Biogumusning foydaliligiga qarab oʻsimliklar quyidagicha guruhlanadi:
Yuqori darajada foydalanadi, hosili uglevodlarga boy Bu guruhga kartoshka, sabzi, lavlagi, mevalar kiradi. Ular ning hosili 35% gacha ortgan; Biogumusni yaxshi oʻzlashtiradi. Bu guruhga barcha galla Oʻsimliklari kirib, ularning xosili 25% gacha oshadi. Biogumusni oʻrtacha oʻzlashtiruvchi oʻsimliklarga barcha dukkaklilar kirib, ularning hosili 15% gacha koʻpayadi; Biogumusni kam oʻzlashtiruvchi oʻsimliklarga yog’ va efir moy beruvchilar kiradi va h.k.
Chuvalchanglar tomonidan 1 t organik chiqindilar qayta ishlanganda (quruq modda hisobida) 600 kg biogumus, kolgan 400 kg dan yukori sifatli 100 kg chuvalchang massasi koʻrinishdagi oqsil hosil boʻladi. Biogumusning agroekologik xususiyatlari quyidagilardan iborat: - Qishloq xoʻjalik ekinlarining oʻsishi, rivojlanish va hosildorligi boʻyicha biogumus organik oʻgitlardan yuqori turadi; Biogumusdagi ozuqa elementlari organik formada boʻlib, yuvilib ketishdan saqlanadi; Biogumusdagi ozuka elementlari oʻsimliklar tomonidan tez oʻzlashtiriladigan formada va zarur elementlarga ega; Biogumusdagi muhim qulay boʻlib, o’simliklar rivojlanishini taʼminlaydi;
Biogumus yuqori buferlik xususiyatiga ega boʻlib, ortiqcha tuzlarning toʻplanishi kuzatilmaydi; Biogumus bor joyda foydali mikrofloralari bo’lib, ular tuproqda ozuqa elementlarini koʻpaytiradi va muhitni sanitar holati yaxshilanadi; Biogumus bilan ekin maydonlariga begona oʻtlar urug’lari tushmaydi;
Biogumusning tarkibi uning ozuqaligi, oʻsimliklarni barqaror oʻsishini taʼminlaydi, ularda turli kasalliklarga chidamlilik yuzaga keladi. Qishloq xoʻjalik hayvonlarining ozuka ratsionisa 1 % chuvalchanglar biomassasi qoʻshilganda 3,5 oy ichida tovuqlarning tuxum qilishi 20%, sigirlarning suti esa 22% oshgan. Demak, chuvalchanglar biomassasi qishloq xo’jalik hayvonlari mahsuldorligini ko’paytiradi va sifatini yaxshilaydi. Qishloq xo’jaligida chuvalchanglardan foydalanish bu chiqindisiz texnologiya bulib, anaerob sharoitda chorvachilik majmualarini ishlatishdan iborat. Buning uchun chuvalchanglarni ochiq va yopiq joylarda ko’paytirish mumkin. Buning uchun vermikulturaning 3 ta turi keng foydalaniladi, yaʼni Eiseia foetida, Combricus rubellus va qizil gibrid.
Chuvalchanglarni ko’paytirish texnologiyasi: 2 m uzunlik, 1 m zni. 0,4-0,6 m balandlikdagi lotoklar; xar bir lotokka yiliga 1,0-1,2 t organik massa solinadi. Shu joyda 50-100 ming chuvalchanglar vakillari (yoshi, balogʻatga yetgani, tuxumli pillala ri) boʻlib, har bir 1 m² dagi kalinlik 1,5-2,0 ming dan 10-12 ming gacha boʻlishi kerak. Shu yerdagi muhit ularning yashash joyi boʻlsa, ikkinchidan rivojlanish uchun ozuqa manbaidir. Ozuqa muhiti yarim suyuq, yaxshi maydalangan (1 mm gacha), yaxshi isitiladigan boʻlishi kerak.
Ozuqaga poliz va meva-sabzavot qoldiqlari qoʻshilsa (10%). uning sifati yaxshi boʻladi. Ozuqa muhiti bir xil va yaxshi aeratsiya. S:N turi nisbatdan boʻlishi kerak, undan tashqari ozuqa uchun ishlatilayotgan organik moddada sellyuloza miqdori 20 25% dan kam boʻlmasligi va 25-30% protein boʻlishi ham kerak. Agar muhitdan chuvalchanglar chiqa boshlashsa, unda substrat vermikultura uchun noqulay muhitni tekshirish va qaytadan yaratish kerak. Muhitdagi organik moddalar (go’ng)ni chirishiga qaraganda chuvalchanglar yordamida 2-3 barobar tez chiriydi.
Vermikulturada turli chiqindilar (oʻsimlik qoldiqlari, gung) bir joyga toʻplanadi, suv sepib namlantirib chirishga koldiri ladi, 1-1,5 oydan keyin qizigan massaga chuvalchanglar (1 m2 ga 1 ming dona) tashlanadi va 3-4 oydan keyin kompost tayyor buladi. Shunday kilib, turli chiqindilarni vermikultura yordamida qayta ishlash va foydalanish natijasida qishloq xo’jalik yerlarining ozuqa moddalar bilan boyitishga ketadigan xarajatlar kamayadi, tuproqning fizikaviy tuzilishi, kimyoviy tarkibi va biologik xususiyati yaxshilanadi, yuqori va ekologik toza hosil olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |