AUTSORSING
Agar firma axborot tizimini yaratish yoki uni boshqarish uchun o‘zining ichki resurslaridan foydalanishni istamasa, shunday ishlarni bajarishga ixtisoslashgan boshqa tashkilotlarning xizmatidan foydalanishi mumkin. “Begona” kompyuter markazlari, elektron tarmoqlardan foydalanish va boshqa ishlab chiqaruvchilar tomonidan ilovalarning ishlab chiqilishi autsorsing deb nomlanadi. 5-bobda bayon etilgan “kompyuter xizmatlarini etkazib beruvchilar”ning faoliyati autosorsing rasmlaridan biri hisoblanadi. Kompaniyalar (mijozlar) ana shunday etkazib beruvchilarning dasturiy ta’minotlari va kompyuter uskunalaridan o‘zlarining tizimlari uchun texnik platforma sifatida foydalanadilar. Tashkilotning dasturiy ta’minotini begona ishlab chiqaruvchi tomonidan ishlab chiqilishi autsorsingning boshqa turi hisoblanadi, bunda tashkilot axborot tizimi bilan o‘zining kompyuterlarida ishlaydi.
Ichki autsorsing, asosan, begona ishlab chiqaruvchilar tomonidan boshqariladi, chunki, mijozlar tegishli ko‘nikma, resurs va aktivlarga ega bo‘lmaydilar. Yirik kompaniyada etkazib berishlar zanjirini boshqarish bo‘yicha yangi tizimni o‘rnatish dasturiy ta’minot bo‘yicha ma’lum bilim va tajribaga ega bo‘lgan kamida 30-50 ta xodim yollanishini talab qilishi mumkin. Aksariyati dasturiy ta’minot bo‘yicha qayta o‘qitilishi lozim bo‘lgan yangi xodimlarni ishga qabul qilish, tabiiyki, katta mablag‘ va vaqt sarflanishini talab etadi. SHuning uchun ham, yirik korxonalar boshqa (“begona”) ixtisoslashgan firmalar xizmatidan foydalanishni afzal deb biladilar.
Bugungi kunda autsorsing amaliyoti keng tarqalgan, sababi, ko‘pgina yirik tashkilotlar bu texnologiyadan foydalanish orfali katta miqdordagi mablag‘larni tejaydilar. Hindiston yoki Rossiyalik malakali mutaxassis yiliga 10-20 ming AQSH dollari ishlab topadi, vaholanki, AQSHda bu soha mutaxassislari yiliga 60 000 dollardan kamiga ishlamaydilar. Internet va qimmat bo‘lmagan kommunikatsiya texnologiyalari global jamoalar ishini masofadan turib boshqarish uchun sarflanadigan xarajatlarni keskin pasaytirish imkonini yaratib berdilar.
Ayrim korxonalar o‘zlarining texnik xodimlari zamonaviy texnologiyalarning barchasini o‘zlashtira olmasligi, barchasida birdek yaxshi ishlay bimasligi uchun yoki katta maosh oladigan mutaxassilaridan imkon qadar samarali foydalanish maqsadida autsorsingni tanlaydilar. Lekin, tashkilotlarning hammasi ham autsorsing afzalliklaridan unumli foydalana olmaydilar, ularning aksariyati jarayonni boshqarishga noto‘g‘ri yondoshish natijasida jiddiy muammolarga to‘qnash keladilar. Firma o‘z axborot tizimlarini ishlab chiqish va ularga tegishli xizmat ko‘rsatishni funksiyalarini boshqa tashkilotlarga to‘liq yuklab qo‘ysa, ushbu tizimlarning ko‘pgina funksiyalari ustidan nazorat qila olmay qoladi.
Agar tashkilotda tashqi ishlab chiqaruvchilar bilan shu kabi kontraktlarni tuzish tajribasi etarlicha bo‘lmasa, u holda tashqi ishlab chiqaruvchilarga bog‘lanib qolishlari, ayrim holatlarda esa, butunlay qaram bo‘lib qolishlari mumkin. Natijada, ko‘pgina texnologik jarayonlar ustidan nazorat qo‘ldan chiqariladi, katta xarajat va yo‘qotishlarga yo‘l qo‘yiladi. SHuning uchun ham, firmalar hamkorlarni tanlashda juda ehtiyot bo‘lishlari va tizim ustidan nazoratni saqlab qolishga harakat qilishlari lozim.
General Motors Corporation (GM) AT-xizmatlarining 90 foizini, jumladan ma’lumotlarni ishlash va ilovalarni ishlab chiqish markazlarini o‘z kuchi bilan tashkil qilgan. Axborot texnologiyalari infratuzilmasining faqatgina 10 foizi boshqa tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan. Bunda xarajatlarning qisqartirilishi asosiy mezon hisoblanadi. Lekin, begona tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan axborot tizimlarini boshqarish va nazorat qilish uchun o‘z mutaxassislarini qayta tayyorlash va o‘qitish zarurati ham birinchi darajali masala sifatida tan olingan. Aks holda, raqobatbardosh tizim va texnologiyalar puxta o‘rganilib, tegishli darajada o‘zlashtirilmasdi. SHu yo‘nalishda ishlab chiqilgan istiqbolli rejalar amalga oshirilishi natijasida ko‘pgina ichki tizimlar yaratilib, AT ilovalarning ro‘yxati deyarli 40 foizga qisqartirilgan
13.11-rasmda autsorsing loyihasi uchun sarflanadigan xarajatlar nuqtai nazarida eng yaxsh va eng yomon variantlar taqdim etilgan. Xususan, yashirin, bir qarashda ko‘zga ko‘rinmaydigan xarajatlar loyihaga sarflanadigan umumiy xarajatlar miqdoriga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkin ekani ko‘rsatilgan. Eng yaxshi variantda qo‘shimcha xarajatlar uchun eng past ko‘rsatkichlar, eng yomon variant uchun esa – eng katta ko‘rsatkichlar aks ettirilgan. Ko‘rib turganingizdek, yashirin xarajatlar offshor autsorsing loyihasining umumiy qiymatini 15-57% ga ko‘paytirishi mumkin. Lekin, aksariyat firmalar shunday katta qo‘shimcha xarajatlarga qaramasdan, agar ishni yaxshi boshqara olsalar, offshor autsorsingdan yaxshigina foyda ko‘rishlari mumkin. Masalan, qo‘shimcha xarajatlar bo‘yicha eng yomon variantda taxminan mablag‘larning 15 foizi saqlanib qolishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |