I. Ishlab chiqarish hisoblamasi
Foydalanish
|
Resurslar
|
Oraliq iste’mol
Yalpi qo'shilgan qiymat (1-2)
|
1. Ishlab chiqarish
|
Jami foydalanilgan
|
Resurslar jami
|
Iqtisodiyotning har xil sektor va tarmoqlarda har xil usullarda hisoblangan ishlab chiqarish hajmi bir-biridan farq qiladi. Masalan, nomoliyaviy sektorda ishlab chiqarish hajmi quyidagi formula bo'yicha hisoblanadi:
P=R+S;
bunda, P — ishlab chiqarish;
R — sotilgan mahsulot hajmi;
S — ishlab chiqarilgan, lekin sotilmay qolgan tayyor mahsulotlar zaxiralarining ortishi, bunga tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig‘i ham qo'shiladi.
Sotilmay qolgan tayyor mahsulotlar zaxirasining ortishi quyidagi formula bo‘yicha hisoblanishi mumkin:
S=Si-So;
bunda, Si — davr oxirida zaxiralar qiymati;
So — davr boshidagi zaxiralar qiymati.
Aytish lozimki, MHTda quyidagi muhim qoidaga rioya qilinadi: tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarilgan vaqtidagi baho bilan baholanadi, sotilgan vaqtidagi baho bilan emas. Yuqori inflatsiya mavjud bo‘lgan davrda bunday farq juda yuqori bo‘lishi ham mumkin.
Mahsulot ishlab chiqarish vaqtidagi baho bilan baholash maqsadida MHTda zaxiradagi tayyor lekin sotilmay qolgan mahsulotlarni yuqori inflatsiya davrida baholash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
S1=L-M
bunda, L — tovarlarni zaxiraga qo‘yish vaqtidagi baho bilan baholangan mahsulotlar qiymati;
M — tovarlarni zaxiradan olish vaqtidagi baho bilan baholangan mahsulotlar qiymati.
Bank muassasalarining ishlab chiqarish hajmi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
R=Ti-T0
bunda, R — banklarning ishlab chiqarish hajmi;
Ti — mablag‘lami jalb qilgani va joylagani uchun
xaridorlaming banklarga toMagan foizlari;
To — banklar tomonidan ozod moliyaviy resurslarni jalb etgani uchun banklarning xaridorlarga to‘lagan foizlari.
Demak, banklar resurslarni saqlovchilar bilan investorlar orasidagi vositachi rolini o‘ynaydilar. Aytish lozimki moliyaviy vositalarning ishlab chiqarish hajmiga xaridorlaming quyidagi xizmatlar uchun to‘lovlari: boyliklarni seyflarda saqlash, inves- titsiyalash bo‘yicha berilgan maslahatlar, valuta almashtirish va h.k. ham qo‘shiladi.
Sug‘urta kompaniyalar mahsulot hajmi quyidagicha aniqlanadi:
P=R-K+Q-N
bunda, R — sug'urta kompaniyalarga to‘langan sug‘urta mu- kofotlari;
К — sug'urta kompaniyalari to'lagan sug‘urta toMovlari;
Q — sug‘urta kompaniyalari tomonidan texnik zaxira- larni qimmatbaho qog‘ozlarni va boshqa moliyaviy mab- lagTami investitsiyalashdan olingan foizlar;
N — sug'urtalangan texnik zaxiralar hajmining ortishi.
Oraliq iste’mol — ishlab chiqarish jarayonida sarflangan tovar va xizmatlar qiymati, masalan, ishlab chiqarishda sarflangan xomashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya, asbob- uskunalar qiymati, shuningdek, reklama agentliklari, yuridik konsultatsiyalar, transport agentliklari va h.k. xizmatlari uchun to'lovlar va h.k.
Imoratlar, uskunalar va mashinalar ijarasi uchun to‘lovlar ham oraliq iste’molning muhim moddasi hisoblanadi. Lekin asosiy kapital iste’moli oraliq iste’mol hisoblanmaydi. Oraliq iste’mol qiymati oxirgi foydalanish bahosida hisoblanadi va unga barcha savdo-transport ustamalari ham qo‘shiladi.
Shunbqayd qilish lozimki, oraliq iste’mol sotib olingan vaqtidagi baho bilan emas, balki ishlab chiqarishda foy- dalanilgan vaqtdagi baho bilan o'lchanadi. ~
Do'stlaringiz bilan baham: |