3- mavzu: Kasbiy psixologiyaning klassifikatsiyasi va
ularni tanlash
REJA:
3.1. Kasb tushunchasi – kasbiy psixologiyaning
kontseptual asosidir
3.2. Mutaxassisning kasbiy tayyorligi
3.3. Mutaxassislik – kasbiy ta’lim, tayyorgarlik yo’li bilan ish jarayonidagi
maxsus bilimlar
3.4. Kasblarni psixologik tizimlash
Tayanch ibora va tushinchalar
: kasb, mutaxassis, kasbiy tayyorgarlik, kasbiy
ta’lim, maxsus bilimlar, psixologik tizimlash.
3.1. Kasb tushunchasi – kasbiy psixologiyaning kontseptual asosidir
Kasbshunoslikning asosiy kontseptual bosh tushunchasi - bu kasb
tushunchasidar. Kasbshunoslik adabiyotlarida kasb tushunchasining
tavsifi juda
ko’p. Avvalambor bu maxsus tayyorgarlikni talab etuvchi, inson doim tajribadan
o’tkazuvchi va unga yashash uchun manba bo’lib xizmat qiluvchi mashg’ulotdir.
Keyin kasb bir xil faoliyat bilan shug’ullanuvchi kishilarni birlashtiradi. Bu
faoliyat ichida ma’lum aloqalar va axloq normalari o’rnatiladi. Kasb jamiyatning
mexnatga layokatli a’zolarini ijtimoiy tashqillashtirishning aloxida shakli bo’lib,
bunda a’zolar faoliyatining umumiy turi va kasbiy ongi bilan birlashgan.
B.SHouning fikri buyicha ―Kasb - mutaxassislarning chetdagi odamlarga
qarshi fitnasidir‖.
―Kasb - jamiyat uchun zarur va kadriyatli soha bo’lib bunda asosiy jismoniy
va ruxiy kuch talab etiladi‖. Bu kuchlar unga sarflangan mehnat o’rniga yashashi
va rivojlanishi uchun muhim vositalar omili sifatida namoyon bo’ladi. Bu ta’rifni
yanada batafsil yoritib, E.A.Klimov kasbiy faoliyatning sifatli tarixiy rivojlanuvchi
tizim va shaxsning o’zini namoyon etish sohasi deb ta’riflaydi. Yana bir ta’rifni
keltiramiz. ―jamiyat nuktai nazaricha kasb bu kasbiy masalalar,
kasbiy faoliyat
shakllari va turlari, shaxsiy kasbiy xususiyatlari tizimi bo’lib, ular ish uchun
muxim bulgan natija mas’uliyatlarni yetkazishni ta’minlab berishi kerak bo’ladi‖
Nisbatan tor ta’rifni esa V.G.Makushin keltiradi, ―Kasb
- bu shunday
faoliyatki, uning yordamida shaxs jamiyat xayotida ishtirok etadi va uning
yashashi uchun moddiy vositalar asosiy manbasi bo’lib xizmat qiladi‖. Mavjud
ta’riflarni umulashtirib, kuyidagilarni xulosa qilish mumkin.
Kasb mexnat
faoliyatining paydo bo’lgan shakllari bo’lib, ularni bajarish uchun inson albatta
ma’lum bilimlar va kunikmalarga maxsus kobiliyatlar va rivojlangan muxim
kasbiy sifatlarga ega bo’lishlari kerak. ―Kasb‖ atamasi kasbiy faoliyatning
fakatgina yukori statusli turlariga nisbatan ishlatiladi.
Boshka faoliyat turlari
mutaxassisliklarga yoki ish, mashgulot turlariga tegishli bo’ladi. Milliy
kasbshunoslikda ―kasb‖ va ―mutaxassislik‖ tushunchalari farqlanadi.
Kasb mutaxassislikka ko’ra kengrok tushuncha, kasbiy
saloxiyatida tashqari,
uning muxim sifatlari - ijtimoiy - kasbiy saloxiyat, kasbiy avtonomiya, o’zini
nazorat qilish, guruxli mezonlar va qobiliyatlar xisoblanadi. Kasb odatda yaqin
mutaxassisliklar guruxini birlashtiradi. Masalan,
kasb shifokor, mutaxassisliklar -
terapevt, pediatr, okulist, urolog, va xokazo, kasb - muxandis,
mutaxassisliklari -
konstruktor, texnolog, metallurg va xokazolar. Mutaxassislik — kasbiy ta’lim,
tayyorgarlik yo’li bilan ish jarayonidagi maxsus bilimlar, ko’nikma va malakalar
kompleksi bo’lib, ular u yoki bu kasb doirasida ma’lum
faoliyat turini bajarish
uchun zaruriy xisoblanadi. SHunday qilib, mutaxassislik - kasb ichidagi kasbiy
faoliyat turi bo’lib, u shaxsiy yutuklarga yoki o’ziga xos vaziyatlar orqali umumiy
natijalarga erishishga yo’naltirilgan bo’ladi.