116
Endi evristik o„qitish texnalogiyasi asosida chizmachilik darslarini tashkil
qilishni ko„rib chiqaylik.
Pedagogika oliy o„quv yurtlarida “Tasviriy san‟at va
muhandislik grafikasi” ta‟lim yo„nalishi talabalari muhandislik grafikasi
(chizmachilik) darslarida konstruksiyalash (loyihalash) asoslaridan ta‟lim olishadi.
O„rta maktab chizmachilik predmetida ham loyihalash mavzusiga oid darslar
ajratilgan.
Quyida avval o„rta
maktabda, so„ngra pedagogika oliy o„quv yurtida
loyihalashga doir darslarni tashkil qilish haqida mulohaza yuritiladi. O„rta
maktablarning 9-sinfida detalning shaklini o„zgartirishga oid grafik masalalar,
detalning fazoviy holatini o„zgartirishga va qayta loyihalashga oid ijodiy grafik
ishlarni tashkil
qilish mavzularida loyihalash, dizayn asosida berilgan buyumni
o„ziga jalb qila oladigan holda uning ko„rinishini go„zal va chiroyli hamda bejirim
shaklda o„zgartirish, vaznini ham kamaytirish, yangi konstruktiv element kiritish,
yangi foydali sifatlar berish yo„li orqali buyumning og„irligini kamaytirish,
pishiqligini oshirish, ishlov
berishni soddalashtirish, foydalanishda qulaylik
hususiyatlarini hisobga olgan holda loyihalash so„ralgan.
Detalga kiritilgan o„zgartirish chizma orqali amalga oshirilsa,
chizmani qayta
ijodiy loyihalash
deyliadi. Detal shaklini fikran o„zgartirish, uning qayta ijodiy
loyihalangan holatini tasavvur qilish fikrlash qo„zg„aluvchanligini o„stiradi.
Chizmada ijodiy loyihalash elementlarini kiritish orqali turli muammolarni yechish
munkin bo„ladi.
Amaliyotdagi detalning konstruktiv tuzilishi yoqimli va ko„rkam
qilib
o„zgartirilsa, vaznini ham kamaytirib, uni foydalanish uchun qulay va samarasi
yuqori qilib qayta loyihalashga
dizayn
deyiladi. Dizayn so„zi inglizchada
“Dezing”
– chizma, rasm, loyiha degani.
Hozirda har bir narsani o„ziga jalb qiladigan, yengil, chiroyli va ko„rkam qilib
tayyollashga dizayn talablariga javob beradigan darajada
bajarilgan deyish qabul
qilingan. Masalan, 2.4.1-rasm,
a
dagi detalning vazni (og„irligi)ni kamaytirish
maqsadida uning shakli geometriyasi qisman dizayn talabida o„zgartirilgan.
117
Natijada u 2.4.1-rasm,
b, c
va
d
lardagi ko„rinishga o„zgardi.
Keyingi masalada uchta teshik va kubning yaqqol tasviri berilgan (2.4.6-rasm,
a
). Birinchi teshikning yuqorisida ariqcha o„yiq bo„lib, kubning yaqqol tasvirida
unga mos ariqcha o„yiladi (2.4.6-rasm,
b
). Ikkinchi teshik kvadratligicha
tasvirlangan. Uchinchi teshikning pastki qismida katetlari o„zaro teng to„g„ri
burchak qirqilgan. Xuddi
shu burchakka teng kubning
W
ga parallel tomonida
o„yiq qirqiladi (2.4.6-rasm,
b
).
Yoki geometrik jism kub shunday loyihalanishi lozimki, undan yasalgan
model
H
,
V
va
W
lar o„rnida berilgan teshiklar orqali tig„iz o„tsin
degan vazifa
berilgan bo„lsa, o„quvchi
V
tekislikdagi modelning olddan,
H
dagisidan ustdan va
W
dagisidan modelning chapdan ko„rinishi tig„iz o„tishini ko„z oldiga keltirib,
ijodiy izlanishlar olib boradi va bir qancha uzinishlardan keyin turlicha loyihalar
yaratiladi. O„qituvchi bilan olib borilgan muloqatlar natijasida to„g„ri javob
aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: