O‘z ishining mahoratli ustasi bo‘lishga intilish jamiyatimiz kishisining mehnat faoliyatida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan motiv hisoblanadi.
Haqiqiy rahbar xodimlarni kamolatga etkazish uchun o‘z mahoratini va qobiliyatlarini ishga soladi. Rahbar qar bir xodimi bilan o‘zaro muloqotda unga ta’sir eta borgan sari xodimlar ishda qandaydir foyda olish haqida o‘ylasa, aklliroq bo‘lib, ishiga, o‘ziga ishonchi orta borsa. rahbarning ish yo‘nalishi, umumiy va maxsus qobiliyatlari ta’siri qoniqarli bo‘ladi.
Rahbar har bir xodimi bilan o‘zaro ta’sir etgach, xodim nimadir foyda olishi kerak, har biri ishdan qaytganda xodimlar biroz bo‘lsa-da aqlliroq, ishga, o‘ziga ishonchliroq, o‘z kasbiga san’atkorroq bo‘lib uyiga qaytsin. Mana shunda rahbarning yo‘nalishi, tayyorligi, umumiy va maxsus qobiliyatlari ta’siri qoniqarli bo‘ladi.
Tashkilotchi, ‘rahbar shaxs tizimida umumiy va maxsus qobiliyatlarga kelganda quyidagilarga e’tibor berilishi lozim. Inson egallab oladigan faoliyat (mehnat, muhandislik, boshqaruvchilik, iqtisodchi, o‘qish, sport va b.) uning ruhiy fazilatlariga (aqliy xususiyatlariga, emotsional-irodaviy sohalariga, sensomotorikasiga) yuksak talablar qo‘yadi. Bu talablarni qandaydir bitta sifat, hatto y taraqqiyotning juda yuksak darajasiga erishgan bo‘lsa ham, qondira olmaydi.
Alohida olingan bitta ruhiy xususiyat faoliyatning yuksak mahsuldorligini ta’minlay oladi, umumiy qobiliyatlarning ekvivalenti sifatida namoyon bo‘ladi, degan fikr ilmiy haqiqatga to‘g’ri kelmaydigan fikrdir. Qobiliyatlar murakkab tuzilmaga ega bo‘lgan ruhiy fazilatlar yig’indisidan iboratdir.
Boshqaruvchilik, tashkilotchilik, kasbiy, iqtisodiy, muhandislik, konstruktorlik, pedagogik, matematik, tibbiy, adabiy, musiqiy va shu kabi qobiliyatlar tuzilishi o‘ziga xos tavsifga egadir. Hatto bir komponentlarni boshqalari bilan kompensatsiya qilish, almashtirish borasida keng imkoniyatlar mavjudligini e’tiborga oladigan bo‘lsak, ta’lim jarayonida qobiliyatlarni h isobga olishga da’vat etilgan, agarda ular yo‘q bo‘lib qolganda yoki etarli darajada ifodalanmagan taqdirda zaruriy sifatlarni tarkib toptiradigan pedagog uchun professional yoki maxsus qobiliyatlarning o‘ziga xos tuzilishini bilish juda ham muhimdir.
Rahbarning kamol topishi faqatgina o‘zi, oilasi, mehnat jamoasi uchungina emas, balki mamlakat, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ham ulkan hissa qo‘shishi lozim. Biz bu erda bir vaqtda ijtimoiy kasb, ijtimoiy-tashkiliy boshqarish, ijtimoiy-siyosiy va mafkuraviy munosabatlarni ko‘ramiz.
Jamoa, jamoa orqali tashkilotchi shaxs o‘zining har gomonlama shaxsiy, o‘ziga xos xususiyatlarini rivojlantirish imkoniga ega bo‘ladi. Bular esa o‘z navbatida mehnat jamoasini maxsus tugunga aylantiradi, muhim jamiyat bog’lovchilari quyuqlashadi, ijtimoiy organizm ko‘rinishini oladi.
Tashkilotda mahsulot ishlab chiqarishningo‘sishi, xodimlarning ehtiyoji murakkablashishi zamonaviy jamoani yuqori harakatchan, talabchan ijtimoiy, talabchan tizimga aylantiradi. Bular o‘z navbatida tashkilotchi rahbarning taraqqiy etishiga yangi talablar qo‘yadi, bu talablar boshqarishga ham qo‘yiladi. Bunda boshqarish mushtarak bo‘lishi kerak, ayniqsa, tashkilotchi rahbarning o‘ziga xos xususiyatlari kamol topishi shart.
Tashkilot rahbarlarining tashkilotchi bo‘lishida uning jismoniy rivojlanishiga, ijtimoiy kamolatga etishiga, individual-psixologik xususiyatlarining shakllanishiga, jamiyatda tutgan o‘rnini ko‘tarishga, ayniqsa, ishlab chiqarishdagi vositalarga mulkchilik munosabatini taraqqiy ettirishga ishtiyoqi va moyilligi zamonaviy rivojlanish talab etgan darajada bo‘lishi lozim. SHuning uchun jamiyat hayotida tashkilotchi bo‘lishga intilganning faolligi va uning rivojlanganligi dolzarb omillardan biridir.
Dunyoga kelgan «tug’ma» qobiliyatlar diapazoni borgan sari torayib boradi, xayot va faoliyat diapazonida esa qobiliyatlar borgan sari kengayib boradi. Oqibat natijada tashkilotchilik, mahorat, rahnamolik, shoirlik, san’atkorlik, konstruktorlik va boshqa tarzdagi alohida «oliy» qobiliyatlarning taqdiri kabi rivojlanadi.
Demak, bilim, ko‘nikma, malaka, mahorat, qobiliyatlar va iste’dodlarni shakllantirish muammosi katta ijtimoiy, iqtisodiy va davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan dolzarb muammodir. Bunda hamma shaxslarda qobiliyatlarni har tomonlama rivojlantirish, tashkilotning faoliyatini tashkiliy boshqarishda rahbarning boshqaruv qobiliyatlarini rivojlantirish kabi vazifalariga qarama-qarshi qo‘yilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |