142
III bob bo„yicha xulosalar
Har qanday tadqiqot ishining foydali yoki nokeraklik
darajasini tajriba-
sinov oʻtkazish orqali bilish mumkin. Biz ham loyihalash masalalarining
talabalarni fazoviy tasavvurini rivojlanishiga qay darajada ta‟siri bor ekanligi,
bunday masalalar mazmuni qay tartibda shakllantirilishi lozimligi, dars jarayonida
ulardan samarali foydalanish imkoniyatlarini oʻrgandik va shaxsiy tavsiyalarimizni
ishlab chiqdik.
Pedagogik tajriba-sinov sinov va tajriba guruhlari talabalarining
loyihalash masalalari boʻyicha nazariy bilimi, amaliy ko‟nikma va
malakalariga doir tushunchalarni egallashlarida
statistik farq borligi
aniqlandi. Tajriba-sinov ishlari natijalari tahlil qilinganda samarali natijalarga
erishildi va quyidagi xulosalarga kelindi:
-tajribalar shuni ko„rsatdiki, talabalar mustaqil tarzda, darsdan tashqarida,
chet el darsliklari, axborot texnologiyalaridan foydalangan
holda mavzuni chuqur
o„zlashtirdilar;
-loyihalash masalalari boʻyicha darslarni tashkil qilish talabalarni fazoviy
tasavvurini oshiradi, ularni proyeksion chizmachilik fani bo„yicha axborot
muhitiga kirishi va mustaqil o„quv faoliyat olib borishga yo„naltiradi;
-dars
jarayonida
mazkur
mavzuni
oʻyin,
muammoli
ta‟lim
texnologiyalaridan oʻrinli tarzda foydalanish ularni yanada faollashtiradi.
Ilgʻor pedagogik texnologiya va axborot kommunikatsion texnologiyasi
asosida darslar olib borilayotganda talabalar uchun
quyidagi shart-sharoitlar
yaratilishi lozim:
birinchidan, talabalarga muhandislik-geometrik talablarga javob
beradigan grafik ishlarni bajarayotgan vaqtlarida ularga iloji boricha erkinlik berish
va shu mavzuga bo„lgan qiziqishlarini oshirish lozim;
ikkinchidan, darsni yanada qiziqarli, turli xildagi zamonaviy
pedagogik texnologiyalarni
mavzuga moslab tatbiq qilish, darsliklardan tashqari
143
boʻlgan qoʻshimcha ma‟lumotlar bilan boyitish, virtual ko„rgazmalilikni oshirish
lozim;
uchinchidan, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, didaktik o„yin,
interaktiv metodlardan keng foydalanish talabalarni fanga bo„lgan
qiziqishlarini
oshirdi.
Tajriba-sinov davrida yuqoridagilar asosida loyihalash masallarini
oʻqitish tashkil qilindi. Tajriba va nazorat guruhlaridagi talabalarning
oʻzlashtirish koʻrsatkichlari taqqoslandi va tahlil qilindi. Demak,
baholanishning formuladagi dinamikasi hisoblagan holda, tajriba boshida va
oxiridagi farq 11,2 foizga oshganligini ta‟kidlashimiz mumkin. Ushbu
ko‟rsatkich, kichkina bo‟lsa-da, tajriba-sinov davomida amalga oshirilgan
ishlarning ijobiy jihatini belgilaydi.
Tadqiqot ishimizning birinchi bosqichida tizimli dastur materiallarini o‟rganish
davrida talabalarning ilmiy va ijodiy faoliyatini orttirish bo‟yicha bajarilgan ishlar
samarali natijalar
berishi aniqlandi
Ilmiy tadqiqot ishini olib borish jarayonida tajriba – sinov guruhlarida
o‟tkazilgan so‟rovnomalar, anketalar, test-anketalar, testlarshuni ko‟rsatdiki
chizmachilik fanida loyihalashga oid masalalarni yechish orqali talabalarning
fazoviy tasavvurini rivojlantirishga alohida e‟tibor
qaratish, loyihalashga oid
mavzularni yanada takomillashtirish, mustaqil ta'lim va fan to'garaklari, yetuk
olimlar bilan suhbatlar, uchrashuvlar o‟tkazish, o'qish,
unumli ilmay va ijodiy
mehnatga o‟rgatish, o‟quv va pedogogik amaliyotlarni takomillashtirishni
anglatadi. Yuqoridagi hisoblar esa, oliy ta‟lim muassasasi talabalarining o„quv-
biluv, ilmiy va ijodiy faoliyatini chizmachilik fanida loyihalashga oid masalalarni
yechish orqali talabalarning fazoviy tasavvurini rivojlantirish samarali ekanligini
tasdiqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: