bog’liq. Masalan, kichik korxonalarda barcha xarid qilish operatsiyalari bitta
xodim tomonidan amalaga oshirilishi mumkin. O’rtacha kattalikdagi korxonada
ta’minot ishlarini bajaruvchi bo’lim tashkil etiladi va unda sotib olish
operatsiyalarini
bajaruvchi mutaxassilar, yuk ekspeditorlari, ombor mudiri va
uning xodimlari faoliyat ko’rsatadi. Katta tashkilotda esa ta’minotni tashkil etish
masalalari bilan yuzlab xodimlar shug’ullanadi hamda ular ko’plab turdagi va
katta
hajmdagi materiallarni sotib olish operatsiyalari bilan mashg’ul bo’ladilar.
Markazlashmagan ta’minot tizimida esa korxona bo’limlari o’z faoliyatiga
oid ta’minot ishlari bilan mustaqil ravishda shug’ullanadilar. Bunday tashkiliy usul
afzalliklari bo’lim xodimlarining o’zlarining ehtiyojlarini yaxshi bilishi va ularni
tezroq qondirish imkoniyatlaridan kelib chiqadi. Markazlashgan holda xarid qilish
ishlarini bajarish uchun korxonada maxsus ta’minot bo’limi tashkil etiladi va unda
barcha ta’minot funktsiyalari birlashtiriladi. Bu esa barcha bo’limlar uchun
bajarilayotgan xarid qilish operatsiyalarini o’zaro birlashtirish va mahsulotning
katta hajmdagi
partiyalariga buyurtma berish, shu asosida sotib olish narx-
navosini pasaytirish imkonini beradi. Ta’minot samaradorligini oshirish uchun
ta’minlovchi tizimni boshqarish texnologiyalarini takomillashtirish lozim.
Amaldagi boshqaruv tizimi texnologiyasi qog’ozda hujjatlashtirish va
axborotlashtirishga asoslangan bo’lib, ta’minot bo’limi
xaridorlar vaqtining
uchdan bir qismi ko’plab hujjatlarni rasmiylashtirish, ularni qayta ishlash va
tekshirishga sarflanadi. SHunday ekan mazkur yo’nalishdagi asosiy rivojlangan
yo’li bu elektron texnologiyalar asosida xarid qilishdan iborat. Ma’lumotlarning
elektron almashinuvi (EDI) xarid qilish jarayonini
avtomatlashtirishga imkon
beradi. Bunda tashkilot o’zi elektron axborot tizimini ta’minlovchining shunday
tizimiga moslashtiradi va shu asosda u buyurtma ma’lumotlarini bir onda
ta’minlovchi axborot bazasiga o’tkazadi. Elektron ta’minot tizimi quyidagi
natijalarga erishishda qo’l keladi.
Dunyoning turli burchaklarida joylashgan ta’minlovchi
tashkilotlar
axborot tizimiga bir zumda kirib borish;
Standart
protseduralar
asosida
xarid
qilish
operatsiyalarini
avtomatlashtirish;
Ta’minot boshqaruvini jadallashtirish va xarajatlarni kamaytirish;
Ta’minot faoliyatining ayrim turlari bo’yicha autsorsing (boshqa
tashkilotlar xizmati)dan foydalanish;
Korxona axborot tizimini ta’minlovchi tashkilotning shunday
tizimiga moslashtirish.
Sotib olish faoliyatini avtomatlashtirishga imkon beruvchi YeDI tizimini
qo’llab-quvvatalash uchuch ikki maxsus yordamchi texnologiya ishlab chiqildi.
Ulardan birinchisi – tovarlarni kodlashtirish, ya’ni tashilayotgan mahsulot
qadog’iga uni identifikatsiyalash, ya’ni “tanib olish”
imkoni beruvchi belgilarni
kiritish hamda undan foydalanish. Bu belgi odatda ma’lum shtrix koddan iborat
bo’lib, undan tovar haqidagi axborotni avtomatlashgan holda o’qib chiqish
mumkin. Ikkinchi texnologiya esa pul vositalarini elektron uzatish (EFT) ga imkon
beradi. SHunday qilib, YeDI buyurtmalarni joylashtiradi, kodlashtirish, tovarlarni
kuzatib yurish, YeFT esa to’lovlarni bajarishga imkoniyatini to’g’diradi.
Do'stlaringiz bilan baham: