16-BOB. “O’ZTEMIRYO’LYO’LOVCHI” AJ FAOLIYATINI BOSHQARISH
16.1. “O’ztemiryo’lyo’lovchi” AJning tashkiliy tuzilishi va asosiy vazifalari.
«O’ztemiryo’lyo’lovchi» AJ 2002 yilning 28 iyunida O’zbekiston Respublikasi Davlat mulkchilik qo’mitasining PO-187k sonli “O’ztemiryo’lyo’lovchi” Unitar korxonasini “O’zbekiston temir yo’llari” DATK tarkibida ochiq akstiyadorlik kompaniyasiga aylantirish to’g’risidagi buyrug’i bilan tashkil qilingan. U yo’lovchi transporti ishlarini yaxshilash, yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish madaniyati darajasini oshirish, yo’lovchi tashish ishlarida boshqaruvni takomillashtirish, uning iqtisodiy samaradorligini oshirish, bozor munosabatlarining tashkil topishi uchun temir yo’l transporti bo’linmalarida yangi xizmatlarni joriy qilish maqsadida tashkil etilgan. Tadbirkorlik sub’ektlarini ro’yxatga olish inspekstiyasining 2015 yil 19 yanvardagi №11-000522 sonli guvohnomasida “O’ztemiryo’lyo’lovchi” OAJ “O’ztemiryo’lyo’lovchi” AJ deb qayta nomlangan.
«O’ztemiryo’lyo’lovchi» AJning asosiy vazifasi temir yo’lda yo’lovchi tashish ishlariga zamonaviy talablarni to’liqroq qondirish, sifatini oshirish, ko’rsatilgan xizmatlar hajmini kengaytirish, xo’jalik faoliyati rentabelligini ta’minlash hisoblanadi.
«O’ztemiryo’lyo’lovchi» AJ nizomiga asosan uning vazifalari quyidagicha belgilangan:
“O’zbekiston temir yo’llari» akstiyadorlik jamiyati ma’muriyati va boshqa vazirliklar korxona va tashkilotlar bilan birga moddiy-texnik ba’zasini rivojlantirish;
temir yo’lda yo’lovchi tashish ishlari sohasida rivojlanishning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini echishning afzal tomonlarini aniqlash;
temir yo’lda yo’lovchi tashishda qisqa va uzoq muddatli bashoratlarni ishlab chiqish;
- yo’lovchi tashish ishlarida ko’rsatilayotgan xizmatlar rentabelligi va iqtisodiy samaradorligini ta’minlashga yo’naltirilgan dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
xo’jalik yuritish xizmatlariga berilgan asbob-uskuna va qurilmalar, texnik jihozlar, harakat vositalaridan oqilona foydalanish, saqlash, nazorat qilish va xo’jalik faoliyatini umumiy tahlil qilishni amalga oshirish;
O’zbekiston Respublikasi temir yo’l transportini rivojlantirish davlat dasturini amalga oshirishda qatnashish.
“O’ztemiryo’lyo’lovchi AJ” “O’zbekiston temir yo’llari» akstiyadorlik jamiyati Nizomida keltirilgan:
- yuqori darajali xizmat ko’rsatish jarayonida mamlakat iktisodiyoti hamda aholining temir yo’l transportida tashishga bo’lgan ehtiyojini qondirish maqsadida temir yo’l transportining barqaror va xavfsiz ishlashini, boshqa turdagi transportlar bilan o’zaro uyg’un tarzda ishlashini ta’minlash, qulay muddatlarda manzilga etkazish jarayonida yo’lovchilar salomatligi va hayotini saqlash, iste’molchilarga keng qamrovli ishlab chikarish, savdo, sayyohlik va boshqa xizmatlarni ko’rsatish;
Xalqaro andozalarda xizmat ko’rsatish, temir yo’l transport korxonalari tomonidan iste’molchilarga ko’rsatilayotgan keng qo’lamli xizmatlar tarmog’ini tashkil etish asosida transport xizmati bozorida temir yo’l transportining raqobatbardoshligini oshirish;
Mijozlarga kam sarflar bilan xizmat ko’rsatish sifatini oshirishni hisobga olgan holda yuk, yo’lovchi, pochta va bagajlarni tashish sohasida belgilangan tartibda tarif siyosatini yuritish;
Temir yo’l transportida yo’lovchilar tashish bozori kon’yukturasini o’rganish, uning rivojlanishini bashorat qilish va joylashtirish;
Bekatlarda va poezdlarda servis xizmatini yaxshilash yuzasidan xususiy mulkchilik shaklini qo’shib hisoblaganda, mulkchilikning nodavlat shaklidagi korxonalarni tashkil etish, boshka xizmat turlarini ko’rsatishni rag’batlantirish;
Moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, yagona texnika siyosati, menejmentning zamonaviy usullari asosida ilg’or texnologiyalarni keng joriy etish kabi kompaniya faoliyatining asosiy vazifa va funkstiyalarini bajarishga o’z hissasini qo’shadi.
Korxona mustaqil faoliyat yuritish xuquqiga ega yuridik shaxs hisoblanadi. Korxonaning respublikaning barcha viloyatlari va katta shaharlarida rivojlangan va zamonaviy sharoitlarga ega bo’lgan 30 tadan ortiq vokzal majmualari bor.
“O’ztemiryo’lyo’lovchi” AJning tarkibiy tuzilmasi faoliyati davomida mukammallashib hozirda quyidagi ko’rinishga ega (-rasm).
-rasm. “O’ztemiryo’lyo’lovchi” AJning ijroya organi tarkibiy tuzilmasi
Bosh direktorning birinchi muovini tomonidan boshqariladigan bo’lim va filiallar quyidagilar:
passajir poezdlar xarakat jadvalini tahlil qilish va hisoblash, statistika bo’limi;
daromadlarni hisoblash bo’limi;
marketing tadqiqotlari, reklama va turizm agentligi;
Qoranko’l dam olish maskani;
Yo’lovchi tashishlarni tashkil qilish bo’yicha Farg’ona filiali;
Yo’lovchi tashishlarni tashkil qilish bo’yicha Qashqadaryo filiali
Yo’lovchi tashishlarni tashkil qilish bo’yicha Surxondaryo filiali
Yo’lovchi tashishlarni tashkil qilish bo’yicha Toshkent filiali
Yo’lovchi tashishlarni tashkil qilish bo’yicha Samarqand filiali
Yo’lovchi tashishlarni tashkil qilish bo’yicha Orolbo’yi filiali
Yo’lovchi tashishlarni tashkil qilish bo’yicha Xorazm filiali
Yuqori tezlikda xarakatlanuvchi poezdlar bo’yicha filial
Tezkor-ma’muriy ishlar bo’limi;
Operativ holatlarga javobgar sektor;
Toshkent-Markaziy-Vokzal filiali
Ishlab chiqarish va texnik rivojlanish bo’yicha direktorga
Strategik rivojlanish bo’yicha bosh mutaxassis;
Yo’lovchi poezdlar xarakat xavfsizligini ta’minlash nazorati bo’yicha bosh mutaxassis;
Ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish bo’limi;
Ob’ektlar xavfsizligini ta’minlash bo’limi;
Axborot texnologiyalari bo’yicha mutaxassis;
Shartnoma majburiyatlari ustidan nazorat va xarid bo’limi
Ma’muriy-xo’jalik bo’limi
Texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi bo’limi;
Yo’lovchi vagonlarni ta’mirlash va ekspluatastiya bo’limi;
Standartlarga rioya etish va sifat nazorati sektori;
Bino, inshoat va jixozlar kapital ta’miri bo’yicha direkstiya kabi tarkibiy tuzilmalar bo’ysunadi;
Ekspluatastiya ishlari bo’yicha direktor – yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish va yo’lovchi vagonlarni reysga tayyorlash markazi boshlig’i quyidagi bo’limlar faoliyati uchun javobgar hisoblanadi:
Biznesni rivojlantirish va strategik rejalashtirish bo’limi;
Moliya bo’limi;
Buxgalteriya bo’limi;
Akstiyadorlar bilan korporativ aloqalar bo’yicha etakchi mutaxassis;
Rejim bo’yicha etakchi mutaxassis;
Yuridik bo’lim;
Kotibiyat;
Personalni boshqarish bo’limi;
Ko’rsatilayotgan servis xizmatlari sifatini nazorat qilish bo’limi;
Tariflar bo’limi;
“Temiryo’lyo’lovchi servis” MChJ
“RAILWAY MEDIA” MChJ
“RAILWAY TOURS” MChJ
“Xiva lokomotiv” MChJ
Yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish va yo’lovchi vagonlarni tayyorlash markazi
Yo’lovchi poezdlarni kuzatish bo’yicha vaolatli vakillik sektori (shartnomaga ko’ra).
“O’ztemiryo’lyo’lovchi” AJning o’z oldiga quyidagi strategik vazifalarini qo’yadi:
Respublikaning davlatlararo, mahalliy va turistik tashishlar orqali transport xizmatlari bozoridagi ulushini kengaytirish;
Mahalliy yo’nalishlarda yo’lovchi tashishda temir yo’lning zararlarini kamaytirishni ta’minlash;
Temir yo’lda yo’lovchi tashish tariflarini, shuningdek, temir yo’l xo’jaliklarining xizmatlari uchun hisoblarni takomillashtirish
Yo’lovchi vagonlarning to’lish darajsini oshirish, poezdlarda biletsiz xarakatlar uchun chora-tadbirlar ishlab chiqish;
Yo’lovchilarga ko’rsatilayotgan xizmatlar ko’lami va doirasini ahamiyatli darajada kengaytirish, korxona bo’linmalari faoliyat sohalarini diversifikastiyalash;
Korxonaning yo’lovchilarga transport xizmati ko’rsatish bozoridagi raqobatbardoshligini uning moddiy texnik bazasini mustaxkamlash hisobiga oshirish, yo’lovchilarga xarakat davomida va vokzallarda xizmat ko’rsatish madaniyati va sifatini yaxshilash;
Korxonaning moliyaviy holatini unumsiz xarajatlar va yo’qotishlarni bartaraf etish, zararga ishlayotgan xo’jaliklar sonini kamaytirish yo’llari orqali yaxshilash
Korxonaning barcha bo’linmalarida mehnat, moddiy va moliyaviy resurslardan rastional foydalanish hisobiga ekspluatastion xarajatlarni kamaytirish;
Zamonaviy texnologiyalarni va xo’jalik yuritishning kamxarajatli mexanizmlarini tadbiq qilish kurslarini amalga oshirish;
Yo’lovchi tashish bo’yicha o’z faoliyat doirasini O’zbekistondan Rossiyagacha bo’lgan to’g’ri yo’nalishlarda kengaytirish;
«Toshkent-Samarqand-Buxoro-Urgench(Xiva)-Toshkent» Buyuk Ipak Yo’li shaharlari bo’ylab turistik aylanishlarni tugallanishiga yordam beruvchi Urgench-Buxara-Urgench yo’nalishida yangi poezd xarakatini tashkil qilish;
Toshkent-Samarqand-Buxora-Urgen yo’nalishida yangi charter turistik poezdi xarakatini tashkil qilish;
Internet tarmog’i orqali yo’l chiptalarini sotish va bronlashni yo’lga qo’yish, «O’ztemiryo’lyo’lovchi» AJning filiallari orasida ma’lumotlar almashinuvini tezlashtirish maqsadida internet aloqalaridan va yangi texnologiyalardan foydalanishni amalga oshirish.
Hozirgi paytda Toshkent–Samarqand–Buxoro va Toshkent-Samarqand-Qarshi yo’nalishlari bo’ylab to’rtta o’ta tezyurar yuqori qulaylikdagi poezdlar qatnamoqda, ular havo va avtotransport tashuvlariga munosib raqobat hosil qilib, temir yo’lda turistik tashuvlarni kengaytirish uchun keng imkoniyatlar ochdi.
Elektropoezd eng ilg’or texnologiyalar bo’yicha Ispaniyada «Talgo» kompaniyasining mutaxassislari tarafidan ishlab chiqilgan.
Buxoro–Miskin va Urganch-Xiva yangi temir yo’l uchastkalari qurilishining yakunlanishi Toshkent-Samarqand-Buxoro-Xiva yo’nalishlari bo’ylab tezyurar harakatni tashkil qilishga, bu esa yo’lovchi va turistlarning O’zbekiston Respublikasi hududining tarixiy joylari bo’ylab qulay va tez harakatlanishlariga imkon beradi.
«Sharq» firmali ekspress poezdi haqiqiy «Sharq ekspressi»ga aylandi. Ushbu tezyurar poezd O’zbekistonning uchta: Toshkent, Samarqand va Buxoro qadimiy shaharlarini birlashtiradi. 160 km/soat maksimal tezlikka etgani holda «Sharq» poezdi ikki chetki manzil (Toshkent - Buxoro, 616 km) orasidagi masofani tez va qulaylikni taminlab bosib o’tadi.
Turistik xizmatlarni yanada rivojlantirish va eksportini oshirish bo’yicha 2018-2021 yillarga mo’ljallangan birinchi navbatdagi chora-tadbirlar kompleksiga muvofiq «O’zbekiston temir yo’llari» AJ O’zbekiston Respublikasi ichida va xalqaro yo’nalishlarda «Ipak yo’li» bo’ylab maxsus turistik poezdlarni tashkillashtirish bo’yicha ish olib bormoqda. Turizm bo’yicha xizmatlar sohasini kengaytirish uchun «O’zbekiston temir yo’llari» AJ ning «O’ztemiryo’lyo’lovchi» AJ har yili Germaniyadagi «ITB», Ispaniyadagi «FITUR», Buyuk Britaniyadagi «WTM» va boshqa xalqaro turistik yarmarkalarda ishtirok etmoqda.
Ushbu rezerv va imkoniyatlarni o’rganish temir yo’l yo’lovchi tashuvi maqsadli bozorlariningchegaralirini etarlicha aniq belgilashga imkon berib, ularni o’zlashtirish esa korxonaning moliyaviy holatini ancha yaxshilashga yordam beradi.
Hozirgi kunda Toshkent shahridan Andijonga qarab yo’lovchi poezdi xarakati yo’lga qo’yilgan. Hozirgi paytda zamonaviy tezyurar poezdlar Toshkent-Andijon-Toshkent yo’nalishi bo’ylab kuniga ikki marta qatnamoqda, haftasiga ikki marta «Andijon-Buxoro-Andijon» va «Andijon-Urganch-Andijon» poezdlari qatnayapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |