MTUning ishlab-chiqarish-ekspluatastiya ko’rsatkichlari
|
Ko’rsatkichlar nomi
|
O’lchov birligi
|
1.
|
Yuk jo’natish
|
Ming t.
|
2.
|
Yuk aylanmasi
|
Mln.tkm
|
3.
|
Yo’lovchi aylanmasi
|
Mln.pass.km
|
|
O’rtacha tashish masofasi
|
Km
|
|
Poezdning o’rtacha tarkibi
|
Vagon
|
|
Tranzit vagonlar
|
O’rt.sut.vag
|
|
Yuklar eksporti
|
Tonna
|
Vagon
|
|
Yuklar importi
|
Tonna
|
vagon
|
4.
|
Yuk tushirish
|
Vagon
|
5.
|
Ishchi parki
|
Vagon/sut
|
6.
|
Yuk vagoni aylanmasi
|
Sutka
|
7.
|
Mahalliy vagon aylanmasi
|
Sutka
|
8.
|
Tranzit vagonning turib qolishi
|
Soat
|
9.
|
1 yuk operastiyasida turish
|
Soat
|
10
|
Uchastka tezligi
|
Km/soat
|
11
|
Lokomotiv unumdorligi
|
Tkm.br
|
12
|
Poezdning o’rtacha og’irligi
|
Tonna
|
13
|
Mahalliy yuklar
|
Vagon
|
15.2. Mintaqaviy temir yo’l uzelining ishlab chiqarish tuzilmalari
Lokomotiv deposi
Deponing asosiy faoliyati yuk va yo’lovchi tashish hamda xo’jalik ishlarida mashg’ul bo’lgan poezdlarni texnik jixatdan soz lokomotivlar bilan ta’minlash, texnik bekatlarda manevr ishlarini bajarish va poezdlarni tortish vositalarini ta’mirlashdan iborat. Depoda lokomotivlarni belgilangan turdagi joriy ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko’rsatish ishlari olib borilishi bilan birga, lokomotiv brigadalari, lokomotivlarni ta’mirlovchi chilangarlar va boshqa toifadagi ishchilar jamlanadi, shuningdek depodagi ishlab chiqarish va xizmat – dam olish binolarini risoladagidek saqlab turish ishlari olib boriladi. Depoda ekipirovka va ombor xo’jaligi, lokomotivlarga texnik xizmat ko’rsatish punktlari va lokomotiv brigadalari shtablari mavjuddir.
Ixtiyorida lokomotivlar parki va ularga xizmat ko’rsatish qurilmalari kompleksiga mavjud bo’lgan lokomotiv deposining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: tashish jarayonini to’liq va uzluksiz ravishda texnik soz lokomotivlar bilan ta’minlash va ularga barcha xarakat yo’nalishlarida xizmat ko’rsatish; poezdlar harakatlanish jadvaliga so’zsiz amal qilish; teplovozlar xolatini yaxshilash, ularning unumdorligini oshirish; belgilangan ko’rsatkichlarni va me’yorlarni bajarish; texnik taraqqiyotga asoslangan holda ishlab chiqarish va moliyaviy resurslardan foydalanish jarayonida ularni tejash tamoyillariga qat’iy amal qilish va boshqalar.
1-chizma. Lokomotiv deposining asosiy vazifalari
Vagon deposi
Vagon depolari vagon xo’jaligining asosiy korxonasi hisoblanadi va bevosita Mintaqaviy temir yo’l uzeliga bo’ysinadi. O’z vazifasiga ko’ra ular yuk, yo’lovchi va refrijirator vagon depolariga bo’linadi. Belgilangan ish hajmini bajarish uchun vagon depolari asosiy fondlar va aylanma vositalari bilan ta’minlanadilar. Vagon depolarining asosiy fondlari temir yo’lning asosiy ishlab chiqarish fondlarining umumiy miqdoridan 15 % ga tashkil etadi va o’z ichiga quyidagilarni oladi: binolar, inshootlar va uzatish qurilmalari; kuchli ish mashinalari va jihozlar; transport vositalari; instrumentlar, o’lchov asboblari, ishlab chiqarish va xo’jalik inventar va boshqa asosiy fondlar. Yo’lovchi vagon depolarida barcha asosiy fondlarning deyarli yarmi hisobda turadigan yo’lovchi vagonlarning narxiga to’g’ri keladi. Vagon depolarida asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini oshirish avvalo qurilmalar va majmuaviy mexanizastiya vositalaridan unumli foydalanish, eskirgan qurilmalarni modernizastiyalash va almashtirish, ishlab chiqarish maydonlari hamda transport vositalaridan oqilona foydalanish hisobiga ta’minlanishi kerak.
Vagon deposining ekspluatastion faoliyatini tavsiflaydigan hajm ko’rsatkichlariga quyidagilar kiradi:
jo’natilgan va stanstiya orqali o’tgan yuk vagonlar;
joriy ta’mirdan o’tgan konteynerlar;
stanstiyalardagi (TXP) ko’rikdan o’tadigan vagonlar;
yuk ortirilgan va tushirgan yuk vagonlarining soni;
yuk vagonlarining vagon–kilometrlari;
elementlarni almashtirish bilan g’ildirak juftlarini ta’mirlash;
temir yo’l bo’limi vagon deposining ekspluatastion faoliyati ko’rsatkichlaridan tashqari maxsus tashishlar uchun jihozlanadigan va qayta jihozlanishi kerak bo’lgan yuk vagonlarining soni;
yuvish va parlanishi kerak bo’lgan stisternalar (yuvish–parlovchi korxonalar uchun).
Har bir depo uchun ishning hajm ko’rsatkichlari ular bajaradigan funkstiyalarga bog’liq holda belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |