144
UMUMIY XULOSALAR VA TAVSIYALAR
Muhandislik grafikasi fanlari oʻquvchi va talabalarning fazoviy tasavvurini va
tafakkurini oʻstirishga katta xizmat qilishi, ularda tafakkurni oʻsishiga, mantiqiy
fikrlash va ijodiy izlanish qobiliyatlarini kuchayishiga ijobiy ta‟sir koʻrsatishi fan
oʻqituvchilari va mutaxassislarga ma‟lum. Talabalarda bunday xususiyatlarni
rivojlantirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot ishlari tayyorlangan boʻlsada yetarli
darajada ijobiy natijalarga erishilgan deyishga biroz ertaroq. Bundan tashqari
chzimachilik fani oʻqituvchilari bir umr oʻquvchi va talabalarning texnik va grafik
savodxonligini
oshirishga,
ularning
fazoviy
tasavvuri
va
tafakkurini
rivojlantirishga oid tadqiqot ishlari bilan shugʻullanadi. Tadqiqt ishini tayyorlash
jarayonida oʻquvchi va talabalarning fazoviy tasavvurini oshirish yoʻlida mavjud
boʻlgan muammolarni bartaraf etish uchun shu kungacha ishlab chiqilgan ilmiy
metodik tavsiyalardan oʻrinli foydalanishga harakat qildik. Tadqiqot ishini
tayyorlash jarayonida 100 ga yaqin oʻquv adabiyotlari bilan tanishdik.
Oʻrganishlar va izlanishlar natijasida chizmachilik fanidagi loyihalash
masalalari mazmunini qanday tashkil qilish lozimligi haqida metodik koʻrsatmalar
ishlab chiqishga ma‟lum ma‟noda erishdik.
Chizmachilik fanining asosiy maqsadlaridan biri talabani buyum chizmasini
tuzish va uni oʻqishga oʻrgatish hisoblanadi. Ammo bu bugungi tezkor zamonda
yetarli hisoblanmaydi. Avvalo, talabalarni mustaqil fikrlashga va izlanishga, oʻz
pozitsiyasiga ega boʻlishga va uni himoya qilishga, talab va ehtiyojga nisbatan eng
qulay variantdagi yechim va xulosaga kela olishga oʻrgatish lozim boʻladi. Bunday
natijaga erishishda loyihalash masalalarining oʻrni va amaliy ahamiyati katta
hisoblanadi.
Psixologiya fanida inson ruhiyati oʻrganiladi. Unda insonning tabiat va
jamiyatni bilish va oʻrganish jarayonida zarur boʻladigan idrok, xotira, hayol,
tasavvur, tafakkur kabi sifatlar aynan chizmachilik fanini oʻqitishda amal qilish
lozim qonuniyatlarni yoritib beradi.
Bundan tashqari pedagogikadagi didktik prinsiplar, oʻqitish metodlari,
145
pedagogik texnologiyalar, bilimni tekshirish va uni baholash usullari chizmachilik
fanini oʻqitishda metodik ta‟minot hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan tadqiqot
ishining birinchi bobida chizmachilik fanini va undagi loyihalash masalalarini
oʻqitish jarayonida qoʻllaniladigan pedagogik va psixologik jabhalarni tahlil
qilishga harakat qilindi.
Chizmachilik fanining asosiy maqsadlaridan biri oʻquvchi-talabalarga buyum
chizmasini tuzish va uni oʻqishni oʻrgatish hamda grafik savodxonlikka
erishishishini ta‟minlashdan iborat. Bundan maqsad har bir insonni zamonaviy
texnika bilan “tillasha” olishini ta‟minlashdir.
Bundan tashqari bu fanning yana bir maqsadi - yuqori salohiyatga ega boʻlgan
ijodkor yoshlarni voyaga yetkazishdan iborat. Mashinasozlikdami, qurilishdami
yoki boshqa bir texnika sohalaridami kundan-kunga yangiliklar yaratilmoqda. Bu
yangiliklar insonning turmush tarzini yengillashtirish, qulaylashtirishga xizmat
qiladi. Bizning barkamol avlodda ham shunday ixtirochilar, konstruktorlar,
arxitektorlar yetishib chiqishida chizmachilik fanining oʻrni va amaliy ahamiyati
juda katta.
Chizmachilik fanidagi loyihalash masalalari talabadan ijodiy izlanishni talab
qiladi. Izlanish davomida talabaning tasavvuri, tafakkuri, fikrlash qobiliyati,
solishtirish va eng maqbulini aniqlash, xulosa chiqarish va fikrini himoya qilish
xususiyatlari rivojlanadi.
Loyihalash masalalari birdaniga juda muammoli tarzda tuzilmaydi. Dastlab,
talabaga tarkibida qisman loyihalash elementlari mavjud boʻlgan grafik masalalar
beriladi. Bunday masalalar talabani loyihalash jarayoniga olib kiradi. Soʻngra
yechim varianti bir nechta boʻlishi mumkin boʻlgan loyihalash masalalari beriladi.
Talaba oʻz variantlarini ishlab chiqadi va boshqalarning yechimlari bilan
taqqoslaydi. Bunda asosan proyeksion chizmachilikka oid loyihalash masalalari
berildi.
Ikkinchi bosqichda talabaga texnik detal va moslamalarni loyihalashga oid
grafik masalalar berilishi ushbu bobda ishlab chiqildi.
146
Yuqoridagi fikrlar asosida mazkur bobda chizmachilik fanidagi ijodiy
masalalarning yo„nalishi va ko„rinishlari haqida fikr yuritildi. Talabalarning
loyihalash faoliyatiga umumiy tayyorganligining o„sishini ta‟minlash uchun
dastlab, ma‟lumoti to„liq berilmagan shakllarni modellashtirish lozimligi, bunday
modellashtirishni ishning ikkinchi bobida klassifikatsiya qildik.
Taklif etilayotgan klassifikatsiya va loyihalash masalalari yagona bo„lmay, u
talabalarda loyihalash faoliyatini shakllantirishga va keyinchalik maqsadaga
muvofiq masalalarni qayta tuzishga turtki beradi. Bu yerdagi barcha masalalar
buyumning
chizmasidagi
yetishmagan
ma‟lumotlari
bo„yicha
uni
modellashtirishga qaratilgan.
Bundan tashqari chizmachilik fani bo„yicha ijodiy masalalarning barchasida
talabalardan u yoki bu kasb uchun xos bo„lgan maxsus bilimlarni talab
qilmaydigan grafik ishlar asosiy o„rin tutishi lozim. Arxitektura va dizayndagi
loyihalash ishlari masalalari bilan grafik faoliyatning keng qamrovli
hamohangligini ta‟minlash uchun chizmachilik fanidan loyihalash elеmеntlari
kiritilgan ijodiy masalalarni sohalar bo„yicha quyidagi uch guruhga ajratish
mumkinligi bayon qilindi.
1. Dizayn sohasida. 2. Texnika sohasida. 3. Me‟morchilik sohasida.
Ushu sohalar bo„yicha loyihalanayotgan buyumning konstruktorlik
yеchimlarini bajarish lozim bo„lib, uni amalga oshirishda dеtallar chizmasini va
yig„ma birliklarning yig„ish chizmasini bajarish talab qilinadi. Bu ikki grafik ish
quyidagi mazmunda tashkil qilinsa maqsadga muvofiq bo„lishi aytib oʻtildi:
-
“konstruktsiyalashni oxiriga еtkazish”da (konstruksiyaning yеtishmaydigan
bo„g„inini to„ldirish);
-
“qayta konstruksiyalash”da (prototip tahlili asosida konstruksiyani
takomillashtirish);
-
tеxnik shartlar bo„yicha konstruksiyalashda (prеdmеtli-grafik tayanchlar
bilan).
147
Bulardan tashqari tadqiqot ishida loyihalash masalalarini oʻqitishda
pedagogik texnologiyalardan foydalanish orqali oʻqitishda samaradorlikka erishish
imkoniyatlari yoritilgan. Bunda hamkorlikda oʻqitish, didaktik oʻyin va evristik
texnologiyalaridan foydalanishga oid amaliy misollar ishlab chiqildi.
Shuningdek,
loyihalash
masalalarini
oʻqitish
jarayonida
axborot
kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish orqali talabalarning fazoviy
tasavvurini rivojlantirish imkoniyatlari ham yoritib berilgan. Masalan, uch
o‟lchamli
dinamik
tasvirni
yaratish
uchun
mo‟ljallangan
Autodesk
kompaniyasining 3ds Max dasturi (2009 versiya) dan foydalanildi. Namuna
sifatida ikki proyeksiyasi berilgan geometrik jismning uchinchi proyeksiyasini
aniqlash va yaqqol tasvirini loyihalash masalasi video lavha tarzida ishlab chiqildi.
Bundan tashqari berilgan rozmetrka chiziqlari boʻyicha oʻyib olish orqali detal
modelini tayyorlash ham video lavha orqali tayyorlandi. Shuningdek, berilgan
teshikdan tigʻiz oʻtishi lozim boʻlgan modelning loyihasini harakatli video lavha
orqali koʻrsatish ham ishlab chiqildi.
Tadqiqot ishida loyihalash masalalarini klassifikatsiyalash, tuzish va uni
oʻqitish, oʻrgatish boʻyicha taqdim qilingan materiallar asosida tajriba-sinov ishlari
oʻtkazildi. Tajriba-sinov Toshkent davlat pedagogika universiteti va Toshkent
toʻqimachilik va yengil sanoat institutining 1-kurs talabalari bilan oʻtkazildi.
Tajriba-sinovdagi nazorat va tajriba guruhlarining oʻzlashtirishdagi sifat
koʻrsatkichlari 11 % gacha boʻldi.Umumiy xulosa sifatida chizmachilik fani va
undagi loyihalash masalalari oʻquvchi va talabalarning fazoviy tasavvuri va
tafakkurini rivojlantirishda salmoqli oʻringa ega.
Dissertatsiya ishining asosiy natijalari 8 nomdagi ilmiy-metodik maqolalar
(shulardan 2 tasi xalqaro, 2 ta OAK reestridagi ilmiy-metodik jurnal, ilmiy-
amaliy kanferensiyalarda 4 ta), bir metodik qo„llanma nashr ettirish orqali ilmiy-
pedagogik jamoatchilikka xavola etilgan.
148
Do'stlaringiz bilan baham: |