16.2.Temir yo’l transportida yo’lovchilarga yordamchi xizmatlarni tashkil etish
Yo’lovchi tashishning daromadli emasligi yo’lovchi tashish korxonasida qo’shimcha zahiralarni izlab topishni talab etadi. Poezd bileti narxini oshirish hisobiga yo’lovchi tashish bilan shug’ullanuvchi kompaniyalarning moliyaviy holatini yaxshilashga erishish mumkin. Shu bilan birga aholining yangi zamonaviy turdagi xizmatlarga ya’ni kompyuter xizmatlari, Internet, yuridik va notarial xizmatlar, avtomobillar ijarasi, aloqa xizmati, turistik-ekskursiya xizmatlari, yo’lovchilar transferi, mexmonxonalardan nomer bronlash, boshqa turli xildagi yo’l xizmatlarini rasmiylashtirish kabilarga talabi paydo bo’lib boradi.
Shu sababli mutaxassislar yo’lovchilarning transport xizmatlariga, shuningdek qo’shimcha xizmatlarga bo’lgan talablarini to’laroq qondirish maqsadida vokzallarda doimiy ravishda yo’lovchilardan so’rovnomalar o’tkazib borishni masalahat berishadi. Yo’lovchilarga qo’shimcha xizmatlarni yaxshilash orqali daromadni oshirish maqsadida rivojlangan davlatlarda ushbu turdagi xizmatlarga katta e’tibo qaratiladi.
Ma’lumki qo’shimcha xizmatlar asosan vokzal majmualarida keng tarqalgan. Hozirgi servis markazlari jaxonning yirik vokzal majmualarida mavjud bo’lib turli xildagi xizmatlar tashkil qilingan. Temir yo’l vokzali hududidagi yordamchi xizmatlarni o’z navbatida asosiy va qo’shimcha xizmatlarga ajratish mumkin. Asosiy xizmatlarga:
Bilet-kassa xizmtalari (biletlarni kassa yoki bilet avtomatlar orqali sotish);
Axborot-ma’lumotxona xizmati (ma’lumotlar byurosi, elektron tablo, ovozli e’lon va x.k.);
Bagaj xizmati (bagajni o’lchash, tashish xujjatlarini rasmiylashtirish, bagajni upakovkalash, bagaj aravachalarini ijaraga berish va x.k.);
Yuklarni saklash (kamera xraneniya);
Kutish zali;
Sanitariya-gigiena xizmati ;
Turli kategoriyadagi fuqarolari uchun dam olish xonasi, vokzal kompleksi hududida mexmonxona xizmati;
Unutib qoldirilgan narsalar xizmati kiradi.
Qo’shimcha xizmatlarga esa:
Supermarket va magazinlar;
Ovqatlanish korxonasi, restoran;
Kinoteatr, ko’rgazma zali va konstert zali;
Turistik agentlik;
Mexmonxona;
Yuridik va moliyaviy xizmatlar;
Mayishiy xizmatlar (kiyim, payafzal ta’miri);
Taksi xizmati;
Avtomobillar va velosipedlarni ijaraga berish punkti kabilar kiradi.
Yordamchi xizmatlarning tashkil qilinganlik holatining xorijiy tajribasini ko’rib chiqamiz.
Rossiya Federestiyasida hozirgi kunda yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish va vokzal xizmatlarini tashkil qilish hamda sotish bilan temir yo’l vokzallari Direkstiyasi shug’ullanadi. Direkstiyaning tarkibida 16 ta mintaqaviy temir yo’l vokzallarining direkstiyasi mavjud. Direkstiyaga 348 ta klassdan tashqari va 1,2,3- klassga ega bo’lgan vokzallar kiradi. 2010 yilning 1 aprelidan boshlab Federal yo’lovchi direkstiyasi tarkibiga kiruvchi Federal yo’lovchi kompaniyasi mustaqil xo’jalik faoliyatini boshladi. Kompaniya faoliyatida oxirgi yillardagi xizmatlarni yaxshilashning yangi turi bo’lib autsorsing texnologiyasini olib borish siyosati hisoblanadi. Autsorsing konstepstiyasi bevosita faoliyat yo’nalishi hisoblanmaydigan xizmat turlari uchun xarajatlarni qisqartirish imkonini yaratadi. Shuni hisobga olib Rossiya autsorsing orqali sanitariya-gigiena xizmati, maxsus kamera-saqlash xizmati va biletlarni mijozning uyiga etkazib berish kabi xizmatlarni yo’lga qo’ygan. Undan tashqari 2015 yilda Rossiyaning Kursk vokzalida mayishiy kombinat ishga tushirilgan unda kir yuvish bilan birga poyafzal ta’miri ham bajariladi. 2014 yil 12 dekabrda S. Peterburgning Finlyandiya vokzalida bojsiz savdo qiluvchi magazin duty free tashkil qilindi va undan faqat Allegro poezdi yo’lovchilari foydalanishi mumkin. Ushbu magazin faqatgina yo’l chiptasi bo’lgan mijozlargagina xizmat ko’rsatadi.
Yaponiyaning transport kompleksi o’zida zamonaviy ilg’or texnologiyalar va texnikalar yig’indisini mujassam qilgan bo’lib bunga temir yo’l o’zining katta hissasini qo’shgan. Yaponiya temir yo’l kompaniyasining boshqa davlatlar temir yo’l kompaniyalaridan asosiy farqi tashiladigan yo’lovchilar soni va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy xayotidagi rolida, shuningdek transport kompaniyalar faoliyatining diversifikastiyalashuvidadir. Yaponiya yo’lovchi tashish xajmi bo’yichv birinchi o’rinni va yo’lovchi aylanmasi bo’yicha Hindiston va Hitoydan so’ng uchinchi o’rinni egallaydi[ internet]. Yaponiyada 160 dan ortiq tashuvchi kompaniyalar mavjud bo’lib shundan 30 tasi yo’lovchi tashishga ixtisoslashgan. Tokio vokzali eng yirik vokzal bo’lib u East Japan Railway Company operatoriga tegishli. Uning stanstiyalari juda yuklangan ya’ni bir kunda 4000 ta poezd qabul qiladi hamda jo’natadi. Vokzal majmuasi binonig birinchi qavati va er osti qismini egallaydi. Yo’lovchilarpga qulaydik yaratish maqsadida temir yo’l vokzalidan avtobus stanstiyasiga yoki metropolitenga o’tish bir biriga ulangan. Vokzalning o’tish qismida kafe, kinoteatr, magazinlar, garajlar, avtomobil turar joylari, ombor va texnik xizmat ko’rsatishga mo’ljallangan binolar joylashgan. Nagoya shaxrida joylashgan vokzal Central Japan Railway Company ga tegishli bo’lib u erda mazkur kompaniyaning shtab-kvartirasi joylashgan. Kompaniya asosan shaxar atrofi poezdlarini va Tokio va Osako o’rtasida qatnovchi tezyurar poezd faoliyatini boshqaradi. Vokzal binosida jahondagi eng yirik mexmonxonalar tarmog’i bo’lgan Marriottning mexmonxonasi joylashgan.undan tashqari binoning ko’pgina qismini ijaraga bergan.Kioto vokzali ham eng yirik vokzallar toifasiga kiradi va shaxar eng ko’p turistlarni o’ziga jalb qilishini hisobga olgan holda vokzal hududida mehmonxona joylashgan. Uning tarkibida savdo markazi, teatr, restoranlar va avtoturargohlar kiradi.
Germaniya respublikasida 90 yillardayoq “Vokzallar shaxarlarning jamoat hayoti markazi sifatida” deb nomlangan maxsus dasturini kiritgan edi. Ushbu dasturga binoan 300 tadan ortiq ovkzallar holati yaxshilandi va tartibga solindi.Ko’rgina vokzallarda qo’shimcha xizmatlar tarkibi oshdi va mavjud xizmatlarning sifati yanada yaxshilandi. Ularda avtomobillar va velosipedlar ijrasi xizmati, musiqiy va ko’ngil ochar tadbirlar, konstertlar, bayram shodiyonasi hamda ko’rgazmalar tashkil qilish yo’lga qo’yildi. Vokzalda mavjud bo’lgan xizmatlarning turlari va narxlari xaqida, servis markazi, uning ish vaqti, vokzalning joylashgan joyi va tuzilish rejasi xaqidagi ma’lumotlar maxsus Internet (www.bahnhof.de) saytiga joylashtirildi. Vokzal majmuasini va yo’lovchilar to’xtash bekatlarining texnik ekspluatastiyasi bilan “Nemis temir yo’llari”ning sho’’ba korxonasi DB Station&Servise shug’ullanadi. Vokzalning yo’lovchi stanstiyalari va to’xtash punktlari soni 5430 ta, vokzal binosi mavjud bo’lgan binolari 2400 ta, vokzallarning o’rtacha yoshi 85 yosh, yil davomidagi yo’lovchilar soni 1.8 mlrd. kishi, yillik tashrif buyuruvchilar soni 2.2 mlrd. kishi, xizmat ko’rsatuvchi personal soni 4800 kishi.
Xorijiy mamalakatlarda temir yo’l vokzallarining rivojlanganlik darajasini aniqlashga texnik va texnologik omillar asos bo’ladi.
Texnik omillarga quyidagilar kiradi:
Yangi lift, eskalator va travolator jixozlarini joylashtirishning zarurligi:
Servis xizmatlarini ta’minlovchi yordamchi binolarni joylashtirish zarurligi;
Vokzalning jismoniy imkoniyati cheklangan insonlar uchun maxsus jixozlanganligi;
Surdo tarjimali axborot tizimlarining mavjudligi;
Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish uchun xonalarning mavjudligi.
Texnologik omillarga esa:
Vokzalning ish texnologiyasining tezda o’zgarishlarga moslashishi;
Zamonaviy energiyatejmkor texnologiyalarning tadbiq etilganligi;
Chiqindilarni qayta ishlar va utilizastiya qilish texnologiyalarining tadbiq etilganligi.
Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda yo’lovchilarga ko’rsatiladigan xizmatlarga qo’yiladigan zamonaviy talablar asosan narx va sifat uyg’unligini ta’minlashdan iborat bo’lib iste’molchilarning talablariga ko’ra tashkil qilinadi. Bunda albatta ijtimoiy-iqtisodiy samaraga erishish ko’zda tutiladi. Yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish sifatini oshirishdan olingan ijtimoiy-iqtisodiy samara quyidagi ko’rsatkichlar yig’indisidan tashkil topadi: yo’lovchilarning “eshikdan-eshikkacha” xarakatlanish tezligi; tashish xavfsizligi; texnik vositalarning ishonchliligi; vokzallarda va yo’lda xarakatlanish davomidagi qulaylik va komfortabellik; transportdan foydalanish qulayligi (xarakat jadvali, chipta sotib olish vaqti hamda ma’lumotlar olish bo’yicha); foydalanuvchilar uchun qulaylik (hududiy belgilar bo’yicha, “tig’iz payt”da talabni qondirish imkoniyati); transport vositasi xarakatini tashkil qilish darajasi (poezdlarning xarakat chastotasi, kelish va jo’nash bo’yicha jadvalning aniq bajarilish); xizmat ko’rsatishning majmuaviyligi (qo’shimcha xizmatlarni taqdim qilish imkoniyati); xizmat ko’rsatuvchi personalning munosabati; transportning ekologiya talablariga mosligi; ma’lumotlar berish xizmati va xakozo.
Do'stlaringiz bilan baham: |