13-mavzu. Axborot tizimlarini yaratish va boshqarish reja


Tashkiliy o‘zgarishlarning turli ko‘rinishlari



Download 1 Mb.
bet2/36
Sana27.06.2021
Hajmi1 Mb.
#102836
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
Axborot tizimlarini yaratish va boshqarish

Tashkiliy o‘zgarishlarning turli ko‘rinishlari

Axborot texnologiyalari tashkilotdagi katta bo‘lmagan o‘zgarishlardan butun tuzilmani umuman qayta qurishgacha bo‘lgan turli bosqichlarda qo‘llanilishi mumkin. 13.1-rasmda tashkiliy o‘zgarishlarning to‘rtta asosiy turi ko‘rsatilgan: 1) avtomatlashtirish; 2) ratsionallashtirish; 3) reinjiniring; 4) paradigmani o‘zgartirish (asosiy ishlash prinsiplarini o‘zgartirish). Ushbu turlarning har birida ham kuchli, ham zaif tomonlar mavjud.





13.1-rasm. Tashkiliy o‘zgarishlarning ham kuchli, ham zaif tomonlari bor. Avtomatlashtirish va ratsionallashtirish eng ko‘p qo‘llaniladigan usullardan hisoblanadilar. Nisbatan sekin kechadigan va sezilarli bo‘lmagan bu o‘zgarishlar katta foyda keltirmaydi, lekin ularni qo‘llash barobarida xavf darajasi ham yuqori bo‘lmaydi. Reinjiniring va paradigmani almashtirish kabi tezkor, miqyosi va salmog‘i katta bo‘lgan strategiyalar katta foyda keltirishlari mumkin, lekin ulardan foydalanishda xavf darajasi ham ancha yuqori bo‘ladi.

Korxona ishini avtomatlashtirish – axborot texnologiyalari eng ko‘p qo‘llaniladigan soha hisoblanadi. Birinchi axborot tizimlari odamlarga ishlari yanada samarali va unumliroq bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan. CHeklar va to‘lov vedomostlari bilan ishlash tizimlari, aeroport va vokzallardagi bankomatlar va terminallar – mohiyatiga ko‘ra qiyin bo‘lmagan, lekin ko‘p vaqt va kuch sarf etilishini talab etadigan jarayonlarni avtomatlashtirishga xizmat qiluvchi birinchi avlod tizimi namunalaridir. Tashkilotlardagi miqyosi salmoqliroq bo‘lgan o‘zgarishlar tartibot (protsedura)larni ratsionallashtirish yordamida amalga oshiriladi. Avtomatlashtirish aksariyat hollarda ishlab chiqarish jarayonining yangi nuqson va kamchiliklarini ochib beradi. Ratsionallashtirish esa standart operatsion protseduralarni optimallashtirish hamda keyingi avtomatlashtirish orqali ushbu jarayonlarning samaradorligini oshirish uchun tizimdagi mavjud “zaif” bo‘g‘inlarni bartaraf qilishdan iboratdir. Masalan, Moen kompaniyasining yangi tizimi nafaqat yangi kompyuter texnologiyalari qo‘llanilgani uchun, balki ish jarayonini yaxshiroq tashkil etish imkoniyati yaratilgani tufayli boshqa tizimlardan afzalroq hisoblanadi.

Biznes-jarayonlar reinjiniringi – tashkilot tuzilmasini qayta qurishning kuchli usulidir. Reinjiniring jarayonida biznes-jarayonlar tahlil qilinib, imkon qadar soddalashtiriladi va qayta quriladi. Tashkilotlar axborot texnologiyalaridan foydalangan holda ishlab chiqarish jarayonlarini qayta ko‘rib chiqishlari, ishlab chiqarish sur’atlari hamda mahsulot va xizmatlar sifatini oshirib, ishlab chiqarishni optimallashtirishlari mumkin. Reinjiniring texnologik jarayonlarni qayta tashkil qilish, takrorlanadigan va turli mayda, “qog‘ozbozlik” ishlarini kamaytirish yoki umuman bartaraf qilish imkoniyatini beradi (ayrim hollarda bu kabi qayta qurishda ba’zi jarayonlar to‘liq bekor qilinadi). Ushbu metodika ratsionallashtirishga qaraganda ko‘proq amaliy natija beradi va korxona ishini tashkillashtirishga yangicha yondoshishni talab etadi.

Biznes-jarayonlar reinjiniringining yorqin namunasi sifatida Ford Motor Company kompaniyasi tomonidan tatbiq etilgan hisoblarni ishlash tizimini keltirish mumkin. Ana shu tizimni yo‘lga qo‘yish uchun North American Accounts Payable kompaniyasining 500 dan ortiq xodimi yollangan. Hisoblar bilan ishlovchi xodim (klerk)lar asosan buyurtmalardagi nomuvofiqliklarni izlash, hujjatlar va hisoblarni qabul qilish bilan shug‘ullanganlar. Ford kompaniyasi buyurtmalar bilan ishlash jarayonini reinjiniring qilishni amalga oshirish uchun quyidagi tizimdan foydalangan: xaridlar bo‘limi etkazib berish bo‘yicha barcha buyurtmalarni ma’lumotlar bazasiga kiritadi. Qabul qilish bo‘limi xodimlari, o‘z navbatida, internet orqali ma’lumotlar bazasiga kirish imkoniyatiga egalar. Agar olingan tovarlar buyurtmaga muvofiq bo‘lsa, tizim avtomatik tarzda to‘lov uchun chek yozib beradi va uni etkazib beruvchiga jo‘natadi. Etkazib beruvchi boshqa hisob-varaqalarini taqdim etmaydi. Natijada, reinjiniringni qo‘llash evaziga Ford kompaniyasi hisoblar va cheklarni ishlash uchun sarflanadigan mablag‘larning 75%ni tejab qolish imkoniyatiga ega bo‘ldi, moliyaviy axborotdagi xatolar soni esa sezilarli darajada kamaydi.

Tartibotlarni ratsionallashtirish va biznes-jarayonlarni qayta qurish, odatda, korxona faoliyatining ma’lum yo‘nalishlari va turlari bilan cheklanadi. YAngi axborot tizimlari kompaniyaning ishlash prinsipini o‘zgartirib yoki uning faoliyat sohasini to‘liq o‘zgartirgan holda tashkilotning butun tuzilmasiga kuchli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Masalan, yo‘lovchi va yuk tashish bo‘yicha SHimoliy Amerikaning eng yirik kompaniyalaridan biri hisoblangan Schneider National o‘z biznes-modelini o‘zgartirish uchun aynan shunday tizimlardan foydalangan. Korxonada tashishlarni va boshqa kompaniyalar bilan aloqalarni boshqarish uchun yangi tizim yaratilgan. Schneider boshqa kompaniyalar uchun moddiy-texnik ta’minotning yangi biznes boshqaruvini yaratdi. Biznesning ana shunday keskin tarzda o‘zgartirilishi paradigma deb ataladi. Paradigmaning o‘zgartirilishi yuritilayotgan biznes xarakteri va tashkilot faoliyatini qayta ko‘rib chiqilishini nazarda tutadi. Biznesning bu kabi keskin o‘zgartirilishi paradigmani almashtirish deb nomlanadi va o‘z mohiyatiga ko‘ra biznes asoslari va tashkilot tuzilmasini qayta ko‘rib chiqishni anglatadi.


Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish