Olish cheklangan axborotlarga: davlat sirlari-bu iqtisodiyot, fan va texnika sohasidagi tashqi siyosat, tezkor qidiruv faoliyati, terrorizmga qarshi kurash sohasidagi axborotlar, maxfiy axborotlar- shaxsga oid sirlar, savdo, kasb, xizmat sirlari, tergov va sud sirlari shuningdek, ixtirolarni yaratish sirlarini kiritish mumkin.
Bugungi kunda informatika o’qituvchilari o’z kasblariga oid axborotlani internet, elektron pochta, telegramm, forumlar, turli ijtimoiy saytlarda axborot almashinuvi, elektron kutubxonalar, ma’lum kasbdoshlari guruhlaridan, fanga oid ilmiy adabiyotlar, o’quv va uslubiy qo’llanma va korsatmalardan olishlari mumkin.
3.Kasbga yo‘naltirib o‘qitish - bu o‘qitish jarayonini tashkil etishning mazmuni va tuzilishini o‘quvchilarning individual qiziqishlari va ustuvor jihatlarini hisobga olgan holda, kasbiy o‘zini o‘zi belgilashga tayyorlashdir.
E.A.Klimovning so‘zlariga ko‘ra, har bir shaxs biror ish turini bajarish moyilligiga ega. Insonlar bilan ishlashda noqulay bo‘lgan kishi texnologiya bilan katta zavq bilan ishlashni yaxshi ko‘radi va aksincha, Insonlar bilan ishlash, muloqot qilish istagi ustun bo‘lgan odam texnik vositalardan foydalanmaslikni afzal ko‘radi va h.k.
Informatika o‘qituvchisi o‘quvchilarini kasbga yo‘naltirib o‘qitish jarayonlarida qo‘yidagi omillarga asoslanib yondashishi tavsiya etiladi:
o’quvchining individual kasbiy qiziqishlari, layoqatlari, qobiliyatlari asosida yondashish;
o‘quvchining rivojlanishida monelik qiluvchi kasalliklarni inobatga olgan holda yondashish;
o‘quvchi shaxsiga kasblar tasnifi va kasb egasiga qo‘yilgan talablar asosida ma’lumotlar yetkazib berish jarayonlariga e’tibor qaratish;
hududning ko‘proq qaysi kasbga, mehnat bozoriga bo‘lgan talablarini hosobga olish asosida yondashish;
o‘quvchining psixologik xususiyatlarini, kasbiy moyilligini hisobga olgan holda yondashish va h.k.
Informatika o’qituvchisining informatikani kasbga yonaltirib o’qitishi natijasida o’quvchilarda qo‘yidagi xususiyatlar vujudga keladi:
-o‘quvchida kasbiy o‘z-o‘zini aniqlashi, anglashi ortadi, kasbiy qaror qabul qilishi tezlashadi;
-kasb tanlashda qiynalayotgan, ba’zan ikkilanayotgan o‘quvchilarda tanlayotgan kasbi haqidagi zaruriy, kasbiy axborot, maslahatlarga ega bo‘ladilar;
-o‘quvchida tanlagan kasbiga nisbatan turg‘un (doimiy) kasbiy qiziqishi va moyilligi shakllantiriladi;
-o‘quvchi o‘zi tanlagan kasbi o‘zining psixologik va fiziologik imkoniyatiga mos kelish yoki kelmasligi haqida tushunchalarga ega bo‘ladilar;
-o‘quvchilarning o‘z qiziqqan kasb tanlashida jamiyat oldidagi burchi va ma’suliyat hissi ortadi.
Maktabda “Paint grafik muharriri” mavzusini kasbga yo‘naltirib o‘qitish. Umumiy o‘rta maktabning 5-sinflarida “Paint garfik muharriri” bobini o‘qitishga jami 6 soat ajratilgan. Informatika fani o‘qituvchisi ushbu mavzuni kasbga yo‘naltirib o‘qitish uchun quyidagicha ish bajaradi.
O‘qituvchi “Paint grafik muharriri bobini o‘qitishning birinchi darsida dastur oynasi qismlari, asboblar penelining tugmachalari, ranglar palitrasi haqidagi tushunchalarni beradi.
Ikkinchi, uchinchi va hokazo 6-darslar davomida va darsdan tashqari uyga vazifani bajarish uchun o‘quvchilarni kasbga qiziqishlari bo‘yicha quyidagicha kichik guruhga bo‘ladi va topshiriqlar beradi:
A. Dizayner, rassomchilik kasblariga qiziquvchilarga “Kichik rassomlar” deb nomlab, ularga Paint garfik muharriri “Bizning uy”, “Qishloqdagi bizning hovli”, “Tog‘ manzaralari” va boshqa nomlar bilan ataluvchi peyzajlar yaratish;
B. Kelgusida matematika, muhandislik, chizmachilik, kompyuter grafika kasblariga qiziquvchi o‘quvchilarni “Kichik muhandislar”, “Kichik muhandislar” guruhiga bo‘lib ularga Paint garfik muharriri “Matematikaning hayotdagi o‘rni”, “Geometrik figuralardan foydalanamiz” kabi mavzularda rasmlarni chizish;
C. Duradgorlik, ustachilik, xalq hunarmandchiligiga quzuquvchi o’quvchilarga hunarmandchilikka oid, quruvchilikka qiziquvchilarga, bino va obidalarni rasmlarni chizish;
D. Tibbiyotga qiziquvchilarga insonning ichki a’zolarini, qon aylanish tizimi, miya faoliyati va boshqalarni chizish;
E. Informatika va axborot texnologiyalari sohasiga qiziquvchilarga kompyuterning asosiy va vo‘shimcha qurilmalarini, internetda axborot almashinuvini chizish va shu kabi topshiriqlarni berishi maqsadga muvofiqdir.
Umuman aytganda informatika o’qituvchisi mavzularni kasbga yo‘naltirib o‘qitishda o‘zi ham shu kasb haqidagi tasavvurlarga ega bo‘lib, kasbning nozik jihatlarini o‘quvchilar grafik muharrirda tasvirlay olishiga erishishi uchun beriladigan topshiriqlarni ijodiy ishlab chiqishi lozim bo‘ladi.
Umumiy o‘rta maktabning informatika o‘quv fani dasturlarida MS Excel elektron jadvalini o’rganish uchun 8-sinfda 16 soat, 10 sinfda 19 soat vaqt ajratilgan. MS Excel elektron jadvalini kasbga yo’naltirib o’qitishda quyidagi topshiriqlarni berish o’rinli:
A.Sotuvchi kasbiga qiziquvchilarga topshiriq: Do’konda 10 turdagi mahsulotning nomi, sotish narxi, tan tarxi, jami xarajat va olinadigan foydani MS Excel elektron jadvalida kiritib, olingan daromadga nisbatan diagrammasini chiqarish;
B.O’qituvchilik kasbiga qiziquvchilarga topshiriq: sinfda 28 o’quvchi bor Excel elektron jadvalida o’quvchilarni isni, sharifi, tug’ilgan yili, telefon nomeri, o’rtacha olgan bahosini kiritib, o’quvchilarning o’rtacha o’zlashtirishi (2, 3,4,5ga nisbatan) diagrammasini chiqarib berish;
C.Farmatsevtika (dorishunos) kasbiga qiziquvchilarga dorixonadagi 10 turdagi dorilar ro‘yxati, ishlab chiqarilgan vaqti, narxi, olinadigan daramadga nisbatan;
D.Kompyuter va axborot texnologiyalari kasbiga qiziquvchilariga 10 turdagi axborot texnologiya vositalarining turi, ishlab chiqarilgan joyi, magazindagi narxi, asosiy va qo‘shimcha qurilmalarning kompyuter hajmiga nisbatan diagrammasini chiqarib berish;
E.Vrachlik kasbiga qiziquvchi o‘quvchilarga inson tanasi a’zolarining nomi, bajaradigan vazifasi, ularni umumiy tanaga nisbatan og‘irlik hajmi, tana a’zolarining umumiy tanaga nisbatan og‘irlik hajmni diagramma ko‘rinishida chiqarib berish.
F. Fermerlik kasbiga qiziquvchi o‘quvchilarga: fermerning yetishtiradigan mahsulot nomlari, davlatni sotib olish narxi, rejadagi hajmi, amalda topshirilgani, olingan daromadning diagrammasini chiqarib berish;
G.Iqtisodchi kasbiga qiziquvchilarga beriladigan kredit, uni oyma-oy to‘lash grafigini tuzish va h.k
Bunda o‘qituvchi o‘quvchilarning qiynalib qolgan joylarida turtki berib yuborishi, kerakli tushunchalarni berishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Umumiy o‘rta maktabning informatika o‘quv fani dasturlarida Internetda ishlash asoslarini o’rgatish uchun 7-sinfda 13 soat ajratilgan. Internetda ishlash asoslarini kasbga yo’naltirib o’qitishda o’qituvchi guruh o’quvchilariga quyidagi topshiriqlar ketma-ketligi beriladi:
1. Har biringiz o’zingiz tanlagan kasbni aniqlashtiring.
2. Siz tanlagan kasbning ijobiy va salbiy tomonlarini internetning Google.uz (yandex.uz, opera.uz) qidiruv tizimlariga kiring va qidiring.
3. Topilgan ma’lumotlaringizni T-sxema jadvaliga kiritib tahlil qiling.
Umumiy o‘rta maktabning informatika o‘quv fani dasturlarida “Ma’lumotlar ombori” mavzusini o’rgatish uchun 10-sinfda 15 soat ajratilgan bo’lib bu mavzularni kasbga yo’naltirib o’qitishda o’qituvchi guruh o’quvchilariga quyidagi topshiriqlar ketma-ketligi beriladi:
1. Har biringiz o’zingiz tanlagan kasbni aniqlashtiring.
2. Kasbni faoliyat sohasidagi axborotlarni to’plang.
3. Tanlagan kasbingiz bo’yicha ma’lumotlar omborini yarating.
Bunda o’quvchilar yatargan ma’lumotlar omboridan kiritilgan ma’lumotlar bo’yicha turli “So’rovlar”ni berishlari mumkin.
Informatika o’qituvchisi fanni o’qitish jarayonida o’quvchilarni kasbiy sohalarga qiziqishlarini hisobga olib kasbga yo‘naltirib o‘qitishi lozim.
Informatikani kasbga yo‘naltirib o‘qitish bilan birga o’quvchilarga informatikani ijtimoiy, kasbiy sohalardagi o‘rnini ham ko‘rsatib berishi lozim. Aytaylik informatikaning rivojlanishi natijasida keyingi yillarda quyidagi kasblarning paydo bo‘lganligini alohida e’tirof etish maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |