayonida o’zaro bir-biri bilan doimiy aloqaga kirishib, sensor-pertseptiv uyushishning yagona funktsional dinamik tizimini yaratadi. Insonning sensor-pertseptiv jihatlari doimo takomillanshb boradi.
Ikkinchi tizim barqaror psixik holatlarni o’z ichiga oladi. Bu holatlar bolaning aniq, maqsadni kuzlovchi va foydali faoliyatining ongli sub’ekta sifatida bola boshlagan ilmlarining dastlabki yillaridayoq shakllana boshlaydi. Temperament, intellekt, bilim va munosabat ana shunday xususiyatlar jumlasiga kiradi.
Uchinchi tizim- shaxsni arbob sifatida stabilizatsiya tizimidir. Yo’naltirilganliq qobiliyat, mustaqillik va xarakter uning tarkibiy qismini tashkil etadi.
Yo’naltirilganlik - shaxsning integral va generalizatsiya qilingan xususiyatidir. Integral — (lotin tilida - «butun», «tiklangan») - uzviy
bog’liqlik butunliq birlikdir,
Generalizatsiya (lotin tilida- «umumiy», «bosh») - shartli va shartsiz reflekslarning umumlashishi.
Yo’naltirilganlik bilim, munosabatlarning hamda shaxsning xulq-atvori va xatti-harakatlarida ijtimoiy ahamiyat etakchilik kilgan motivlarning bir butun ekanligida o’z ifodasini topadi. Bu xususiyat odamning dunyoqarashi, qiziqishlari va ma’naviy ehtiyojlarida namoyon bo’ladi.
Yo’naltirilganlik strukturasida kryaviy e’tikrd katta rol o’ynaydi. G’oyaviy e’tiqod - bu bilimning, usha shaxsga xos bo’lgan intellektual, emotsional va iroda sifatlarining sintezi, g’oyalar va xatti-harakatlar bir butunligining negizidir.
To’rtinchi tizim o’z ichiga shunday xususiyatlar, munosabatlar va xatta-harakatlarni oladiki, ularda real shaxslarning ijtimoiy «o’y fikrlari va xis-tuyg’ulari» aks ettiriladi. Ular bu shaxslarning siyosiy jihatdan ongli, ijtimoiy tarakdiyotning mas’ul arboblari sifatida xulq-atvorini belgilab beradi.
Shaxs shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar, psixologik shart-sharoitlar.
Shaxs shakllanshpida u yashayotgan muhit, kishilar, jamiyatning roli juda kattadir. Masalan, biron maxallada inson shaxsining tarkib topishiga faol ta’sir ko’rsatuvchi besh yuzta o’ziga xos ijtimoiy muhit bor degan ma’noni bildiradi. Bu erda shunday bir savol tug’iladi: «Tashqi muhit inson shaxsining tarkib topishiga qanday ta’sir qiladi?»
Birinchidan, ijtimoiy muhitdagi turli hodisalar odamning ongiga bevosita ta’sir qilib, unda chuqur iz qoldiradi.
Ikkinchidan, tashqi ijtimoiy muhit ta’sirining chuqurroq va mustahkamroq bo’lishiga odamning o’zi yordam beradi. Ma’lumki, bolalar uz tabiatlariga ko’ra, ilk yoshlik chog’laridan boshllab, nihoyat darajada taqlidchan bo’ladilar. Bolalar katta odamlarning barcha xatti-harakatlariga bevosita taqlid qilish orqali bu xatti-harakatlarni, yaxshi-yomon fazilatlarni uzlariga singdirib boradilar. Bolalar oilada, ko’cha - ko’yda, katta odamlarning har bir harakatlarini, o’zaro munosabatlarini zimdan kuzatib turadilar.
Inson shaxsining tarkib topishida tashqi ijtimoiy muhitning roli haqida gap borar ekan, shuni xdm ta’kidlab o’tish zarurki, ayrim g’ayri tabiiy hodisalar inson shaxsining tarkib topishida tashqi muhit ta’sirining hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini to’la tasdiqlaydi.
Psixologiyada «tarbiyasi qiyin» bolalarning bir qancha klassifikatsiyalari mavjud.
Birinchi guruh - ijtimoiy salbiy mustahkam qarashlari ega bolalar;
Ikkinchi guruh - qonunbuzarlarga taqlid qiluvchilar.
Uchinchi guruh - ijobiy va salbiy xulq _ atvor stereotiplari o’rtasida ikkilanuvchi, o’z xatolarini tushunuvchi bolalardir.
To’rtinchi guruh - irodali bolalarga buysunuvchilar.
Beshinchi guruh - qonunbuzarlik yo’liga tasodifan kirib qolganlar.
Tarbiya jarayonining samaradorligini oshiruvchi psixologik mexanizmlar.
Tarbiyalanganlik ijtimoiylashuvni o’rganish jarayoni sifatida qaraladigan yosh psixologiyasida olingan natijalarga asoslanadi: bola o’zini egotsentrik emas, balki tarbiyali tutishi uchun tarbiyalanganlik qanday rag’batlantirilishi kerak? Tarbiya o’z mohiyatiga ko’ra ijtimoiy jihatdan ijobiy ehtiyojlarni hosil qilishidir. Agar ta’lim shaxsning ongini shakllantirish bo’lsa, tarbiya uning ongsizlik sferasiga ta’sir etishdir. Bolalarga ularni tarbiyalaydiganlarga hissiy yaqinlik xos. Odatda 6 oylik bolalar unga g’amxurlik qiladigan ota-onasiga bog’lanib qoladilar. Ota-onaning oldida bo’lish, ular bilan muloqotda bo’lish bolalarga juda yoqadi, ularning yo’qligi bolaga yoqmaydi. Ota-onaning g’amxurligini bildiradigan so’zlar, xatti-harakatlar bola uchun juda katta ahamiyatga ega, uni erkalamaslik suymaslik salbiy ahamiyatga ega bo’ladi. Xulq-atvorning dastlabki ijtimoiylashuvi xuddi shu o’rganish jarayoni orqali sodir bo’lishi mumkin: xulq-atvorning istalgan shaqllari g’amxo’rlik va e’tibor bilan takdirlanadi, kutilmagan shakllari esa qo’llab-quvvatlanmaydi. Lekin, yaxshi xulq-atvorni rag’batlantirish va yomon xulq-atvor uchun jazolash axloqiy ijtimoiylashuvning kichik bir qismidir. Biz ko’rib chiqqan xulq-atvor hamma bolalarga ham taallukli emas.
Bolalarni tarbiyalash samaradorligini oshirishda an’ana va urf-odatlarning roli katta.
Xalq urf-odatlari, an’analari va marosimlari katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Ular odamlarni bir-biriga yaqinlashtiradi, dustlik-birodarlik xis-tuyg’ularini rivojlantiradi. Bular o’z navbatida yoshlar uchun ibrat namunasini o’taydi.
Mustaqil jamiyatning baxt-saodati yo’lida halol mehnat qilish: jamiyat boyligini saqlash va ko’paytirish yo’lida har bir kishining tinmay g’amxurlik qilishi, ijtimoiy burchni yaxshi anglash; jamiyat hayotida va shaxsiy hayotda halollik va rosttuyliq axloqiy sofdillik odamiylik va kamtarlik milliy va irqiy adovatlarga aslo yo’l qo’ymaslik va shu kabilar tarbiya jarayonining muhim xislatlaridir.
Tarbiya jarayonida g’amxo’rlikning funktsiyasi kattadir. Bolalar befarq ota-onalarga nisbatan g’amxur ota-onaga ko’proq taqlid qiladilar. G’amxo’r ota-onalar bolaning salbiy xulq-atvorini qo’llab-quvvatlamaganda bola uz xatti-harakatlarining oqibatini ertaroq anglaydi.
O’zbek oilasida tarbiya mohiyati, mazmuni tarbiyaning kundalik va istiqlol rejasi, bolalarga ta’sir o’tkazish vositasini tanlash va undan unumli foydalanish o’ziga xos xususiyatga ega, chunki uning asosida xalq an’analari yotadi.
O’zbek xalqining etnopsixologii xususiyatlaridan unumli foydalanish har tomonlama taraqqiy etgan inson shaxsini tarkib toptirihda muhim rol o’ynaydi. Abdulla Avloniy aytganidek: « Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot; yo najot, yo halokat; v saodat - yo faloqat masalasidir»
Yosh avlod tarbiyasida milliy ruhiyat, umuminsoniy, xalqchil milliy qadriyatlar, urf-odatlar, an’analar etakchi o’rin tutmog’i lozim (tarbiya etnopsixologik va etnopedagogik munosabat). Bular orqali yoshlarda quyidagi fazilatlarni tarbiyalash lozim:
a) yoshlarda vatanparvarlik his-tuyg’ularini shakllantirish;
b) xayrixohlik, odamlarga hurmat, mehr-shafqat;
v) kattalarni hurmat qilish, e’zozlash;
g) muloyimlik;
d) ishbilarmonlik mohirlik, ishchanlik iktisodiy tafakkur;
e) kichik yoshdan mehnatsevarlik;
j) jismoniy baquvvatlik;
z) axloq-odoblilik;
i)oilaparvarlik;
k) ayollarga hurmat;
l) o’zaro hamkorlikka intiluvchanliq
Ma’lumki, yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi bilan oila, maxalla, ta’lim muassasalari, ommaviy axborot vositalari, xuquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar, ilmiy-pedagogik kadrlar shug’ullanadilar. Tarbiya jarayoni barcha ishtirokchilariiing bahamjihatlik bilan olib boradigan ishlarigina o’zining ijobiy natijalarini berishi mumkin.
«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturni amalga oshirish vazifalari ana shuni taqozo qiladi. Tarbiyaviy jarayonni amalga oshirishda g’amxo’rlik bilan bir qatorda intizomga rioya qilish zarurdir. Bu bola bilan doimiy muloqotni - tushuntirishni, muhokama qilishni, agar bolaning xulq-atvori shuni talab kilsa, og’zaki tanbeh berishni, yaxshi xulq-atvor uchun taqdirlashni nazarda tugadi.
Tarbiya metodlari (yunoncha yo’l, usul) – tarbiyalanuvchiga ta’sir ko’rsatish yo’llari degan ma’noni bildiradi.
Tarbiyaning maqsad va mazmuniga qarab metodlar tanlanadi. Ular shaxsni to’g’ri shakllantirish va kamol toptirishga xizmat qiladi.
Tarbiya metodlaridan samarali foydalanishning muhim shartlari:
1. Tarbiyada o’quvchilarning individual – psixologik xususiyatlarini hisobga olish;
Tarbiya jarayonida o’qituvchi turli xil bir – biriga o’xshamas temperament, xarakter, qobiliyatli talabalar bilan shug’ullanadi. Ma’lum talabaga nisbatan qo’llangan metodni boshqa bir talabaga nisbatan qo’llab bo’lmaydi. Shuning uchun tarbiya jarayonida individual yondashishdan foydalanish tavsiya qilinadi.
Individual yondoshishda tarbiyachining o’quvchilarga nisbatan g’amho’rligi va nazokati, o’z hatti – harakatlarining psixologik oqibatlarini oldindan ko’ra olishi nazarda tutiladi. Individual yondashish o’quvchi shaxsining xususiyatlariga va uning muayyan vaqtdagi psixik holatiga ko’proq mos keladigan tarbiyaviy tadbirlarni tanlashni va amalga oshirishni talab qiladi.
Individual yondoshishda , birinchi navbatda , shaxsda biror xislatning tarkib topishiga ta’sir etadigan individual , maxsus sharoitlarni bilish va hisobga olish nazarda tutiladi.
2. Tarbiyalanuvchilarning rivojlanganlik darajasini hisobga olish;
Tarbiyalanuvchi guruhidagi talabalar jamoasi yuqori rivojlanganlik darajasiga etib, ularda axloq masalalarini o’rganish ehtiyoji paydo bo’lgandagina axloqiy tarbiya ishini amalga oshirish lozim. Ana shunda bu tadbirlar maksimal darajada samara beradi.
3.Aniq pedagogik sharoitni hisobga olish.
O’qituvchi o’z hatti-harakati talabalar tomonidan to’g’ri qabul qilinayotganiga, uning talablari talabalar tomonidan bajarilishiga ishonchi komil bo’lsagina, ma’lum metodlarni qo’llashi mumkin.

Download 43,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish