12-mavzu: amir temur va temuriylar davrida markaziy osiyoda fan va uning ravnaqi. Reja



Download 24,28 Kb.
bet3/4
Sana20.06.2022
Hajmi24,28 Kb.
#679000
1   2   3   4
Bog'liq
12-МАВЗУ

2. Katyukova. T.V. Istoriya nauki. T., 2002., str. 47.
paralleliga bag’ishlangan bo’lib, Taftazoniy unda Yevklidning mashhur beshinchi aksiomasini sharhlashga harakat qiladi va ikki to’g’ri chiziqni uchinchi to’g’ri chiziq kesganda hosil bo’ladigan burchagi unga qo’shni bo’lmagan ikki burchagining yig’indisiga teng kelishi zarurligini isbotlab ko’rsatadi. Shu jarayonda u o’tkir va o’tmas, qo’shni va yoyiq burchaklarning boshqa bir qator xossalarini ham ta’riflaydi hamda dalillaydi.
Sa’duddin Taftazoniy haqida akademik Botirxon Valixo’jayev ham o’z ilmiy tadqiqotlarida qo’yidagilarni yozib qoldirgan. Mas: «Sa’diddin Ma’sud ibn Umar al-Taftazoniy (1322-1390) o’z davrining qomusiy bilimli alloma mudarrislaridan bo’lib, u sohibqiron Amir Temur takliflari bilan 1374-1375 melodiy yilda Samarqandga kelib, Idigu Temur madrasasining mudarrisi sifatida faoliyat ko’rsatdi. Bu davr orasida ko’pgina iqtidorli shogirdlari jumladan Muhammad ibn Ahmad al-Hizriy, Shoh Fathulloh Shervoniylarni yetishtirdi. Sa’duddin Taftazoniy mudarrislik faoliyati bilan bir qatorda ilmiy tadqiqotlarni ham samarali tarzda davom ettirib ko’pgina mashhur asarlarni ham yozdiki, ular madrasalarda o’qitilish bilan birga qator sharhlarning yozilishiga ham asos bo’lganlar. Ana shunday mashhur asarlaridan «Miftoh ul-ulum» (Ilmlar kaliti), «Al—muxtasar al-maoniy» (Maoniy ilmining muxtasar bayoni), «Al-mutavval», «Sharh risola al- shamsiya», «Sharh aqoid al-Nasafiya» eslatish mumkin»* Olimning ta’kidlashicha Sa’diddin Taftazoniyning asarlari faqat Samarqand madrasalarida o’qitilibgina qolmay, uzoq yillar davomida asosiy o’quv qo’llanma sifatida O’rta Osiyoning va boshqa davlatlarning madrasalarida ham foydalanilgan.
Ali ibn Muhammad Sayyid Sharif Jurjoniy (1339-1413) mashhur faylasuf, mantiqshunos, astronom, she’rshunoslik va tilshunos olim bo’lib, uning tug’ilgan joyini J.Yaxshilikov va Sh.Ahadovlar keltirgan ma’lumotga ko’ra Jurjon viloyatining Tog’u qishlog’i ko’rsatilsa, Ibn Arabshoh asariga yozilgan izohda esa uning Sherozda tug’ilganligi va 1388 yilda Temur Sherozni zabt etganida Jurjoniyni Samarqandga olib kelganligi keltiriladi.
1. Yaxshilikov J., Axadov Sh., «Temuriylar ma’naviyati» T., 1999.76-77 bet.
2. Valixo’jayev B. Samarqandda Oliy ta’lim- madrasayi Oliya-Universitet tarixidan lavhalar. Samarqand., 2001., 50-51 betlar.
3. Ibn Arabshoh. Amir Temur tarixi. T., 1992., 163 bet, 1276-izoh.
Yoshligidan ilm-fan sirlarini o’rganishga qiziqqan Jurjoniy dastlab Hirotga, so’ngra bu yerda biroz bilim olgach Turkiyaga boradi va taniqli faylasuf Muhammad Fanoriydan mantiq ilmidan saboq oladi. So’ngra u Misrga safar qiladi. U yerda falsafa va mantiq sohasidagi bilimini rivojlantiradi. Keyinchalik Jurjoniy Sherozga kelib, «Dorushshifo» madrasasida dars beradi. 1387 yilda yuqorida aytganimizdek Temur Sherozni zabt etgach, Jurjoniyni boshqa olimu hunarmandlar qatori Samarqandga olib keladi. Samarqandga kelgach, olim ilm-fan bilan shug’ullanish bilan birga, Idigu Temur madrasasida mudarrislik qiladi. Uning «Sharh ul-mulaxxas», «Usul ul-mantiqiya», «Tarjimon al-Qur’on», «Fan ul-muammo», «Odob ul- munozara», «Risolai vujudiya», «Oynai gitinoma» va boshqa asarlari o’sha davrda va keyinroq yashagan boshqa tarixchilarning xabar berishicha musulmon mamlakatlaridagi barcha madrasalarda talabalar tomonidan mutolaa qilib kelingan va ular uchun dastur vazifasini o’tagan. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, u Movaraunnahr va Xurosonda yashagan olimlar, xususan Arastu, Ibn Sino, Asiriddin Abxariy, Nasriddin Tusiy va boshqalarning mantiqqa bag’ishlangan risolalariga sharhlar yozgan, ularning g’oyalarini rivojlantirgan. U o’zining falsafiy qarashlarida borliq, osmon sayyoralari, to’rt unsur haqida so’z yuritib, barcha narsa va hodisalar sababiy bog’langanligi, ularni aql yordamida bilish mumkinligiga ishonadi.* Uning «Astranomiyaga oid sharh» nomli asarida yulduzlar haqida qisqacha ma’lumot berilib, unda osmon jismlarining bo’linishi haqida, harakatlanuvchi va harakatsiz yulduzlar haqida, murakkab va sodda yulduzlar haqidagi o’z g’oyalarini yozib qoldirgan.
Jurjoniy insonni tirik mavjudodlar orasida eng a’losi hisoblab, uning fikrlash qobiliyatiga katta baho beradi. Xondamir ma’lumotiga (Habib us-siyar) ko’ra ilmning turli sohalari bo’yicha ilmiy munozaralarda faol qatnashgan Jurjoniy o’zining o’ta qiziqqonligi va o’tkir aql-zakovati bilan ko’pincha yengib chiqqan. Bir necha yillar Ulug’bekka ustozlik qilgan Jurjoniy, hatto uning Akademiyasining tuzilishiga ham katta hissa qo’shgan.

  1. Yaxshilikov J., Ahadov Sh., «Temuriylar ma’naviyati» T., 1999. 79 bet.

  2. Katyukova T.V. Istoriya nauki. T., 2002. str. 47.

Shunday qilib, Idigu Temur madrasasida 18 yil samarali faoliyat ko’rsatgan Sayyid Sharif Jurjoniy Temur vafotidan keyin Sherozga borib, u yerda Temuriyzoda Iskandar mirzo (1409-1415) huzurida mavlono Natanziy, mavlono Haydar Xorazmiy kabi olimlar bilan birga ilm-fan bilan mashg’ul bo’ldi. 1413 yilda Sherozda vafot etdi.
Temur saroyida hadischi olimlardan shayx Shamsuddin Muhammad ibn al-Jazoiriy ham bo’lib, u 1350 yilda Damashqda tug’ilgan. Keyin Rumga kelgan. Temur Boyazidni yenggach uni Rumdan Samarqandga olib keladi. Ibn Arabshoh bergan ma’lumotga ko’ra u Sherozda vafot etgan. Ikki ta’limot bilimdoni Shayx Shamsuddin Muhammad ibn al-Jazariy (1350-1449) Samarqandda samarali ijod qilib, Movaraunnahrda ilm-fan taraqqiyotiga munosib hissa qo’shdi.
Ulug’ tafsirchi, hadischi va hofiz Xoja Muhammad az-Zohid Buxoriy (1419 yilda Makkada vafot etgan) bo’lib, u Qur’onning yuz jildlik tafsiri (sharh) ni tuzgan.
Amir Temur davrida o’tgan yirik olimlardan yana biri xoja Muhammad Porso edi. U Naqshbandiya tariqatining ko’zga ko’ringan namoyondalarining hayot va karomatlari haqida, umuman tasavvufning nazariy va amaliy masalalariga bag’ishlangan ko’plab asarlar muallifidir. Uning «Risolayi qudsiya», «Maqomati xoja Alouddin Attor», «Fasl ul-xitob», «Mahaq al-orifin», «Tahqiqot» va boshqa asarlarida tasavvufning qat’iyat, ma’rifat, haqiqat va sohalari keng va batafsil izohlanadi.
Amir Temurda katta taassurot qoldirgan olimlardan biri arab tarixchisi va mutaffakkiri Valiuddin Abdurahmon Ibn Xaldundir (1332-1406). Ibn Xaldun Tunisda tug’iladi. Shimoliy Afrikada bir qancha davlatlarda yuqori lavozimlarda xizmat qilgan Ibn Xaldun 1382 yilda Qohiraga kelib mudarrislik qiladi, qozilik lavozimida ishlaydi.
1. Valixo’jayev B. Samarqandda Oliy ta’lim- madrasayi Oliya-Universitet tarixidan lavhalar. Samarqand., 2001., 53 bet.
2. Ibn Arashoh. Amir Temur tarixi. T., 1992., 85 va 163 betlar.

  1. Yaxshilikov J., Axadov Sh., «Temuriylar ma’naviyati» T., 1999. 77 bet.

  2. Ibn Arashoh. Amir Temur tarixi. T., 1992., 85 bet.

  3. Ahmedov B. Amir Temur darslari., T., 2000., 70 bet.

Keyinchalik Shomda (Suriya) yashaydi. Amir Temur Damashqni zabt etganida


olim yashirincha qochib ketmasdan Temur huzuriga boradi va u bilan uchrashadi. Ibn Arabshohning yozishicha – Amir Temur Ibn Xaldundan Mag’rib podsholari tarixi, shaharlari va yerlari vasfini bayonlab berishni so’raydi. Shunda Ibn Xoldun – qalblarni titratuvchi fasohatli, chiroyli, balog’atli, kishini maftun etib, aqlini oluvchi ajoyib bayoni bilan Temurni maftun qilib, lol qoldiradi. Ibn Xaldunning asosiy asarlari «Kitob ul-ibor» (Ibratli misollar kitobi) va «Devon ul-mubtado va-l-xabar fi ayyomi-l-arab va va-l-ajam va-l-berber va man o’sarahum min zaviy sulton ul-akbar» (Muqaddima) nomli risolalari o’sha davrning ijtimoiy-siyosiy va tarixiy masalalariga bag’ishlangan bo’lib, ularda kishilar turmishida axloq, mehnat va jug’rofiy muhitning roli haqida so’z yuritiladi. Shuningdek Amir Temur saroyida o’z davrining turkcha, forscha, arabchada «malik ul-kalomi» bo’lgan mashhur kotib Ahmad ibn Shams ul-Aimma ya’ni mavlono Shamsuddin Munshiy, mohir hattot Xoji Bandgir Tabriziy, mashhur tabiblardan Husomiddin Ibrohimshoh Kirmoniy va mavlono Jamoluddin, musiqa ilmida ustoz bo’lgan Abdulqodir al-Marog’iy va uning o’g’li Safiuddin, kuyovi Nasriyn, Qutb al-Mousuliy, Ardasher al-Changi va boshqalar (bu yerda Ibn Arabshoh ko’plab shatranjchilar, sangtaroshlar, misgarlar, naqqoshlar va bog’bonlarni misol keltiradi) faoliyat yuritib ular o’z sohasining mohir kishilari edi.
Shunday qilib, Temur davrida Samarqandda, nainki Samarqandda balkim butun Turonzamin o’lkasida fanning barcha sohalari gurkirab o’sadi, tabiiy va gumanitar fanlar sohasida bir qator buyuk olimlar yetishib chiqadi, ular jahon fani va madaniyatiga munosib hissa qo’shadilar. Ayniqsa, bu davrda atoqli tarixshunos va manbashunos Bo’riboy Ahmedov ta’kidlaganidek tarix fani taraqqiy etib, tarix ilmi bobida sohibqiron Amir Temurning harbiy zafarli yurishlarini o’zining «Zafarnoma» asarida yoritgan Sharafiddin Ali Yazdiy, Temur xizmatida munshiylik qilib, keyinchalik jug’rofiy va
1. Yaxshilikov J., Axadov Sh., «Temuriylar ma’naviyati» T., 1999. 80 bet.
2. Ibn Arashoh. Amir Temur tarixi. T., 1992., 66-68, 162 betlar.
3. O’sha asr. 86-87 betlar.
tarixnavis olim sifatida tanilgan «Zubdat ut-tavorix» (Tarixlar qaymog’i) asarining muallifi Hofizu Abro’, Temur devonining arboblaridan biri, «Tarixnoma» asarining muallifi Tojiddin as-Salmoniy, Temur hayot paytida (1405 yilgacha) unga bag’ishlab «Zafarnoma» asarini yozib tugatgan Nizomiddin Shomiy, Temurning tarjimoni, Shom (Suriya) olimlari bilan suhbatda tarjimonlik qilgan mavlono Abdujabbor, Temurning Hindiston yurishida qatnashgan, 1399-1403 yillar orasida Temur bo’yrug’iga binoan ushbu yurish haqida «Kundalik» yozgan G’iyosiddin Ali Yazdiy va boshqalar tarixnavislik sohasida barakali ijod qiladilar.



Download 24,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish