13- mavzu: O’zbekiston milliy hisoblar tizimi – iqtisodiy statistikaning uslubiy negizi (4-soat)


Milliy hisobchilik – iqtisodiyot samaradorligi statistikasining uslubiy asosi



Download 45,54 Kb.
bet2/18
Sana31.12.2021
Hajmi45,54 Kb.
#236088
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
3xbyAr1MKQwRvZEGH0vEBrlvuVBvOAsf

1. Milliy hisobchilik – iqtisodiyot samaradorligi statistikasining uslubiy asosi

MHT — jahonning barcha mamlakatlarida qo‘llanila- yotgan makrodarajadagi bozor iqtisodiyotining holati va un­ing rivojlanishini o'rganishda foydalaniladigan zamonaviy ax- borotlar tizimi bo‘lib hisoblanadi. Bu tizimning ko'rsatkchilari va tasniflari o‘zida bozor iqtisodiyoti tarkibini, uning institutlari va faoliyat mexanizmini aks ettiradi. MHT davlatni boshqaruvchi organlar tomonidan bozor iqtisodiyo- tini tartibga solish maqsadida 1953-yildan boshlab, faqat rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda qo‘llanilgan bo‘lsa, hozirgi kunda 150dan ortiq mamlakatlarda qo‘llanilmoqda.

MHTda buxgalteriya hisobining ba’zi muhim jihatlari (masalan, operatsiyalami ikki yoqlama yozish prinsipi)dan foydalaniladi va uning maqsadi ko‘p jihatdan buxgalteriya hi­sobining maqsadlariga mos tushadi: boshqaaiv qarorlarini qabul qilish uchun informatsiya bilan ta’minlanadi. Lekin buxgalteriya hisobidagi ma’lumotlar korxona (kompaniya) da- rajasidagi qarorlami qabul qilish uchun foydalanilsa, MHTda esa butun mamlakat iqtisodiyoti bo'yicha qaror qabul qilish uchun foydalaniladi. Shuning uchun u ma’lum darajada butun iqtisodiyotning buxgalteriya hisobi hisoblanadi.

«Milliy hisoblar» tushunchasi bundan 50 yilcha awall gollandiyalik iqtisodchi V.Kliff tomonidan tavsiya etilgan. V.Kliff «Miiliy hisoblar» deyilganda buxgalteriya hisobi va balanslardan iborat jadvallar tizimini tushungan va ularda makrodarajadagi iqtisodiyotni tartibga soluvchi yozuvlar o‘z aksini topgan.

MHTni rivojlantirishda Dj.Keyns katta hissa qo‘shgan va u MHTni o‘zaro bog‘langan ko‘rsatkichlar tizimi sifatida qaragan (daromad, iste’mol, jamg‘arish) va uning ma’lumotlari davlat organlari tomonidan iqtisodiy siyosatni amalga oshirish va bozor iqtisodiyotini tartibga solish uchun amalga oshiriladigan ishlarni belgilab olishda foydalanilgan.

Hozirgi zamon iqtisodiyotida har xil iqtisodiy operatsiyalar amalga oshiriladi: korxonalar xomashyo va materiallar sotib oladilar, har xil mahsulotlar ishlab chiqaradilar, xodimlarga ish haqqi va davlatga soliqlar to‘laydilar, banklardan qarzlar oladi­lar, bo‘sh qolgan mablag‘larni mashina va uskunalarga inves- titsiya qiladilar va h.k. Iqtisodiy jarayonlarda korxonalardan tashqari quyidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar, masalan, moliyaviy tashkilotlar (banklar, investitsion fondlar, sug‘urta kompaniyalari va h.k.), davlatni boshqaaiv organlari, uy xo‘jaliklari, har xil notijorat tashkilotlar (kasaba uyushmalar, siyosiy, diniy tashkilotlar va h.k.) ham qatnashadilar. Ular ham tovar va xizmatlar, pullar, kreditlar, aksiyalar va boshqa moliyaviy vositalar bilan har xil operatsiyalami amalga oshiradilar. Bundagi barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘zaro birgalikda faoliyat olib boradilar, yangi qiymat yaratish jarayonida tovarlar, xizmatlar va aktivlar bilan almashadilar. Iqtisodiyotda yuz berayotgan hodisalarni va iqtisodiy jarayonlarning muhim natijalarini bilish maqsadida awalo xo‘jalik yurituvchi subyektlar haqidagi ma’lumotlarni, ular amalga oshirgan operatsiyalari, ularning aktiv va passivlari haqidagi ma'lumotlarni tartibga solish lozim bo‘ladi. Bunday tartibga solish MHT doirasida maxsus qoidalar va jarayonlar asosida amalga oshiriladi. Ularning maqsadi: makrodarajadagi iqtisodiyotning holati va rivojlanishini yoritish, muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar: yalpi ichki mahsulot, oxirgi foy­dalanish, investitsiyalar, jamg‘arish, ixtiyordagi daromad va ular orasidagi bog‘lanishlarni bilish va h.k. Bunday tartibga keltirish natijasida olingan ma’lumotlar quyidagi ishlarni amalga oshirishda qollaniladi:


  • davlat boshqaruv organlari tomonidan makroiqtisodiy siyosatni amalga oshirish uchun;

  • korxonalar va kompaniyalarni boshqarayotgan tad- birkorlar va biznesmenlar tomonidan mamlakatdagi umumiy makroiqtisodiy holatni o'rganish uchun;

  • xalqaro tashkilotlar (BMT, XVF, Jahon banki, OESR) tomonidan xalqaro iqtisodiy bitimlarni tuzishda (masalan, mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishida yordam ko‘rsatish, kreditlar berish va h.k.).

Xalqaro tashkilotlar faqat MHTdagi muhim iqtisodiy ko'rsatkichlarni yig'ishi bilan emas, balki ular MHTning nazariyasi va metodologiyasi bilan, xalqaro andozalarini ish­lab chiqarish bilan shug'ullanadilar. Hozirgi vaqtda shunday andozalar sifatida BMTning statistik komissiyasi tomonidan 1993-yilda ishlab chiqarish andozalari qo‘llanilmoqda.

MHTni o‘z funksiyasini to‘liq bajarishi uchun «iqtisodiy ishlab chiqarish» chegarasini, ya’ni YalM va milliy daro- madni yaratish qayerda, qanday chegarada amalga oshirilay- otganini bilish nihoyatda muhim hisoblanadi.

Ma’Iumki, bunday chegara ishlab chiqarish kuchlarini rivojlanishi natijasida o‘zgarib boradi. Bunday chegarani aniqlashda quyidagi iqtisodchi olimlarning: F.Kene, A.Smit, K.Marks, A. Marshall va boshqalarning ilmiy ishlari katta ta’sir ko‘rsatgan. SSSR davrida makroiqtisodiyotni tahlil qilish uchun qo‘Ilanilgan xalq xo'jaligi balansida iqtisodiy faoli­yat chegarasiga faqat moddiy ne’mat ishlab chiqarish soha tarmoqlari kiritilgan. Nomaterial xizmat ko‘rsatuvchi soha tarmoqlari (boshqaruv, mudofaa, sog'liqni saqlash, ta’lim va h.k.) esa ishlab chiqarmaydigan sohaga kiritilgan.

Bu sohada faqat miiliy daromadni qayta taqsimlash va oxirgi foydalanish jarayoni amalga oshiriladi deb qaralgan. MHT da iqtisodiy ishlab chiqarish chegarasi kengaytirilgan va bunda quyidagi tovar va xizmatlar unga kiritilgan:



  • tovarlar ishlab chiqarish, shu jumladan, o‘zi uchun ishlab chiqarish ham (masalan, fermerlar tomonidan o‘zi uchun ishlab chiqargan qishloq xo'jaligi mahsulotlari);

  • sotish uchun ko‘rsatilgan xizmatlar;

  • moliyaviy vositalar faoliyati (banklar, investitsiya fond- lari, sug‘urta kompaniyalari va h.k.);

  • davlatni boshqaruv organlari tomonidan ko'rsatilgan nobozor xizmatlar (boshqaruv sohasidagi jamoa xizmatlari, mudofaa, sog‘liqni saqlash, ta’lim sohasidagi yakka holdagi xizmatlar va h.k.);

  • yollanma xizmati (oshpaz, bog'bon, haydovchi)lar to­monidan ko‘rsatilgan xizmatlar

  • uy-joy egalari tomonidan o‘zlariga ko‘rsatilgan xizmat­lar.

MHTning yana bir muhim yo‘nalishi «daromad» ko'rsatkichini hisoblashga qaratilagan. Ingliz iqtisodchi olimi Dj.Xiks ta’limotiga ko‘ra «daromad» bu o‘zining to‘plangan boyliklarini kamaytirmagan holda o‘ziga hech qanday moli­yaviy majburiyatlarni olmagan holda iste’mol tovarlari va xizmatlarini sotib olishi mumkin bo'lgan maksimal pul sum- masidan tashkil topadi.

MHTning yana bir yo‘nalishi bu ishlab chiqarish omil- larining qiymatni yaratishdagi rolini aniqlashga qaratilgan. Awalgi davrda qiymatni faqat tirik mehnat yaratadi deb qaralgan bo‘lsa, MHT ta’limotiga asosan yer va kapital ham xuddi mehnat kabi qiymat yaratishda qatnashadi deb qara- ladi.

1993-yilda qabul qilingan MHTning yana bir muhim xususiyati shundan iboratki, unda xo‘jalik yurituvchi subyektlar quyidagi 5ta institutsional sektorlar bo'yicha gu- aihlarga ajratilgan:


  1. nomoliyaviy korporatsiyalar va kvazikorporatsiyalar;

  2. moliyaviy korporatsiyalar va kvazikorporatsiyalar;

  3. davlatni boshqarish;

  4. uy xo‘jaligi;

  5. uy xo‘jaliklari xizmatidagi notijorat tashkilotlar.

Har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt iqtisodiy jarayondagi bajarayotgan funksiyasiga qarab, yuqoridagi sektorlarning biriga kiritiladi. Masalan, nomoliyaviy korporatsiyalaming funksiyalari tovarlar ishlab chiqarish va nomoliyaviy xizmat­lar ko‘rsatishdan iborat. Ular ishlab chiqargan tovarlar bo­zorda ishlab chiqarish xarajatlarini qoplovchi va foyda olishni ta’minlovchi baholarda sotadilar; moliyaviy korporatsiyalar- ning funksiyasi bo‘sh qolgan moliyaviy mablagMami bir joyda to‘plab, ularni investorlarga ma’lum shartlar asosida beradi- lar. Shunday qilib, moliyaviy korporatsiyalar resurslami saqlovchilar va investitsiyalarni moliyalashtiruvchilar orasida vositachi rolini o‘ynaydilar.

Davlatni boshqarish muassasalarining funksiyasi milliy boylik va milliy daromadni qayta taqsimlash, shuningdek, butun jamiyatga bepul xizmat ko‘rsatish (boshqarish, mudo- faa, ilmiy tadqiqotlar va h.k.).

Uy xo‘jaligiga kiritilgap birliklar o‘z ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish jarayonida qatnashadilar va bozorda tovarlar va xizmatlarni sotib oladilar. Bundan tashqari, uy xo‘jaliklari kichik nokorporativ korxonalarni (fermerlar, oilaviy restoran, magazinlar va h.k.) egalari hisoblanadi. Bu nokorporativ korxonalar bozorda sotish uchun tovar va xizmatlarni ishlab chiqaradilar, bundan tashqari yana o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun ham ishlab chiqaradilar. Nokorporativ korxonalar faoliyatining moliyaviy natijasi bo‘lib, aralash daromad hisoblanadi va u ham foyda elementlarini, ham ish haqqini o‘z ichiga oladi. Nokorporativ korxonalarning uy xo‘jaliklari tarkibiga kiritilishiga sabab, ularning daromad va xarajatlarini o‘z egalarining daromad va xarajatlardan ajratish qiyin bo‘lgan.

Uy xo‘jaliklari xizmatidagi notijorat tashkilotlarning (ijtimoiy, siyosiy, diniy tashkilotlar) funksiyalari shu tash­kilotlar a’zolariga bepul xizmat ko‘rsatishdan iborat.

Shunday qilib, MHTda behisob miqdordagi xo‘jalik yuri­tuvchi subyektlarning barchasi beshta nisbatan bir xil guruh- larga — sektorlarga birlashtirilgan. MHTda har bir sektor uchun andozaviy hisoblamalar yig‘indisidan foydalaniladi va quyidagi operatsiyalar: ishlab chiqarish, daromadlarni hosil bo'lishi, daromadlarni taqsimlash va qayta taqsimlash, ularni saqlash va jamg'arish, moliyaviy aktivlarni sotib olish va moliyaviy majburiyatlar olish kabilar hisobga olinadi.


Download 45,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish