2. Asosiy hisoblamalar va kategoriyalar.
Milliy hisoblama (schet) deb iqtisodiy jarayonlar ustidan makrodarajada nazorat qilish maqsadida iqtisodiy operatsiyalarni tavsiflab, tovar va xizmatlar, daromad va xarajatlar oqimlari haqidagi ma`lumotlar asosida agregatlashgan makroiqtisodiy ko`rsatkichlarni olish usuliga aytiladi. Shakl jihatidan u buxgalteriyadagi hisoblamalarga o`xshaydi va T-simon ko`rinishga ega.
Odatda hisoblamalarning o`ng tomoni “resurslar”, chap tomoni esa “foydalanish” deb ataladi va ularda tegishli ma`lumotlar yoziladi. Har bir hisoblamada resurslar va ulardan foydalanish tomoni bir-biriga teng bo`lishi lozim. Ularni balanslashtirishning ikkita usuli bor. Ko`pchilik hisoblamalarda bu amal balanslashtiruvchi modda - saldo ko`rsatkich yordamida bajariladi, so`ngra bu ko`rsatkich keyingi hisoblama resurs qismida boshlang`ich modda bo`lib xizmat qiladi. Ayrim hisoblamalar esa tabiiy holda balanslashadi, ya`ni resurs va foydalanish tomonlarida qayd qilinadigan iqtisodiy oqimlar tabiati ularning jamlari mohiyat jihatidan bir-biriga teng muvozanatda bo`lishini taqozo etadi. Bunday hisoblamalar kategoriyasiga misol qilib, “tovar va xizmatlar” deb ataluvchi nolinchi hisoblamani ko`rsatish mumkin. Tovar va xizmatlar ryesurslari va ularni turli maqsadlar: istye`mol, jamg`arish va h.k. uchun foydalanish jarayonini aks ettiradi. O`z-o`zidan ravshanki, bu holda balanslashtiruvchi modda bo`lmaydi, chunki ma`lumotlar to`liq va aniq bo`lsa, hisoblama avtomatik ravishda balanslashadi. Ammo uyg`unsizlik, o`zaro tyenglik kuzatilmasa, bu hol ma`lumotlarda statistik xatolar mavjudligidan darak byeradi.
MHDda hisoblamalar turli jihatdan tasniflanadi. Ular quyidagi guruhlardan tarkib topadi:
-iqtisodiyot sektorlari uchun hisoblamalar;
-iqtisodiyot tarmoqlari uchun hisoblamalar;
-ayrim iqtisodiy operatsiyalar uchun hisoblamalar;
-umumiy iqtisodiyot uchun hisoblama (konsolidirlashgan hisoblamalar);
Iqtisodiyot sektorlari uchun hisoblamalar o`z navbatida quyidagi guruhlarga bo`linadi:
-joriy hisoblamalar;
-jamg`arish hisoblamalari;
-aktiv va passiv balanslari;
Joriy hisoblamalar quyidagilarni o`z ichiga oladi:
-ishlab chiqarish hisoblamasi –s.1;
-daromadlarni hosil qilish hisoblamasi –s.2;
-daromadlarni birlamchi taqsimlash hisoblamasi –s.3;
-pul shaklidagi daromadlarni qayta taqsimlash hisoblamasi –s.4;
-pulda ifodalangan ixtiyordagi daromadlardan foydalanish hisoblamasi –s.5;
-natural daromadlarni qayta taqsimlash hisoblamasi –s.6;
-tuzatish kiritilgan ixtiyordagi daromaddan foydalanish hisoblamasi –s.7.
Jamg`arish hisoblamalari quyidagilardan iborat:
-kapital bilan operatsiyalar hisoblamasi –s.8;
-moliyaviy hisoblamalar –s.9;
-aktiv va passivlardagi boshqa o`zgarishlar hisoblamasi –s.10:
-aktiv va passivlarni qayta baholash hisoblamalari –s.11.
Aktiv va passivlar balanslari quyidagilarni o`z ichiga oladi:
-aktiv va passivlarni boshlang`ich (davr boshiga) balansi;
-hisobot davri mobaynida aktiv va passivlar balansidagi o`zgarishlar;
-yakuniy (davr oxiriga) aktiv va passivlar balansi.
Hisoblamalarda jamlama iqtisodiy operatsiyalar qayd qilinadi.
Bulardan tashqari MHT-93 tarmoqlararo bog`lanishlarni tasvirlaydigan va V.Leontivning autput-imput (ishlab chiqarish-xarajatlar) jadvalini (balansini) va “boshqa davlatlar” hisoblamalarini o`z ichiga oladi. Iqtisodiy operatsiya va oqimlar ikki jihatdan - real va moliyaviy jihatdan qaraladi. Birinchi xolda nima ishlab chiqarilishi, ikkinchisida esa - pul shaklida nima o`z ifodasini topishi va bozorda qanday to`lov vositalari yordamida ayriboshlanishi nazarda tutiladi. Iqtisodiy operatsiyalar tahliliga bunday yondashish keyinchalik xalq xo`jaligida moddiy va moliyaviy oqimlar harakatini chegaralash va o`rganish imkonini beradi.
Operatsiyalar bajaradigan funksiyasiga qarab joriy va kapital operatsiya(oqim)larga bo`linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |