12-mavzu: Investitsiya faoliyatida risklar va ularning tasniflanishi Reja



Download 359,32 Kb.
bet7/12
Sana16.04.2023
Hajmi359,32 Kb.
#929131
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
12-mavzu Investitsiya faoliyatida risklar va ularning tasniflanishi

1. Tarkibi bo‘yicha risklar quyidagilarga bo‘linadilar: iqtisodiy risk; siyosiy risk; ijtimoiy risk; ekologik risk; texnologik risk; tijorat riski; informatsion risk va boshqalar.
2. Muddati bo‘yicha risklar quyidagilarga bo‘linadilar: qisqa muddatli risklar; uzoq muddatli risklar.
3. Olinadigan natijaga qarab risklar: sof risklar va spekulyativ risklarga bo‘linadi
Sof risklar salbiy natijani olish imkonini anglatadi. Unga ekologik, siyosiy, tabiiy, transport va tijorat risklari (mulkiy, ishlab chiqarish, savdo risklari) tegishlidir.
Spekulyativ risklar ham ijobiy, ham salbiy natijalarni olish imkoniyatida namoyon bo‘ladi, ular moliyaviy risklardan iboratdir.
Moliyaviy risklar tarkibiga quyidagilar kiradi:
- inflyasion risklar – pulning qadrsizlanishi bilan bog‘liq risklar;
- deflyasion risklar - deflyasiyaning o‘sishi holatida baho darajasining tushishi, daromadlarning pasayishi, tadbirkorlikning rivojlanishi uchun shart-sharoitning yomonlashuvi sodir bo‘ladi;
- valyuta risklari - valyuta kursining o‘zgarishi bilan bog‘liq valyuta yo‘qotilishi xavfi sifatida namoyon bo‘ladi;
- likvidlilik risklari - qimmatli qog‘ozlar yoki boshqa tovarlar sifatini va iste’mol qiymatini baholashning o‘zgarishi oqibatida ularni sotishda mumkin bo‘lgan yo‘qotishlar bilan bog‘liq bo‘ladi.
Moliyaviy risklar tarkibiga kiruvchi investitsion risklar o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi:
- daromadlilikning pasayishi riski - qo‘yilmalar, kreditlar, portfelli investitsiyalar bo‘yicha foizlar va dividendlar miqdorining kamayishi natijasida yuzaga keladi, daromadlilikning pasayishi risklari o‘z ichiga foiz va kredit risklarini qamrab oladi;
- foydaning boy berilishi risklari - bu risk amalga oshirilmagan tadbirlar natijasida kelib chiqadigan qo‘shimcha (bilvosita) zararlar xisoblanib, bu risk tarkibiga quyidagilar kiradi, ya’ni birjaviy risklar birjaviy bitimlardan ko‘riladigan zararlar xavfi mavjud bo‘lgan risklar;
- selektiv risklar - kapital qo‘yilmasi, qimmatli qog‘ozlar va shu kabilar turini to‘g‘ri tanlamaganligi bilan bog‘liq risklar;
- bankrotlik risklari - tadbirlar tomonidan xususiy kapitalini butkul yo‘qotish xavfi bilan bog‘liq risklar.
4. Loyihaga ta’sir etish darajasi bo‘yicha risklar quyidagilarga bo‘linadi: mumkin bo‘lgan risklar - ular ta’sirida kutilgan foydadan ayrilish mumkin; kritik risklar - loyiha pul tushumlaridan ayrilish hatari; katastrofik risklar - daromaddan va kiritilgan investitsiyalardan ayrilish hatari.
5. Loyiha faoliyati ishtirokchilari uchun risk tahdidlariga ta’sir etishning imkoniyatlarini mezonlari bo‘yicha riskni: ichki va tashqi risklarga ajratish mumkin. Tashqi risklar loyiha faoliyatining barcha bosqichlarida mavjud bo‘lib, ularga siyosiy risklar va fors-major risklari kiradi.
Investitsion loyihalarni amalga oshirish jarayonida uning har bir bosqichi o‘ziga xos risklar bilan bog‘liqdir. Birinchi bosqich, ya’ni investitsiya oldi bosqichida ko‘proq loyiha tashabbuskorlari marketing riskiga, informatsion va ijtimoiy risklarga ta’sirchan bo‘ladi. Investitsiya bosqichida ko‘proq ilm-texnika riski, moliyaviy risklar, tashqi iqtisodiy risklar va siyosiy risklar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ekspluatatsiya bosqichida esa loyiha ishtirokchilari texnologik, ekologik, fors-major, nolikvidlilik, iqtisodiy va moliyaviy risklar bilan yuzma-yuz bo‘lish ehtimoli mavjud.
Moliyaviy bozor eng yuqori riskka ega bo‘lgan soha deb hisoblanadi. Undagi risklar ikkita katta guruhga bo‘linadi:
- tizimli risklar;
- tizimsiz risklar.
Tizimli risklar (investitsiya portfeli risklari) - bu hatar ta’siriga ba’zi bir qimmatli qog‘ozlar emas, balki butun bozor, uni katta bir qismi risklarga uchraydi. Bu holda iqtisodiy nobarqarorlik tufayli yoki boshqa sabablarga ko‘ra ko‘pchilik emitent va qimmatli qog‘oz egalari zarar ko‘rishlari mumkin. Tizimli risklarga quyidagilar kiradi: foiz riski; valyuta riski; inflyasiya riski; siyosiy risklar.
Tizimsiz risklar - hatarga ba’zi bir qimmatli qog‘ozlar yoki ularni majmuasi uchraydi, ya’ni ma’lum bir korxonaning qimmatli qog‘ozlari yoki tarmoqning qimmatli qog‘ozlari kiradi. Tizimsiz risklarga quyidagilar kiradi: tadbirkorlik riski; moliyaviy risklar; nolikvidlilik riski.
Bundan tashqari, loyiha faoliyatida eng ko‘p uchraydigan risklar ham mavjud. Ular quyidagilar:

  • iqtisodiy qonunlarning va iqtisodiy holatning o‘zgarib turishi, investitsiyalash va foydadan foydalanish shartlari bilan bog‘liq risklar;

  • tashqi iqtisodiy risklar - savdo va mahsulot etkazib berishga cheklashlar kiritish; chegaralarning berkilishi;

  • siyosiy holatning noaniqligi yoki hududdagi yohud mamlakatdagi noma’qul ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar;

  • texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasi, yangi texnika-texnologiya parametrlari, mahsulot sifati haqidagi ma’lumotlarning to‘liq emasligi yoki noaniqligi;

  • bozor kon’yunkturasining, ya’ni baho, valyuta kurslari, yalpi ichki maxsulot va boshqalarning o‘zgarib turishi;

  • tabiiy iqlim sharoitlarining o‘zgarishi, tabiiy ofatlarning yuz berishi;

  • ishlab chiqarish texnik risklari - asbob-uskunalarning buzilishi va to‘xtab qolishi, ishlab chiqarishdagi nosozliklar va boshqalar;

  • loyiha ishtirokchilari maqsadlarining noaniqligi, ularning moliyaviy holati va ishdagi obro‘si haqidagi ma’lumotlarning to‘liq emasligi va boshqalar.


Download 359,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish