Reja: Pedagogning maʼsuliyati va moslashuvchanligi haqida tushuncha



Download 223,97 Kb.
Pdf ko'rish
Sana14.12.2022
Hajmi223,97 Kb.
#885440
Bog'liq
qSJKVaC6jYjAUHulu0GGYwsG7cah9FWkZpcXm0YZ



Pedagogning kasbiy ma'suliyati va moslashuvchanligi 
 
Reja: 
1.Pedagogning maʼsuliyati va moslashuvchanligi haqida tushuncha. 
2.Pedagog maʼsuliyati va moslashuvchanligining pedagogik - psixologik jihatlari. 
 
Rivojlangan mamlakatlar, xususan, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Shveysariya, 
Germaniya, Malaziya, Kanadaning mutaxassilar tayyorlash bilan bog„liq tajribasi shuni 
ko„rsatadiki, talabalarda tanlangan mutaxassislikning o„ziga xosligidan kelib chiqqan holda 
intellekt va mantiqiy tafakkurni rivojlantirishdan iborat bo„lib, mazkur vazifani bajarish asosida 
ta'lim oluvchilarning kasbiy tayyorgarligi ta'minlanadi. Bunda kasbiy tayyorgarlikning asosiy 
mezonlari sifatida bo„lajak mutaxassisning faoliyatga amaliy tayyorgarligi va ixtisoslik 
doirasidagi bilim, ko„nikma va malakalarning o„zlashtirish, kasbiy faoliyat talablariga 
moslashish darajasi belgilanadi.
1. Tolipov O„.Q. Oliy pedagogik ta'lim tizimida umummehnat va kasbiy ko„nikma hamda 
malakalarni rivojlantirishning pedagogik texnologiyalari / Monografiya. – T.: Fan, 2004.B –73-
80.
Darhaqiqat, kasbiy tayyorgarlik mutaxassisning butun faoliyati davomida ma'naviy-
axloqiy hamda kasbiy sifatlarining yanada takomillashishi, kasbiy kompetentlikning shakllanishi 
uchun zarur bo„lgan bilim, ko„nikma va malakalar darajasini ifodalaydi.
Keltirilgan mazkur vazifalarning amaldagi ijrosi pedagogika oliy ta'lim muassasalari 
oldiga qo„yiladigan masalalardan eng muhimi ya'ni bo„lajak o„qituvchilarni tayyorlash 
jarayoniga nisbatan innovatsion yondashuvlarni talab etadi. Bunda:
- mehnat bozori talablari hamda ilm-fan, texnika, texnologiya va iqtisodiyotning eng 
so„nggi yutuqlari asosida uzviy ravishda takomillashtirilib turiladigan kasbiy ta'lim dasturlarini 
yaratish;
- uzluksiz ta'lim, ilm-fan va ishlab chiqarish orasidagi o„zaro mustahkam integratsiyani 
yo„lga qo„yish;
- ta'lim muassasalarini zamonaviy moddiy-texnik baza va o„quv-uslubiy adabiyotlar bilan 
ta'minlansh;
- oliy ta'lim tizimiga yuqori malakali o„qituvchi, metodist va muhandis-pedagoglarning 
jalb etish;
- bo„lajak o„qituvchilarning bilish faolligi, kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish, 
shuningdek, ularda faol kasbiy motivasiyani qaror toptirish;
- oliy ta'lim muassasalari o„quv amaliyotiga innovatsion o„qitish texnologiyalarini keng 
tatbiq etish zaruriy omillardan hisoblanadi.
Jarayon samaradorligini belgilovchi ushbu omillar “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” 
mazmunida kichik mutaxassislar tayyorlash tizimiga qo„yilgan ijtimoiy talablarining amaldagi 
ijrosini ta'minlab, kasbiy tayyorgarlik mazmunini takomillashtirish bilan bog„liq fundamental 
tadqiqotlarga zaruratni yuzaga keltiradi.
Ma'lumki, kasb tanlash, kasbga yo„naltirish, kasb-hunar tarbiyasi masalalari tasavvuf ilmi 
bilan uyg„unlashgan. Sharq pedagogikasida ming yillar davomida xalqimiz ma'naviyatining 
shakllanishida muhim manba bo„lib kelgan “Qur'oni karim”, Hadisi shariflarda, shuningdek, 
buyuk mutafakkirlar Muhammad Ismoil al-Buxoriy, Muhammad Iso at-Termiziy, Mahmud 
Qoshg„ariy, Abu Nasr Forobiy, Yusuf Xos Hojib, Husayn Voiz Koshifiy, Amir Temur, Alisher 
Navoiylarning ilmiy merosida nodir fikrlar tarzida o„z ifodasini topgan.
Mazkur fikrlarning tasdig„ini Abu Rayhon Beruniyning o„qituvchi faoliyatiga bergan 


izohidan ham ko„rishimiz mumkin bo„ladi. Beruniy yoshlarni o„qitish uchun o„qituvchi tanlash 
ota-onaning birinchi va asosiy vazifasi deb bilgan. Buning uchun o„qituvchi xushmuomala, 
rostgo„y, o„z fanini va o„qitish qoidalarini yaxshi biladigan, pokiza, yurish va turishda namuna 
bo„lishini talab etadi. Agar, – deydi Beruniy, – tarbiyachining o„zi o„rnak bo„lmasa, aytgan 
gapiga o„zi rioya etmasa, uning talabi va tarbiyasi samarasizdir. Yangi davr pedagogikasining 
asoschilaridan sanalmish Mahmudxo„ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat asarlarida 
ham ta'lim-tarbiya va bu jarayondagi o„qituvchining o„rni va xizmatlari davrning ijtimoiy-siyosiy 
hayotidan kelib chiqib, o„ziga xos ravishda talqin etilgan.
2. Pedagogika tarixi / Tuzuvchilar: K.Hoshimov, M.Inomova, S.Nishonova, R.Hasanov.– 
T.: O„qituvchi, 1996. B–10-12.
Jumladan, Abdulla Avloniy o„qituvchi faoliyatiga alohida to„xtalib, bolaning fikriy 
taraqqiyotini oilaga emas, maktabga, muallimlar zimmasiga yuklaydi: “Fikr tarbiyasi eng 
kerakli, ko„p zamonlardan beri taqdir qilinib kelgan, muallimlarning diqqatlariga suyangan, 
vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifadir. Fikr insonning sharofatli, g„ayratli, bo„lishiga 
sabab bo„ladur. Bu tarbiya muallimlarning yordamiga muhtojdirki, fikrning quvvati, ziynati, 
kengligi muallimning tarbiyasiga bog„liqdir”, – deydi.
3. Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yohud axloq. – T.: O„qituvchi, 1992. B – 16.
4. Pedagogika tarixi / Tuzuvchilar: K.Hoshimov, M.Inomova, S.Nishonova, R.Hasanov.– 
T.: O„qituvchi, 1996. B–36-40.
Darhaqiqat, Abdulla Avloniy o„qituvchining shaxsiy va kasbiy fazilatlariga keng ta'rif 
berib: tarbiyachining shaxsiy fazilatlari, ya'ni axloqli, odobli, bilimdonligi, ziyrakligi, topqirligi, 
farosatliligi, aql-zakovatliligi ta'lim- tarbiya jarayoni uchun asosiy negiz bo„lsa, ijodiy izlanish 
o„qish va o„qitishning yangi shakl, uslub hamda vositalarini qidirish o„qituvchining eng muhim 
kasbiy sifatlaridan ekanligini uqtiradi. Bu bilan Abdulla Avloniy o„qituvchi faoliyatiga nisabatan 
akmeologik yondashuvni o„z davri qiyofasida olg`a suradi. 
Abdurauf Fitratning asarlarida ham ta'lim-tarbiya masalalariga alohida e'tibor beriladi. 
Xususan, olim ta'lim-tarbiya jarayoni, ayniqsa, o„qituvchi Talabalarning o„zaro muloqotini 
tashkil etish, olib borishda eskicha qolipdan chiqib yangi islohotlar qilish kerakligi, buning 
uchun esa, mudarrislarning (eski maktab o„qituvchisi) nodonligiga chek qo„yib, ularni o„qitish 
usullarini Talabalarning individual qobiliyatlariga qarab tubdan o„zgartirish zaruratini bayon 
qiladi.
Uzluksiz ta'lim tizimini modernizasiyalash va mazmunan takomillashtirish orqali bo„lajak 
o„qituvchilarni kasbiy moslashtirish muammosi bugungi kunda ham zamonaviy pedagogikaning 
asosini tashkil etmoqda.
So„nggi 
yillardagi 
zamonaviy 
pedagogik-psixologik 
tadqiqotlarda 
bo„lajak 
o„qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini shakllantirish muammosi keng doirada o„rganilib, uning 
ilmiy-nazariy asoslari shakllantirildi.
Xususan, kadrlar tayyorlash milliy modeli asosida tashkil etilgan uzluksiz ta'lim tizimida 
ta'lim sifatini boshqarish, ta'lim menejmenti muammolari Sh.E. 
Qurbonov, E.X. Seytxalilovlar tomonidan tadqiq etilib, mazkur muammoning echimi 
yuzasidan ta'lim sifatini boshqarish modeli ishlab chiqilgan .
1 Qurbonov Sh., Seytxalilov E. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi: pedagogik ilmiy 
tadqiqot muammolari va yo„nalishlari. – T.: Fan, 1999 y. – 189 b.
2 Inoyatov U.I. Teoreticheskie i organizasionno-metodicheskie osnovi upravleniya 
kontrolya kachestva obrazovaniya v professional'nom kolledje: Diss. ... dokt. ped. nauk. – T.: 
2003. – 327 s.


3 Muslimov N.A. Kasb ta'limi o„qituvchisini kasbiy shakllantirishning nazariy-metodik 
asoslari: Ped.fanl.dokt. ... diss. – T.: 2007. – 357 b. 
Uzluksiz taʼlimning muhim boʼgʼinlaridan boʼlgan oʼrta maxsus va kasb-hunar taʼlimi 
tizimida taʼlim sifatini boshqarish va nazorat qilishning nazariy va tashkiliy-uslubiy asoslari esa 
U.I. Inoyatov tomonidan keng oʼrganilgan. U.I. Inoyatov oʼz tadqiqotlarida kasb-hunar kollejini 
samarali boshqaruv tuzilmasini shakllantirgan holda taʼlimda sifat nazoratini amalga oshirish 
modelini ishlab chiqqan . 
Pedagog olim N.A.Muslimovning tadqiqotlarida esa pedagogik va texnik bilimlarning 
integratsiyasi asosida oʼrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimida faoliyat olib boradigan kasb 
taʼlimi oʼqituvchilarining kasbiy shakllanishi muammolari, uning kasbiy-pedagogik faoliyatini 
modellashtirish, boʼlajak kasb taʼlimi oʼqituvchisini tayyorlash jarayonini standartlashtirishning 
metodik asoslari, boʼlajak kasb taʼlimi oʼqituvchisining shakllanganlik darajasini baholash 
metodikasi va pedagogika fanlarining boʼlajak kasb taʼlimi oʼqituvchisini kasbiy 
shakllantirishdagi imkoniyatlari kabi muammolarning amaliy echimiga alohida eʼtibor 
qaratilgan. 
Pedagog-psixolog tadqiqotchilar M.I. Dyachenko va A.M. Stolyarenkolar boʼlajak 
oʼqituvchilarning kasbiy tayyorgarligini uning mavjud moslashish darajalari bilan bogʼlab 
quyidagicha yoritadilar:
1. Shaxsning kasbiy faoliyatga dastlabki salohiyatli tayyorligi, yaʼni, statik komponentlar 
kasbiy faoliyatning psixik asoslari, bilim, koʼnikma, malakalar, zaruriy sifatlar hamda shaxsning 
zarur boʼlgan kasbiy imkoniyatlari darajasi.
2. Shaxsning kasbiy faoliyatga bevosita ayni vaqtdagi tayyorligi, yaʼni, mutaxassisning 
tezkorligi, oʼzgaruvchanligi, ruhiy va jismoniy holati, har qanday holat va sharoitda aniq 
masalalarni echishga yoʼnalganligi bilan ifodalanadi .
3. Ilin N.E. Motiv i motivatsii. – M.: Piter, 2008. S– 44.
Amalga oshirilgan ilmiy ishlar pedagogik tushunchalarni aniqlashda turli falsafiy-
metodologik yondashuvlar mavjud boʼlgan hamda hozirda ham mavjudligi koʼrinmoqda. 
Dastlab, “taʼlim” tushunchasiga toʼxtalamiz. B.M.Bim-Badning taʼrifiga koʼra, taʼlim oʼzida 
tarbiya, oʼqish va oʼqitishni qamrab oladi. V.I.Andreev «taʼlim»ni «madaniyat»da oʼz aksini 
topuvchi, oʼqitish va tarbiya orqali amalga oshiriluvchi hodisa sifatida talqin qiladi. oʼz 
navbatida “oʼqitish” kategoriyasi insonning “taʼlimi”, “tarbiyasi” va “rivojlanishi” tushunchalari 
orqali ochib beriladi. Baʼzi adabiyotlarda “rivojlanish”, “shakllanish” va “moslashish” orqali 
amalga oshadi deb qayd etilsa, boshqalarida “moslashish” “rivojlanish” orqali deb taʼkidlanadi. 
Bunga qaramasdan, koʼplab mualliflar “rivojlanish” tushunchasining nisbatan kengroq va 
qamrovliroq ekanligini va shaxsning asosiy motivatsion ehtiyojlari, kognitiv, irodaviy va tashkil 
etuvchilari oʼzgarishlar dinamikasini ifodalashda koʼproq qoʼllanilishini eʼtirof etadilar.
Maʼlum maʼnoda murakkabroq boʼlgan “rivojlanish” tushunchasidan farqli ravishda, 
“moslashish” tushunchasi koʼproq darajada tashqi va ichki omillarning faol shakllari taʼsirida 
shaxs rivojlanishiga taʼsir koʼrsatishning natijasini oʼzida aks ettiradi.
Psixologik lugʼatlarda “Moslashish (lot. adaptare moslashtirmoq) - sezgi aʼzolarining 
qoʼzgʼovchi kuchiga moslashuvi natijasida muayyan sezgirlikning oʼzgarishi” sifatida 
taʼriflanadi. Moslashish hodisasida sezgirlik ortishi hamda kamayishi mumkin kuchli taʼsirotdan 
kuchsiz taʼsirotga oʼtganda sezgirlik asta - sekin ortib boradi; taʼsirot kuchayganda esa, sezgirlik 
aksincha kamayib boradi. Moslashish qonuniyati barcha sezgilarga xosdir.
Pedagog olima N.Egamberdieva oʼzining ilmiy izlanishlarida moslashish jarayonlarining 
shaxs ijtiomiylashuvi bilan bogʼliq holda yoritib, mazkur tushunchaga nisbatan quyidagi 
mulohazalarni ilgari suradi: “Moslashish – insonning ijtimoiy muhit bilan oʼzaro faol 


munosabatda boʼlish va uning potentsialini shaxsiy rivojlanish uchun ishlatish qobiliyati; 
ijtimoiy madaniy tajriba, madaniyatni oʼzlashtirishdir. Zamonaviy fanda ijtimoiylashuv 
tushunchasi shaxsning moslashuvi va individuallashish jarayonlarini oʼzaro bogʼlaydi. ...Bu 
jarayon uch asosiy sohada amlga oshadi:
1. Faoliyat turlarining kengayishi, uning shakl va vositalarini qoʼlga kiritish, erkin moʼljal 
olish.
2. Muloqot doirasini kengaytirish, uning mazmunini chuqurlashtirish, xulq-atvor 
meʼyorlarini oʼzlashtirish.
3. Shaxsiy “Men” obrazini faoliyatning faol ishtirokchisi sifatida shakllantirish, oʼz 
ijtimoiy mansubligi va oʼrnini anglash, oʼziga baho berishni shakllantirish.
Egamberdieva N. Ijtimoiy pedagogika. Alisher Navoiy nomidagi Oʼzbekiston milliy 
kutubxonasi. – T.: 2009. B–86-87.
Tahlillarimizdan maʼlum boʼldiki, “moslashish” kategoriyasi koʼproq ijtimoiy tarbiya 
muammolariga bagʼishlangan pedagogik tadqiqotlarda uchraydi. Ammo, uning shaxs 
imkoniyatlarini muayyan faoliyat turiga nisbatan yoʼnaltirish, subʼekt va ijtimoiy muhitning 
oʼzaro faol yaqinlashuvi jarayoni natijasi sifatida qaralsa, hamda, kasbiy faoliyat ijtimoiy 
faoliyatning bir turi sifatida tatqiq etilishi nazarda tutilsa, moslashish va ijtimoiylashuv 
kategoriyalarini izohlashda alohidalikka intilish oʼzini oqlamaydi.
Kasbiy moslashish uchun nafaqat muayyan kasbga yoki faoliyat sohasiga qiziqish, kasb 
tanlash motivatsiyasi, balki ushbu faoliyat turi bilan shugʼullanishga nisbatan layoqatning 
mavjud boʼlishi ham talab etiladi.
Ayrim mualliflar, shu jumladan, D.N.Arzikulov talabalarining kasbiy moslashtirish 
jarayonini tabaqalashtirilgan taʼlim tizimining tarkibiy qismi sifatida eʼtirof etadi. Ushbu 
tadqiqotlarda kasbiy moslashtirishning zaruriy shart-sharoitlaridan biri sifatida tabaqalashtirilgan 
taʼlimning tuzilmasi va mazmunini tashkillashtirish muammolari, tabaqalashtirilgan taʼlimning 
kasbiy moslashtirish jarayoniga taʼsiri qarab chiqilgan.
Yuqorida tahlil etilgan taʼriflardan shu holat maʼlum boʼldiki, bir guruh olimlar 
shaxsning kasbiy moslashishi tushunchasini motivlar tizimi, ikkinchi guruh olimlar shaxsning 
tashqi olamga boʼlgan ustuvor qarashlar hamda uchinchi guruh olimlar inson faoliyatini belgilab 
beruvchi xususiyatlar sifatida talqin qiladilar.
Yuqoridagi fikrlarni umlashtirigan holda, kasbiy moslashtirish – shaxs kamolotining 
muhim jihatlaridan biri boʼlib, shaxsning faqatgina mehnat va kasbiy faoliyatni tanlash bilan 
bogʼliq ehtiyoj va qiziqishlarini ifodalaydi (umumiy rivojlanish barcha ehtiyojlar majmuasini, 
uning borliqqa, atrofdagilarga, oʼziga nisbatan munosabatlari tizimini ifoda etadi).
Kasbiy moslashtirish – mehnat faoliyati yoki kasb sohasining aniq turini tanlash bilan 
bogʼliq, aniq va ongli ravishda qabul qilinadigan qarorning ifodalanishi boʼlib, talabalar bilan 
amalga oshiriladigan maqsadga yoʼnaltirilgan ishlar bilan bevosita bogʼliq boʼladi.
Shunday qilib, kasbiy moslashtirish boʼlajak mutaxassisda pedagogik faoliyatga boʼlgan 
ehtiyojni rivojlantiruvchi, unga nisbatan masʼuliyatli hamda ijodiy yondashuvni, ijtimoiy 
qadriyatlar motivatsiyasini tarbiyalovchi hamda shaxsga qaratilgan yoʼnalish kasb etuvchi 
jarayonlar alohida tarkibiy qismlarining oʼzaro integratsiyasi sifatida qarash mumkin.
2. Boʼlajak oʼqituvchilarni kasbiy moslashtirishning pedagogik-psixologik jihatlari
Tadqiqot muammosini nazariy jihatdan oʼrganish, tahlil etish va ijtimoiy dolzarbligini 
asoslashda mavzu doirasidagi ahamiyatli tushunchalar, kategoriyalar mazmunini yoritish 
maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shu bois, ilmiy izlanishlar davomida kasbiy moslashtirishning 
pedagogik-psixologik aspektlarini: motiv, kasb tanlash motivlari, kasbiy yoʼnalganlik, pedagogik 


kasbga yoʼnalganlik, pedagogik faoliyat, kasbiy bilim, koʼnikma va malakalar, kompetentlik 
kabi tushunchalarning mohiyati aniqlashtirish orqali yoritishga harakat qildik.
Kasb tushunchasi – bu maxsus tayyorgarlikni talab etuvchi, inson doim tajribadan 
oʼtkazuvchi va unga yashash uchun manba boʼlib xizmat qiluvchi mashgʼulotdir. Kasb bir xil 
faoliyat bilan shugʼullanuvchi kishilarni birlashtiradi va bu faoliyat ichida maʼlum aloqalar va 
axloq normalari oʼrnatiladi. 
1. Klimov E.A. Psixologiya professionalnogo samoopredeleniya. – Rostov-na-Donu: 
Finiks, 1996. S–12-14.
2. T.A. Klimov tadqiqotlarida “Kasb – jamiyat uchun zarur va qadriyatli soha boʼlib 
bunda insondan jismoniy va ruhiy kuch talab etadi”, deya taʼkidlaydi.
3. V.G. Makushin esa, kasb – bu shunday faoliyatki, uning yordamida shaxs jamiyat 
hayotida ishtirok etadi va uning yashashi uchun moddiy vositalar asosiy manbai boʼlib xizmat 
qiladi, deya taʼkidlaydi.
Mavjud taʼriflarni umumlashtirib, quyidagicha xulosa qilish mumkin: “Kasb mehnat 
faoliyatining asosiy shakli boʼlib, uni bajarish uchun inson albatta maʼlum bilim, malaka va 
koʼnikmalarga, maxsus qobiliyatlar va rivojlangan muhim kasbiy sifatlarga ega boʼlishi kerak”.
Mutaxassislik – kasbiy taʼlim, tayyorgarlik yoʼli bilan oʼzlashtirilgan ish jarayonidagi 
maxsus bilimlar, koʼnikma va malakalar majmuasi boʼlib, ular u yoki bu kasb doirasida maʼlum 
faoliyat turini bajarish uchun zaruriy hisoblanadi.
Shunday qilib, mutaxassislik – kasb ichidagi kasbiy faoliyat turi boʼlib, u shaxsiy 
yutuqlarga yoki oʼziga xos vaziyatlar orqali umumiy natijalarga erishishga yoʼnaltirilgan boʼladi.
Kasbiy faoliyat samaradorligining shartlaridan biri mutaxassisning kasbiy tayyorligi 
hisoblanadi.
Mashhur rus psixologi I.K. Platonovning fikriga koʼra, “kasbiy tayyorgarlik – bu oʼzini 
kerakli kasbiy faoliyatni bajarishga qodir va tayyorgarlik koʼrgan deb hisoblovchi va uni 
bajarishga intiluvchi shaxsning subʼektiv holatidir”.
E. Seytxalilov, B. Raximov va N. Azizxodjaevalar “kasbiy tayyorgarlik – shaxsning aniq 
kasbiy faoliyat turi bilan shugʼullanishiga imkon beruvchi nazariy bilim, koʼnikma va 
malakalarni oʼzlashtirish jarayonidir”, deya izohlaydilar.
R. Ishmuhamedov, A. Abduqodirov hamda A. Pardaevlar kasbiy tayyorgarlik negizida 
“boʼlajak mutaxassisning psixologik, psixofiziologik, jismoniy hamda ilmiy-nazariy va amaliy 
tayyorgarligi” aks etishi kerakligini taʼkidlaydilar. Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardaev 
A. Taʼlimda innovatsion texnologiyalar (taʼlim muassasalari pedagog-oʼqituvchilari uchun 
amaliy tavsiyalar). – T.: “Isteʼdod” jamgʼarmasi, 2008. – B. 16-18 Mualliflarning fikrlariga 
tayangan holda “kasbiy tayyorgarlik” tushunchasini quyidagicha taʼriflash mumkin boʼladi:
Kasbiy tayyorgarlik – maxsus nazariy bilim, amaliy koʼnikma va malakalar, shuningdek, 
maʼnaviy-axloqiy sifatlarni oʼzlashtirish asosida shaxsning kasbiy faoliyatni olib borishga 
nisbatan fiziologik, psixologik va jismoniy tayyorgarlik darajasi.
Kasbiy tayyorgarlikni shakllantirish – DTS talablari asosida shaxsda maxsus nazariy 
bilim, amaliy koʼnikma va malakalar, shuningdek, maʼnaviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish, 
boʼlajak mutaxassisni kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli olib borishga nisbatan fiziologik, 
psixologik va jismoniy tayyorgarlash jarayonidir.
Kasbiy moslashtirish – boʼlajak mutaxassisning kasbiy faoliyat talablarini oʼzlashtirishi, 
individualashuvi demakdir. 

Download 223,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish