Prototipni tahlil qilishning afzalliklari va kamchiliklari
Foydalanuvchilarning talablari aniqlanmagan bo‘lsa yoki aniq qaror ishlab chiqilmaganida prototipni yaratish maqsadga muvofiqroq hisoblanadi. Bu metodika, ayniqsa, axborot tizimlarining foydalanuvchilar interfeysini ishlab chiqishda yaxshi samara beradi. Loyihalash jarayoniga foydalanuvchilarning jalb etilishi tufayli tizim yanada qulayroq (“do‘stona”) va tashkilot talablariga javob beradigan bo‘lib chiqadi.
YAKUNIY FOYDALANUVCHILARNING AXBOROT TIZIMINI ISHLAB CHIQISHDAGI ISHTIROKI
YAkuniy foydalanuvchilar (developmentallows) o‘zlari uchun qulay bo‘lgan so‘rov tillari va hisobotlarni tuzish, veb-sayt ishlab chiqish, grafika va dasturiy vositalardan qo‘llagan holda professional tizimli tahlilchilar yoki dasturchilarning minimal ma’lumotlaridan foydalanib, ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishlari, hisobotlar tuzishlari va mustaqil ravishda oddiy ilovalar ishlab chiqishlari mumkin. So‘rovlar tili – avvaldan belgilanmagan savollarga (masalan, “eng yuqori savdo vakolatlarini kimlar bajaradi” va hk.) onlayn rejimida javoblarni taqdim etuvchi dasturiy vosita. So‘rovlar tilini ko‘pincha ma’lumotlarni boshqarishning dasturiy ta’minoti bilan bog‘lashadi.
Masalan, ko‘p funksiyali “Neways Enterprise” transmilliy kompaniyasi minglab mustaqil distribyuterlar va biznes-tahlilchilar uchun o‘ziga o‘zi on-layn xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xabar berish tizimini ishga tushirgan. Biznes-tahlilchilar mablag‘lar oqimini nazorat qilish va joriy g‘oyalar asosida natijalarni prognozlash maqsadida o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatish hisobotlaridan foydalanadilar. “Neways Enterprise” kompaniyasining mustaqil distribyuterlari ishlab chiqarish bo‘yicha ma’lumotlardan real vaqt rejimida foydalanib turib, sotuvlar hajmini oshirish uchun tizimdan foydalanadilar va, natijada, oylik mukofotlar bilan taqdirlanadilar. (Information Builders, 2014)
Axborot tizimlarining ayrim turlari texnik mutaxassislarning minimal ishtirokida yakuniy foydalanuvchilar tomonidan ishlab chiqilishi mumkin. Bu fenomen yakuniy foydalanuvchilarning ishlanmalari deb nomlanadi. Foydalanuvchilar, o‘zlari uchun qulay bo‘lgan so‘rovlar tilidan foydalanib va hisobotlar tuzib, SHK uchun veb-sayt ishlab chiqib, grafika tillari va utilitilar yaratgan holda, ma’lumotlarni boshqarish va o‘zgartirish orqali hisobotlar yaratishi va, hattoki, o‘zlari foydalanishlari uchun to‘laqonli axborot tizimlarini rasmlantirishlari mumkin. Bunda professional tizim tahlilchilari yoki dasturchilarning yordami deyarli talab etilmaydi. So‘rovlar tili, bu – savollarga on-layn tarzda berilgan javoblardan iborat bo‘lgan dasturiy vositadir. Lekin, to‘rtinchi avlodga mansub dasturiy ilovalar ishchi dasturlarni yaratishda ayrim standart utilitilarning o‘rnini bosa olmaydi, sababi, ular yordamida tarkibida ko‘pgina funksiyalar va sozlashlar bo‘lgan tizimlarni yaratib bo‘lmaydi.
Umuman olganda, bu kabi sxemalarning aksariyati standart metodlar yordamida ishlab chiqilayotgan sxemalarga qaraganda ancha tez yaratiladi. Ko‘pgina tashkilotlar to‘rtinchi avlodga mansub dasturiy ta’minotdan foydalanish natijasida axborot tizimlarini ishlab chiqish samaradorligi sezilarli darajada oshganini ta’kidlaydilar. Aytish lozimki, odatda, keyinchalik ham foydalanuvchilar tizimning ishlashidan yanada ko‘proq qoniqayotgani qayd etiladi. Lekin, ishchi dasturlarni yaratishda to‘rtinchi avlodga mansub dasturiy ilovalar ayrim standart utilitilar o‘rnini bosa olmaydi, chunki, ular yordamida tarkibida ko‘pgina funksiyalar va sozlashlar bo‘lgan tizimlarni yaratib bo‘lmaydi.
Foydalanuvchilar tomonidan bajariladigan hisoblar ham tavvakallar bilan bog‘liq, sababi, ular axborot tizimini nazorat qilish va boshqarish bo‘yicha standart mexanizmlariga muvofiq emas. Tizim tezlashtirilgan sur’atlarda, standart tartibotlarni qo‘llamasdan turib yaratilayotganida, doim ham barcha hujjatlarni tayyorlashning yoki har taraflama tekshiruvdan o‘tkazishning imkoniyati bo‘lavermaydi. Axborot bo‘limi bilan bog‘lanmagan tizimlardagi ma’lumotlari ustidan to‘liq nazoratni ta’minlash juda mushkul (aniqrog‘i, iloji yo‘q). Foydalanuvchilar o‘zlarining ilovalari va fayllarini yaratayotganida, aksariyat hollarda, ular qaerda ekanini aniqlash hamda tashkilotning barcha a’zolari uchun axborotdan foydalanish imkoniyatini yaratish qiyin kechadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |