Musobaqalarga psixologik tayyorgarlik
Mas’uliyatli musobaqalarga tayyorgarlik, shu jumladan psixologik tayyorgarlik bellashuvlardan ancha avval boshlanishi lozim. U bazaviy tayyorgalikka tayanadi va quyidagi vaziflarni hal etishi lozim:
Musobaqalashuv faoliyatining ahamiyatli undovchi sabablarini shakllantirish, mutanosib vazifalarni qo‘yish.
Musobaqalar oldidan eng maqbul emotsional holatlarni shakllantirish uslubiyatini egallash.
Musobaqaga bevostia tayyorgarlik borasidagi individual tizimni ishlab chiqish va o‘zlashtirish.
Psixik holatlarni mustaqil boshqarish uslubiyatini takomillashtirish.
Musobaqalashuv stressiga emotsional jihatdan qarshi turish ko‘nikmalarini shakllantirish.
Ruhiy tetiklikni saqlash, o‘ta zo‘riqish, shu jumladan psixologik zo‘riqish holatlarining oldini olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |