P = P*Q – (V*Q + C) (1)10
bunda: Q - sotish hajmi; P – foyda; P - mahsulot birligi narhi; V - mahsulot birligidagi o‘zgaruvchan harajatlar; C - mahsulot birligidagi doimiy harajatlar.
Ishlab chiqarishning zararsizlik nuqtasida P = 0ga teng bo‘ladi va bundan zararsizlik nuqtasi kelib chiqadi:
Q = C /( P –V) (2)11
SHunday qilib, zararsizlik nuqtasini aniqlashda sotish narhi, mahsulot birligiga ketgan o‘zgaruvchan harajatlar hamda ma’lum vaqt (yil yoki oy) davomidagi doimiy harajatlar eng muhim omillardandir.
SHunday qilib, zararsizlik tahlilidan quyidagi amaliy xulosalarni olish mumkin:
zararsizlik nuqtasining yuqori bo‘lishi istalmas bo‘lib, u firma ishlab chiqarish (mahsulot sotish) darajasining o‘zgarishiga bog‘liq bo‘ladi;
doimiy harajatlar qanchalik yuqori bo‘lsa, zararsizlik nuqtasi shunchalik yuqori bo‘ladi;
sotiladigan mahsulot birligi bahosi va o‘zgaruvchan nisbiy harajatlar o‘rtasidagi farq qanchalik katta bo‘lsa, zararsizlik nuqtasi shanchalik kichik bo‘ladi.
SHunday qilib, zararsizlik tahlili mahsulot birligi bahosiga doimiy va o‘zgaruvchan ishlab chiqarish harajatlari ta’sirini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ko‘rib chiqilgan yondashish investitsiya loyihasini ishlab chiqishda loyiha quvvati yoki texnika va texnologiyaning muqobil variantlarining turli xil miqdorlari natijasida qo‘yiladigan muqobil investitsiya takliflarini hisobga olgan holda bir qancha zararsizlik nuqtalarini hisoblashga imkon beradi. Loyiha quvvatining o‘zgarishi doimiy harajatlarga, texnologiyaning o‘zgarishi o‘zgaruvchan harajatlarga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, yangi progressiv texnologik jarayonlarni joriy etish, odatda va eng avvalo, ishchi kuchi qiymati hisobiga o‘zgaruvchan nisbiy harajatlarning pasayishiga olib keladi. SHu sababli zararsizlik tahlili loyihaning asosiy ko‘rsatkichlarini nisbiy hal etish qo‘llanilayotgan investitsiya loyihasining rejalashtirish bosqichida amalga oshirilishi tavsiya etiladi. SHuning uchun zararsizlik tahlilini moliyaviy rejalashtirishda qo‘llash tavsiya etiladi. Masalan, kreditning har yili qoplanishini ta’minlash uchun qarz oluvchining doimiy to‘lovlarini (kredit va foiz to‘lovlarini) hisobga olish bilan qo‘shimcha zararsizlik nuqtasini hisoblash mumkin.
Zararsizlik miqdori ishlab chiqarish (yoki mahsulot sotish) darajasining o‘zgarishiga bog‘liq. SHunga ko‘ra, doimiy harajatlar qanchalik yuqori bo‘lsa, zararsizlik nuqtasi shunchalik yuqori bo‘ladi. Sotilgan mahsulot birligi bahosi va o‘zgaruvchan nisbiy harajatlar o‘rtasidagi farq qanchalik katta bo‘lsa, zararsizlik nuqtasi shunchalik kichik bo‘ladi.
Zararsizlik tahlili mahsulot birligi bahosiga doimiy va o‘zgaruvchan ishlab chiqarish xarajatlari ta’sirini aniqlash imkonini beradi. Loyiha quvvatining o‘zgarishi doimiy xarajatlarga, texnologiyalarning o‘zgarishi o‘zgaruvchan xarajatlarga ta’sir ko‘rsatadi. SHu sababli, zararsizlik tahlili ishlab chiqarishning tarkibiy va miqdoriy o‘zgarishlarning ahamiyatini aniqlashda qo‘llanilishi bilan moliyaviy rejalashtirishga juda qo‘l keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |