Qishloq xoʻjalik ekinzorlari tuprogʻi muhofazasining choratadbirlari
Maʼlumki, tuproq million-million yillar davomidagi iqlim omillari va tirik jonzotlar hamjihatligining mahsulotidir. Sayyoraning eng bebaho boyligi tuproq xisoblanadi. Turli xil tuproqlarni muhofaza qilishning chora-tadbirlari quyidagilardan iborat, yani
1) Tuproq melioratsiyasi chora-tadbirlari: yerni yaxshi tekislash, togʻ yonbagʻirlar va adir tepaliklardagi yerlarni koʻndalang haydash, sugʻorish yoʻllarini takomillashtirish, yer osti suvlari sathini pasaytirish yoʻli bilan tuproqning shoʻrlanish jarayonini yoʻqotish, botqoqlarni quritish, qurgʻoqchilik tumanlarda ihotazorlar-daraxt butazorlar tashkil etish, juyaklarni shamol yoʻnalishiga parallel qilib olish, tok yonbagʻirlarida terrasalar ochib, zinapoyali qilib oʻzlashtirish, daraxtlar ekish.
2) Tuproqning fizikaviy, kimyoviy, biologik holatlari va xususiyatlarini yaxshilash uchun almashtirib ekishni keng kullash, organik oʻgʻitlardan foydalanish, mineral va zaxarli moddalarni ishlatishni cheklash, biologik me zonlarda foydalanish, nordon tuproqlarga ohak solish, tuproqqa vaqtida ishlov berish, tuproq strukturasi buzilishiga olib keladigan ogʻir texnikadan foydalanmaslik va x.k.
3) Sanoat, turar-joy, kanal, ferma va boshqa qurilishlarga qishloq xoʻjalikka yaroqsiz, noqulay yerlardan ajratish bilan unumdor va foydali yerlar maydonini saqlab qolish.
4) “Sanoat choʻllari”, kon-qazilma chiqindilari tashlangan joylarni tiklash va foydali yerlar xisobiga kiritish. Turli geologiya qidiruv ishlari va qurilishlarida tuproqning unumdor qatlamini saqlash, buzilgan yerlarni shu tashkilotlar xisobiga tiklash, rekultavatsiya qilish, tabiiy xolga keltirishni tegishli tashkilotlar (oʻrmon xoʻjaligi, chorva va qishloq xoʻjaligi)ga topshirish.
5) Yerdan foydalanishdan OON, YUNESKO va Turkiston xududidagi Jumhuriyatlar qarorlariga («Yer qonunchiligi asoslari) rioya qilish, yerdan xar bir inson xar bir tashkilotona foydalanish, tabiiy yer boyliklariga zarar keltirmasligi, undan olinadigan hosil ekologik toza boʻlib,
Maʼlumki, Yer yuzidagi xamma tirik organizmlar oʻzlarining sonini koʻpaytirishga va shu songa yarasha ko’proq maydonni egallashga harakat qiladi. Shuning natijasida tuproq yuzasidagi qatlam qalinlashadi. Oʻsimlik va hayvonlar kolligi koʻpayadi va gumus hamda boshqa bioelementlar miqdori ortib boradi. tuproqning xosildorlik darajasi oʻsadi. Xar bir tonna gumusda 5 mln. kkal energiya toʻplanadi. Qora tuproq yerlarning har bir gektarida 500-600 t gumus bor. Ming ming yillardan beri shu gumusdagi energiyalar sarflanmasdan saqlanib turibdi. Shuning uchun ham qora tuproqli yerlarda sugʻormasdan xam yuqori xosil olishga erishilgan. Masalan, qora tuproq xududida joylashgan V.V. Dokuchayev nomidagi ilmgox xodimlari qurgʻokchilik yillari ham har bir gektardan 40 50 s bugʻdoy, 70-120 s makkajoʻxori hosilini olganlar.
1990-yillari Sobiq Ittifoqning har bir kishisiga bir tonnadan gʻalla kerak edi. Yaʼni, yiliga 275-300 mln. aholiga 275 300 mln. t gʻalla zarur boʻlgan. Lekin 1991-1992-yillar gʻallaning tanqisligi sezilib qoldi, koʻp joylarda yetarli miqdorda xosil olinmadi. Bunga qurgʻoqchilik va yetishtirilgan hosilni vaqtida yigʻib ololmaslik sabab boʻldi. Seliksionerlar tomonidan qishloq xoʻjalik ekinlarining (bugʻdoy, paxta, sabzi, kartoshka va bosh.) hosildor navlari yetishtirilgan. Masalan, bugʻdoy va makkajo’xorining yangi navlari sugʻorilmaydigan yerlarda 50-650 va 70-80 s/ga hosil bersa, sugʻoriladigan yerlarda 70-85 va 100-115 s/ga hosil beradi. Lekin qishlok xoʻjalik ekin maydonlaridan olinadigan xosil yerning potensial imkoniyatidan 3-3,5 marotaba past.
Bunga sabab:
1) qora tuproq (va boshka tuproqlar ham) oʻzidagi gumusni bundan 100-yil avvalgiga nisbatan ikki marta yoʻqotdi;
2) Koʻp yerlarga doim bir xil qishloq xoʻjalik ekini (monokultura) ekish natijasida tuproqda turli zaxarli (biologik va kimyoviy) toksinlar, moddalar toʻplandi. Ular tuproqni zaxarlaydi, natijada tuproq oʻzini oʻzi boshqarish qobiliyatini yoʻqotadi va xosildorlik pasayadi.
3) ekin maydonlarining rejasizlarcha sugʻorish natijasida tuproqning hosildor qatlami yuvilib ketdi, yerlarni sho’r bosdi, 3-7, 10-25 m kenglikda chuqurlar jarliklar hosil boʻldi. ekin maydonlarining hajmi kamaydi, yerni tekislashga koʻplab xarajatlar ketdi va x.k.
Filipp Sen-Mark xisobi buyicha, biosferada 83-85 mlrd. t organik modda, shundan 30 mlrd. t si dengiz va okeanlarda xosil boʻladi. Boshqacha qilib aytganda, faqat oʻsimliklar olami xar yili oʻrtacha 180 mlrd. t biomassa xosil qiladi hamda ularning Fotosintez jarayonida 300 mlrd. t kislorod ajratiladi. O’simliklar muhitdan 30 ming km suvni yutadi va bugʻlanib tabiatga chiqaradi, oʻsimliklar xosil qilgan organik moddalar insonlarga ozuqa boʻlsa, ajratilgan kislorod bilan nafas oladi. Yer yuzida 6,6 mlrd. gektar ishlovga yaroqli yerlar bor. Shulardan 510 mln. gektari tropik xududda, 1,53 mlrd.ga mutadil xududda, qolgan maydonlar boshqa hududlarga toʻgʻri keladi. Shu har bir gektar yerdan chiqadigan hosil inson xayoti uchun zarur boʻlgan. Oʻzbekistonning umumiy maydoni 47,4 mln.ga, shundan 4,5 mln.ga ekin ekiladi.1994-95 yillari 135 ming yerga bugʻdoy ekiladi, 2,5-3 mln.t hosil olindi
Tarixiy maʼlumotlarga koʻra, shu kungacha sayyorada taxminan 80 mlrd. kishi yashagan yoki 20 ming avlod boʻlib, har bir avlodning oʻrtacha yoshi 30 yil. Umumiy insonlar sonidan 3,6 mlrd. kishi keyingi 5-6 ming yillar ichida bulgan urushlarda oʻlgan. Eramizning boshida 200-250 mln. kishi yashagan. Asrning oʻrtalarida (taxminan 1000-yillarda) 250-300 mln., 1850-yillari 1171 mln., 1900-yili 1608 mln., 1978-yili 4100 mln., 1990-yili 5,2 mlrd. kishi yashagan. Hozirgi kunda sayyorada taxminan 6,4 6,5 mlrd. axoli bor. Keyinchalik axoli soni 8 mlrd. dan ortishi kutilmokda. Iqtisodchilarning hisobiga koʻra, bir kunda bir kishiga oʻrtacha 630-750 g (2410 kal) bugʻdoy yoki yiliga 200-274 kg bugʻdoy kerak ekan. Bu hisobdan shu narsa kelib chiqadiki, har bir dexqon gektaridan 5 t bugʻdoy xosili olib, 15-17 shaharlik xizmatchilarni ozuqa bilan taʼminlashi kerak. BMTning bergan maʼlumotlariga ko’ra, sayyoraning foydali yerlariga zamonaviy agrotexnika bilan ishlov berilsa, Yer yuzida 10 mlrd. axoli yashashi, xattoki oʻrtacha taʼminot bilan 40 mlrd. axoli yashashi mumkinligi qayd qilingan. Dunyo boʻyicha 1980-yili 443 mln. t bugdoy (Xitoysiz), 397,5 mln. t guruch, 394,2 mln.t makkajoʻxori, 227,3 mln. t kartoshka, 46,6 mln. t mol goʻshti, 55,7 mln. t qoʻy goʻshti, 55,3 mln. t choʻchqa goʻshti yetishtirilgan. Dunyo okeani esa 90 mln. t baliq maxsuloti bergan, agar organizmlar sunʼiy yoʻl bilan koʻpaytirilsa, okeandan 200 mln. t baliq, mollyuska, suvoʻtlar maxsulotini olish mumkin.
Xar bir odam bir oyda o’zining ogʻirligiga teng ozuqa qabul kilishi kerak. Shunday qilib, Yer yuzidagi tuproqning fizikaviy, kimyoviy va biologik xislatlari insonlar hayot-faoliyatlari uchun hosil, ozuqa yetishtirib beradigan xazinadir. Tuproq oʻzining hosildorligi bilan biosferaning boshqa elementlaridan ajralib turadi. Tuproqning tabiiy hosildorligi iqlim omillari va oʻsimlik xamda xayvonlar taʼsirida yuzaga kelsa, sunʼiy xosildorlik insonlar faoliyatining tuproqqa taʼsiridan hosil boʻladi. Tabiiy hosildorlik, juda uzoq vaqtlar davomida foydali mineral va organik elementlarning tuproq yuzasida toʻplanishida, havo, namlik va haroratning ijobiy taʼsiri natijasida oʻsimliklar biologik massasi yuqori bo’lib, ularning foydali organik moddalar hosil qilish imkoniyatlari xam katta boʻladi.Sunʼiy yoʻl bilan xosildorlikni oshirishda yerga ozuqa moddalar (turli mineral va organik oʻgitlar) beriladi, nordon tuproqlarga ohak berib, botqoq joylar quritiladi, koʻproq joylar sugʻoriladi va h.k. Sunʼiy yoʻl bilan hosildorlikni oshirish tuproqdagi tabiiy moddalarning borligi va insonning tuproqqa qanday ishlov berishiga bogʻliqdir. Tuproqning hosildorligi ekologik omillarning optimal boʻlishi va shu holda Oʻsimlikka tasir etishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |