TIZIMNING AN’ANAVIY HAYOT SIKLI
Tizimning hayot sikli axborot tizimlari qurishning eng qadimgi metodi hisoblanadi, bugungi kunda ushbu metoddan o‘rtacha va yirik miqyosli murakkab loyihalarni yaratishda foydalaniladi. Bu jarayon oltita bosqichdan iborat: loyihani tayyorlash; tizimni tadqiqot qilish; loyihalash; dasturlash; installyasiya; tizimni o‘zlashtirish va ekspluatatsiya qilish. Bu bosqichlar 13.9-rasmda tasvirlangan. Har bir bosqich bir nechta jarayondan tashkil topgan.
Ushbu metodikada yakuniy foydalanuvchilar va axborot tizimlari bo‘yicha mutaxassislar o‘rtasida mehnatning aniq taqsimlanishi ko‘zda tutilgan. Tizimli tahlilchilar va dasturchilar kabi mutaxassislar asosiy tizimli tahlilni o‘tkazish, tizimni loyihalash va tatbiq etish uchun javob beradilar; foydalanuvchilar tashkilotning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash va texnik xodimlar ishini baholash bilan shug‘ullanadilar.
13.9-RASM. TIZIM ISHLAB CHIQISHNING AN’ANVIY HAYOT SIKLI
Tizimning hayot sikli texnologiyasi. Jarayon bosqichlarga bo‘linib, ularning har birida tegishli natijalar olinadi
Ushbu yondoshuv aniq dastlabki tahlil, aniq spetsifikatsiyalar va ishlab chiqish hamda tatbiq etish jarayoni nazorat qilinishini talaba etuvchi yirik miqyosli murakkab tizimlarni yaratishda hanuzgacha qo‘llanilib kelinmoqda. Biroq, hayot sikli metodikasi ko‘p vaqt va katta xarajatlarni talab qiladi, moslashuvchanligi bilan ajralib turmaydi. Ko‘pgina yangi hujjatlar yaratishga to‘g‘ri keladi, ko‘pchilik jarayonlar esa, tizim barcha talablarga javob bergamuniga qadar, qaytarilaveradi. SHu sababdan ishlab chiquvchilarning aksariyati, hammasini boshidan qayarmaslik uchun, loyihalash jarayonining boshlanishida yaratilgan spetsifikatsiyalarga o‘zgartish kiritmaslikka harakat qiladilar. Lekin, ta’kidlash zarurki, bu kabi yondoshuv katta bo‘lmagan tizimlarga nisbatan qo‘llanilmaydi, chunki bunday tizimlarda universallik darajasi kichik, har bir tizim o‘z foydalanuvchisi yoki foydalanuvchilar sinfi uchun mo‘ljallangan bo‘ladi.
PROTOTIP
Prototipni yaratish, o‘z mohiyatiga ko‘ra, bu katta xarajatlarni talab qilmaydigan va foydalanuvchilar tomonidan baholanishi mumkin bo‘lgan eksprimental tizimni yaratishdan iborat. Ana shunday “demo-versiya” (ko‘rgazmali versiya) bilan bilan ishlab ko‘rgan foydalanuvchilar o‘zlarining axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini belgilab olish imkoniga ega bo‘ladilar. Foydalanuvchilar tomonidan ma’qullangan prototip to‘liq funksiyali tizimni yaratish uchun shablon (andoza) bo‘lib xizmat qiladi.
Prototip – axborot tizimi yoki uning bir qismining ishga yaroqli versiyasi hisoblanadi, lekin bu shunchaki dastlabki model sifatida qabul qilinmasligi kerak. Birinchi bor ishga tushirilganidan keyin prototip ko‘p martalab o‘zgartiriladi va barcha foydalanuvchilar talablariga to‘liq javob beradigan darajagacha takomillashtirilaveradi. Prototip tugallangan ko‘rinishga ega bo‘lganidan keyin, uning yakuniy versiyasi yaratiladi va ishchi tizim sifatida qabul qilinadi.
Prototipni yaratish, uni tekshirish, takomillashtirish va qayta test sinovlaridan o‘tkazish jarayoni, ayrim bosqichlari ko‘p marotaba takrorlangani sababli, tizim ishlab chiqishning iterativ jarayoni deb nomlanadi. Prototipni yaratish tizimning hayot sikli metodikasiga qaraganda iterativroq hisoblanadi, undan foydalanishda tizimga ko‘proq o‘zgartishlar kiritiladi. YUqorida qayd etilganidek, prototipdan foydalanishda tizim modifikatsiyasi bo‘yicha rejadan tashqari ishlar rejalashtirilgan iteratsiyalar bilan almashtiriladi, bunda har bir versiyada foydalanuvchilarga ma’qul bo‘lgan jihatlar to‘liq aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |