12-mavzu. Turizm va mehmonxona xo‘jaligida liderlik reja Turizm va mehmonxona xo‘jaligida liderlik tushunchasi Liderlikning boshlang‘ich nazariyalari



Download 108,73 Kb.
bet6/9
Sana11.06.2022
Hajmi108,73 Kb.
#656266
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
12-mavzu Turizm va mehmonxona xo‘jaligida liderlik (1)

5.21-asrda liderlik masalalari
Ijtimoiy, iqtisodiy, ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish, boshqarish, moliyalash kabi faoliyatlarni tashkil etishda barcha imkoniyatlar, to‘plangan tajribalar, milliy xodimlarning tafakkurlari, ma’naviyati, milliy e’tiqodiga o‘xshash omillar mamlakat boyligida va ulardan foydalanishni boshqarishda o‘ta foydalidir. Chunki kishilik jamiyati rivojlanib borar ekan, insonlarning ma’naviy ne’matlar va xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlari to‘xtovsiz ortib boradi.
Ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat jamiyatdagi, jamoadagi, oiladagi yurish-turish tamoyillari, inson aql-zakovatining yoki boshqacha ifodalaganda tabiiy intellektning talablarini qondirish, menejment, rahbar, mutaxassislar, ijrochilar bilan munosabatda bo‘lish, bir tizim doirasida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar orasida ham ijtimoiy, ham iqtisodiy, ruhiy, tarbiyaviy munosabatlar o‘rnatish kabi muhit bilan qurshovda. Shu bois ham axloq, xulq kabi umumiy yo‘nalishlarni ajratib qarash maqsadga muvofiq.
Ijtimoiy faoliyat markazida axloq, xulq, ma’naviyat, shaxsiy qadriyat va ularning qoidalarini bajarish yotadi. Sharqona urf-odat, an’ana, xulq-atvorni boshqarishga tayyorlik, mehribon va xushmuomalalik, og’ir sharoitda ham o‘zini tuta bilish, nimani qilish mumkin, nimani qilmaslik kerak degan savollarga ijtimoiy nuqtai nazardan yondasha olish kabi axloq me’yorlari hisoblanadi. Axloq jamiyat tomonidan boshqariladi. U orqali kishilarning ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarini, xulqini o‘rganish, tashkilot faoliyatida qo‘llash jamoani katta muvaffaqiyatlarga olib keladi.
Xulq — shaxsning faoliyat va muammolarda tarkib topadigan, namoyon bo‘ladigan barqaror individual xususiyatlari bo‘lib, individ uchun tipik xulq-atvor usullarini yuzaga keltiradi. Xulq davlat organlari tomonidan boshqariladi, tartibga solinadi. Kishining xulqini irodasi, his-tuyg’ulari, aqllilik, engiltaklik, emotsiya, shubhalilik, oliyhimmatlilik, saxovatlilik, kek saqlash kabilar belgilaydi.
Tashkilotlar samarali faoliyat ko‘rsatishlari uchun xodim markaziy fiGura bo‘lsa, uning ijtimoiy imkoniyatini yaxshilash uchun har bir ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchining xo‘jalik ehtiyojlarini qondirish va tashkilotlar, assotsiatsiyalar, agentliklar, kompaniyalar, uyushmalar va boshqa qator tashkilotlar ixtiyoriga beriladigan ne’matlardan samarali foydalanish zarur.
Faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot o‘zining samaradorligini ta’minlash bilan birga jamiyat oldida qonunni buzmaslikka javobgar bo‘lgani uchun tashkilot o‘zining ma’lum ne’matlari, kuchlarini ijtimoiy kanallar bo‘yicha yo‘naltirishga majburdir. Tashkilot.sog’liqni saqlash va xavfsizlikni ta’minlashga, fuqarolar huquqini, iste’molchilar manfaatini himoya qilishga javobgar hisoblanadi.
Zamonaviy boshqarish ma’rifati, o‘z kasbini keng va chuqur egallagan, yuqori axloq me’yorlariga amal qiluvchi rahbarni talab etadi. Ma’rifat va axloqorqali kishilarning iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlarini, xulqini o‘rganish, tashkilot faoliyatida qo‘llash jamoani katta muvaffaqiyatlarga olib keladi.
Tashkilot rahbariyati ajoyib rejalar va ustuvorlikni ishlab chiqishi, eng maqsadga muvofiq tuzilmani topishi, samarali uzatish tizimini yaratishi, axborotlarga ishlov berishi, tashkilotda eng zamonaviy jihozlar o‘rnatishi, o‘ta zamonaviy texnologiyalarni ishlatishi mumkin. Ammo tashkilot a’zolari kerakli darajada ishlamasalar, o‘z vazifalarini bajara olmasalar, jamoada o‘zlarini namunaviy ravishda tuta bilmasalar, mehnatlari bilan tashkilot maqsadlariga erishishiga, uning bosh vazifasini bajarilishiga hissa qo‘shishga intilmasalar, barcha imkoniyatlari yo‘qqa chiqadi.
Tashkilot faoliyatini boshqarishda rahbarning vazifasi qanchalik murakkabroq, tabaqalashganroq bo‘lgani sari, rahbarlik qilish oldida har qanday vazifa ichida ham, vazifalararo yo‘nalishda ham boshqarishni takomillashtira olish vazifasi turadi.
Natijada boshqarish vazifasidan asta-sekin boshqarishni takomil-lashtirishning mustaqil vazifasi sifatida xususiy vazifa ajralib chiqadi — bu tashkiliy boshqarishda rahbarning boshqaruv qobiliyatlarini rivojlantirish, ya’ni marketingda, rejalashtirish, nazorat qilish, taqsimlash, taxlil qilish, sintez qilish, hisobga olish, sarmoyani izlash, oqilona foydalanish, xom ashyoni xarid qilish, mahsulotni sotish yoki almashtirish, ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish kabilardir.

Download 108,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish