12-mavzu: amir temur va temuriylar davrida markaziy osiyoda fan va uning ravnaqi. Reja



Download 24,28 Kb.
bet1/4
Sana20.06.2022
Hajmi24,28 Kb.
#679000
  1   2   3   4
Bog'liq
12-МАВЗУ


12-MAVZU: AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA MARKAZIY OSIYODA FAN VA UNING RAVNAQI.


Reja:

  1. Amir Temur homiyligida Markaziy Osiyoda fan va madaniyatining yuksalishi

  2. Temuriylar davrida tarix, matematika, geografiya va tibbiyot taraqqiyoti

  3. Mirzo Ulug’bek Akademiyasining ilmiy faoliyati



Darsning o’quv va tarbiyaviy maqsadi: Talabalarda Fan va texnika fanining tadqiqot obyekti, predmet va vazifalari borasida tushuncha berish, shuningdek turli davlatlarda tadqiqotchilar tomonidan Amir Temur va temuriylar davri tarixi faniga berilgan ma’lumotlarni talabalarga tushuntirib berish.
Dars o’tish vositalari: doska, plakat, mavzu yuzasidan manba va adabiyotlar, tarixiy ma’lumotlar, mavzu yuzasidan testlar, izohli lug’atlar


Tayanch iboralari:
Amir Temur, Shahrisabz, Xo’jailg’or, 1336 yil 9 –aprel, Tarag’ay Bahodir, Takina begim, Suluk ul-mulk»(«Podsholarga qo’llanma»), «Tuzuklar», Temur fan va madaniyatning ham jonkuyar homiysi, Ibn Arabshohning «Ajoyib ul-maqdur fi tarixi Taymur» («Temur tarixida taqdir ajoyibotlari») nomli asari, Jurjoniy, Muxammad Porso, Ibn Xaldunning «Kitob ul-ibor» (Ibratli misollar kitobi) va «Devon ul-mubtado va-l-xabar fi ayyomi-l-arab va va-l-ajam va-l-berber va man o’sarahum min zaviy sulton ul-akbar» (Muqaddima).


Дарснинг хронологик харитаси – 80 минут
Ўқитувчи дарс давомида қуйидаги ишларни бажаради
- Ташкилий қисм: хонанинг тайёгарлиги, жиҳозланиши, санитария ҳолати, талабаларининг давомати – 2 минут
- Талабалар билим даражасини аниқлаш – 8 минут
- Янги мавзу баёни – 5 минут
- Мавзуни ўзлаштириш даражаси – 7 минут
- Синов саволлар намунаси – 10 минут
- Уйга вазифа бериш – 3 минут
O’zligini anglashga bel bog’lagan har bir xalq va millat avvalo buyuk ajdodlari, siyosiy, harbiy arboblari, va ulug’ allomalarining mamlakat, qolaversa jahon tarixida tutgan o’rni, xizmatlarini e’zozlashni o’rniga qo’yadi. Ana shunday kishilardan biri bu buyuk sohibqiron Amir Temur bo’lib, uning zakovati, mardligi, jasorati, vatanparvarligi, topqirligi, ilm-fan homiysi ekanligi, temir irodaviy xususiyatlari biz yosh avlodlar uchun ibrat, hayot maktabi, Vatanga xizmat qilish namunasi bo’lib qolishi lozim.
Ulug’ bobomiz Amir Temur ko’hna Shahrisabzga qarashli Xo’jailg’or qishlog’ida 1336 yil 9-aprel kuni tug’ilgan. Otasi Tarag’ay Bahodir Markaziy Osiyoning ijtimoiy-siyosiy hayotida katta nufuzga ega bo’lgan barlos qavmidan chiqqan o’rtahol beklardan bo’lib, Chig’atoy xonlaridan bo’lgan Qozonxon (1338-1346) lashkarida xizmat qilardi. Onasi Takina begim esa Buxorolik mashhur faqih Toj ash-sharia (shariat toji) taxallusi bilan mashhur bo’lgan Ubaydulla ibn Ma’sudning qizi edi.
Tarixchi olim Bo’riboy Ahmedovning ta’kidlashicha o’sha zamonlarda xonzoda, shahzoda va bekzodalar yoshligidan maxsus ustozlar tomonidan ot chopish, harbiy ilmlarni o’rganish, ov, saltanat tebratish, ya’ni amaldorlarni tanlash va o’z o’rniga qo’yish, hukumat ishlarini yuritish, fuqorolarning arz-shikoyatlarini eshitish va hukm chiqarish kabi bilimlarni o’rganganlar. Bunga «Suluk ul-mulk»(«Podsholarga qo’llanma»), «Tuzuklar» va boshqa bizgacha yetib kelgan asarlar guvohlik beradi.
Demak, albatta, Temur ham yoshligidan shu ilmlarni kasb etgan. Tarixiy kitoblarda Temur 7 yoshidan Qur’onni yod bilgan, 12 yoshida bolalarcha o’yinlardan orlanadigan, 16-18 yoshida qilichbozlik, nayzabozlik va ov qilish san’atini mohir egallaganligi va 20 yoshida abjir chavondoz bo’lib yetishganligi ta’kidlanadi.* Amir Temur o’zining keyinchalik qo’lga kiritgan barcha zafarlarini piru ustozlari Mulla Alibek, Shayx Shamsuddin Kulol, Shayx Zayniddin Abu Bakr Tayobodiy va Mir Sayyid Baraka nomlari bilan bog’lagan edi.
1. Ahmedov B. Amir Temur darslari., T., 2000. 6-bet.
2. Karimov Sh., Shamsuddinov R. Vatan tarixi. T., 1997. 354- bet.
Sohibqiron Amir Temur tarixan o’sha murakkab vaziyatda XIV asrning 60- yillarida siyosat maydoniga chiqadi, ya’ni o’zaro feodal tarqoqliq urushlariga barham berish, mamlakatni mug’ul istibdodidan ozod etish uchun markazlashgan kuchli davlat tuzish zaruratini birinchilardan bo’lib anglab yetadi. Temurning haq va adolat yo’lida boshlagan bunday qutlug’ ishining shiori «Rosti-rusti» bo’lib, uning ma’nosi «Haqguy bo’lsang najot topasan» demakdir. Shu tariqa Movarounnahrni mug’ul zulmidan ozod qilishni va markazlashgan kuchli davlat tuzishni o’z oldiga bosh maqsad qilib qo’ygan Temur o’zining barcha faoliyatida shunga amal qilib yashadi.
Ilm-fan va madaniyat saltanat uchun qanchalik zarurligi his qilgan Amir Temur olim va fozil kishilarni o’ziga do’st tutgan, ularning izzat-hurmatini o’rniga qo’ygan, davlatni idora qilishda ularning kengash va maslahatlaridan foydalangan. Qariyb 150 yillik mo’g’ul istibdodi davrida ilm-fan tushkunlikka uchrab, faqat Amir Temur davriga kelib mamlakatda osoyishtalik o’rnatildi, tarixiy-ma’rifiy urf-odatlar qayta tiklanib, Temur fan va madaniyatning ham jonkuyar homiysi bo’lib maydonga chiqdi. Temur o’z saroyiga ilmu-fanning turli sohalari bo’yicha iqtidorli olimlarni jalb etadi. Temurning o’zida ham ilmga zo’r ishtiyoq bo’lganligi haqida hatto fransuz muarrixi Alfons de Lamarti shunday deb yozgan: «Amir Temur din, tibbiyot, tarix, huquq va astronomiya ilmining bilimdoni, ko’p qo’llanuvchi uch til – turkcha, forscha va arabchani g’oyat mukammal bilgan, zarofat va qudrat ila yozish mahoratini puxta egallagan bir hukmdor edi.»* Shuningdek Temurning ilmga qiziqishi haqida Sultoniya yepiskopining xotiralarida shunday deyiladi: «Temur, ayniqsa, tarixni, fiqh va harbiy ilmni yaxshi bilar, me’morchilik, falsafa, tabobat va yulduzshunoslikka qiziqar, she’riyat va musiqani yoqtirar, o’zi ham she’rlar o’qir edi. Temur o’z ona tili- turk-o’zbek tilidan tashqari fors va arab tillarida bemalol so’zlashgan.»* Amir Temurning ilm-fan va olimlarga qay darajada munosabatda bo’lganligini uning «Tuzuklari»da keltirilgan ma’lumotlardan ham bilsa


  1. Download 24,28 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish