Ko’ndirish: Bu metod izohini berishda T.Sodiqova faoliyatidan misol keltirmoqchimiz.
O’tgan asrimizning 70 – 80 yillarida «Svetofor» nomli o’quvchilar o’yini bo’lar edi. O’yin bosqichma – bosqich maktabdan to respublika miqyosigacha o’tkazilar edi.
Noma’lum sabablarga asosan T. Sodiqova rahbarlik qilayotgan 5 sinf talabalari o’zlaridan 1 yil katta bo’lgan 6 sinf talabalari bilan «Sfetofor» o’yinida bellashishadi. Hay’at a’zolari 6 sinf talabalari ukalariga mag’lub bo’lishsa uyat bo’lishini hisobga olib ularni g’olib, deb e’lon qilishadi. Bunday nohaqlik 5 sinf talabalariga juda qattiq ta’sir qiladi. Oradan bir oz vaqt o’tib respublika miqyosidagi «Svetofor» o’yiniga maktabdan o’quvchilar taklif qilinadi. Maktab direktori T. Sodiqovani chaqirib, bolalarni tayyorlashni buyuradi. Xabarni eshitgan talabalar «O’yinga g’olib chiqqan sinf borsin. Bizni mag’lub, deb e’lon qilishdi-ku», - deb qattiq e’tiroz bildirishadi. Albatta ular haq. Biroq maktab, qolaversa viloyat obro’sini ko’tarish mas’uliyatini his etgan holda Tursunoy opa «Bolalarim, respublika miqyosida o’tkaziladigan o’yinga viloyat maktablari, sinflari ichidan bizni tanlashgani g’olibligimizni tan olishgani emasmi?», deb murojaat etishi talabalarni sergaklantirib, ko’nishga undaydi.
Tushuntirish: Talaba nojo’ya xatti – harakatining oqibati nimalarga olib kelishi mumkinligini asosli tushuntirib berish.
«Harom narsalardan saqlaning – odamlar ichida ibodatlirog’i bo’lasiz. ollohning taqsim qilgan rizqiga rozi bo’ling – odamlarning boyrog’i bo’lasiz. Qo’shningizga yaxshilik qiling – tinch bo’lasiz. O’zingiz sevgan narsani odamlarga ham ravo ko’ring – salomat yurasiz. Ko’p kulmang. Ko’p kulish dilni o’ldiradi». (Hadisdan)
3. Xulq atvorni shakllantirish usullari:
Milliy o’yinlar.
O’yin tarbiya jarayonining muhim shartlaridan biri hisoblanadi. O’yin bolalarni fikr yuritishga, faoliyatiga tayyorlaydi. Milliy o’yinlar bolalarda milliy mafkura g’oyalarini shakllantirishda muhim o’rin kasb etadi.
Odatlantirish – har kungi oddiy o’z – o’zini boshqarish ko’nikmalarini shakllantirish, ya’ni kun tartibini ma’lum rejim asosida tashkil qilish nazarda tutiladi. Odatlantirish shaxs irodasini mustahkamlash jarayonida asosiy o’rinni egallaydi.
O’rgatish metodi o’quvchilarning hayotini, mehnatini, dam olishlarini batafsil o’ylab chiqilgan holda tashkil etishni hamda dastlabki axloq normalarini tarkib toptirish maqsadida o’quvchilarni yurish – turish qoidalarini bajarishga o’rgatib borishni nazarda tutadi.
O’rgatish – hatti – harakatlarni tanlash, milliy qadriyatlarni bilish, etik normalarni o’zlashtirishni o’rgatish yordamida amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |