Salbiy emotsional holatlarni boshqarish uslublari.
Autogen yoki ruhiy holatlarni boshqarish borasidagi mashqlar.
Chalg‘ish uslubi (e’tibor, fikrlarni boshqa narsalarga qaratish).
Emotsiyalarni tashqi ifodalash ko‘rinishlariga ta’sir ko‘rsatish.
Tegishli tarzda oyoq –qo‘l chigilini yozish (sekinlashtirilgan yoki faollashtirilgan tarzda).
Uqalash yoki o‘zini massaj qilish (tinchlantiruvchi yoki qo‘zg‘aluvchi).
Atrofdagi muhitni o‘zgartirish (holi qolish yoki aksincha).
Nafas olishni boshqarish (chuqurlashtirish, ushlab turish, tezlashtirish).
O‘zini o‘zi ma’qullash (“barakalla”, “yaxshi”), o‘zini tinchlantirish (“hammasi joyida”, “hammasi yaxshi bo‘ladi”), o‘ziga buyruq berish (“tur”, “ushla”, “tinchlan”).
Murabbiyning ta’siri (og‘zaki yoki taktil tarzda).
Iroda kuchini rag‘batlantirish.
Chiqishga bevosita tayyorgarlik tizimi ham juda muhim ahamiyatga ega. U ko‘proq yoki kamroq tadbirlardan iborat bo‘lishi mumkin, biroq har bir gimnastikachiga alohida, individual tarzda ishlab chiqilishi lozim.
Shu o‘rinda yuksak natijalarga erishgan mashhur gimnastikachilardan birining bevosita psixologik tayyorgarliginingmazmunini keltiramiz:
“Qo‘l-oyoq chigilini yozib olishim bilan darrov o‘tirib, autogen mashq fonida chiqishga tayyorlana boshlayman. Men beshinchiman. Chaqirishguncha kombinatsiyamni ikki marta ideomotor tarzda hayolan takrorlab olaman. Ideomotor tarzda bajarishlar orasida o‘rnimdan turib, yana bir necha harakat bilan qo‘shimcha ravishda chigil yozaman. Buyog‘iga nafas olish mashqlarini bajaraman, hayajonni to‘xtatish uchun mashqlarni bo‘shashtirishga bori e’tiborimni jamlayman. O‘zimga buyruq beraman: “men hotirjamman. O‘zimga bo‘lgan ishonchim mustahkam”. Nafas olishga e’tiborimni jamlab, ikki-uch marta tekis, uzun nafas olaman va xuddi shunday nafas chiqaraman, e’tiborimni maydonchaning muayyan nuqtasiga jamlab, mashq boshlashga tayyor bo‘laman. O‘zimga buyruq beraman “barcha kuchlarni ishga sol!”.
Ko‘rib turganimizdek, bevosita tayyorgarlik usullari ancha oson: ideomotor bajarish, nafas olish mashqlari, o‘ziga buyruq berish, e’tiborni jamlash. Biroq ularni egallash faqat jiddiy yondashuv va tizimli ravishda uzoq mashq qilish orqali amalga oshiriladi.
Psixologik tayyorgarlik uslublari:
Ma’ruza va suhbatlar.
Tushuntirish va ko‘ndirish.
Mashhur sportchilarning ifodali namunalari.
O‘zini kuzatish, o‘zini tahil qilish va o‘ziga hisob berishlar.
Maxsus adabiyotlarni o‘rganish.
Mashqlar uslubi.
Modelli mashqlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |