120. Бадиий гимнастикада ифодалилик


Бадиий гимнастикада “артистиклик” тайёргарлик воситалари



Download 7,54 Mb.
bet2/37
Sana31.12.2021
Hajmi7,54 Mb.
#226402
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
гос

121. Бадиий гимнастикада “артистиклик” тайёргарлик воситалари.
Badiiy gimnastikadagi “artistik” tayyorgarlik vositalari

Gimnastikannig estetik mazmunini o‘rganish, ko‘pchilik mutaxassislarni qiziqtiradi. L.I.Turisheva (1986), S.I.Borisenko (2000), R.N.Terexina, I.A.Viner va boshqalarning (2008) tadqiqotlari, chiqishlarning tomoshabop samarasi quyidagilar tufayli erishilishi mumkinligini ko‘rsatgan, agarda: gimnastikachi ayol mashqni ijro etishi paytida, o‘zida, o‘zaro kompozitsion jihatdan savodli uyg‘unlikka ega bo‘lgan, xoreografik obrazni yaratadigan harakatlar tizimi sifati mezonlari (ko‘rsatkichlari) bo‘lgan koordinatsiyasi bo‘yicha murakkab elementlarni namoyish qilsa. Badiiy gimnastika bo‘yicha tribunalardagi tomoshabinlar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, 96,2% respondetlar shoxsupada musobaqa dasturlarini mohirlik bilan ijro etgan sportchilarni ko‘rishni istashadi. Mohir esa – o‘z ishida mahoratning yuksak darajasiga erishgan odam hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda xulosa chiqarish mumkin, trenerlar va sportchi ayollar oldida o‘ta muxim vazifa – musobaqa kompozitsiyalarining estetik, tomoshabop darajasini oshirish vazifasi turibdi, bu, artistiklik uchun bahoda ifodalanadi.

Maxsus adabiyotlardagi ma’lumotlar, jahoning etakchi trenerlari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalari, jahon gimnastikasi etakchilarining ilg‘or tajribasini umumlashtirish, pedagogik kuzatishlar sportchi ayollarning artistikligi darajasini takomillashtirishga yo‘naltirilgan vositalar arsenalini aniqlash imkonini berdi. Badiiy gimnastikada jahonning etakchi sportchi ayollari yuqori ijro mahorati bilan, harakatlar stilining keng diapazonini qo‘llashlari bilan, kompozitsiyalarining bir butunligi bilan ajralib turishadi, bu, xoreografik tayyorgarlik orqali erishiladi. S.I.Borisenkoning ishida (2009) xoregrafiya vositalarini gimnastikachi ayollarning tayyorgarlik darajasiga ko‘p funksiyali ta’sir ko‘rsatishi isbotlab berilgan. Gimnastikachi ayollarni xoreografik tayyorgarligi uchun xarakterli bo‘lgan mashqlar va uslublar tizimi trenirovkaning quyidagi yo‘nalishlariga ta’sir ko‘rsatishini ta’minlaydi:


  • maxsus texnik (umumiy yo‘nalishdagi bazaviy ko‘nikmalarni, gimnastik stildagi elementlarni, harakatlarning aniqligini, ritmiklikni, amplitudalikni, malakaviy dasturlar elementlarini shakllantirish);

  • maxsus jismoniy (harakatlar koordinatsiyasini, barqarorligini – muvozanatni saqlash malakasini, maxsus chidamlilikni, egiluvchanlikni, tayanch-harakat apparatini mustahkamlashni takomillashtirish);

  • psixik (harakat xotirasini, tasavvurni, vazifalarni bajarishga diqqatni mujassamlashtirishni, tafakkurni yaxshilash);

  • estetik (musiqiylik, ifodalanganlik, hissiylik, raqs tusha bilish, harakatlarning umumiy madaniyati kabi ifodalash vositalari arsenalini kengaytirishga ko‘maklashadi).

Artistiklikni takomillashtirishda ifodalanganlikni, hissiylikni, obrazlilikni va hokazolarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan raqslarning har xil guruhlari muxim rol o‘ynaydi (Goleyzovskiy K.Ya., 1964; Sokolovskiy N.YU., 1976; Klimov A.A., 1981; Terexina R.N., 1991; Saveleva L.A., 1997; Rumba O‘.G., 2005 va b.). musiqa ostidagi raqs xarakteridagi mashqlar gimnastika bilan shug‘ullanadigan har xil yoshdagi qizlar va ayollar uchun alohida jozibalilikni beradi. Plastik harakatlar bilan shug‘ullanish ichki holatni yuzning mimikasi, koordinatsion qobiliyatlar, harakatlarning ifodalanganligi orqali uzatish malakasini shakllantirishga ko‘maklashadi.

Artistiklikning mezonlaridan biri – musiqiylik hisoblanadi (Gubanov V.A., 1971; Sokolov G.Ya., 1981; Kodjaspirov Yu.K., 1987; Roters T.T., 1989; Serbina L.P., 2000 va b.). Musiqiylik – obrazni va ifodalanganlikning asosiy vositalarini idrok qilish va uzatish, harakatlarni frazalarga, sur’at va ritmlarga mos ravishda o‘zgartira olish qobiliyati. Badiiy gimnastikadagi xoreogrfiya bo‘yicha etakchi mutaxassislarning fikrlariga ko‘ra, musiqiylikni fonogramma ostida emas, balki faqatgina “jonli” musiqa ostida – akkompaniatorning jo‘rligi ostida rivojlantirish zarur.

Qadim zamonlarda xattoki sport bellashuvlarida ham musiqa muxim rol o‘ynagan va ko‘p holatlarda yuqori badiiy darajada bo‘lgan. U, atletlarning mos ravishdagi hissiy holati uchun maxsus ijro etilgan va gimnastik tushunchalardan uzoq bo‘lgan yugurish, uloqtirish, sakrashlar bo‘yicha musobaqalarda hamda kurash bo‘yicha bellashuvlarda ijro etilgan. Musiqa, irodani faollashtirish, diqqatni konsentratsiya qilish va jismoniy va ruhiy kuchlarni amalda qo‘llash imkoniyatlarini oshirishda bebaho yordam ko‘rsatgan. Musiqa, go‘zallik qoidasini estetik tushunishning yunoncha jismoniy idealni yaratish vositasi bo‘lib xizmat qilgan.

Musiqiylikni baholash jarayonida asosiy mezon – harakatlarni ijro qilishni (mustaqil tarzada – pedagogni ko‘rsatib berishisiz ijro qilish jarayonida) musiqaga mosligi hisoblanadi.

Trener, har bir yosh toifasi uchun musiqiylikning turli mezonlarini bolaning bilimlari va malakalari xajmiga orientirlangan holda, o‘rtacha yosh ko‘rsatkichlariga mos keladigan tarzda belgilaydi.

Yoshi 4 yashar bo‘lgan bolalarni baholashga misol:

5 ball – ohangning xarakterini uzata bilish, harakatni mustaqil ravishda musiqa bilan birgalikda boshlash va yakunlash, harakatni musiqaning har bir qismida o‘zgartirish malkasi;

4-2 ball – harakatlarida musiqaning umumiy xarakteri, sur’at ifodalanadi; musiqiy asarning boshlanishi va yakunlanishi har doim ham bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi;

1-0 ball – harakatlar musiqaning xarakterini aks etmaydi va sur’at bilan hamda asarning boshlanishi va yakunlanishi bilan bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi.

Yoshi 7 yashar bo‘lgan bolalarni baholashga misol:

5 ball – harakatlar musiqiy obrazni ifodalaydi va nozik farqlashtirish bilan, frazalar bilan bir-biriga to‘g‘ri keladi;

4-2 ball – umumiy xaraketrni, sur’atni va metroritmni uzatadi;

1-0 ball – harakatlar musiqaning sur’ati va metroritmi bilan bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi, faqatgina sadoning boshlanishi va yakunlanishiga hamda katta odamning sanog‘iga va ko‘rsatishiga orientirlangan.


Download 7,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish