Mazkur masala, ya’ni “Ishlab chiqarish yoki sotib olish” muammosi
xorijda qisqartirilgan holda “MOV masalasi (Make or buy)” deb ataladi. Bu
korxona uchun muhim strategik masala hisoblanadi. U nima qilish maqsadga
muvofiq?” degan savolga asosli javob topii, ya’ni
korxonaga kerakli yarim
fabrikatlar, butlovchi detallar, buyumlar va shu kabilarni ishlab chiqarish kerakligi
yoki sotib olish lozimligini asoslab berishi lozim.
Butlovchi detallarni ishlab chiqarish lozimligini asoslovchi omillar
quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin: mazkur detal yoki buyumni
ishlab
chiqarish korxona asosiy faoliyatining bir qismini tashkil etadi va u mavjud texnik
qurilmalar orqali tayyorlanishi mumkin. Mazkur detalni ishlab chiqarish aniqligi
shu
qadar yuqoriki, uni tayyorlash sir-asrorlarini boshqalarga oshkor qilmaslik
ya’ni o’zga korxonalar ta’minotiga bog’lanib qolmaslik va sh.k.
Boshqa korxonalardan kerakli mahsulot va detallarni sotib olish zarurligini
belgilovchi sabablar esa quyidagilardan iborat:
butlovchi buyumni tayyorlash korxonaning asosiy ishlab chiqarish
yo’nalishiga mos emas;
korxona mazkur mahsulot va detallarni o’zida ishlab chiqarish uchun
kerakli qurilma va uskunalarga, tegishli tajribaga ega emas;
mazkur detallarni ishlab chiqaruvchi va sotuvchi
tashkilotlarning bu
sohadagi obro’si baland, mahsulotlari esa yuqori sifatga ega va nisbatan arzon va
shu kabi ko’plab boshqa sabablar ham bo’lishi mumkin.
Ta’minotning eng muhim masalalaridan biri ehtiyojni ta’minlovchi
tashkilotni tanlashdan iborat. Bunday tanlovda ta’minlovchi korxonaning bir qator
fazilat va sifatlariga, ya’ni uning moliyaviy ahvoli va bozordagi o’rni, mavqei,
quvvati, MRni o’z muddatida ishlab chiqarish va ularni yetkazib berish
imkoniyatlari hamda bunday faoliyat ishonchliligi, iste’molchlarning o’zgaruvchan
talablariga moslashuvchanligi va sh.k.
Eng yaxshi ta’minlovchi tashkilot tanlovi quyidagi 3 asosiy mezon asosida
amalga oshiriladi:
1.
Xarid qilinayotgan mahsulotlarni yoki xizmatning narx-navosi;
2.
Xizmat ko’rsatish sifati;
3.
Xizmat ko’rsatish ishonchliligi.
Mazkur mezonlar asosida tanlovni amalga oshirish uchun katta hajmdagi
tashkiliy va tahliliy ishlarni bajarish lozim.
Ta’minlovchi tashkilotlarni tanlashda ular sonini ham hisobga olish kerak.
Ba’zi tashkilotlar o’z ishlab chiqarish faoliyatini faqat bir ta’minlovchi korxonaga
bog’lab qo’yishni ma’qul ko’rmaydilar. Mazkur holatlarda ta’minlovchi
korxona
faoliyatiga qandaydir moliyaviy, tashkiliy masalalar salbiy ta’sir ko’rsatsa yoki
bankrot bo’lsa, material oqimlar borasida unga bog’liq bo’lgan boshqa korxonalar
ham juda qiyin ahvolga tushib qoladi. SHu tufayli ehtiyojni ta’minlovchi
korxonalarning bir nechta bo’lishi quyidagi afzalliklarni keltirib chiqaradi:
ta’minlovchi korxonalar orasida ma’lum raqobat yuzaga keladi, bu esa
tovar va xizmat narxini kamaytiradi;
ta’minlovchi
korxonalar
faoliyatidagi
ayrim
uzilishlarning
iste’molchiga salbiy ta’siri oldini olish imkoniyatlari mavjud bo’ladi.
o’zgarib turuvchi talabni ishonchli qondirish imkoniyatlari paydo
bo’ladi.
Ko’pchilik tashkilotlar o’zlarining logistik va strategik boshqaruv
faoliyatida ta’minot tashkilotlarini reyting baholash amaliyotini qo’llaydilar.
Buning uchun baholash mezon ko’rsatkichlarining asoslangan ro’yxati ishlab
chiqiladi va har bir tashkilotning bu ro’yxatdagi kursatkichlar bo’yicha reyting
baholari aniqlanadi. Mazkur ro’yxatda quyidagi savollar bo’yicha reyting ballar
aniqlanishi ko’zda tutilishi mumkin: ta’minlovchining moliyaviy ahvoli qanchalik
barqaror, tayyorlanayotgan materiallar sifati qanchalik yuqori, uning mahsulotga
qo’ygan bahosi qanchalik asosli yoki raqobatdoshligi va sh.k.
Agar mahsulot bilan ta’minlovchi biron bir mezon bo’yicha yuqori reyting
bahosini
ololmasa, buyurtmachi u bilan mazkur kamchilikning oldini olish
yo’llari bo’yicha mulohaza yuritadi. Bunda amaldagi ta’minlovchini almashtirish
maqsadi qo’yilmaydi, balki kamchiliklarni to’g’ri anglab, ularni tuzatish chora-
tadbirlarni belgilash va amalga oshirish ko’zda tutiladi. Ta’minlovchini
almashtirish masalasi barcha chora-tadbirlar foyda bermagandagina kun tartibiga
qo’yilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: