12-MAVZU. Chaqqonlikni tarbiyalash metodikasi.
Mashgʻulot turi:
ma’ruza
Mavzu rejasi:
1. Chaqqonlikni asoslovchi ayrim qobiliyalarga yo‘naltirilgan ta’sir etish yo‘llari haqida.
2. Chaqqonlik rivojlantirish usuliyati.
1. Chaqqonlikni asoslovchi ayrim qobiliyalarga yo‘naltirilgan ta’sir
etish yo‘llari haqida
Optimal bo‘lmagan muskulning kuchlanishlar bilan kuchlanishi
har qanday harakat
ma’lum ma’noda muskullardagi qo‘zgalish va bo‘shashish birikmasining natijasidir (kerakli
vaqtdagi ma’lum muskullarning bo‘sha-shuvi) qo‘zg‘alish harakatlarini muvaffaqiyatli bajarish
uchun zarur (17-jadval). Harakatning kuchlanishi natijalarga salbiy ta’sir etadi. Sport turlari
bo‘yicha misol: Chaqqonlikni tarbiyalashga quyidagilar ko‘maklashadi:
1. Muskullarni bo‘shashtirish;
2. Muvozanatni saqlash;
3. Fazo sezgisi.
17-jadval
Muskullarni bo‘shashtirish
Muskul kuchlanish
shakllari uch xil
shaklda ko‘rinadi
Yo‘qotish yo‘llari
A)
Tinch holatda (tonik kuchlanish)
muskullarda kuchlanishni oshirish
- bo‘shashish, cho‘zilish mashqlari, massaj,
suzish (silkinish, erkin tebranish va h.k.)
B)
Tezlik (tezkor) kuchlanish (kuchlanish
tezligi yetarli emas, natijada tez
harakatlar
bajarilganda muskullar
bo‘shashishga ulgurmaydi).
- kuchlanish va bo‘shashishni almashtirib turish
(sakrash, irg‘itish, to‘l-dirma to‘plarni otish va
ilish va h.k.)
V)
Jismoniy mashqlar bilan shug‘
ullanayotganlar uchun mos bo‘lgan
koordinatsion kuchlanish.
- bo‘shashtirishga oid mashqlar,
harakatlarni
bajarishda tabassum qilishni tavsiya etish.
Koordinatsion qobiliyatlarni asoslovchi ayrim qobiliyatlarga yo‘naltirilgan ta’sir etish
yo‘llari haqida. Koordinatsion harakat qobiliyatlarini tarbiyalash jarayonida tana holatini saqlash
katta ahamiyatga ega (har xil statik va dinamik holatlarda muvozanatni saqlash) (18-jadval).
Muvozanatni saqlash vositalari maxsus tanlab olingan mashqlar bo‘lib, tana holatini har xil
vaziyatda saqlashga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Muvozanat saqlash mashqlari: statik holatda
yoki siljish
holatda kichik buyumlarda, hoda ustida va h.k.: Qo‘llarda tik turish, braslarga tayanib
turgan holda va h.k.; Har xil aylanma harakatlarni bajarib, statik holatda turish va h.k.
18-jadval
2. Chaqqonlik rivojlantirish usuliyati
Muvozanat saqlashni
takomillashtirish
Misol (usullarni amalga
oshirish)
Noqulay faoliyatda mashqni bajarish va
muvozanat saqlash vaqtini uzaytirish.
"Qaldirgoch" - bir oyoqda turib, tanani oldinga
egilgan, qo‘llar yon tomonga uzatilgan.
O‘z-o‘zini nazorat qilish imkoniyati vaqtincha
yo‘qotilgan.
Ko‘zlari bog‘langan
holda guruh akrobatik
mashqlarni
bajarish
gimnastik
xodada
burilishlar.
Tayanch holati kamaytirilgan.
Statik va dinamik mashqlarni to‘nkarilgan
gimnastik skameyka reykalarida yoki ingichka
gimnastik xodada mashq bajarish.
Tayanch holatining balandligini oshirish.
Yog‘och oyoqda yurish yoki baland bruslarda
baland gimnastik xodada mashqlarni bajarish.
Mustahkam bo‘lmagan buyumlarda tayanch
holat va h.k.
Qimirlayotgan xodalarda,
gorizontal tortilgan
yoki osilgan arqonda, sirpanchiq maydonchada
mashqlar.
Tana holatini, ya’ni muvozanatni saqlashga qaratilgan eng keng tarqalgan usullardan biri
tayanib turish maydonchasini qisqartirish, qimirlayotgan buyumlarda tayanch holatda bo‘lish, va
omonaj buyumlarda statik holatda bo‘lish va vaqtini uzaytirish.
Fazoviy harakatlarni boshqarish
Har bir harakatga o‘rganishda va bajarishda fazo sezgirligi muhim rol o‘ynaydi. Fazoviy
vaqt yoki harakatlarni dinamik aniqligini hisobga olish hammasi bir xil emas. Ular bir biridan
farq qiladi. Fazoviy sezgi xususiyatlari va fazoviy harakat parametrlari chambarchas bog‘liq
hamda "mushaklar sezgisiga" olib keladi. Shunday qilib, shu narsa ma’lumki, jismoniy tarbiya
jarayonida "fazoviy sezgi"ni takomillashtirish berilgan fazoviy harakat vazifalarni qat’iy tartibda
bajarish qobiliyatlarini takomillashtirishga qaratilgan. Bu faqatgina
fazoviy sezgini va fazoviy
harakat aniqligini ta’minlash hamda asosiy harakat qobiliyatlarini tarbiyalashda va harakat
faoliyatiga o‘rgatish tuzilishining oqilonaligi natijasida vujudga keladi.
Mavzu yuzasidan savollar:
1. Chaqqonlikni asoslovchi ayrim qobiliyalarga yo‘naltirilgan ta’sir etish yo‘llari haqida
nimalarni bilasiz?
2. Chaqqonlik rivojlantirish usuliyati nima?