O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Andijon davlat universiteti Axborot texnalogiyalari va kompyuter injineringi fakulteti II bosqich 204-gurux talabasi
Urmonov Asadbekningg
Fan nomi: Axborot xavfsizligi
MUSTAQIL ISHI
MAVZU: “: Axborotni kanallar bo’yicha ximoyalash usullari va vositalarini tatbiq qilish”
Ish rahbari: _____________________
ANDIJON 202
Mavzu: Axborotni kanallar bo’yicha ximoyalash usullari va vositalarini tatbiq qilish
Reja:
1. Axborot va ma’lumotlar haqida tushuncha
2. Axborot xavfsizligi tushunchasi va axborotni himoyalash muammolari
3. Axborot-kommunikatsion tizimlar va tarmoqlarda taxdidlar va zaifliklar
4. Aloqa kanallari
5. Axborotni kanallar bo’yicha ximoyalash
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Zamonaviy dunyoda axborot xavfsizligi eng birinchi o’rinda e’tibor qaratilishi kerak bo’lgan jihatlardan biri hisoblanadi. Siz, oilangiz yoki faoliyatingizga aloqador har qanday shaxsiy ma’lumot bugungi kunda g’araz niyatli kishilar qo’liga tushsa juda kuchli qurolga aylanishi mumkin. Ijtimoiy tarmoqlar va televideniyada internet orqali shaxsiy ma’lumotlarning tarqalishiga yoki o’g’irlanishiga bog’liq jinoyatlar ko’p yoritilmoqda. Tafsilotlarga e’tibor bersangiz, bir qarashda ahamiyatsiz deb bilingan kichik ma’lumotlar kishilarga ma’naviy, ruhiy va moddiy zarar yetkazayapti. Ko’ngilsizliklarning oldini olish uchun har bir kishi o’zi uchun shaxsiy va oilaviy/jamoaviy axborot xavfsizligi haqida umumiy ma’lumotga ega bo’lishi kerak. Internet texnologiyalarining hozirgi rivojlanish davrida esa axborot xavfsizligi nafaqat kattalar, balki bolalarga ham mukammal o’rgatilishi kerak bo’lgan soha bo’lib qolmoqda.
Sizga ta’luqli bo’lgan, begonalar bilmasligi kerak bo’lgan har qanday shakldagi ma’lumotning xavfsiz saqlanishi axborot xavfsizligi deyiladi. Axborot tushunchasi har qanday shakldagi ma’lumotni anglatishi mumkin. Telefoningizdagi parol, pasportingizdagi ma’lumotlar, kompyuteringizdagi xujjatlar, stolingiz tortmasida turgan maxfiy ish xujjatlari, qog’oz xat orqali va messenjerlardagi yozishmalar, telefon so’zlashuvlari tarixi, har qanday ovozli yozuv va video tasvirlar axborot shakllariga ba’zi misollar bo’lishi mumkin. O’zingizga tegishli har qanday shaxsiy axborotni har doim xavfsiz saqlashingiz kerak.
Internet texnologiyalarining rivojlanishidan oldin axborotni saqlash nisbatan oson bo’lgan. Boshqalar bilmasligi kerak bo’lgan qog’ozda yozuv shaklidagi, kassetada ovoz shaklidagi yoki boshqa vosita va shakldagi ma’lumotni mustahkam seyfga solib qulflab qo’yishingizni o’zi kifoya bo’lgan. Hukumat idoralari, banklar va boshqa maxfiy xujjatlar bilan ishlovchi tashkilotlarda ham axborot xavfsizligi oson hal qilingan: «o’ta sirli» tamg’asi bilan xujjatni seyfga tiqib, seyf turgan xona eshiklarini mustahkam qulflab, binoga bir nechta qorovul tayinlash bilan axborot xavfsizligiga erishilgan. U zamonlar o’tdi endi.
Hozir juda ko’p turdagi ma’lumotlar (agar hammasi bo’lmasa) elektron shaklda internetga ulangan serverlarda saqlanmoqda. Ularning qanchasi shaxsiy, qanchasi maxfiy ekanligi ahamiyatsiz. Muhimi – odamlarning real hayotiga aloqador ma’lumotlar virtual tarmoqdan bitta parol yoki bitta elektron kalit uzoqligida saqlanmoqda. Kimningdir shaxsiy ma’lumotini o’g’irlamoqchi bo’lgan, yoki qaysidir idoraning sirli xujjatlarini ko’zdan kechirmoqchi bo’lganlar hozirgi kunda devor oshishi, qaysidir eshikni buzib kirishi, bir nechta qorovulni dog’da qoldirishi, seyfni buzishi shart emas. Internet imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda bugun shaxsiy ma’lumot ovchisi hatto ma’lumotlar saqlanadigan serverga yaqin joyda turishi ham kerak emas. Boshqa davlat, boshqa qit’adan turib internet orqali yaxshi himoyalanmagan server ma’lumotlarini olish hech gap emas ekanligini ko’rib turibmiz. Axborot xavfsizligi bo’yicha eng yaxshi himoyalanishi tan olingan Amerika hukumatining elektron saylovlar tizimiga bo’lgan kiber xujum buning yaqqol misoli bo’lishi mumkin.
Axborot va ma’lumotlar haqida tushuncha
Axborot va ma`lumotlar haqida tushunchalar Axborot – bu jarayon, xodisa, belgilar va xolatlarni ifodalovchi kattalikdir. Umuman olganda axborot juda keng tushuncha bo’lib u tabiatdagi xar qanday jarayon va xodisalrni misol qilib keltirish mumkin. Kommutatsiya soxasida axborotni qabul qiluvchiga kelayotgan turli kurinishdagi ma`lumotlar deb ta`rif berildi. Bunday ta`riflardan ya`na bittasi qo’yidagicha: Axborot-bu o’zatish, taqsimlash, xosil qilish, saqlash va foydalanish ob`ekti xisoblanuvchi ma`lumotlardir. Ma`lumot-bu uzatish va qabul qilib olish uchun muljallangan axborotning bir kurinishidir. SHu bilan birga axborotning bunday kurinishi yordamida axborotni saqlash, qayta ishlash va shu kabi amallarni bajarish mumkin. Demak axborot tushunchasi ma`lumot tushunchasiga qaraganda umumiyroq.
Axborotni quyidagi usullarda ifodalash mumkin: Masalan biror bir xodisani; -rang, xid va ta`m orqali 2% dan 5% gacha ifodalash mumkin; - matn (xarf va raqamlar) orqali 7% gacha ifodalash mumkin; -ovoz (tovushning past-balandligi, intonatsiya va pauzalar) orqali 38% dan 45% gacha ifodalash mumkin;
-Xarakat va mimikalar orqali 35% dan 52% gacha ifodalash mumkin; -multimediya xizmati (xarakat va ovozning birgalikda mujassamlashgan xolda uzatish) orqali 95% dan 98% gacha uzatish mumkin.
Axborot deganda qabul qiluvchiga kelib tushadigan xar xil ma`lumotlar tushiniladi
Do'stlaringiz bilan baham: |